Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI SUV HAVZALARIDA KARPSIMON BALIQLAR SAPROLIGNIOZ VA PROTOZOOZINING TARQALISHIGA TA’SIR QILUVCHI SUVNING BIOEKOLOGIK OMILLARI'

SAMARQAND VILOYATI SUV HAVZALARIDA KARPSIMON BALIQLAR SAPROLIGNIOZ VA PROTOZOOZINING TARQALISHIGA TA’SIR QILUVCHI SUVNING BIOEKOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
фармацевтические группы / химические агенты / такие как гипохлорид кальция 65% / метиленовый синий / хлорная известь / гашеная известь / перманганат калия / хлорамин B / малахитовый синий / (CaO) / (CA (ON)2) / (CA)CO3) / кальций раствор гипохлорита 65% / раствор поваренной соли и раствор медного купороса в соотношении 10/0 / 1 / медный купорос / формалин / окситетрациклин / Антибак-500 / Энрофлоксацин 10-процентный / Интертрим 480 / Хлорамфеникол / Интрофлор-100 бумажные диски для перорального применения / пропитанные антибиотиками / а также Непрофин / Флуконазол / антибиотики Энрол-Г / Фуразолидон / спирт этиловый / натрия хлорид / альбендазол суспензия / 10% / 0 / 10 г/кг / эвирмектин / 22% / 22% / 0 / 4 г/кг / Метсалбин / 10% / 0 / 10. г/кг / Празивер суспензия / 0 / 10 мл/кг / Празивер суспензия / 0 / 20 мл/кг / Эмикон / 0 / 2 г/кг / Празеквантил / Альбен / Метсалбин 10 % 0 / 20 мл/кг / Альбендазол суспензия 10 % 0 / 20 мл/кг.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Yunusov X.B, Kurbanov F.I., Xushnazarova M.I.

В сезоны гасили 100 кг извести на гектар и заливали в бассейн в виде суспензии (жидкости), а через сутки 5-6 кг 65% раствора гипохлорита кальция растворяли в 150-200 л воды. воды и применил. Раствор поваренной соли и оксида меди в соотношении 10/0,1; Смесь гашеной извести, медного купороса и гипохлорита кальция 65% раствор; Использовали смесь формалина, медного купороса и окситетрациклина. Кроме того, через корм смочены бумажные диски Антибак-500, Энрофлаксацин 10-процентный, Интертрим 480, Хлорамфеникол, Интрофлор-100, антибиотики пероральные, а также антибиотики Непрофин, Флуконазол, Энрол-Г, Фуразолидон, медный мостик и оксинеомицин (ФМО). ) смесь, спирт этиловый, натрия хлорид, альбендазол суспензия 10%, 0,10 г/кг, альбендазол суспензия 10%, 0,20 г/кг, эвирмектин 22%, 0,2 г/кг, эвирмектин 22 %, 0,4 г/кг , Метсалбин, 10%, 0,10 г/кг, Метсалбин, 10%, 0,20 г/кг, Празивер суспензия, 0,10 мл/кг, Празивер суспензия, 0,20 мл/кг, Эмикон, 0,2 г/кг, Эмикон, 0,4 г/кг Использовали , Празеквантил, Альбен, Метсалбин 10% 0,20 мл/кг, суспензию Альбендазола 10% 0,20 мл/кг и др.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по ветеринарным наукам , автор научной работы — Yunusov X.B, Kurbanov F.I., Xushnazarova M.I.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI SUV HAVZALARIDA KARPSIMON BALIQLAR SAPROLIGNIOZ VA PROTOZOOZINING TARQALISHIGA TA’SIR QILUVCHI SUVNING BIOEKOLOGIK OMILLARI»

3-BO'LIM. BIOLOGIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR YECHIMI UDK: 639.3:619

SAMARQAND VILOYATI SUV HAVZALARIDA KARPSIMON BALIQLAR SAPROLIGNIOZ VA PROTOZOOZINING TARQALISHIGA TA'SIR QILUVCHI SUVNING BIOEKOLOGIK OMILLARI

Yunusov X.B. b.f.d, professor, ilmiy rahbar. Kurbanov F.I. v.f.f.d. (PhD) ORCID 0009-0005-5127-0574 Xushnazarova M.I. magistr ORCID 0009-0002-6874-0198

