Научная статья на тему 'BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING AHAMIYATI'

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / muloqot / til / nutq / fikr / verbal.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Toshpo‘Latova Nargizaxon Mamarizayevna

Ushbu maqolada muloqot haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING AHAMIYATI»

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING

AHAMIYATI

Toshpo'latova Nargizaxon Mamarizayevna

Farg'ona Viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish millliy markazi "Pedagogika va psixologiya, ta'lim texnologiyalari" kafedrasi "Ta'limda ilg'or xorijiy tajribalar" fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215583

Annotatsiya. Ushbu maqolada muloqot haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: shaxs, muloqot, til, nutq, fikr, verbal.

Аннотация. В данной статье ведётся речь о разговор.

Ключевые слова: личность, речь, язык, разговор, идея, вербальный.

Annotation. In this article says about dialogue.

Key words. person, dialogue, language, speech, idea, verbal.

O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ma'naviy qadriyatlarimizni rivojlantirish muhim ahamiyatiga ega. Erkin shaxs ma'naviyati, zamonaviy g'oyalar va milliy-ma'naviy qadriyatlar uyg'unligiga erishishdan iborat.Istiqlol davrida ma'naviy merosimizni tiklashda amalga oshirilgan ishlar, tariximizni xolisona o'rganish, ulug' allomalar adabiy-ilmiy asarlarining tarjima va nashr qilinishi, ta'lim berishni takomillashtirish, adabiyot, san'at sohasidagi yutuqlar-jamiyatni ma'naviy-ruhiy ko'tarilishiga olib keldi va ustivor yo'nalishlardagi islohotlarga kuch bag'ishladi. Sharq mutafakkirlari yosh avlodni tarbiyalash, kasbga yo'naltirish bo'yicha fikrlarni ilgari surganlar hamda ta'limotlar yaratganlar. Ilmiy merosni sinchkovlik bilan o'rganish, tahlil qilish, tizimlashtirish hamda jahon fanining mazkur sohasidagi yutuqlari bilan taqqoslash o'zligimizni anglash imkonini kengaytirib, xalqimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tiborini yanada oshiradi. Tariximizni, ajdodlarimizning asrlar davomida to'plagan tajribalarini o'rganish ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.Ma'rifiy risolalarda asosan axloqning nazariy va amaliy masalalari tahlil etilgan.

Axborot-kommunikativ faoliyat yo'nalishi shaxsning ma'lumot axborotga ega ekanligi; voqelik, voqea-hodisalar to'g'risidagi hamda axborot -kommunikativ ma'lumotlar bilan qurollanganligi bilan belgilanadi.

Nutq-tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi,tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.Nutq deganda- uning og'zaki ravishda namoyon bo'lishidagi so'zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi.

MULOQOT- odamlar o'rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi.

Muloqot jarayonida inson o'zining tashqi olam, jamiyatning turmush tarzi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naiy hayoti haqidagi qarashlari, tasavvuri va hissiyotini ifodalaydi. Jamiyat a'zolarining o'zaro ijtimoiy munosabatlari, turmush sharoitlari o'zgarishi bilan ularning moddiy olam haqidagi tasavvuri, tushunchalari, dunyoqarashlari, odob va axloq me'yorlari ham o'zgaradi. Bunday o'zgarish kishilarning umumiy manfaatlari, hayrixohligi asosida ro'y beradi. Kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan odamlar o'rtasida muloqatga ehtiyoj sezildi. Jamiyat a'zolarining bir-birlari bilan o'zaro muloqotlari shu jamiyatning har tomonlama taraqqiyotiga zamin bo'ldi. Muloqotda suhbatdoshini so'zlarini diqqat bilan tinglash ham san'at. Sabrsizlik bilan o'zining turli fikrlarini, nuqtai nazarini aytib, suhbatdoshlarini chalg'itish odobsizlik belgisi hisoblanadi.Muloqotda gapni topib, so'zlarni o'z o'rnida, tavoze bilan gapirishda hikmat ko'p.

Muloqot - odamlar (shaxslararo aloqa) va guruhlar (guruhlararo aloqa) o'rtasida aloqa o'rnatish va rivojlantyrishning murakkab ko'p qirrali jarayoni. Bu jarayon birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadi va 3 hil jarayonni o'z ichiga oladi: 1. Aloqa (axborot almashuvi).2.O'zaro ta'sir (harakatlar almashuvi) va ijtimoiy idrok (boshqa odamni idrok qilish va tushunish).

