UDK:619:637.56:614.3
BALIQLARNING SAPRALIGNIOZIDA GO'SHTINING VETERINARIYA
SANITARIYA EKSPERTIZASI
Rasulov U.I. - v.f.d., dotsent Asomiddinov U.M. - assistent Kurbanov F.I. - v.f.f.d., (PhD)
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Annotatsiya: Olib borilgan tajribalar shuni kursatdiki Saprolignioz bilan zararlangan baliq go'shtini biokimyoviy tarkibi tekshirilib ya'ni vodorod ionlari ko'rsatkichi pH qiymati 7,3 ekanligi aniqlanib bu baliq go'shtlari veterinariya sanitariya jihatidan iste'molga yaroqsiz ekanligini tajribalarimiz ko'rsatdi.
Kalit so'zlar: Saprolignioz, tilapiya, ekstrakt, vodorod ionlari, pH, saproligniya mixta, peroksidaza, kislorod benzidin, oksid, spirt, probirka, vodorod peroksid, ferment, indikator, mixaelis shkalasi, komparator, rang o'zgarishi, moviy-yashil rang, jigarrang, musbat, manfiy, yaroqli, yaroqsiz.
Резюме: Проведенные эксперименты показали, что проверен биохимический состав мяса рыбы, пораженной сапролигниозом, то есть установлено значение рН равна 7,3, что данное мясо рыбы с точки зрения ветеринарная санитария непригодно к употреблению в пищу.
Ключевые слова: Сапролигния, тилапия, экстракт, ионы водорода, pH, сапролигния микста, пероксидаза, кислородный бензидин, оксид, спирт, пробирка, перекись водорода, фермент, индикатор, шкала Михаэлиса, компаратор, изменение цвета, сине-зеленый цвет, коричневый. , положительный, отрицательный, действительный, недействительный.
Abstract: The conducted experiments showed that the biochemical composition of the fish meat affected by saproligniosis was checked, that is, the pH value of hydrogen ions was determined to be 7.3.
Key words: Saprolignia, tilapia, extract, hydrogen ions, pH, saprolignia mixta, peroxidase, oxygen benzidine, oxide, alcohol, test tube, hydrogen peroxide, enzyme, indicator, Michaelis scale, comparator, color change, blue-green color, brown, positive, negative, valid, invalid.
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda ishlab chiqarish hajmini oshirish, sohani tartibga solish bo'yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
Mamlakatimiz aholisini sifatli va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish maqsadida chorvachilikni barcha tarmoqlari qoramolchilik, qo'ychilik, echkichilik, keyingi paytlarda parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Sohani rivojlantirish uchun birinchi
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
navbatda uning ilmiy asoslari yaratilishi zarur. Shu sababdan sohaning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda baliqlar kasalliklariga qarshi kurash, oldini olish va diagnostika qilish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ushbu farmon va qarorlarning ijrosi yuzasidan mamlakatimizda ko'plab amaliy tadbirlar o'tkazilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 avgustdagi PQ-4816 sonli "Baliqchilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida, Respublikamizda baliqchilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash, baliqchilik va baliq ovlash xo'jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohada yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda intensiv texnologiyalarning keng joriy etilishini ta'minlashga katta e'tibor qaratilgan. Biroq, baliq va baliq mahsulotlarini ko'paytirishda baliqlarda uchraydigan ayrim kasalliklar, jumladan, baliqlar kasalliklari ushbu sohaning rivojiga ma'lum darajada to'sqinlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda ko'plab havfli kasalliklarning aksariyati yetarli darajada chuqur o'rganilgan, ularni profilaktikasi va davolash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Lekin, joylarda malakali kadrlar talab qilinmoqda, ular aniq sharoitlarda maqbul bo'lgan va iqtisodiy samarali tadbirlarni tanlay ola bilishi, qaysikim kasalliklardan ko'riladigan zararni oldini olishi va kamayitirishi lozim.
