Научная статья на тему 'BANK XIZMATLARI KO’RSATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI'

BANK XIZMATLARI KO’RSATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bank / bank faoliyati / bank xizmatlari / moliya / kapital. / Bank / banking activity / banking services / finance / capital.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hudoyqulov Husniddin Ziyodullayevich, Rustamova Nasiba Arslonovna

Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o’rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikrmulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, bank xizmatlari ko’rsatishning ilmiy-nazariy asoslari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations on increasing the role of banks in the economy and defining their important tasks, scientific and theoretical foundations of banking services have been developed.

Текст научной работы на тему «BANK XIZMATLARI KO’RSATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI»

BANK XIZMATLARI KO'RSATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Hudoyqulov Husniddin Ziyodullayevich

SamlSI "Bank ishi" kafedrasi ass.-staj.

Rustamova Nasiba Arslonovna SamISI talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashishida banklarning o'rni va roli haqida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Banlarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish va muhim vazifalarini belgilash, bank xizmatlari ko'rsatishning ilmiy-nazariy asoslari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. Bank, bank faoliyati, bank xizmatlari, moliya, kapital.

Abstract. This article presents opinions of the authors about the place and role of banks in the development and improvement of the economy. Proposals and recommendations on increasing the role of banks in the economy and defining their important tasks, scientific and theoretical foundations of banking services have been developed.

Key words. Bank, banking activity, banking services, finance, capital.

Iqtisodiyot nazariyasiga ko'ra umumiktisodiy qonunlar ichida extiyojlarning doimiy yuqorilab boruvchi qonun o'ta muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra inson jamiyati rivojlanishi bilan bir qatorda insonlarning ehtiyojlari ham tinimsiz o'sib boradi. Boshqacha qilib aytganda turmush darajasi qanchalik yaxshi bo'lmasin, inson undan qoniqtirish hosil qilmaydi. Kirni qo'lda yuvishdan ko'ra texnika yordamida amalga oshirish, changni supurgi yordamida emas, changyutgich mashinasi yordamida tozalash afzalligini inson allaqachon anglab olgan. Shunday oilalar borki, ularning daromadlari qulay sharoitda yashash uchun kerak bo'lgan jixoz va texnikalarni o'z mablag'lari hisobiga sotib olishga imkoniyat yaratadi. Boshqa oilalarda bunday imkoniyat cheklangan, lekin ular ham shaxsiy avtomobilda sayohat qilishni, shinam uylarda yashashni xoxlaydilar va buning uchun kredit tashkilotlariga murojaat qilishadi. Mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin iloji boricha tezroq sotilishi kerak. Shundan kelib chiqib ishlab chiqaruvchi o'zining vaqtinchalik bo'sh pullarini banklarda depozit sifatida joylashtiradi, bank vositachi sifatida ularni olib, iste'molchilar taqdim etadi. Albatta bu jarayonlarning negizida ikki tomonlama manfaat yotadi. Qaysi mamlakatlar o'z aholisi uchun eng qulay turmush sharoitlarini yaratib berishga ko'proq qodir degan savol tug'iladi. Qaysiki mavjud iqtisodiy potentsialdan samarali foydalanishga, yuqori mehnat unumdorligiga erishayotgan

bulsa. AQShda 20 ta milliarder butun mamlakat milliy boyligining 50 foiziga egalik qiladi, Shvetsiyada esa sharoit umuman boshqacha. Aqli raso va sog'lom mehnatga layoqatli shvedlar barcha boyliklarni o'rtaga qo'yib yashaydi, daromadlar barcha oilalar uchun qulay xayot sharoitlarini yaratishga birdek xizmat qiladi. Butun mamlakat aholisi yoz kunlari ish faoliyatini to'xtatib ta'tilga chiqadi va dunyo bo'ylab sayohatga chiqadi. Boshqa guruh mamlakatlar aholisining aksariyati kambag'allik chizigidan chiqa olmasdan, azobu uqubatda yashaydi. Banklar tijorat tashkilotlari sifatida xayot kechirish darajasini yaxshilashga xizmat kiladi, buning uchun ular ayrim korxona va shaxslarda vujudga keladigan vaqtinchalik bo'sh pullarni to'plab, boshqa guruh korxona va insonlarga qaytarish, foiz to'lash va maqsadli ishlatish sharti bilan taqdim etishadi.

Bank xizmati - bank operatsiyalarini o'tkazishni optimallashtiruvchi nazariy, texnologik, moliyaviy, intelektual bank faoliyatidir.

Bank xizmatlari deganda tijorat banklarining tezkor va strategik faoliyati hamda samarali boshqarish bilan bevosita bog'liq bo'lgan harakatlar majmui tushuniladi. Bank xizmatlari yangi xizmatlarni taklif etish va ularning sifat xususiyatlarini yaxshilash yo'li bilan mijozlarni jalb etishga qaratilgan. Bank xizmati bank operatsiyalarini optimal darajada bajarishga ko'maklashadi, ishlab chiqilgan va ko'rsatilgan bank xizmatlari esa bank operatsiyalari bilan birgalikda bank mahsulotini yaratadi.

Bank xizmatlari haqiqatan ham bank faoliyati majmui, mijozlarning bank faoliyatiga bo'lgan talablarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlardir. Shu bilan bir qatorda, bank xizmati tushunchasiga bank operatsiyalari optimallashuvi ham muhim element sifatida kiritildi, chunki banklar xizmatning u yoki bu turini tanlashda ushbu operatsiyaning samaradorligi, qulayligi va sifatliligi darajasiga e'tibor berishlari va ushbu ko'rsatkichlar ularning raqobatbardoshligini ta'minlash asosi hisoblanishini his etmoqlari lozim.