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Абстрактный. В сезоны гасили 100 кг извести на гектар и заливали в бассейн в виде суспензии (жидкости), а через сутки 5-6 кг 65% раствора гипохлорита кальция растворяли в 150-200 л воды. воды и применил. Раствор поваренной соли и оксида меди в соотношении 10/0,1; Смесь гашеной извести, медного купороса и гипохлорита кальция 65% раствор; Использовали смесь формалина, медного купороса и окситетрациклина. Кроме того, через корм смочены бумажные диски Антибак-500, Энрофлаксацин 10-процентный, Интертрим 480, Хлорамфеникол, Интрофлор-100, антибиотики пероральные, а также антибиотики Непрофин, Флуконазол, Энрол-Г, Фуразолидон, медный мостик и оксинеомицин (ФМО). ) смесь, спирт этиловый, натрия хлорид, альбендазол суспензия 10%, 0,10 г/кг, альбендазол суспензия 10%, 0,20 г/кг, эвирмектин 22%, 0,2 г/кг, эвирмектин 22 %, 0,4 г/кг , Метсалбин, 10%, 0,10 г/кг, Метсалбин, 10%, 0,20 г/кг, Празивер суспензия, 0,10 мл/кг, Празивер суспензия, 0,20 мл/кг, Эмикон, 0,2 г/кг, Эмикон, 0,4 г/кг Использовали , Празеквантил, Альбен, Метсалбин 10% 0,20 мл/кг, суспензию Альбендазола 10% 0,20 мл/кг и др.

Ключевые слова. фармацевтические группы, химические агенты, такие как гипохлорид кальция 65%, метиленовый синий, хлорная известь, гашеная известь, перманганат калия, хлорамин B, малахитовый синий, (CaO), (CA (ON)2), (CA)CO3), кальций раствор гипохлорита 65%, раствор поваренной соли и раствор медного купороса в соотношении 10/0,1, медный купорос, формалин, окситетрациклин, Антибак-500, Энрофлоксацин 10-процентный, Интертрим 480, Хлорамфеникол, Интрофлор-100 бумажные диски для перорального применения, пропитанные антибиотиками, а также Непрофин, Флуконазол, антибиотики Энрол-Г, Фуразолидон, спирт этиловый, натрия хлорид, альбендазол суспензия, 10%, 0,10 г/кг, эвирмектин, 22%, 22%, 0,4 г/кг, Метсалбин, 10%, 0,10. г/кг, Празивер суспензия, 0,10 мл/кг, Празивер суспензия, 0,20 мл/кг, Эмикон, 0,2 г/кг, Празеквантил, Альбен, Метсалбин 10 % 0,20 мл/кг, Альбендазол суспензия 10 % 0,20 мл/кг.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Annotation. During the seasons, 100 kg of lime per hectare was slaked and poured into the pool in the form of a suspension (liquid), and after a day, 5-6 kg of a 65% calcium hypochlorite solution was dissolved in 150-200 liters of water. water and applied. A solution of table salt and copper oxide in a ratio of 10/0.1; A mixture of slaked lime, copper sulfate and calcium hypochlorite 65% solution; A mixture of formaldehyde, copper sulfate and oxytetracycline was used. In addition, paper discs are moistened through the feed Antibak-500, Enroflaxacin 10 percent, Intertrim 480, Chloramphenicol, Introflor-100, oral antibiotics, as well as antibiotics Neprofin, Fluconazole, Enrol-G, Furazolidone, copper bridge and oxyneomycin (FMO). ) mixture, ethyl alcohol, sodium chloride, albendazole suspension 10%, 0.10 g/kg, albendazole suspension 10%, 0.20 g/kg, evirmectin 22%, 0.2 g/kg, evirmectin 22%, 0, 4 g/kg, Metsalbin, 10%, 0.10 g/kg, Metsalbin, 10%, 0.20 g/kg, Praziver suspension, 0.10 ml/kg, Praziver suspension, 0.20 ml/kg, Emicon, 0.2 g/kg, Emicon, 0.4 g/kg Used , Prasequantil, Alben, Metsalbin 10% 0.20 ml/kg, Albendazole suspension 10% 0.20 ml/kg, etc.

