Научная статья на тему 'BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA USTUVORLIKLARI'

BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA USTUVORLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
barqaror turizm / ekologiya / ekotizim / atrof-muhitni muhofaza qilish / innovatsiyalar / pandemiy. / sustainable tourism / ecology / eco-system / environmental protection / innovation / pandemic.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Isadjanov A.A.

Maqolada turizmning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va roli barqaror rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Barqaror turizmni rivojlantirishning xususiyatlari va asosiy tendentsiyalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Koviddan keyingi davrda turizmni rivojlantirish tahlili oʻtkazildi, barqaror turizmni rivojlantirishning tendentsiyalari va ustuvor yoʻnalishlari aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT TRENDS AND PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF SUSTAINABLE TOURISM

The article examines the place and role of tourism in the modern economy, taking into account the concept of sustainable development. Particular attention is paid to the features and main trends in the development of sustainable tourism. An analysis of the development of tourism in the post-Covid period was carried out, trends and priority areas for the development of sustainable tourism were identified.

Текст научной работы на тему «BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA USTUVORLIKLARI»

DOI 10.5281/zenodo.12738164 UDC: 338

Isadjanov A.A., iqtisodfanlari doktori, professor

professor

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi O'zbekiston Respublikasi, Toshkent

BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA USTUVORLIKLARI

Annotatsiya. Maqolada turizmning zamonaviy iqtisodiyotdagi o 'rni va roli barqaror rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda ko'rib chiqiladi. Barqaror turizmni rivojlantirishning xususiyatlari va asosiy tendentsiyalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Koviddan keyingi davrda turizmni rivojlantirish tahlili o 'tkazildi, barqaror turizmni rivojlantirishning tendentsiyalari va ustuvor yo'nalishlari aniqlandi.

Kalit so'zlar: barqaror turizm, ekologiya, ekotizim, atrof-muhitni muhofaza qilish, innovatsiyalar, pandemiy.

Isadjanov A.A., doctor of economics, professor

professor

International Islamic Academy of Uzbekistan Republic of Uzbekistan, Tashkent

CURRENT TRENDS AND PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF

SUSTAINABLE TOURISM

Abstract. The article examines the place and role of tourism in the modern economy, taking into account the concept of sustainable development. Particular attention is paid to the features and main trends in the development ofsustainable tourism. An analysis of the development of tourism in the post-Covid period was carried out, trends and priority areas for the development of sustainable tourism were identified.

Keywords: sustainable tourism, ecology, eco-system, environmental protection, innovation, pandemic.

Kirish. «O'zbekiston — 2030» strategiyasida barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish va mamlakatning xavfsizligini kafolatli ta'minlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasini kengaytirish,xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi bo'yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish. g'oyalari aks ettirilgan [1].

Turizm xar bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga va dunyoning ko'plab mintaqalari farovonligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan muhim global va milliy sanoatdir. Ro'y berayotgan to'siqlarga (tabiiy va texnogen ofatlar, terrorchilik xurujlari, iqtisodiy inqirozlar va boshqalar) qaramay, hozirgi vaqtda turizm faol rivojlanishda davom etmoqda.

Sayohatni tashkil etishning shakl va usullari o'zgarib, turizmning yangi turlari paydo bo'lmoqda. Turizmni rivojlantirishning so'nggi jahon tendensiyalari orasida turizmni barqaror rivojlantirish konsepsiyasi alohida o'rin tutadi. Turizmni rivojlantirishga ixtisoslashgan ko'plab mamlakatlarda turizmni barqaror rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratilayotgani bejiz emas.

Barqaror turizm - turizmning bir turi bo'lib, u quyidagilarni ta'minlaydi: birinchidan, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda muvozanatni ta'minlaydi; ikkinchidan, ekologik resurslardan oqilona foydalanishga, bunda turizmni rivojlantirishdan olingan mablag'larning bir qismi turizm resurslarini tiklash va turizm xizmatlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga yo'naltiriladi; uchinchidan, barqaror rivojlanish kontseptsiyasi atrof-muhit yomonlashuvi sharoitida turistlarning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish va tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy resurslarning cheklangan miqdori o'rtasidagi o'sib borayotgan qarama-qarshilikni hal qilish imkonini beradi.

Bunday sharoitda turizmning barqaror rivojlanishini ta'minlash bugungi kunda turizmni boshqarishning jahon amaliyotida asosiy muammolardan biriga aylanib bormoqda.

Tadqiqot usullari: taqqoslash usuli; iqtisodiy monitoring; statistik usullar; ekspert usullari.

Tadqiqot natijalari.

