Научная статья на тему 'BANK DAROMADLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

BANK DAROMADLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
42
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bank daromadlari / foizli daromad / foizsiz daromad / operatsion faoliyat daromadlari. / Bank income / interest income / non-interest income / operating income.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Xojimurodov Sh., Umidov D.U.

Mazkur maqolada banklarda daromadlar hisobini yuritilishi, daromadlarning vujudga kelishi va kelgusida bank daromadlarini takomillashtirish to’g’risida fikr mulohasalar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF BANK INCOME ACCOUNT

In this article, opinions are made about the accounting of income in banks, the generation of income, and the improvement of bank income in the future.

Текст научной работы на тему «BANK DAROMADLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Xojimurodov Sh.

talabasi SamISI Umidov D. U. talabasi SamISI

BANK DAROMADLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Mazkur maqolada banklarda daromadlar hisobini yuritilishi, daromadlarning vujudga kelishi va kelgusida bank daromadlarini takomillashtirish to 'g 'risida fikr mulohasalar olib borilgan.

Kalit so 'zlar. Bank daromadlari, foizli daromad, foizsiz daromad, operatsion faoliyat daromadlari.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Khojimurodov Sh.

student SamIES Umidov D. U. student SamIES

IMPROVEMENT OF BANK INCOME ACCOUNT

Abstract. In this article, opinions are made about the accounting of income in banks, the generation of income, and the improvement of bank income in the future.

Key words. Bank income, interest income, non-interest income, operating income.

Tijorat banklarining asosiy faoliyati foyda olishga qaratilgan bo'lib, ma'lumki foyda daromadlar summasining xarajatlar summasidan ortgan sharoitida vujudga keladi. Tijorat banklari daromad va xarajatlari, mos ravishdabuxgalteriya hisobvaraqlar rejasining passiv va aktiv hisobvaraqlarida yuritilib, ushbu hisobvaraqlar hisobot davrining oxirida bankning "foyda va zarar"lar hisobvarag'i bilan korrespondensiyasi asosida yopiladi. Bank foydasini taqsimlash uning aksiyadorlar kengashi yig'ilishida hal etiladi. Tijorat banklari

daromad va xarajatlari buxgalteriya hisobining hisoblash metodi asosida amalga oshiriladi, ya'ni bank faoliyati natijasida kelgusida olinishi yoki to'lanishi ko'zda tutilgan daromad va xarajatlar bo'yicha operasiyalar sodir bo'lgan paytda bu'galteriya hisobvaraqlar rejasining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirib boriladi. Tijorat banklarining daromadini oqilona tarzda oshirib borishni ta'minlash ularning moliyaviy barqarorligini oshirishning zaruriy shartlaridan yana biri hisoblanadi. Shuningdek, bank foydasini oqilona tarzda taqsimlash, daromad va xarajatlar hisobga olish tartibini takomillashtirish banklar faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Iqtisodchi olim D.M.Noton "Bank daromadi - jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlardan olingan foizlar bilan jalb qilingan resurslar bo'yicha to'langan foizlar o'rtasidagi farqdan iboratdir" deb yozadi.

Bu borada B.T.Berdiyarov ham "Tijorat bankining daromadi ular foydasidan farqli o'laroq, murakkab tabiatga egadir. Aslida esa tijorat banklari daromadi bank ixtiyoriga kelgan tushum bilan moddiy xarajatlar o'rtasidagi farqdan iboratdir" deb ta'kidlaydi.

"Moliyaviy hisobotni taqdim etish" 1 -MHXSda "Daromadlar bu - hisobot davrida aktivlarning oqib kelishi yoki o'sish yo'li orqali, yoxud majburiyatlarning qisqarishi orqali aksiyadorlik kapitali ishtirokchilarining badallari bilan bog'liq bo'lmagan kapitalning ko'payishi shaklida iqtisodiy nafning o'sishidir" deb ta'riflangan.

