Научная статья на тему 'BAUXAUZ – GERMANIYA MADANIYATINING FЕNOMENI SIFATIDA'

BAUXAUZ – GERMANIYA MADANIYATINING FЕNOMENI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
154
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bauxauz / XX asrning birinchi yarmi Gremaniya badiiy madaniyati / muhandis-rassom / dizayn / me’morchilik / madaniyat sohasida ta’lim / badiiy ta’limdagi islohotlar. / Bauhaus / German art culture of the first third of the XX century / engineer-artist / design / architecture / culture education / art education reform.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kultasheva, Nigoraxon Daniyarovna, Sadikova, Sevara Abdumalikovna

Maqolada XX-asrning birinchi yarmi Germaniya madaniyati kо‘rib chiqiladi. Industrializatsiya taraqqiyoti natijasida badiiy loyihalash sohasida yangi mutaxassislar turi paydo bо‘ladi va bu jarayonlar Bauxauz dizayn maktabining tajriba maydonida sodir bо‘ladi. Maqolada olmon badiiy madaniyatining fenomeni sifatida badiiy-pedagogik tizimi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BAUCHAUZ AS A PHENOMENON OF GERMAN CULTURE

The article analyzes the artistic and educational system of the school as a phenomenon of the German culture. Behind the progress of industrialization, a new type of specialists in the field of artistic design is emerging and this is being carried out in the experimental site of the Bauhaus school. The article analyzes the artistic and pedagogical system of the school as a phenomenon of German artistic culture.

Текст научной работы на тему «BAUXAUZ – GERMANIYA MADANIYATINING FЕNOMENI SIFATIDA»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

BAUXAUZ - GERMANIYA MADANIYATINING FENOMENI SIFATIDA

Kultasheva Nigoraxon Daniyarovna

K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti,

s.f.f.d. (PhD) nigora.kultasheva88@gmail. com Sadikova Sevara Abdumalikovna Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti, Libos dizayni kafedrasi mudiri

ANNOTATSIYA

Maqolada XX-asrning birinchi yarmi Germaniya madaniyati ko'rib chiqiladi. Industrializatsiya taraqqiyoti natijasida badiiy loyihalash sohasida yangi mutaxassislar turi paydo bo'ladi va bu jarayonlar Bauxauz dizayn maktabining tajriba maydonida sodir bo 'ladi. Maqolada olmon badiiy madaniyatining fenomeni sifatida badiiy-pedagogik tizimi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Bauxauz, XXasrning birinchi yarmi Gremaniya badiiy madaniyati, muhandis-rassom, dizayn, me'morchilik, madaniyat sohasida ta'lim, badiiy ta 'limdagi islohotlar.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваться культура Германии первой трети XX века. За прогрессом индустриализации зарождается новый тип специалистов в области художественного проектирования и это осуществляется в экспериментальном площадке школы Баухауза. В статье проведен анализ художественно-педагогической системы школы, как феномена немецкой художественной культуры.

Ключевые слова: Баухауз, немецкая художественная культура первой трети XX века, инженер-художник, дизайн, архитектура, образование в сфере культуру, реформа художественного образования.

ABSTRACT

The article analyzes the artistic and educational system of the school as a phenomenon of the German culture. Behind the progress of industrialization, a new type of specialists in the field of artistic design is emerging and this is being carried out in the experimental site of the Bauhaus school. The article analyzes the artistic and pedagogical system of the school as a phenomenon of German artistic culture.

Keywords: Bauhaus, German art culture of the first third of the XX century, engineer-artist, design, architecture, culture education, art education reform.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

KIRISH

XIX asming oxirlarida Yevropada Buyuk Britaniya sanoat ishlab chiqarish sohasida, ijodiy kashfiyotlar va tadbirkorlik sohalarida yetakchi davlat edi. Germaniyaning siyosiy rahbarlari ingliz sanoatining yutuqlari sababini aniqlash maqsadida 1896 yilda me'mor German Muteziusni Londonga nemis elchixonasiga madaniy almashish sifatida jo'natishadi. Natijada, me'morning kuzatuvlari asosida 1904 yilda uch tomlik "Ingliz uyi" nomli kitob dunyoga keladi. G.Mutezius unda Britaniyaga iqtisodiy yuksalishni ta'minlagan "sehrli element" - bu "San'at va hunarmandchilik harakati" asoschisi, yetuk mutaxassis, dizayner Uilyam Morris ekanligiga alohida urg'u beriladi. U.Morris 1861 yilda me'mor F.Uebb va prerafaelit-rassomlar Evard Bern-Djonson, Ford Medoks va Dante Gabriel Rossetilar bilan hamkorlikda dizaynerlik kompaniyasini yaratadi. Ularning maqsadi tasviriy san'at va hunarmandchilikni o'zaro uyg'unlashtirgan holda maishiy buyumlarni yuqori mahorat va ijod mahsuloti darajasiga ko'tarish edi. Bularning barchasi texnik taraqqiyotni badiiy ijod bilan bog'lash zaruratini paydo qiladi.