Bank xizmatlari nazariyasi evolyutsiyasi qator rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi. Bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang'ich bosqichida X.Duglas va G.Brayanning ilmiy ishlari bank xizmatlari bozori va uning bank xizmati segmentini o'rganishga bag'ishlangan. Ikkinchi bosqich alohida mamlakatlarning kredit-moliya tizimlari faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hamda bank kapitali globallashuvi va markazlashuvining bank xizmatlari bozoriga ta'sirining ehtimoliy oqibatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan F.Derek, O.Donnel, E.Ballarin ilmiy ishlarida aks etadi. Uchinchi bosqichda «Moliyaviy supermarket» va «moliyaviy butik» g'oyasi hamda tor yo'nalishga ixtisoslashgan banklarning universal banklar qatoriga qo'shilishi dolzarblik kasb etdi.

Ssuda kapitali bozoridagi xizmatlar, elektron xizmatlar keng tarqaldi, banklarning birlashish va singib ketish holatlari ko'paydi. Bu borada D.Jentle, J.Sinki, P. Roo'z ilmiy ishlarini alohida ta'kidlab o'tish mumkin.

Bank xizmatlari bilan qondiriladigan moliyaviy ehtiyojlar dastlabki ishlab chiqarish va shaxsiy ehtiyojlarning hosilasi, ya'ni ikkilamchi ehtiyojlar bo'lib hisoblanadi. Albatta, bank xizmatlari qondiradigan ehtiyojlar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu ishlab chiqarish ehtiyojlari (bank krediti orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisob-kitoblar tizimi orqali ishlab chiqarish o'zluksizligini ta'minlash) va shaxsiy ehtiyojlar (aktivlardan olinadigan daromadlar hisobiga boshqa ehtiyojlarni qondiradigan, pullar va boshqa boyliklarni omonatda yoki bank seyfida saqlash orqali xavfsizligini ta'minlash, ulardan foizli daromadlarga ega bo'lish va boshq.) bo'lishi mumkin. Lekin barcha aytib o'tilgan ehtiyojlar bevosita bank xizmatlari bilan qondirilishi mumkin emas. Bank xizmatlari dastlabki ishlab chiqarish va shaxsiy extiyojlarni emas, balki ularning hosilasi bo'lgan moliyaviy ehtiyojlarni qondiradi. Bu kredit muassasalari o'rtasida mijozlarning mablag'lari uchun kurashib o'z mahsulotlari va xizmatlarini o'tkazish bo'yicha raqobatni kuchaytiradi.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston banklari o'z xizmatlarini etarli darajada shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o'rtasidagi raqobat kurashi ularni qo'shimcha mijozlar jalb etish hamda ko'rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda.

Bank xizmatlari nazariyasi evolyutsiyasi qator rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi. Bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang'ich bosqichida X.Duglas va G.Brayanning ilmiy ishlari bank xizmatlari bozori va uning bank xizmati segmentini o'rganishga bag'ishlangan. Ikkinchi bosqich alohida mamlakatlarning kredit-moliya tizimlari faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hamda bank kapitali globallashuvi va markazlashuvining bank xizmatlari bozoriga ta'sirining ehtimoliy oqibatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan F.Derek, O.Donnel, E.Ballarin ilmiy ishlarida aks etadi. Uchinchi bosqichda «Moliyaviy supermarket» va «moliyaviy butik» g'oyasi hamda tor yo'nalishga ixtisoslashgan banklarning universal banklar qatoriga qo'shilishi dolzarblik kasb etdi.

Ssuda kapitali bozoridagi xizmatlar, elektron xizmatlar keng tarqaldi, banklarning birlashish va singib ketish holatlari ko'paydi. Bu borada D.Jentle, J.Sinki, P.Roo'z ilmiy ishlarini alohida ta'kidlab o'tish mumkin. Mustaqillik yillarida O'zbekiston banklari o'z xizmatlarini yetarli darajada shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o'rtasidagi raqobat kurashi ularni qo'shimcha mijozlar jalb etish hamda ko'rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda.

Bank xizmati haqiqatdan ham bank faoliyati majmuasidir. Mijozlarning bank faoliyatiga bo'lgan talablarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlardir. Shu bilan bir qatorda bank xizmati tushunchasiga bank operatsiyalarini optimallashuvini ham muhim element sifatida kiritildi, chunki banklar xizmatning u yoki bu turini tanlashda ushbu operatsiyaning samaradorligi, qulayligi va sifatliligi darajasiga e'tibor berishlari va ushbu ko'rsatkichlar uning raqobatbardoshligini ta'minlash asosi hisoblanishini his etmoqlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. "Bank resurslari va ularni boshqarish". Monografiya.-Toshkent: Iqtisod-moliya, 2009

2. Lavrushin O.I. Bankovskoe delo. Uchebnik.-M.: KNORUS, 2009.

3. Muxammedov M.M. Norasmiy bandlik: sabablari, oqibatlari va qisqartirish yullari. T. "IQTISODIYOT", 2016.

4. Vafoev I.B. Iqtisodimiz chuqur tahlil va marketingga muhtoj. "O'zbekiston ovozi" gazetasi.18-son. T., 2019.

5. Umarov Z. Yangi bank xizmatlari, ularni rivojlantirish. «Bozor, pul va kredit» jurnali, 1-son, 2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.