Key words. pharmaceutical groups, chemical agents such as calcium hypochloride 65%, methylene blue, bleach, slaked lime, potassium permanganate, chloramine B, malachite blue, (CaO), (CA (ON)2), (CA)CO3), calcium hypochlorite solution 65%, sodium chloride solution and copper sulfate solution in a ratio of 10/0.1, copper sulfate, formalin, oxytetracycline, Antibak-500, Enrofloxacin 10 percent, Intertrim 480, Chloramphenicol, Introflor-100 paper discs for oral use, impregnated with antibiotics, as well as Neprofin, Fluconazole, Enrol-G antibiotics, Furazolidone, ethyl alcohol, sodium chloride, albendazole suspension, 10% , 0.10 g/kg, evirmectin, 22%, 22%, 0.4 g/kg, Metsalbin, 10%, 0.10. g/kg, Praziver suspension, 0.10 ml/kg, Praziver suspension, 0.20 ml/kg, Emicon, 0.2 g/kg, Prazequantil, Alben, Metsalbin 10% 0.20 ml/kg, Albendazole suspension 10 % 0.20 ml/kg.

Mavzuning dolzarbligi. Mamalakatimizda aholining sifatli va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish maqsadida chorvachilikni qoramolchilik, qo'ychilik va echkichilik tarmoqlari bilan birgalikda parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni ham rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda va shu bilan birgalikda sohani rivojlantirishning ilmiy asoslarini yaratishga ehtiyoj tug'ilmoqda.

Chorvachilikni boshqa tarmoqlari qatori baliqchilikni yanada rivojlantirish va xalqimizni baliq va baliq mahsulotlariga bo'lgan talablari tobora ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida baliqchilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida jadal rivojlantirish hamda sohada intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirishning innovatsion usullarini ishlab chiqarishga keng ko'lamda tatbiq etib borilmoqda. Bunga misol tariqasida, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 avgustdagi "Baliqchilik tarmog'ini qo'llab quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4816 sonli qaroriga muvofiq Respublikada baliqchilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash, baliqchilik va baliq ovlash xo'jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohada yer va suv

resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda intinsiv texnologiyalarning keng joriy etilishini ta'minlash maqsadida:

Suv xo'jaligi vazirligi Qishloq xo'jaligi vazirligi va "O'zbekbaliqsanoat" uyushmasi bilan birgalikda:

2021-2022 yillarda suv tanqisligi sharoitida daryo va kanallardan suv olinadigan baliqchilik xo'jaliklari tomonidan sun'iy suv havzalarida bosqichma-bosqich yangi resur tejamkor intensiv texnologiyalardan va ikkilamchi suv manbalaridan keng foydalanish amalyoti joriy etildi.

Qarorga ko'ra Respublikamizda baliqchilik tarmog'ini ilmiy yondashuv asosida intensiv usulda jadal rivojlantirish, sohaga baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion usullarini joriy etgan holda samaradorlikni oshirish belgilangan.

Hozirda bu qarorning ijrosi yuzasidan Respublikamizda amaliy tadbirlar o'tkazilmoqda. Biroq, baliq va baliq mahsulotlarini ko'paytirishda baliqlarda uchraydigan kasalliklar, jumladan baliqlarning protozooz kasalliklari soha rivojiga ma'lum darajada to'sqinlik qilmoqda.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Asosan gelmintlar, protozoa va qisqichbaqasimonlar tufayli kelib chiqadigan parazitar kasalliklar baliqlarning o'sish sur'atlari va maxsuldorligining keskin pasayishiga, turli xil deformatsiyalar va anomaliyalarning rivojlanishiga, go'sht sifatining yomonlashishiga va baliqlarning ko'p qirilib ketishiga va baliqchilikka katta zarar yetkazilishiga olib keladi.

Baliq protozoozlarini o'rganish nafaqat ularning tavsiflashda, balki ekologik tahlil qilish, ularning oilaviy munosabatlarini baholash va ayrim hollarda esa ularning tizimli tarzda foydalanishdan iborat.

Baliq protozoozlari va ularning biologiyasini o'rganish suv havzalarida baliq unumdorligini oshirishning muhim choralaridan biri bo'lib, respublikamiz baliqchilik tarmog'ining mahsuldorligini oshirish bo'yicha belgilangan kompleks vazifalar orasida alohida ajralib turadi.