2023-yilda turizm tarmog'i global yalpi ichki mahsulotning 9,1 foizini, ya'ni 9,9 trillion dollardan sal ko'proq tashkil etgan. Travel & Tourism moliyaviy izi 2019-yilda sayohatning oltin yilidan buyon eng katta ko'rsatkich bo'lib, o'zining eng yuqori cho'qqisini atigi 4 foizga ortda qoldirdi.

2034 yilga kelib, bu sektor butun iqtisodiy landshaftning 11,4 foizini tashkil etuvchi Ba 16 trillion dollar miqdorida global iqtisodiyotda o'rin olishi mumkin. Rivojlanayotgan ushbu turizm sanoati, shuningdek, butun dunyo bo'ylab 449 million kishini ish bilan ta'minlab, yangi ish o'rinlari yaratuvchi muhim omil bo'ladi va bu sayohat va turizmning global bandlikdagi muhim rolini namoyish etadi [2].

2023 yildan so'ng xalqaro turizm 2024 yilda pandemiyadan oldingi darajaga qaytish yo'lida. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga ko'ra 2023 yilda global turizm faolligi pandemiyadan oldingi darajaning 88 foiziga yetdi. O'tgan yili 1,3 milliard kishi xorijga sayohat qilgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra turizmning tiklanishining ijobiy iqtisodiy ta'sirini ko'rsmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, xalqaro turizm daromadlari

2023-yilda 1,4 trillion AQSH dollarga yetdi, bu 2019-yildagi 1,5 trillion AQSH dollarning qariyb 93 foiziga ko'pdir. Turizm eksportidan tushgan daromad 2023 - yilda 1,6 trillion AQSH dollarni tashkil etadi, bu 2019 - yildagi 1,7 trillion AQSH dollarning qariyb 95 foiziga tengdir [3]. Iqtisodiyot uchun bu bandlikni oshirishni anglatadi [4]. Shu bilan birga, turizm sanoat sifatida atrof-muhitga qo'shimcha bosim o'tkazadi. Umuman olganda, turizm barcha 17 Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadi [5].

Xalqaro sayyohlar kelishining global o'sishi davom etmoqda, ammo Butun dunyo bo'ylab xalqaro sayyohlar kelishi 1995-2010 yillardagi o'rtacha 3,9 foizga nisbatan 2010-2030 yillarda yiliga o'rtacha 3,3 foizga o'sishi prognoz qilinmoqda.

Vaqt o'tishi bilan o'sish sur'ati asta-sekin sekinlashish kuzatilishi mumkin: 2011 yildagi 3,8 foizdan 2030 yilda 2,5 foizgacha. Bu to'rt omilning kombinatsiyasi natijasidir:

• asosiy hajmlar yuqoriroq, shuning uchun kichikroq o'sishlar hali ham sezilarli raqamlarni keltirib chiqaradi;

• iqtisod yetuklashgan sari YaiM o'sish sur'atlarining pasayishi;

• YalMga nisbatan sayohatning past egiluvchanligi;

• transport xarajatlarini kamaytirishdan ularni oshirishga o'tish.

2000 yilda taniqli turoperatorlar UNEP (BMT Atrof-muhit dasturi), BMTning Ta'lim, fan va madaniyat komissiyasi (UNESCO) va Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bilan birgalikda "Turoperatorlar tashabbusi" ixtiyoriy notijorat hamkorlikni yaratdilar (TOI) [6].

Ushbu hamkorlik ishtirokchilari barqarorlikni biznes faoliyatining asosi sifatida belgilaydilar va barqaror rivojlanishga mos keladigan amaliyot va usullarini ilgari surish uchun birgalikda ishlaydilar.

Ular atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga intilishadi; o'simliklar, hayvonlar, ekologik tizimlar, biologik xilma-xillikni saqlash; landshaftni, madaniy va tabiiy merosni himoya qilish va saqlash, mahalliy madaniyatlarning yaxlitligini hurmat qilish.

Turistik xizmatlar ishlab chiqarish tizimining asosiy qismini tashkil etuvchi turizmning texnologik zanjiri asosiy turistik maqsadlarga erishish uchun transport, joylashtirish va ovqatlanish ob'ektlari hamda xizmatlarning o'zidan iborat. Ushbu bosqichlarning har biri o'ziga xos manbalardan foydalanadi, har biri o'ziga xos foyda keltiradi va atrof-muhitga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi.

Cheklangan resurslar sharoitida barqaror rivojlanish muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda, chunki u ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik rivojlanishni muvozanatlashga qaratilgan. A.Ursul ta'kidlaganidek, "barqaror (muvozanatli) rivojlanish strategiyasi nafaqat iqtisodiy va ekologik xususiyatlarni, balki ijtimoiy-tabiiy tizimning barcha boshqa parametrlari va tendentsiyalarini tizimli optimallashtirishni, odamlar va jamiyat va tabiat o'rtasidagi uyg'unlikka erishishni talab qiladi.

