Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA BANKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION XIZMAT TURLARINI JORIY ETISH YO‘LLARI'

O‘ZBEKISTONDA BANKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION XIZMAT TURLARINI JORIY ETISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

473
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bank / innovatsiya / kredit / kichik biznes / daromad / moliyaviy / banking / innovation / credit / small business / income / financial

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shaxlo Egamberdiyevna Nematova, Ilxomjon Ikromjon Ogli Usmonaliyev

Bank tizimi moliya bozorining asosiy bo„g„inlaridan biri bo„lib, uning rivojlanishi, bir tomondan, mamlakat moliya sektori rivojlanishiga turtki bo„lsa, ikkinchi tomondan, real sektorni moliyalashtirish natijasida ishlab chiqarish obʼektlari faoliyatining rivojlanishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The banking system is one of the main links of the financial market, the development of which, on the one hand, is an impetus for the development of the country's financial sector, and on the other hand, as a result of financing the real sector, leads to the development of the functioning of production facilities, the development of the economy

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA BANKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION XIZMAT TURLARINI JORIY ETISH YO‘LLARI»

O'ZBEKISTONDA BANKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION XIZMAT TURLARINI JORIY ETISH YO'LLARI

Shaxlo Egamberdiyevna Nematova

o'qituvchi

Ilxomjon Ikromjon o'g'li Usmonaliyev

magistr, iqtisodiyot mutaxassisligi

ANNOTATSIYA

Bank tizimi moliya bozorining asosiy bo'g'inlaridan biri bo'lib, uning rivojlanishi, bir tomondan, mamlakat moliya sektori rivojlanishiga turtki bo'lsa, ikkinchi tomondan, real sektorni moliyalashtirish natijasida ishlab chiqarish ob'ektlari faoliyatining rivojlanishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.

Kalit so'zlar: bank, innovatsiya, kredit, kichik biznes, daromad, moliyaviy

ABSTRACT

The banking system is one of the main links of the financial market, the development of which, on the one hand, is an impetus for the development of the country's financial sector, and on the other hand, as a result of financing the real sector, leads to the development of the functioning of production facilities, the development of the economy

Keywords: banking, innovation, credit, small business, income, financial

KIRISH

Bugungi kunda bank tizimini rivojlantirishda banklarning texnik va texnologik rivojlanganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy innovatsion xizmatlar ko'rsatishni qat'iy yo'lga qo'yish, bank majburiyatini kafolatlash orqali unga aholi omonatlarini keng jalb etish tizim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish sharoitida moliya bozorining funksiyalarini takomillashtirish, uning asosiy ishtirokchisi bo'lgan bank tizimini muqobil ishlash strategiyasini ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir. Bunda tijorat banklarining innovatsion moliyaviy xizmat turlarini mijozlarga taqdim etishi, ularning ommabopligini ta'minlashi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

January, 2023

5

Ushbu vazifaning samarali amalga oshirilishini ta'minlashda bank tizimining jozibadorligini oshirish, ya'ni mijozlariga yaratilgan imtiyozlar, qulayliklar va eng asosiysi ulaming ishonchini qozonish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning barcha bo'g'inlarida shu o'rinda bank tizimida ham zanjirsimon ketma-ketlik uzluksiz tarzda faoliyat yuritishi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bank tizimida ketma-ketlikning uzilishi kutilayotgan daromadning kelmasligiga, bu esa barqarorlik va likvidlilik darajalarining pasayishiga olib keladi. Bugungi kunda banklarimizda amalga oshirilayotgan operatsiyalar kesimini tahlil qilsak, aktiv operatsiyalar tarkibida faqatgina kredit va lizing operatsiyalarida 15,02 foizga o'sish kuzatilgan, bu, albatta, ijobiy holat, biroq boshqa daromad keltiradigan aktiv operatsiyalar tarkibida faqat pasayish kuzatilgan bularga: oldi-sotdi amaliyotlari bo'yicha mablag'lar, ya'ni qimmatli qog'ozlar va investitsiyalar bo'lib, bu banklarimiz kredit berish bilangina cheklanib qolayotgani, diversifikatsiya siyosatining mavjud emasligidan dalolat beradi.