Baliq parazitlari suv omborining ekologik holatini bildiruvchi ishonchli ko'rsatkich hisoblanadi. Kuchli texnogen bosim sharoitida tizimning ekologik barqarorligi zaiflashadi, baliqlarning immuniteti pasayadi, ularning yuqumli va invazion kasalliklarga nisbatan moyilligi shuningdek, parazitlar bilan zararlanish darajasi oshadi [3].

Tadqiqotning maqsadi. Hozirgi paytda baliqchilikni rivojlantirishda yuqori mahsuldorlikka erishishda baliqlarda uchraydigan kasalliklarni ilmiy asoslash eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Baliqlar ham xuddi boshqa hayvon turlari singari turli xil kasalliklarga moyil bo'lib, bunday kasalliklar tabiiy suv havzalari va hatto sun'iy suv havzalarida ham yuzaga keladi va baliqchilik xo'jaliklariga katta zarar yetkazadi.

Ilmiy tadqiqotlarning tajriba qismi Samarqand viloyatining turli tipdagi, xususan, Oqdaryo, Qoradaryo va Zarafshon daryolari sohillaridagi va Jizzax viloyatidagi sun'iy suv havzalarida yetishtirilayotgan xamda protozoozlar bilan zararlangan baliqlarda olib borildi. Baliqlar yoshi, turi va tumanlar kesimida o'rganilib, zararlangan baliqlar klinik belgilariga asosan ajratib olinib, ularga turli xil

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

zamonaviy antibiotiklar va antiseptik preparatlarining granulasini qo'llash orqali amalga oshirildi.

Tadqiqot materiallari va uslublari. Tadqiqot o'tkazilgan Samarqand va Jizzax viloyatlarida Baliqlar protozoozlarining epizootologik holatini o'rganish umum qabul qilingan epizootologik uslubiyatlar orqali olib borildi. Ushbu viloyatlarda baliqlar protozoozlari bo'yicha epizootik vaziyat veterinariya statistik ma'lumotlari va xususiy tadqiqotlar tahlili asosida o'rganildi. Viloyatlar baliqchilik xo'jaliklarida Baliqlar protozoozlari bo'yicha epizootik vaziyat xo'jalik yuritish texnologiyasini hisobga olgan statistik ko'rsatkichlar bo'yicha o'rganildi.

Tekshirishlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining O'zbekistonda veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun ilmiy kadrlarni intensiv tayyorlash ilmiy biznes inkubatori" MEGA loyihasi "Baliq" tajriba xonasida universitetining "zooparazitologiya" va "OPTATECH" kafedralararo mikrabiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga qarashli laboratoriyalarida kasallikka chalingan baliqlarni organoleptik, klinik tekshirish, gelmintologik, ixtioparazitologik, patologoanatomik yorish usullarida tekshirildi.

Olingan natijalarva ularning taxlili. Tajribalarimizda biz baliqlarning 2 xil: karpsmon baliqlarning saprolignioz va protozoozini o'rgandik. Fermada baliqlarning saprolignioz va protozoozining asosiy sababi baliqlarga noqulay ekologik omillarning surunkali ta'siri bo'lib Kattaqo'rg'on tumanidagi baliqchilik xo'jaligida tajriba o'tkazishda suv sifatining buzilishi natijasida suvning gidrokimyoviy ko'rsatkichlarining o'zgarishi, suvga yakuniy chiqindilar (Gung) va organik kislotalarning (miyadan suv o'tlarining ko'payishi) tushishi aniqlangan. ifloslangan suvlar bilan kislotali muhitda suvning pH ning 5,0-5,6 gacha pasayishiga olib keldi: Pastdarg'om tumanidagi baliqchilik xo'jaliklarida suvning pH darajasi 9-10 dan 5,6 ni tashkil etdi, bu esa suvning pH qiymatining 5,6 ni tashkil etdi. normadan yuqori erkin ammiak konsentratsiyasi (0,4-0,7 mg yoki undan ko'p), ammiak azot (3 mg dan ortiq) oshdi nitrat tarkibi (0,3 mg dan ortiq) kuzatildi.