3. Muloqot va samarali muloqot o'rtasidagi asosiy farq - aniq natijaga yo'nalganlikning yo'qligi yoki kamligi.

Samarali muloqotning tashkil etuvchilari

Muloqotda samaradorlikka erishish uchun, muloqot samarali bo'lishi uchun, quyidagi tashkil etuvchilari zarur:

1. Muloqot maqsadi. Tomonlarda aniq belgilangan maqsadlar bo'lsa va ular o'zaro manfaatli bo'lishsa, u holda muloqot samaradorligi oshadi.

2. Tomonlar manfaati

Tomonlarda o'zaro munosabat va hamkorlik qilishga qiziqishlari va istaklari bo'lsa, ular ushbu o'zaro qiziqishni barcha bosqichlarda hisobga olsalar, u holda muloqot va muloqotning samaradorligi oshadi.

3. Tomonlar zaxirasi(inson, moddiy, intellektual va vaqt).

Tomonlar aloqa jarayonida ham,keyin ham foydalanishlari mumkin bo'lgan real, aniq zaxiralarni bilishlari va ko'rib chiqishlari kerak.

4. Muloqot shart - sharoitlari

Maqsadga qarab, aloqa belgilangan shaklda, joyda, norasmiy yoki rasmiy sharoitda olib boriladi.

5. Qatnashchilarning ruhiy holati

Muloqot ishtirokchilarining holati muloqot samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin. Muloqot jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, salbiy yoki ijobiy"rangga bo'yashi".Agar inson muloqotdan oldin ma'lum foizda tayyorgarlik ko'rsa, u holda muloqot samaradorligi oshadi.

Kommunikativ ko'nikma tushunchasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Fikrni qisqa, lo'nda va yorqin bayon etish.Nutqning ravon va abadiy til qoidalariga muvofiqligi. Muloqotda o'z fikriga ishontira olish,isbotni bayon etayotganda fikrlar ketma-ketligi va mantiqan izchilligini ta'minlashga erishish. O'zgalar fikriga ta'sir etuvchi(ishontira olish,to'g'rilash, fikrni qarama-qarshi qo'yish) muloqot maneralarini tanlay olish. O'zgalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishda hamda o'zaro munosabatlarni o'rnatishga qaratilgan(qo'llab-quvvatlash, ruhlantiruvchi) muloqot shakllarini tanlay olishi, muloqot madaniyati muhim. Kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish usullari va ulardan samarali foydalanishda xalqaro hamjamiyat erishgan va qo'llab kelayotgan ilg'or tajribalar tahlili.Boshqalar fikrini hurmat qilish hamda muloqot maneralaridan samarali foydalanish. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o'z hayotida bog'liq bo'ladigan umumiyliklar bilan o'zaro ta'sirini aks ettiradi.

Muomala Insonni shaxs sifatida rivojlanishi va shakllanishiga yordam beruvchi_vositadir. Muomala - jarayon ishtirokchilari bilan o'zaro hamkorlik hamda samimiy muloqotda bo'lish, tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish. Muomala- Ijtimoiy-ruhiy jarayon sifatida shaxsning bilishi axborotlar_almashish,faoliyatni tashkil etish, o'zini anglash kabi vazifalarni bajaradi. Bularni bilish va o'rganish barkamol avlodni tarbiyalashda yagona jarayon_ekanligini anglab yetishga imkon yaratadi.

Shaxsning nutqiga qo'yiladigan talablar quyidagilarda namoyon bo'ladi. Nutqda fikrlar mantiqli, asosli va ishonchli bo'lishi lozim.

Tarbiya ishida nutqning ta'sir kuchi

Shaxsning nutqi o'zini tuta bilishiga, xulq-atvori va fikr_yuritishlariga ham ta'sir etuvchi kuchli vositadir.Uning nutqida uning hissi,intilishlari,irodasi aks etadi. Nutqning aniqligi va ta'sirchanligi mazmundor nutqning tinglovchiga ta'sir etish omilidir. Inson so'z va tilining ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq ma'lumotlar asosida o'zidagi ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi.Insonning nutqiy qobiliyati madaniy,shaxsiy talablar asosida shakllanadi Bunda esa nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni unutmasligi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Pedagogik entsiklopediya 2017 y. 3 jild.

2. Mavlonova R. A. Umumiy pedagogika. - Toshkent: Fan va texnologiya,

3. Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati. -T.: "Akademiya", 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.