Tadqiqot obekti va uslublari. Tajribalar Samarqand tumanidagi "Oq amur" baliqchilik xo'jaligidan keltirilgan saprolignioz bilan zararlangan baliqlarni, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining O'zbekistonda veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun ilmiy kadrlarni intensiv tayyorlash ilmiy biznes inkubatori" MEGA loyihasi "Baliq" tajriba xonasida hamda "Veterinariya sanitariya ekspertizasi" kafedrasi laboratoriyasida olib borildi.
Tajribalar uchun 15 bosh bir yozlik baliqlar ajratib olindi. Baliqlarning saprolignioz bilan zararlangan holatidagi go'shti sifat ko'rsatkichiga ta'siri Peroksidaza reaksiyasi va vodorod ionlari (pH) qiymati baliqning kasal yoki sog'lomligini, istemolga yoroqli yoki istemolga yaroqsizligini hamda yangiligini aniqlashda maqsadida olib borildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Vazni 600 gr va 1000 gr bo'yi 18-24 sm eni esa 10-15 sm Saprolognioz bilan zararlangan tilapiya baliqlar go'shtini veterinariya sanitariya jihatidan peroksidaza reaksiyasi hamda vodorod ionlari (pH) ko'rsatkichini aniqlash orqali olib borildi.
1- Peroksidaza reaksiyasi orqali biz tajribadagi saproligniya mixta bilan zararlangan baliq go'shti ekstrakti tarkibidagi peroksidaza fermenti ta'sirida vodorod peroksid tezda suv va kislorodga parchalandi. Kislorod benzidinni oksidlab, birikma hosil bo'ldi, u oksidlanmagan benzidin bilan birikib, moviy-yashil rangdan jigarrang modda hosil bo'ldi.
Probirkaga tilapiya baliq jabrasidan tayyorlangan ekstraktdan 2 ml (1:10) solinib, benzidinning 0,2 % spirtli eritmasidan 5 tomchi qo'shildi. Probirkaning tarkibi chayqatildi, so'ngra 2 tomchi 1% vodorod peroksid eritmasi qo'shildi.
Peroksidaza reaksiyasi orqali saprolignioz bilan zararlangan baliq go'shti mahsuloti tarkibida peroksidaza fermenti ta'sirida vodorod peroksid tezda suv va kislorodga parchalandi. Kislorod benzidinni oksidlab, birikma hosil bo'ldi, u oksidlanmagan benzidin bilan birikib, moviy-yashil rangdan jigarrang modda hosil bo'ldi.
Saprolignioz bilan zararlangan tilapiya baliq go'shtini peroksidaza reaksiyasi orqali tekshirganimizda manfiy reaksiya berib ko'kish rang hosil bo'lmay, ekstrakt birdan jigarrang tusga kirdi va baliq go'shtlari veterinariya sanitariya jihatidan iste'molga yaroqsiz deb topildi.
Sog'lom baliq go'shtini peroksidaza reaksiyasi orqali tekshirganimizda musbat reaksiya ko'kish rang hosil bo'ldi va ko'kish rang 3-4 daqiqadan so'ng yo'qoldi. Bundan ko'rinib turibdiki biz tajribamizdagi kasal baliq go'shti iste'molga yaroqsiz ekanligi va nazoratdagi baliqlar esa iste'molga yaroqli ekanligi peroksidoza reaksiyasi orqali aniqlandi.
2- guruhdagi baliqlar esa vodorod ionlari (pH) qiymati baliqning kasal yoki sog'lomligini, istemolga yoroqli yoki istemolga yaroqsizligini hamda yangiligini aniqlashda muhim laboratoriya ko'rsatkichlaridan biri hisoblanib, biz ikkinchi bosqich tajribalarimizni ushbu uslubda olib bordik.