Mavsum bo'yicha saprolignioz va protozoozini rivojlanishi

№ Fasllar Hovuzdagi o'zgarishlar

1 Bahor Tajribalarimiz davomida bahor oylarida kasallik ko'p hollarda saprolegnioz, opportunistik mikroflora va ektoparazitlar bilan kechishi aniqlandi. 3-4 oylik baliqlarda u asosan bahor-yoz davrida qayd etildi. xilodinillioz — бу баликларнинг инвазион касаллиги булиб, тана териси устида кулранг догларнинг пайдо булиши, жабрасининг зарарланиши, сузгич канотларини ишдан чикиши, яллигланиб тукима хужайраларнинг некрози-емирилиши билан характерланади. Касалликка асосан ёш баликлар мойил.

2 Yoz Baliqlarning endogen ammiak bilan zaharlanishi va yuqumli bo'lmagan bronxial nekrozlar, protozoozlar ko'proq uchraydi. Baliqlarda, birinchi navbatda, asosiy metabolik mahsulotlar va ammiakning gillalar tomonidan chiqarilishi natijasida gillalar ta'sirlanadi. Bizning tajribalarimizda suvda erigan kislorod etishmasligi va noqulay ekologik omillar ta'sirida ammiakning ajralishining sekinlashishi va suv (pH) muhiti darajasining oshishi, bu zaharli ammiak moddalari organizmda to'planishi aniqlandi. va asosan jabra shikastlanishiga sabab bo'ldi.

3 Kuz Xo'jaligda intensiv baliq yetishtirishda o'txo'r baliqlarda, kumush qanotlarda (sazan) va boshqa turli yoshdagi baliqlarda protozoozlar va saprolignioz ko'p kuzatildi.

4 Qish Voyaga etgan baliqlarda protozoozlar va saprolignioz ko'p hollarda qish oxirida va erta bahorda eng yuqori darajada rivojlanishi qayt etildi. Va bu holat bahorga qadar yuqumli va parazitar kasalliklarning rivojlanishi uchun asos bo'lganligi kuzatildi.

Aniqlanishicha, xo'jalik xodimlari tomonidan bahor faslida suv havzalariga organik va mineral o'g'itlarning haddan tashqari ko'p qo'llanilishi, ba'zan chorvachilik xo'jaliklaridan chiqayotgan chiqindilarning haddan tashqari ko'p ishlatilishi sabab bo'lmoqda.

Qishning ikkinchi yarmida va erta bahorda baliqlar protozoozini ko'proq madaniylashtirilgan karp baliqlari guruhida kuzatildi va kasallik surunkali bo'lib, natijada saprolegnioz bilan murakkablashgan. Tajribalarimiz davomida bunday hollarda kasallikning paydo bo'lishi qishda suv muhitining yomonlashishi bilan bog'liqligi aniqlandi. Kislorod tanqisligi yoki suvdagi tebranishlar tufayli ammiak azoti, vodorod sulfidi va toksinlarning ko'payishi kuzatildi. Bunday sharoitlar natijasida baliq juda xavotirga tushadi, keyin esa tinchlanib, suv yuzasida va suvga kirishda to'plana boshlashi kuzatildi.