MUHOKAMA

Jadal surat bilan rivojlanayotgan texnik taraqqiyot, madaniyatdagi o'zgarishlar va jamiyatning birlashuvi bu davrda Germaniyani eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shdi. Me'morchilik, hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarishda Germaniya innovatsiyalar markaziga aylandi. Uning yangiliklaridan biri - bu badiiy ishlab chiqarishni hunarmandchilik hamda sanoatga bo'lish sanaladi. Bu ilk marotaba 1906 yilda Drezdendagi "Olmon amaliy san'atining umumiy ko'rgazmasi"da namoyon bo'ldi. Boshqa mamlakatlar bilan sanoat ishlab chiqarish sohalarida kuchli raqobat boshlandi. Germaniya xukumati olmon sanoatini qo'llab quvvatlash bo'yicha jiddiy chor-tadbirlar ishlab chiqadi. Ulardan biri 1907-yilning 7-oktabrida tashkil etilgan "Germaniya badiiy-sanoat uyushmasi"ning (Germaniya Verkbundi). Verkbund nizomida quyidagi jumlalarni ko'rish mumkin: "Uyushmaning maqsadi san'at, hunarmandchilik va industriyaning hamkorlikdagi sayi-harakatlari orqali sanoat mahsulotlari sifatini oshirish, shuningdek uni targ'ib etish hamda har tomonlama muammolarini o'rganishdan iboratdir" [1. 165]. Verkbundning faol a'zolari G.Mutezius, P.Berens, A.K. van de Velde Germaniyadagi sanoat mahsulotlarining iste'mol darajasini takomillashtirish yo'lidagi zaruriy chora-tadbirlar masalasida o'zaro hamfikr edilar. Uyushma olmon industriyasi yutuqlarini faol targ'ib etish ishlarini olib borardi. Sanoat sohasida rassom kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilar edi. Birinchi jahon urushi va siyosiy voqealar oqibatida mazkur dasturlarni to'htatib qo'ydi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Germaniyaning urushdagi mag'lubiyati va 1918 yildagi inqilob kishilarning badiiy-estetik tafakkuri о'zgarishiga ta'sir ko'rsatdi. Urushdan keyingi siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay Veymar respublikasi o'zining rivojlanish yo'lida to'xtamadi. Bu rivojlanish modernizm va uning oldidagi qo'rquv, radikalizm va eski qadriyatlarni saqlab qolish istagi orasidagi ziddiyatlar fonida sodir bo'lar edi. Shunga qaramay Veymarda madaniy rivojlanishni boshdan kechirdi.

Bauxaus (nem. Bauhaus - "qurilish uyi") - 1919 yil nemis me'mori V.Gropius tomonidan BeÖMapga asos solingan badiiy loyihalash va qurilish maktabi. Gropiusning g'oyasiga ko'ra Bauxaus "tarqalib ketgan" san'at, hunarmandchilik va texnikani "yagona badiiy sanoatga" birlashtirishga, yangicha ilmiy-texnika asosda o'rta asr qurilish gildiyalari shaklida tashkil etishga qaratilgan edi. Dastlab barcha talabalar hunarmandchilik asoslari, xom ashyo xususiyatlari hamda shakl va chizmatasvir nazariyasi bo'yicha olti oylik kursni o'tashgan. Shundan so'ng ularga ustaxonalardagi ish jarayoniga ruxsat berilgan. Ustaxonada ijodiy va ishlab chiqarish ishlari olib borilar, talabalarning asosiy e'tibori amaliy mashg'ulotlarga qaratilgan. Talabalarning qobiliyati, ishtiyoqiga qarab ulardan me'mor, fotosuratchi, rassom-konstruktor, dizaynerlar tayyorlashgan.

