Научная статья на тему 'BARKAMOL YOSHLAR – YUKSAK MA’NAVIYYAT MAHSULIDIR'

BARKAMOL YOSHLAR – YUKSAK MA’NAVIYYAT MAHSULIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ma’naviy-ma’rifiy / tahdid / mafkura / xuruj / ko‘nikma / iftixor / raxna / rezolyusiya / diniy ekstremizm / terrorizm / buz¬g‘unchi / osoyishtalik / ilmiy saviyalari / ogohlik va sergaklik / dunyoqarash / me’zon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yunusova Farida Rahmonberdievna, Hasanov Bahridin Baratovich

Mazkur maqolada, mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, Universitetimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ba’zi namunalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL YOSHLAR – YUKSAK MA’NAVIYYAT MAHSULIDIR»

BARKAMOL YOSHLAR - YUKSAK MA'NAVIYYAT

MAHSULIDIR

*Yunusova Farida Rahmonberdievna, 2Hasanov Bahridin Baratovich

"TIQXMMI", MTU, dotsent "TIQXMMI", MTU, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11213693

Annotation. Mazkur maqolada, mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, Universitetimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ba'zi namunalari bayon etilgan.

Аннотация. В данной статье, в целях осуществления широкомасштабных целенаправленных мер по воспитанию здорового и гармоничного поколения в нашей стране, реализации творческого и интеллектуального потенциала молодежи, создания необходимых условий и возможностей для воспитания юношей и девушек нашей страны во всесторонне развитых личностях, полностью отвечающих требованиям XXI века, приведены изложены некоторые примеры проводимой духовно-просветительской работы.

Annotation. In this article, some examples of spiritual and educational work carried out in our University in order to bring up a healthy and harmonious generation in our country, realize the creative and intellectual potential of young people, create the necessary conditions and opportunities to bring young people and girls of our country to adulthood as comprehensively developed persons who fully meet the requirements of the 21 st century.

Kalit so'zlar: ma'naviy-ma'rifiy, tahdid, mafkura, xuruj, ko'nikma, iftixor, raxna, rezolyusiya, diniy ekstremizm, terrorizm, buzg'unchi, osoyishtalik, ilmiy saviyalari, ogohlik va sergaklik, dunyoqarash, me 'zon.

Ключевые слова: духовно-просветительский, угроза, идеология, предубеждение, умение, гордость, Рахна, резолюция, религиозный экстремизм, терроризм, подрывная деятельность, спокойствие, научные уровни, бдительность и бдительность, мировоззрение, критерий.

Key words: spiritual-educational, threat, ideology, prejudice, skill, pride, racketeering, resolution, religious extremism, terrorism, disruptive, tranquility, scientific levels, awareness and alertness, worldview, moderation.

Buyuk ajdodlarimiz ma'naviy-ruhiy kamolotga erishishni, doimo ogoh va hushyor yashashni, Vatan, el-yurt sha'ni, tinchligi uchun hatto jon fidoetishni hayotining mazmuni deb bilgan. Avlodlarini ham ana shu ezgu amallar ruhida tarbiyalashga intilgan. Bu an'analar dunyo manzaralari kun sayin o'zgarib, tinchlik-totuvlikka tahdidlar tobora kuchayayotgan bugungi davrda yanada dolzarblik kasb etmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o'z maqsadlariga erishish uchun, avvalo, zabt etmoqchi bo'lgan mamlakatlarning aholisi ongini o'ziga qaram qilishga intiladi".

Mamlakatimizdagi tinchlik, hamjihatlikka raxna solishi mumkin bo'lgan tahdidlardan aholi, ayniqsa, yoshlarning ogohligini muntazam oshirib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,

yoshlarni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, yot mafkuralar, xurujlardan asrash, ularda turli g'oyaviy tahdidlarga qarshi turish ko'nikmalarini shakllantirish davlatimiz yuritayotgan siyosatning muhim yo'nalishlaridan sanaladi.

Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida O'zbekiston deya atalmish go'zal va betakror mamlakatning o'z o'rni va nufuzi, o'ziga xos taraqqiyot yo'li borligi qalbimizga iftixor bag'ishlaydi. Shu bois ham Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa esa osonlikcha qo'lga kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz. Diyorimizda tinchlikni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Afsuski, hayotimizda sodir bo'layotgan noqonuniy xatti-harakatlarni ko'rib ko'rmaslikka oladigan, tinchlikni saqlash faqat davlatning ishi deb o'ylaydiganlar, farzandlarining tarbiyasi bilan qiziqmaydigan ota-onalar ham borligini qayd etish lozim. Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bo'lsa, mahalla, qishloq, shahar, viloyat va nihoyat, mamlakatda osoyishtalik bo'ladi, yurt ravnaq topadi. Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu hunarlari bilan axloqiy fazilatlarini ham o'stirib borishimiz kerak. Yosh avlodning turli yot oqimlar ta' siriga tushib qolishini oldini olish to'g'risida g'amxo'rlik nafaqat hukumatimiz va ota-onaning, balki ta'lim muassasalarining ham muqaddas burchidir. Bunda avvalo, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasida barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlash, savodsizlik va jaholatga barham berish maqsadida qabul qilingan "ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiya asos bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omili hisoblanadi. Shu bois inson ma'naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir. Yoshlarning ta'lim-tarbiyasi kelajagimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Shu bois mamlakatimizda ularning puxta ta'lim-tarbiya olishi uchun qulay sharoit yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Chunki jamiyatimiz osoyishtaligi, mamlakatimiz taraqqiyotiga raxna solmoqchi bo'lganlar ko'p hollarda yoshlarni o'z tomoniga og'dirishga harakat qiladi. Shu bois yigit-qizlarning turli g'araz niyatli guruhlarga qo'shilib qolishining oldini olish, O'zbekiston hukumati tomonidan diniy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bu yo'nalishda hukumatimizning bir qancha qaror va dasturlari, sohaga daxldor davlat va nodavlat tashkilotlarning qo'shma rejalari qabul qilinib, ijroga yo'naltirilmoqda. Yukoridagi dasturlarga asoslangan xolda bizning "TIQXMMT Milliy tadqiqot universitetida olib borilayotgan ma'naviy- ma'rifiy ishlar muxim axamiyatga ega. Xususan, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm singari buzg'unchi va yot g'oyalar ta'siridan saqlash maqsadida "Diniy ekstremizm va terrorizm - yoshlar kelajagiga tahdid", "Ma'rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi", "Missionerlik va prozel-itizmning salbiy oqibatlari" mavzularida uchrashuv va seminarlar o'tkazib kelinmoqda. Mazkur uchrashuvlarda yoshlarni mintaqamizda kechayotgan ayrim jarayonlar haqida xabardor qilish, ularda ogohlik va sergaklik, el-yurt tinchligi va taraqqiyotiga mas'uliyat hissini mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirish masalalari xususida fikr yuritilmoqda. Yoshlarga dunyoda kechayotgan global jarayonlarda turli missionerlik va prozelitizm harakatlari, diniy mutaassiblik va ekstremizm muammolari kuchayayotgani,

ularning xalqaro omillari, asl maqsadi, O'zbekistonga ta'siri haqida tushunchalar berilmoqda.

Universitetimiz "Xotin - Qizlar Kengashi" tomonidan o'tkazilayotgan tadbirlar xam talaba qizlarimizning nafaqat bilim olish, balki milliy qadriyatlarimizni ular ongiga singdirish borasida muxim axamiyatga ega bo'lishi muqarrardir. Ya'ni, xalqimiz tabiatiga xos mehr-oqibat, ahillik, o'zaro totuvlik singari fazilatlarni yosh avlod ongi va qalbiga chuqur singdirish ertangi kunimiz yanada charog'on bo'lishining, ezgu maqsadlarimiz ro'yobining muhim mezonidir. Diyorimizda qizlar tarbiyasiga aloxida e'tibor berilar ekan, bizning universitetimiz qizlarining barkamolligini shakllantirish, oliygohda bilim berayotgan professor-o'qituvchilarning xam muhim vazifalariga aylangan. Shu boisdan universitetimiz Xotin-Qizlar Kengashi a'zolari boshchiligida o'tkazilayotgan "Moxir qo'llar", "Nafosat", "Siz qonunni bilasizmi?" kabi ko'rik tanlovlari, "Kitobxon ona-kitobxon bola", "Milliy liboslar namoyishi" tadbirlari va "Zakovat" intelektual o'yini, "Erta turmushni oldini olish" nomli seminar, hamda har xafta muntazam Talabalar turar joyida (TTJ) yashovchi qizlar orasidagi muammolar o'rganilib, universitetimiz psixologi va tyutorlari bilan birgalikda kerakli maslaxatlar berish yo'lga qo'yilgan.Ulardan tashqari qizlarimiz tashabbuslari bilan erkin mavzularda ham turli tadbirlar o'tkazilib, qizlarimizning faolligini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, ularni yangi hayotga tayyorlash kabi me'zonlarni shakllantirib borish biz professor-o'qituvchilarning burchlariga aylangan. Bu harakatlarning zamirida "Ma'naviy barkamol yoshlarni" ya'ni, "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari"ni shakllantirish maqsadi bo'lib, O'zbekiston deya atalmish go'zal va betakror mamlakatimizda xukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shishdek muqaddas vazifalarni sidqidildan bajarishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. PQ-1271-son "Barkamol avlod yili"davlat dasturi to'g'risida. lex.uz 27.01.2010.

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -Toshkent: "O'zbekiston". 2019.

3. Karimov I.A. Milliy davlatchilik,istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to'g'risida.-Toshkent: "O'zbekiston". 1999.

4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. - Toshkent: "Ma'naviyat". 2008.

5. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. - Toshkent: "O'zbekiston". 2015.

6. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston". 2017.

7. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: "O'zbekiston". 2017.

8. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug' xalqning-ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. - Toshkent: "O'zbekiston". 2019.

9. O.Yusupov. Ma'naviy Barkamol yoshlar - kelajagimiz poydevori. Toshkent : O'zbekiston Respublikasi din ishlari bo'yicha qo'mita. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.