Baliqlarning fasllarda saprolignioz va protozoozini oldini olish choralari

№. Fasllar Kasallikning oldini olishda qilingan ishlar

1 Bahor Baxor oylarida suvning biokimyoviy xolatini o'zgartirishda turli farmasevtik guruhlarga tegishli preparatlar - Gipoxlorid kalsiy 65%, Metilen ko'ki, Xlorli ohak, So'ndirilgan ohak, Kaliy permanganate Xloramin B, Malaxit ko'ki kabi kimyoviy vositalar qo'llanildi. Suv to'ldirib, - sitogaz filtrlari o'rnatildi, suv chiqarildi, suvning harorati 17 darajadan oshgandan so'ng (ammofos va ot nuri), basseynlar va oddiy suv havzalari uchun tabiiy ozuqa bazasi yaratildi. muhit saqlanib (Ph-7,0-7,4) qoldi. Hovuzlarni ohaklash nafaqat suvning kislotaliligini pasaytiradi, balki temir oksidi birikmalarini yo'q qiladi, tajribalarda ohak foydali azot biriktiruvchi bakteriyalarni rivojlanishiga yordam beradi, tuproq tarkibini yaxshilaydi, erimaydigan fosfor, kaliy, kremniyli brikmalarga aylanadi; oson hazm bo'ladigan, eruvchan holat, natriy va magniyning toksik xususiyatlarini yo'qotadi. Ohak tarkibidagi kaltsiy tuzlari o'simliklar va hayvonlar tanasida to'qimalarning shakllanishi uchun muhimdir. Tez ohak (CaO) dezinfektsiyalovchi hisoblanadi va kichik ifloslantiruvchi baliqlar va turli yuqumli va invaziv baliq kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. Ohak suv havzalarida turli maqsadlarda ishlatiladi va tajribalarda kuzatilganki, hovuzlar oxir-oqibat baliq mahsuldorligini oshiradi. So'ndirilgan ohak shaklida qo'llash (CaO), so'ndirilgan ohak ( CA (ON)2) va kaltsiy karbonat (CA) CO3), uning qo'llanilish miqdoriga qarab, kichik ifloslantiruvchi moddalar va yirtqich baliqlarga qarshi kurashish, tuproq sifatini yaxshilash yoki hatto hovuzda kaltsiy etishmasligi bo'yicha tajribalarimizda aks ettirilgan.

2 Yoz Yoz oylarida, asosan, gektariga 100 kg oxakni so'ndirib tortilib, suspenziya (suyuqlik) ko'rinishidagi xolatda xavzaga quyildi va bir kundan keyin 5-6 kg kaltsiy gipoxlorid 65% eritmasi 150-200 litr suvda eritilib qo'llanildi. Osh tuzi eritmasi va mis ko'porosi 10/0,1 nisbatda eritmasi; So'ndirilgan oxak, mis kuporosi va gipoxlorid kalsiy 65% eritmasini aralashmasi; Formalin, mis kuporosi va oksitetraseklin aralashmasidan foydalanildi. Bundan tashqari ozuqasi orqali, Antibak-500, 10 foizli Enroflaksatsin, Intertrim 480, Xloramfenikol, Introflor-100 oral antibiotiklar shimdirilgan qog'oz disklar, hamda Neprofin, Flukonazol, Enrol-G antibiotiklari, , Furazolidon, mis ko'porosi va oksineometsin (FMO) aralashmasi, etil spirti, natriy xlorid, Albendazol suspenziyasi, 10 %, 0,10 g/kg, Albendazol suspenziyasi, 10 %, 0,20 g/kg, evirmektin, 22%, 0,2 g/kg, evirmektin, 22%, 0,4 g/kg, Metsalbin, 10%, 0,10 g/kg, Metsalbin, 10%, 0,20 g/kg, Praziver suspenziyasi, 0,10 ml/kg, Praziver suspenziyasi, 0,20 ml/kg, Emikon, 0,2 g/kg, Emikon, 0,4 g/kg, Prazekvantil, Alben, Metsalbin 10% 0,20 ml/kg, Albendazol suspenziyasi 10 % 0,20 ml/kg, va boshqalar ishlatildi.

3 Kuz Sun'iy suv havzalarida baliq etishtirishda, har bir suv xavzasi fevralgacha quritib, pastki qismini puliklab - (pastini parazit va kista sporalaridan tozalash, shuningdek, suv tubidagi jonzotlarning turlarini yaxshiroq rivojlantirish uchun. Benthos). Baliqlar steril xavzalarga ko'chirildi.

4 Qish Baliqlantirilgan xavzalar doimiy suvning kirib-chiqishi ta'minlandi. Baliqsiz xavzalar esa pulluklanib qishda muzlatildi. Qishning oxirgi oyining ikkinchi yarmidan boshlab, gektariga 8-10 kg gacha mis kuporosi orqali ishlov berildi va suv satxi 30-50 sm gacha ko'tarildi.

Tajribada saprolignioz va protozoozini bahorgi tarqalishi ko'pincha karpsmon baliqlar sigolitkalarida kuzatildi. Ular makrofitlar va suv o'tlari tomonidan fotosintez natijasida suvdagi kislorod miqdorining optimal yoki ortishi, shuningdek ammoniy azot kontsentratsiyasining ortishi tufayli yuzaga kelishi aniqlandi. Uning manbai

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

makrofitlar va fitoplankton hisoblanib, bunday ekologik sharoitda ammiak azoti erkin ammiak shakliga aylanishi, bu esa kasallikni keltirib chiqarishi o'z isbotini topdi.