V.Gropius o'ziing qarashlarini qo'llab-quvvatlagan va dadil tajribalar qilishdan cho'chimagan mutaxassislarni tanlashga alohida e'tibor qaratgan. Turli yillarda bu yerda V.Kandinskiy, P.Kleye, O.Shlemmer, L.Fayninger kabi rassomlar, L.Moxoli-Nad va Y.Itten kabi dizaynerlar faoliyat yuritishgan.

"Bauxauz" tarixi uchta mashhur insonlar boshqaruvini kechirgan. 1919 yilda Valter Gropius maktabga asos solgan bo'lib, u texnika va san'atni birlashtirgan holda klassik ma'ruzalarni ustaxonalardagi amaliy mashg'ulotlar bilan uyg'unlashtiruvchi yangi ta'lim tizimini kiritdi. Shuningdek, ta'limning ilk 2 semestrida talabalarga bazaviy fanlar o'qitilgan, so'ng ustaxonalarda ta'lim davom ettirilgan. Ishlab chiqarishga qaratilgan ustaxonalar nafaqat maktabda pedagogik tizim sifatida faoliyat yuritardi, balki moddiy foyda ham keltirgan. 1928 yilda maktabni Xannes Meyer boshqaradi va ta'lim jarayoniga psixomorfologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ekonomika fanlarini qo'shadi. Agar Gropius rang va shaklni o'rganishga e'tibor qaratgan bo'lsa, Meyer va Roe bu nazariy kurslarni foydasiz deb hisoblashgan. Mis va der Roe rahbarligi davrida (1930-1933 yillar) maktab dasturiga chizmatasvir fanini, boshlang'ich kursga esa obyektni kontekstda ko'rishni rivojlantirishga qaratilgan vizual mashg'ulotlarni kiritgan. O'qituvchilar tarkibida turli vaqtlarda Paul Kleye, Vasiliy Kandinskiy, Oskar Shlemmer, Laslo Moxoy-Nad dars bergan.

Maktab o'z faoliyatini atrof-muhitda o'zaro uyg'un buyumlar olamini yaratish orqali jamiyatni qayta qurish mumkin degan utopik g'oyalar ta'sirida boshladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

Me'morchilik «o'zaro ijtimoiy muvofiqlik proobrazi» sifatida ko'rilib, san'at, hunarmandchilik va texnikani birlashtiruvchi ibtido sifatida e'tirof etilgan.

Dessaudagi o 'qituvchilarning xonadonlari

Bauxausning yuqori rivojlangan yillari neoromantizm ta'siri bilan belgilangan Veymar davri bilan bog'liq. 1925 yilda Bauxaus Dessauga ko'chib o'tadi va V.Gropius loyihasi asosida qurilgan, funksionalizm me'morchiligi durdonasi hisoblangan inshootga joylashadi. Dessaudagi davr texnik-utilitar tendensiyalarning quchayishi va Bauxausning shaxsiy uslubi shakllanishi davri bo'ldi. Bu uslub aniq shakl, ifodaviy vositalar minimalizmi, xom ashyo va industiral usullarning takomillashuvi bilan tavsiflanadi.

1928 yilda maktab rahbarligini shvetsiyalik me'mor X.Mayer egallaydi. Biroq u tomonidan kiritilgan yangiliklar (ijtimoiy fanlarni o'rganish) talaba va o'qituvchilarning noroziligini uyg'otdi, natijada 1930 yilda Bauxausni nemis me'mori L. Mis Van der Roe boshqaradi. Uning rahbarlik faoliyati muassasaning 1933 yilda natsistlar tomonidan yopilib ketishiga qadar davom etgan.

Bauxaus o 'quvchilari tayyorlagan jihozlar dizayni

Biroq Bauxausning ta'lim tizimi va metodi boshqa mamlakatlar tomonidan qabul qilinib, davom ettirildi. Uning g'oyalari esa tasviriy va amaliy san'at (kitob grafikasi, reklamadan to jihoz va maishiy buyumlarga qadar) rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bauxaus makatibining yirik namoyondalari Valter Gropius, Lyudvig Mis Van der Roe, Vasiliy Kandinskiy, Paul Kleye, Oskar Shlemmer, Lionel Fayninger,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Laslo Moxoli-Nad, Yozef Albers, Gerxard Marks, Marsel Bryoyer, Maks Bill, Yoxannes Itten, Xerbert Bayer, Xans Mayer.