Uning fikriga ko'ra, iqtisodiy o'sish va ijtimoiy rivojlanish barqarorligiga tabiatning asossiz degradatsiyasiz, birinchi navbatda sayyoramiz biosferasini saqlab qolish orqali erishish kerak [7].

K.Aall barqaror turizm masalalarini tadqiq etish jarayonida atrof-muhit va turizm o'rtasidagi munosabatlarni o'rganishda "atrof-muhit"ga ikki qarama-qarshi yondashuvni ajratib ko'rsatadi. "Environment-sensitive" turizm turizmning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirishga qaratilgan bo'lsa, "environment-dependent" turizm atrof-muhitni turizm uchun resurs bazasi sifatida ishlatadi [8].

Turizmning barqaror rivojlanishi deganda, E.Qiyaqbayeva uning uzoq muddatli rivojlanishini hozirgi va kelajak avlodlar uchun ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va madaniy maqsadlarni uyg'unlashtirish asosida tushunadi [9].

K.Arbuzova turizmning barqaror rivojlanishini iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda muvozanatga erishiladigan uzoq muddatli istiqbolga yo'naltirilgan rivojlanish deb hisoblaydi [10].

E. Grechishkina turizm sanoatida barqarorlikning to'rt turini aniqlaydilar: juda zaif (turizm imperativining stsenariysi); zaif (turistik mahsulot stsenariysi); kuchli (ekologik turizm stsenariysi); juda kuchli (neotenik turizm stsenariysi). Neotenik turizm stsenariysi tabiatni mutlaq asrash va qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslarni muhofaza qilish bilan tavsiflanadi [11].

Itimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi etarli darajada yuqori bo'lmasa, turizm sanoati asosiy daromad manbai bo'lib, barqarorlikning birinchi va ikkinchi turlari ko'pincha kuzatiladi. Barqarorlikning uchinchi turi atrof-muhitni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga e'tibor qaratish bilan bog'liq. Barqarorlikning to'rtinchi turi ekologik jihatdan zaif hududlarga xos bo'lishi mumkin.

Keyingi yillarda turizmning barqaror rivojlanishiga o'tish tamoyillarini belgilab beruvchi xalqaro hujjatlar va standartlar tizimi shakllantirildi.

"Making Tourism More Sustainable - A Guide for Policy Makers" hisobotida "barqaror turizm" ta'rifi joriy va kelajakdagi iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta'sirlarni hisobga oladigan va sayyohlar, sanoat, turistlar ehtiyojlariga e'tibor berishni talab qiladigan turizm ta'rifini taklif qilindi [12].

2001-yil 21-dekabrda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining A/RES/58/212 "Turizmning global axloq kodeksi" rezolyutsiyasining "Turizm -barqaror rivojlanish omili" 3-moddasida quyidagilar qayd etilgan:

turizm jarayonining barcha ishtirokchilari bugungi va ertangi avlodlarning ehtiyojlari va intilishlarini adolatli qondirish uchun sog'lom, progressiv va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida tabiiy muhit va resurslarni muhofaza qilishga majburdirlar;

markaziy, hududiy va mahalliy davlat hokimiyati organlari noyob va qimmatli tabiiy resurslarni, ayniqsa, suv va energiyani tejaydigan, shuningdek, maksimal darajada chiqindilar hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaydigan turizmni

rivojlantirishning barcha shakllariga ustuvor ahamiyat qaratishi va ularni moliyaviy rag'batlantirishi;

Xulosalar:

Turizm faoliyatining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish va uning turizm sanoati va mahalliy iqtisodiyotga foydali ta'sirini oshirish uchun, ayniqsa, pullik ta'tillar va maktab ta'tillari bilan bog'liq bo'lgan sayyohlar va tashrif buyuruvchilar oqimini vaqt va makon bo'yicha bir tekis taqsimlash, rag'batlantirish, shuningdek, mavsumiylikni yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim hisoblanadi.

Turistik infratuzilma va turistik faoliyat ekotizimlar va biologik xilma-xillikdan iborat tabiiy merosni muhofaza qilishni, shuningdek yo'qolib borayotgan yovvoyi fauna va flora turlarini muhofaza qilishni ta'minlaydigan tarzda rejalashtirilishi amalga oshirish barqaror turizm rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.