Tajribamizdagi sog'lom (normal) baliqning tekshiruvdan o'tkazganimizda pH qiymati neytralga (6,94 pH) yaqinligi aniqlanib, bir necha (8-9) soatlardan so'ng qayta tekshirilganda u ishqoriy tomonga (7,4) o'zgara boshlaganligi kuzatildi. Baliqning pH qiymati "pH-metr" va Mixaelis komparatori yordamida aniqlandi. Mixaelis komparatoridan foydalanganda biz tomonimizdan tajribalar meta-nitrofenol indikatoridan qo'shish orqali amalga oshirildi.
Baliq go'shtidan ekstrakt tayyorlash uchun 25 gramm go'sht na'munasi oldik hamda 40-50 bo'lakka bo'lib, 250 ml. hajmli kolbaga soldik. Bu kolbaga 100 ml. distillangan suv quyib, yaxshilab aralashtirdik. Bu go'sht aralashmasi 15 daqiqa turgandan keyin (shu orada 3 marta qo'zg'atildi har 5 minutda bir marta) qog'oz filtridan o'tkazib, filtrladik.
Sog'lom baliqlar go'shtidan tayyorlangan ekstrakt filtr qog'ozidan tezda o'tdi va bu ekstraktning rangi tiniq bo'ldi. Buzilish jarayoni ketayotgan ya'ni zararlangan baliqlar go'shtidan tayyorlangan ekstrakt filtrlanganda yomon filtrlandi va olingan filtrat loyqali bo'ldi. Bizda tajribamizda filtrlash paytida ekstrak filtrdan oson va loyqa xolatda o'tgan ikkala filtirat mahsulotdan foydalandik.
Tekshiruvlarimizda vodorod ionlari konsentratsiyasini aniqlashimiz uchun, ikkinchi nomerli probirkaga 2 ml tekshirilayotgan go'sht ekstraktidan quyildi va bunga yana 1 ml indikator (meta-nitrofenol), 4 ml distirlangan suv qo'shildi; birinchi, uchinchi, probirkalarga 2 ml dan go'sht ekstrakti va 5 ml distirlangan suv qo'shildi, beshinchi nomerli probirkaga faqat 7 ml suv quyildi. Komparatorni to'rtinchi va oltinchi xonalariga Mixaelis shkalasida joylashgan, rangi ikkinchi probirkaga o'xshash probirkalar tanlandi, bu tanlangan probirkalarda pH ko'rsatkichi yozilgan bo'lib va biz ikkinchi probirkaga mos bo'lgan ko'rsatkichni aniqlab oldik.
Nazoratdagi: Sog'lom baliqlarning pH qiymati 6,8-7 gacha;
Kasal baliqlarning pH qiymati esa saproligniozda 7,3 va undan yuqori bo'ldi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Saprolignioz bo'lgan baliq go'shtini vodorod ionlari ko'rsatkichini aniqlaganimizda, ikkinchi probirkaga o'xshash probirkalar tanlaganimizda bizda vodorod ionlari ko'rsatkichi yuqori chiqdi yani pH qiymati 7,2-7,3 chiqdi baliq go'shtlari veterinariya sanitariya jihatidan iste'molga yaroqsiz deb topildi.
Sog'lom baliq go'shtini vodorod ionlari konsentratsiyasi ko'rsatkichini aniqlaganimizda, ikkinchi probirkaga o'xshash probirkalar tanlaganimizda bizda vodorod ionlari ko'rsatkichi (pH) 6,9 ekanligi aniqlandi. Tajribalarmiz shuni ko'rsatdiki, kasal baliq go'shti iste'molga yaroqsiz ekanligi va nazoratdagi baliqlar esa iste'molga yaroqli ekanligini Mixaelis komparatori yordamida aniqlandi.
Xulosa
Saprolignioz bilan zararlangan tilapiya baliq go'shtini peroksidaza reaksiyasi orqali tekshirganimizda manfiy reaksiya berib ko'kish rang hosil bo'lmay, ekstrakt birdan jigarrang tusga kirdi va baliq go'shtlari veterinariya sanitariya jihatidan iste'molga yaroqsiz deb topildi.
Olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki Saprolignioz bilan zararlangan tilapiya baliq go'shtini vodorod ionlari ko'rsatkichi pH qiymati 7,3 ekanligi aniqlanib bu baliq go'shtlari veterinariya sanitariya jihatidan iste'molga yaroqsiz ekanligini taj ribalarimiz ko' rsatdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. S.Murodov "Veterinariya sanitariya ekspertizasi" darslik Samarqand 2006
yil.
2. A.S. Daminov, Sh.N. Nasimov, V.A. Gerasimchik, S.B. Eshbo'riyev, F.I. Qurbonov Baliq kasalliklari. O'quv qo'llanma. "Navro'z" nashriyoti, Toshkent, 2020.
3. V. M. Poznyakovskiy, O. A. Ryazanova, T. K. Kalenik, V. M. Dasun. Ekpertiza гыЬы, rbiboproduktov i nerbibnbix ob'ektov vodnogo promibisla kachestvo i bezopastnost. Uchebnik. Irkutsk. 2005 g.
1. Haqberdiyev, P. S., Qurbonov, F. I., & Qarshiyeva, B. (2018). Baliq va asalari kasalliklari. O 'quv uslubiy qo 'llanma. Samarqand, 4, 101-105.
2. Yunusov, K., Kurbanov, F., Yuldashev, X., Achilov, O., & Ergashev, N. (2024). Measures to prevent the spread of non-infected bronchionecrosis, protozoan and lerniosis in fish. In BIO Web of Conferences (Vol. 118, p. 01002). EDP Sciences.
3. Yunusov, K., Kurbanov, F., Yuldashev, X., Asomiddinov, U., & Xolova, U. (2024). Diagnosis of saproligniosis and protozoa of fish and veterinary and sanitary assessment of their meat (Uzbekistan). In BIO Web of Conferences (Vol. 95, p. 01024). EDP Sciences.
4. Сатторов, Д., Курбонов, Ф., & Салимов, И. (2022). Грибные заболевания рыб. Сапролегниоз. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 137-141.
5. Sattorov, J. M., & Sh, A. A. (2022). Baliqchilik Xo 'Jaliklarida Saprolegnioz Kasalligining Tarqalish Yo 'Llari Va Profilaktikasi. Agrobiotexnologiya Va Veterinariya Tibbiyoti Ilmiy Jurnali, 377-381.
6. Курбанов, Ф. И., Саттаров, Д. М., & Хушназарова, М. И. (2023). Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 2(4), 40-45.
7. Enatillayevich, K. F., Madaminovich, S. J., & Sheraliyevich, S. D. (2023). BALIQLAR SAPROLEGNIOZIGA QARSHI KURASH TADBIRLARI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 2(4), 14-20.
8. ENATILLAYEVICH, K. (2023). KARP BALIQLARIDA SAPROLEGNIOZ VA TRIXODINOZNI DAVOLASH. Veterinariya meditsinasi jurnali Maxsus son.
9. Yunusov, K., Kurbanov, F., Yuldashev, X., Asomiddinov, U., & Xolova, U. (2024). Diagnosis of saproligniosis and protozoa of fish and veterinary and sanitary assessment of their meat (Uzbekistan). In BIO Web of Conferences (Vol. 95, p. 01024). EDP Sciences.
10. Сатторов, Д., Курбонов, Ф., & Салимов, И. (2022). Грибные заболевания рыб. Сапролегниоз. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 137-141.
11. Кузнецов А.Ф. 'Ъетеринарная микология". Учебное пособие для вузов. 2018 год.
12. А.С.Даминов, Ш.Н.Насимов, В.А.Герасимчик, С.Б.Эшбуриев, Ф.ИДурбонов.Балик; касалликлари (укув кулланма). Самарканд-2020
13 Курбанов Ф. И., Саттаров Д. М., Хушназарова М. И. Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4045.
14. Курбанов Ф. И., Саттаров Д. М., Хушназарова М. И. Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4045.
15. Курбанов Ф. И., Саттаров Д. М., Хушназарова М. И. Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4045.