Bauxauz ustalari ijodining asosiy tamoyili bu san'at va xunarmandchilikning o'zaro uyg'unlashtirish masalasi edi va me'morchilik bunga yorqin namuna sifatida xizmat qildi. Ular o'z manifestida rassomlar uyushmasini yuqori malakali hunarmandlar laborotoriyasi sifati bilan ta'riflashadi. Bu vaqtlarda avangard maktablari va san'atdagi yo'nalishlar quyidagi shaklda tezislar to'plashgan:

- Endilikda «kasb sifatidagi san'at» yo'q. Rassom va hunarmand orasida farq mavjud emas. Rassom - bu hunarmandning yuqori darajasidir. Har bir rassom uchun mahorat qonunlari bir xildir, ammo fikr ravshanlashuvining kamyob lahzalarida ilohiy marhamat sabab yoki iroda kuchi natijasida misli ko'rilmagan san'at paydo bo'lishi mumkin.

- Ijod va go'zallikka oshuftalik - baxtning muxim shartlaridir. Mazkur muqarrar haqiqatni tan olmaganlar aniq va ravshan ifodani tushunib yetmaydilar: ular yaratgan obraz noaniqligicha qolaveradi, asarlari esa quvonch keltirishga qodir bo'lmaydi.

- Vazifasi qurilish bilan aloqador bo'lgan barcha jamoaviy, iqtisodiy va badiiy muammolarning yechimiga qaratilgan me'mor koordinator bo'lishi kerak.

- Shakl qurilishi bilan bog'liq barcha vazifalar yechimi -xoh u stul, xoh bino, xoh butun shahar yoki xudud tarhi bo'lsin - nafaqat ularning fazoviy-makoniy o'zaro munosabati jihatidan, balki ijtimoiy omillardan iborat xususiyatlari bilan o'zaro muvofiq bo'lishi kerak.

- Har qanday ta'limning haqiqiy maqsadi buyuk amallarga rag'bat uyg'otishdir, afuski ko'p hollarda bu omil yoddan ko'tariladi.

- San'at tarixi va ijodiy san'atning o'zaro aralashtirish mutloq mumkin emas. Rassomning maqsadi — «yangi tartibni yaratish», tarixchining maqsadi emas — o'tmishdagi haqiqatlarni tavsiflash va qayta kashf etishdir [2].

«Bauxauz»ning jahon dizayni taraqqiyotidagi ahamiyati bemisldir. U nafaqat dizayner mutaxassislarni o'qitish ta'limi namunasi edi, balki badiiy konstrukssiyalash va me'morchilikning haqiqiy ilmiy laboratoriyasi bo'ldi. Badiiy his qilish, shakl qurilishi, rangshunoslik borasidagi uslubiy ishlanmalar ko'plab nazariy tadqiqotlarga asos bo'ldi va bugungi kunda ham o'zining ilmiy ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Maktabda loyihalash va ta'lim usullarining obektiv metodlari shakllantirilgan. Shuningdek, XX-asrning 20-yillaridagi avangardistlar, konstruktivistlar va urbanistlarning olamni san'at orqali o'zgartirish g'oyalari maktabda namoyon bo'ldi. 1938-yilda Mis van de Roe tomonidan AQShda Bauxauzni tiklashga qaratilgan urinishlar besamar bo'lganligiga qaramay, "Bauxauz stili" bugunga qadar yashab

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kelmoqda.Uning metodikasi, o'quv dasturlarining g'oyaviy mazmuni butun dunyoning zamonaviy ta'lim va badiiy sanoatida keng qo'llaniladi.

REFERENCES

1. Рунге В. Ф. История дизайна науки и техники : учебное пособие : в 2-х кн. Москва : Архитектура-С, 2006. Кн. 1. С. 368.

2. Allabergenova A.B. Dizayn metodologiyasi / O'quv qo'llanma - Tashkent: «Adast poligraf» nashriyoti. 2021. - 273 b.

3. Дросте М. Баухауз, 1919—1933. Реформа и авангард / пер. с фр. Ю. Ю. Котова. Москва : Арт-Родник, 2008. 96 c.

4. Kultasheva N. Bayat Mukhtarov and his plastic innovations. Art and Design: Social Science, - Tashkent. 2022. Р. 6-10. https://scholar.google.com.do/scholar?oi=bibs&cluster=12322791153306519039&bt nI=1&hl=en

5. Мирзаназарова Э. К проблеме изучение исторической военной одежды Узбекистана . Theoretical & Applied Science, 2018.

6. Алимкулова Д. Painting: century tradition. International Enjeneering Journal For Research end ..., 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.