Turizm jarayoni ishtirokchilari, ayniqsa, turizm sohasi mutaxassislari, ayniqsa, himoyasiz joylarda - cho'l zonalari, qutbli va baland tog'li hududlar, qirg'oqbo'yi zonalari, tropik o'rmonlar va nam zonalarda amalga oshiradigan faoliyatiga ma'lum cheklovlar va cheklovlar o'rnatishga rozi bo'lishi kerak. tabiiy bog'lar yoki qo'riqlanadigan qo'riqxonalar yaratish borasida asosiy ma'sul hisoblanadi.

Shunday qilib, barqaror turizm:

birinchidan, turizmni rivojlantirishning asosiy elementi bo'lgan ekologik resurslardan maqbul foydalanishni ta'minlaydi, asosiy ekologik jarayonlarni qo'llab-quvvatlaydi, tabiiy meros va biologik xilma-xillikni saqlashga yordam beradi;

ikkinchidan, mezbon jamoalarning o'ziga xos ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi, ularning o'ziga xos yaratilgan va o'rnatilgan madaniy merosi va an'anaviy urf-odatlarini saqlab qoladi, turli madaniyatlarni o'zaro tushunishga va ularni idrok etishda bag'rikenglikka hissa qo'shadi;

uchinchidan, doimiy bandlikni ta'minlaydi va kambag'allikni qisqartirishga zarur hissa qo'shadi;

to'rtinchidan, barqaror turizmni rivojlantirish innovatsion resurs tejovchi texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida turistik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya va suv sarfini kamaytirish hisobiga xarajatlarni kamaytirish, chiqindilar miqdorini kamaytirishni nazarda tutadi;

beshinchidan, turizm faoliyatini amalga oshirishda yangi, ekologik toza texnologiyalardan foydalanish jahon turizm bozoridagi raqobatda kuchli dalilga aylanishi mumkin;

oltinchidan, ular turistik oqimlarni vaqt va makonda yanada samaraliroq taqsimlaydilar, bu, shubhasiz, nafaqat ekologik, balki iqtisodiy nuqtai nazardan ham foydalidir;

yettinchidan, barqaror turizmga erishish doimiy monitoring va turizmni barqaror rivojlantirishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari bilan bog'liq barcha manfaatdor tomonlarning ishtirokini talab qiladigan uzluksiz jarayondir.

Фойдаланган адабиётлар рущати:

1. Узбекистан Республикаси Президентининг «Узбекистан — 2030» стратегияси тугрисида 11.09.2023 йилдаги ПФ-158-сон фармони. https://lex.uz/docs/6600413

2. Travel & Tourism set to Break All Records in 2024, reveals WTTC. https://WTTC.org/news-article/travel-and-tourism-set-to-break-all-records-in-2024-reveals-WTTC

3. Международный туризм в 2024 году достигнет допандемийного уровня. https://news.un.org/ru/story/2024/01/1448742

4. Методические рекомендации по внедрению механизмов устойчивого развития в индустрии гостеприимства и туризме России. https://sutr.ru/students/library/docs/recommendations.pdf

5. Mostafa S.Rasoolimanesh, Ramakrishna Sundari, Michael C.Hall, Esfandiar, Kourosh &Siamak Seyfi. A systematic scoping review of sustainable tourism indicators in relation to the sustainable development goals.. Pages 1497-1517 | Received 03 Jun 2019, Accepted 25 May 2020, Published online: 24 Jun 2020. https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/09669582.2020.1775621

6. Раменский А. В. Устойчивое развитие «heyday tour». https://cyberleninka.ru/article/n/ustoychivoe-razvitie-heyday-tour

7. Урсул А.Д. Информатизация общества и переход к устойчивому развитию цивилизации. Информационное общество. 1993. Вып. 1-2. С. 3545. URL: http://emag.iis.ru/arc/infosoc/emag.nsf/BPA/bae746f66 def051bc 32576b 100308172\Ecnjqxbdjt.

8. Carlo Aall. Sustainable Tourism in Practice: Promoting or Perverting the Quest for a Sustainable Development? Sustainability. 2014. Vol/6. Р. 2562-2583.

9. Киякбаева Е. Г. Социально- экономические механизмы устойчивого развития туризма в регионах России: дисс.... канд. геогр. наук: 25.00.24. Москва: МГУ им. М. В. Ломоносова, 2015. 147 с.

10. Арбузова К.И. Реализация принципов устойчивого развития туризма через государственно-частное партнерство. URL: http: //www.scienceforum.ru/2014/pdf/ 3776.pdf.

11. Гречишкина Е. А., Механизм управления устойчивым развитием регионального туризма. https://www.academia.edu/38810930/%

12. Making Tourism More Sustainable - A Guide for Policy Makers. https://www.e-unwto.org/doi/book/10.18111/9789284408214

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.