Bank daromadlarini ko'pchilik iqtisodchi olimlar turli xil belgilarga qarab tasniflaydi. Biz ularni asosan ikkita katta guruhga ajratdik. Birinchi guruhga kiruvchi olimlar daromadlarni olinish tartibi bo'yicha foizli va foizsiz daromadlarga bo'ladi. Daromadlarni bunday tasniflashni K.Navro'zova, B.T.Berdiyarov, A.K.Polishchuk, J.Sinki, D.M.Noton, K.T.Ditd va boshqalarning ilmiyishlaridako'rish mumkin. Ikkinchi guruh olimlar G.G.Korobova, U.A.Shirinov, N.K.Karimov, E.P.Kozlova, E.N.Galagina va boshqalar bank faoliyatini asosiy va yordamchi faoliyatga bo'lib, shunga mos ravishda daromadlarni tasniflaydilar. Ya'ni bank daromadi operatsion faoliyat daromadi va boshqa daromadlarga bo'lib o'rganadi.

Moliyaviy hisobot elementlaridan xisoblangan daromad va xarajatlarni xisobotda to'g'ri aks ettirish yoki ularni tan olish hozirgi kunda dolzarb bo'lmoqda.

"Tijorat banklarida foizlarni hisoblar to'g'risida"gi 1306-sonli Nizomda tan olish - element ta'rifiga javob beradigan va tan olish mezonlarini qondiradigan

muayyan moddani pul summasi ko'rinishida aks ettirish va balans yoki foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotga kiritish jarayoni deb ta'rif berilgan.

O'zbekistondagi birinchi xususiy tijorat banklaridan biridir. 2001-yil aprel oyidan boshlab Bank O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida muvaffaqiyatli faolyat yurita boshladi. 2004-yilda "Aviabank" (Toshkent sh.) aksiyadorlik tijorat banki bilan birlashgandan so'ng, Bank aksiyadorlik tijorat banki

sifatida qayta ro'yxatdan o'tkazildi. 2008-yil dekabr oyida Bank o'zining to'liq -"Kapitalbank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan yangi tahrirdagi Nizomni ro'yxatdan o'tkazdi. Bank Markaziy bankning 2014-yil 29-dekabrdagi 69-sonli bank operatsiyalarini o'tkazish bo'yicha litsenziyasiga, shuningdek, 2014-yil 29-avgustdagi 64-sonli chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bosh litsenziyasiga ega. Tashkil etilganidan beri Bank yuqori sur'atlarda rivojlanib, korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni namoyish etdi.

Bank daromadlarini shakllantirish tartibi ATB «Kapitalbank» misolida ko'rib chiqamiz.

1-jadval

ATB «Kapitalbank»ning foizli daromadlari tarkibi tahlili

mln.so'm hisobida

Ko'rsatkichlar 2020 yil 2021 yil 2022 yil

Summa % Summa % Summa %

Foizli daromadlar 681 336,00 100 1 001 596,00 100 1 868 453,00 100

O'zR MB va boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha foizli daromad 9 091,00 1,33 5 252,00 0,52 22 347,00 1,2

Qimmatli qog'ozlar oldi sotdi hisobvaraqlari bo'yicha foizli daromadlar 0 22 137,00 2,21 78 950,00 4,22

Kredit va lizing operasiyalari bo'yicha foizlar, diskont(chegirma) va badallar 428180 62,84 525800 52,5 902168 48,28

Boshqa foizli daromadlar 244065 35,82 448407 44,76 864988 46,3

"Kapitalbank" ATBnining foizli daromadlari 2022yilda 1868453 mln so'mni tashkil qilgan. Uning asosiy qismini ya'ni 902168 ni kredit va lizing operasiyalari bo'yicha foizlar tashkl etadi. Bu bank foizli daromadlarining 48,28 % ini tashkil qiladi.