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda yilning barcha fasllarida xavzalarda kasalliklarni oldini olishda kimyoprofilaktik vositalar asosiy o'rinni eganladi. Ularni qo 'llash usullari 2 xil: 1- suv xavzasiga asosan rangli vositalar qo'llanilgan bo'lsa;

2- ozuqali granulali emlar orqali antigelmintik, antibiotik va antigestamin preparatlarini qo'llash orqali samaradorlikka erishilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Haqberdiyev, P. S., Qurbonov, F. I., & Qarshiyeva, B. (2018). Baliq va asalari kasalliklari. O 'quv uslubiy qo 'llanma. Samarqand, 4, 101-105.

2. Yunusov, K., Kurbanov, F., Yuldashev, X., Achilov, O., & Ergashev, N. (2024). Measures to prevent the spread of non-infected bronchionecrosis, protozoan and lerniosis in fish. In BIO Web of Conferences (Vol. 118, p. 01002). EDP Sciences.

3. Yunusov, K., Kurbanov, F., Yuldashev, X., Asomiddinov, U., & Xolova, U. (2024). Diagnosis of saproligniosis and protozoa of fish and veterinary and sanitary assessment of their meat (Uzbekistan). In BIO Web of Conferences (Vol. 95, p. 01024). EDP Sciences.

4. Сатторов, Д., Курбонов, Ф., & Салимов, И. (2022). Грибные заболевания рыб. Сапролегниоз. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 137-141.

5. Sattorov, J. M., & Sh, A. A. (2022). Baliqchilik Xo 'Jaliklarida Saprolegnioz Kasalligining Tarqalish Yo 'Llari Va Profilaktikasi. Agrobiotexnologiya Va Veterinariya Tibbiyoti Ilmiy Jurnali, 377-381.

6. Курбанов, Ф. И., Саттаров, Д. М., & Хушназарова, М. И. (2023). Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 2(4), 40-45.

7. Enatillayevich, K. F., Madaminovich, S. J., & Sheraliyevich, S. D. (2023). BALIQLAR SAPROLEGNIOZIGA QARSHI KURASH TADBIRLARI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 2(4), 14-20.

8. ENATILLAYEVICH, K. (2023). KARP BALIQLARIDA SAPROLEGNIOZ VA TRIXODINOZNI DAVOLASH. Veterinariya meditsinasi jurnali Maxsus son.

9. Yunusov, K., Kurbanov, F., Yuldashev, X., Asomiddinov, U., & Xolova, U. (2024). Diagnosis of saproligniosis and protozoa of fish and veterinary and sanitary assessment of their meat (Uzbekistan). In BIO Web of Conferences (Vol. 95, p. 01024). EDP Sciences.

10. Сатторов, Д., Курбонов, Ф., & Салимов, И. (2022). Грибные заболевания рыб. Сапролегниоз. Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности, 1(2), 137-141.

11. Кузнецов А.Ф. 'Ъетеринарная микология". Учебное пособие для вузов. 2018 год.

12. А.С.Даминов, Ш.Н.Насимов, В.А.Герасимчик, С.Б.Эшбуриев, Ф.ИДурбонов.Балик; касалликлари (укув кулланма). Самарканд-2020

14 Курбанов Ф. И., Саттаров Д. М., Хушназарова М. И. Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом //AGROBЮTEXNOLOGIYA УА УЕТЕЯЖЛМУЛ Т1ВВ1УОТ1 1ЬМ1У Ш^ЛЫ - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4045.

16. Курбанов Ф. И., Саттаров Д. М., Хушназарова М. И. Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом //AGROBЮTEXNOLOGIYA УА УЕТЕЯЖЛМУЛ Т1ВВ1УОТ1 1ЬМ1У Ш^ЛЫ - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4045.

17. Курбанов Ф. И., Саттаров Д. М., Хушназарова М. И. Меры лечения Сапролегниозам и Триходинозом //AGROBЮTEXNOLOGIYA УА УЕТЕЯЖЛМУЛ Т1ВВ1УОТ1 1ЬМ1У Ш^ЛЫ - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4045.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.