Bunday holatni passiv operatsiyalarda ham ko'rish mumkin. Talab qilib olinguncha depozitlar salmog'i 60 foizdan ziyodni, muddatli depozitlar esa 20 foizdan ziyodni va jamg'arma depozitlari 10 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Ushbu holat bugungi kunda banklarimizdagi depozitlar tarkibida balans yo'qligini, bu o'z -o'zidan depozitlar salmog'ida yuridik shaxslarning moliyaviy mablag'lari asosida shakllantirilganidan va yuqori risk asosida faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.

Bir omilning ikkinchi omilga bog'liqligini hisobga olsak, ushbu muammolarni hal etishda, bank tizimidagi tub o'zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vazifa sifatida moliyaviy xizmatlarning salmog'ini oshirish, ularni innovatsion tarzda boshqarish, bank infratuzilmasini takomillashtirish va daromad olishiga ta'sir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish talab etiladi. Chunki xorij amaliyotida banklar 300 dan ortiq operatsiyalarni amalga oshirishini ko'rishimiz mumkin. Mamlakatimizdagi tijorat banklari faqatgina kredit berish va depozitlarni qabul qilish bilangina chegaralanib qolmoqda. Shuning uchun moliyaviy xizmat turlarini ko'paytirish, bankning daromad manbalarini kengaytirish asoslarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda banklarda taklif etilayotgan moliyaviy xizmat turlarining ommaboplik darajasini o'rganish lozim. Chunki taqdim etilayotgan xizmat, ya'ni bank mahsuloti o'z xaridoriga egami, talablarga javob beradimi, mijozning ushbu xizmat turidan foydalanish bilimi mavjudmi, o'zlashtirish ko'rsatkichlari qay darajada va

January, 2023

6

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

shu kabi ko'pgina savollarga javob topish, ularni tahlil qilish va samarali ye chimini taklif etish bankning daromad olishini ta'minlaydi. Buning uchun esa bank mijozlarining ushbu xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari qay darajada ekanligini o'rganish talab etiladi.

Shu bilan birga, tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari bo'yicha mamlakatimiz iqtsodchi olimlarining nazariy yondashuvlariga e'tibor qaratsak, O.F. Aliqoriyev: "Bank xizmati-mijozlarga taqdim etiladigan bank operatsiyalarining optimal bajarilishiga ko'maklashuvchi bank faoliyatining ko'rinishi", deb ta'kidlaydi. [1] Xorijiy iqtisodchi olimlardan A.N.Azriliyan "Moliyaviy xizmatlarni jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag'larini jalb qilish va foydalanish bilan bog'liq faoliyat", deb ta'riflaydi.[3] Yana bir iqtisodchi olima Ye.B.Shirinskaya "banklarning maslahat xizmatlarini balansdan tashqari amaliyotlarga qo'shadi, chunki ularni taqdim etish aktiv va passivlarning o'sishiga olib kelmaydi, to'lov esa komission mukofot pulidan iborat bo'ladi", deb ta'riflaydi.[3] Amerikalik olim P.S.Rouz bank xizmatlariga pul zaxiralarini boshqarish, iste'mol krediti, naqd pul oqimlarini boshqarish, lizing, pensiya rejalarini sotish kabi bank faoliyati turlarini kiritgan. [2]

Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilishda moliyaviy xizmatlar mijozlarning foydasini, ehtiyojlarini qondirish maqsadida va shu bilan birga, bank foydasini oshirishga yo'naltirilgan xizmat sifatida ta'riflanadi. Ushbu ta'riflarni umumlashtirgan holda moliyaviy xizmatlar - mijozlarning manfatlarini va bankning daromadini innovatsion tarzda amalga oshirish mexanizmidir deyishimiz mumkin.