Qolgan foizli daromadlar: O'zR MB va boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha foizli daromad 1,2%ni, Qimmatli qog'ozlar oldi sotdi hisobvaraqlari bo'yicha foizli daromadlar 4,22 %ni, Boshqa foizli daromadlar esa 46,3 %ni tashkil etadi. "Kapitalbank" ATB asosiy faoliyati mijozlarni kreditlashga yo'naltirilganligini ko'rish mumkin. Bankda foizli daromad keltiradigan boshqa operasiyalar rivojlanmagan. Masalan, rivojlangan davlatlarning bank amaliyotida tijorat banklarining foizli daromadlarining tarkibida kreditlardan keyingi o'rinni qimmatli qog'ozlardan olingan foizlar egallaydi. ularning foizli daromadlarning hajmidagi salmog'i 20-25 foizni egallaydi. AQSh va Yaponiyaning yirik tijorat banklarida kreditlardan olingan foizlarning jami foizli daromadlarning hajmidagi salmog'i 60 foizdan oshadi.

Banklar tomonidan qimmatli qog'ozlarga qilingan investisiyalar Fransiya tijorat banklarida 16,2 foizni, Germaniyada-15,5 %, Italiyada-23,8 %, Buyuk Britaniyada-7,8 %, Ispaniyada-23,8 %, AQShda-2,2 %, Belgiyada-6,4 %, Yaponiyada-10,2 foizni tashkil qiladi20. Demak, qimmatli qog'ozlarga qilingan investisiyalarning yuqori salmog'i Ispaniya va Italiyada kuzatiladi. Nisbatan juda past salmoq Belgiya, Buyuk Britaniya tijorat banklariga xosdir.

Banklarda daromadlar va xarajatlarni tahlil qilishda, daromadlar hamda xarajatlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi hamda tahlil qilish uslubidan foydalangan holda tahlilni tashkil qilinib, banklarning daromadlari va xarajatlarini tahlil qilishda qo'llaniladigan usullar yig'indisidan tashkil topadi, tahlil qilish maqsadidan kelib chiqib bu usullardan tahlilda foydalaniladi. Banklarda qilingan xarajatlarni tarkibi va tuzilmasini tahlil qilganda, qilingan xarajatlar tarkibida foizli daromadlarni, foizsiz daromadlarni hamda bankning operatsion xarajatlari hajmini hamda ularning jami xarajatlar tarkibida tutgan salmog'ini to'liq baholash imkoniyatiga ega bo'lish mumkin.

1) Banklarda foiz ko'rinishidagi daromadlarni kengaytirish va xorij amaliyotidagi kredit turlarini kengaytirish.

2) kreditlar bo'yicha tashkil qilinishi lozim bo'lgan rezervlar hisobini tijorat bank xarajatiga to'g'ri olib borilsa, tijorat banki aktsionerlari manfaatlari uchun foydaliroq bo'lishini o'rganish.

3) O'zbekiston tijorat banklarida foiz ko'rinishidagi daromadlarni o'rni yuqoriligini inobatga olgan holda, foizsiz daromadlarni ham takomillashtirish chora tadbirlarini olib borish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Umarov Z. A. "Tijorat banklarining moliyaviy natijalari mohiyati" Iqtisodiyot va ta'lim jurnali № 1 2006 yil

2. Umarov Z. A. "Banklarda buxgalteriya hisobi" darslik 2021 yil

3.URL:http://e-journal.uz/2022/08/16/ozbekiston-tijorat-banklarida-xarajatlar-auditining-tashkiliy-masalalari/

4. URL:http://genderi.org/bank-hisobi-va-audit-v2.html?page=108

5. URL: https://lex.uz/ru/docs/-5744540?0NDATE=27.02.2022%2000

6. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

7. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

8. Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

9.Pardayev M.K. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik - Samarqand, Zarafshon, 2001 yil 272 b.

10. URL: https://www.kapitalbank.uz/uz/welcome.php

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.