Bundan kelib chiqib, birgina moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga amaliy yordam ekanligi yaqqol namoyon bo'ldi. Yuqorida keltirib o'tganimizdek bir omilning ikkinchi omilga uzviy bog'liqligi, ya'ni gepotizasi shakllantirildi. Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarning ko'lamini kengaytirish asosida aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish imkoniga ega bo'lamiz, bu banklar daromadining oshishiga, likvidlilik darajasiga va barqarorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.Moliyaviy xizmat turlari ommabopligini ta'minlash asosida ushbu natijalarga erishish imkoniga ega bo'lamiz. Ayniqsa, qishloq joylarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish: aholining real talablarini o'rganish, mavjud resurslar, imkoniyatlarga mos ravishda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish, bugungi kun talablariga javob beruvchi texnologiyalar bilan ta'minlash, mijozlar ongini oshirish, xodimlar saviyasini ko'tarish va ommaviy axborot vositalarining tijorat banklari bilan

uzviy faoliyatini yo'lga qo'yish asosida erishiladi.

January, 2023

Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qamrovli tashqi omillar ta'sirida quyidagi tendensiyalar: yangi axborot texnologiyalari bazasida yangi bank mahsulotlari va xizmatlari; virtual bank va moliya texnologiyalari: bank hisobraqamini boshqarish, naqd pulli hisob-kitoblar, elektron imzo, shartnomalar tuzish, moliyaviy tashkilotlar; yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan elektron va aralash marketing uchun majmuaviy foydalanish; ichki axborotni yig'ish, saqlash va tahliliy qayta ishlash; ichki nazorat va auditning yangi imkoniyatlari; bank mutaxassislari malakasidagi o'zgarishlar: mahsulot-menejer, brend-menejer, maslahatchi, tranzaksiyalar bo'yicha mutaxassis; yangi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish avtomatlari aniqlanadi.

Tijorat banklarining aktiv va passiv instrumentlaridan foydalangan holda bank xizmatlari sifatini oshirish hamda mijozlarni jalb etish yo'li bilan aktiv operatsiyalarni samarali boshqarish strategiyasini takomillashtirish, aktivlarni sekyuritizatsiyalash, avtomatlashtirish, "New Privat" hamda masofaviy boshqaruv innovatsion usullarini aktiv operatsiyalarga yo'naltirish orqali boshqarishning innovatsion uslubini ishlab chiqish, aktivlarni sekyuritizatsiyalashda davlat dasturiga muvofiq berilgan kreditlar asosida ikkilamchi obligatsiyalar chiqarish orqali tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari va daromadliligini oshirish taklifi asoslangan. Natijada, quyidagi xulosalar berilgan:

Bank xodimlari va mijozlar fikrini o'rgangan holda mijozlarni bankka jalb etishda innovatsion xizmat turlarini yanada keng joriy etish, mijozlarning vaqtini tejash maqsadida banklarda keng miqyosda barcha hujjatlashtirish ishlari bo'yicha onlayn rejimga o'tish choralarini ko'rish, aholi va xo'jalik sub'ektlarining bank tizimiga bo'lgan ishonchini oshiradi. Aktivlarni sekyuritizatsiyalashni qo'llashda:

"Aktivlarni sekyuritizatsiyalash to'g'risida"gi Qonunni qabul qilish, qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini kengroq yoritish va resurslar jalb etish jozibadorligini oshirish maqsadida, ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali aholiga aktivlarni sekyuritizatsiyalash amaliyotini targ'ib qilish. New Privat usuli orqali bank tizimiga zamonaviy xizmat turlari kiritiladi. Bu esa, mijozlarni jalb etish va bank daromadlarining ko'payish omili hisoblanadi .

XULOSA

Rivojlangan davlat^ misolida ko'radigan bo'lsak, Xaustova Mariya Nikolayevnaning "Individualnoye bankovskoye obslujivaniye sostoyatelnix kliyentov kak segment mejdunarodnix finansov" deb nomlangan i.f.n.dissertatsiya avtoreferatida moliyaviy xizmatlarning ommabopligi bo'yicha Ыг nechta ta^dif^ keltiгilgan. Pгivate

January, 2023

8

ISSN: 2lSl-l3S5

Cite-Factor: G,S9 j SIS: l,l2 j ASI-Factor: l,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,l

banking xizmatlarini Wealth management, ya'ni moliyaviy sohalarga va Life Style management, ya'ni oyilaviy tarmoqlarga yo'naltirishni taklif etadi.[3] Iqtisodchi olima G.A. Dremina "Instrumenti povisheniya effektivnosti bankovskix uslug v usloviyax finansovoy nestabilnosti" deb nomlangan ilmiy maqolasida bank moliyaviy xizmatlarini amalga oshirishda va ommabopligini ta'minlashda "Lean banking", ya'ni kam xarajat, kam sarmoya talab qiluvchi tizim bo'lib, Lean-texnologiyalarni joriy etishni taklif etadi .

Bizningcha, ushbu mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlarini tahlili asosida ularning takliflari mamlakatimiz bank tizimida moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga imkon beradi deb xulosa qilishimiz mumkin.[1]

REFERENCES

1. Aliqoriyev O.Tijorat banklarida xizmat turlarini rivojlantirish yo'llari. T,2012.-

2. Rouz P.S. Bankovskiy menejment.- M.: Delo, 1997. - S. 5-6.

3.Azrilyan A.N.Bolshoy ekonomicheskiy slovar.M.: Institut novoy ekonomiki, 2002.-S.588. Shirinskaya YE.B. Operatsii kommercheskix bankov. - M.: Finansi i statistika, 1995, S.16-17.G.Dremina. Instrumenti povisheniya effektivnosti bankovskix uslug v usloviyax finansovoy nestabilnosti. Vest.2010.№3.S160-164.

4. Олимовa, H. Х., Тешaбaевa, О. H., & Жyрaевa, H. Х. К. (2022). Узбекиcтoндa инновaцион жaрaёнлaрни тaкомиллaштириш oркaли корхонaлaр рaкoбaгдoшлигини ошириш мaсaлaлaри. Scientific progress, 3(3), 276-282.

5. Эргашев, А. Х., & Олимовa, H. Х. (2020). Инновaциялaрни ярaтиш Ba yлaрни caHoaT кор-хонaлaри фaолиятигa жорий этишнинг aсосий мaсaлaлaри. In Минтaкa иктисодиётини инвеcтициялaшнинг молиявий-хукукий Ba иннoвaциoн жиxaшaри (pp. 487-490).

6. Олимoвa, H. Х., & Джyрaбaев, У. Б. (2020). Мaмлaкaтимиздa иннoвaциoн фaoлиятнинг ривoжлaниши Ba реaл сектор кoрхoнaлaрининг технологик иннoвaциялaргa булган тaлaбини белгиловчи oмиллaр тaxлили. In Минтaкa иктисодиётини инвеcтициялaшнинг молиявий-хукукий Ba иннoвaциoн жиxaтлaри (pp. 445-449).

7. Олимoвa, H. Х., & Гримов, Ш. Х. (2020). Реaл сектор кoрхoнaлaридa иннoвaциoн янгиликлaрни жорий килишнинг тaшкилийиктиcoдий мехaнизмини тaкoмиллaштириш. In Минтaкa иктисодиётини инвеcтициялaшнинг молиявий-хукукий вa иннoвaциoн

192 b.

жиxaтлaри (pp. 423-427).

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

8. Олимова, Н. Х., Абдухалилов, Н. Х. У., & Тургунов, Э. К. У. (2022). Вопросы эффективной организации инновационных мероприятий на строительных предприятиях и повышения их экспортного потенциала. ceteris paribus, (4), 30-

9. Олимова, Н. Х. (2015). Инновационно-инвестиционная деятельность интегрированных корпоративных структур: мирохозяйственные аспекты и национальные приоритеты. Молодой ученый, (18), 279-280.

10. Олимова, Н. Х., & Юлдашев, Д. Т. (2016). The role of small business and private entrepreneurship in the economic activities. Молодой ученый, (9), 682-683.

11. Юлчиев, А., Эрматов, Р., & Мохинур, Ж. (2022). Мамлакатимизда кичик бизнес ва тадбиркорликни ривожлантириш ва ахоли бандлигини таъминлаш. Research and education, 1(2), 104-111.

12. Yuldashev Doniyor, &. (2022). Competitiveness of a family business ways to improve. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact Factor: 7.429, 11(10), 175-183.

13. Zilola, S. (2022). Trends in the development of the industrial sector during the deepening of structural changes in Uzbekistan. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(10), 167-174.

14. Nematova, S. (2022). Structural changes in the innovation-investment entrepreneurship of the economy of the region. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(10), 184-187.

33.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.