Научная статья на тему 'BAG‘RIKENGLIK TUSHUNCHASINING GLOBAL AHAMIYAT KASB ETISHI'

BAG‘RIKENGLIK TUSHUNCHASINING GLOBAL AHAMIYAT KASB ETISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / diniy erkinlik / bag‘rikenglik / toleranttolerare / e e’tiqod / vijdon / xavfsizlik / baynalmilal / do‘stlik / qadriyatlar / ma’naviyat / dinlararo totuvlik / milliy g‘oya. / Globalization / religious freedom / tolerance / tolerance / faith / conscience / situation / international / friendship / values / spirituality / interreligious harmony / national idea.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Pardayev, Abdurahim Chori O'G‘Li

Butun yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWING GLOBAL SIGNIFICANCE OF THE CONCEPT OF TOLERANCE

Religious tolerance, inter-religious respect, and mutual respect have become vital conditions all over the world. The regenerating state implemented in our country will also help to further strengthen its international prestige, which is aimed at conducting policies in an international, beneficial and practical spirit. The main factor and reason for its rapid and deep penetration into our global life should be objectively recognized when talking about the movement the development and level of any country today is a natural close and close relationship with its near and far neighbors, but also with other favorable and close ties on a global scale. the country is being left out of the process.

Текст научной работы на тему «BAG‘RIKENGLIK TUSHUNCHASINING GLOBAL AHAMIYAT KASB ETISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

BAG'RIKENGLIK TUSHUNCHASINING GLOBAL AHAMIYAT KASB

ETISHI

Pardayev Abdurahim Chori o'g'li

O'zbekiston Milliy universiteti Falsafa va mantiq kafedrasi stajyor-o'qituvchisi e-mail: choriyevich94@mail.ru tel: 97 140 06 00

ANNOTATSIYA

Butun yer yuzida diniy bag'rikenglik, diniy konfessiyalararo o'zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo'naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob 'yektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo 'shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog'lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

Kalit so'zlar: Globallashuv, diniy erkinlik, bag'rikenglik, tolerant- tolerare, e e'tiqod, vijdon, xavfsizlik, baynalmilal, do'stlik, qadriyatlar, ma'naviyat, dinlararo totuvlik, milliy g 'oya.

ABSTRACT

Religious tolerance, inter-religious respect, and mutual respect have become vital conditions all over the world. The regenerating state implemented in our country will also help to further strengthen its international prestige, which is aimed at conducting policies in an international, beneficial and practical spirit. The main factor and reason for its rapid and deep penetration into our global life should be objectively recognized when talking about the movement - the development and level of any country today is a natural close and close relationship with its near and far neighbors, but also with other favorable and close ties on a global scale. the country is being left out of the process.

Key words: Globalization, religious freedom, tolerance, tolerance, faith, conscience, situation, international, friendship, values, spirituality, interreligious harmony, national idea.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

АННОТАЦИЯ

Религиозная толерантность, межрелигиозное уважение и взаимное уважение стали жизненно важными условиями во всем мире. Возрождающееся государство, реализованное в нашей стране, также будет способствовать дальнейшему укреплению ее международного престижа, который направлен на проведение политики в международном, полезном и практическом духе. Говоря о движении, объективно следует признать главный фактор и причину его быстрого и глубокого проникновения в нашу глобальную жизнь - развитие и уровень любой страны сегодня - это естественная тесная и тесная связь со своими ближними и дальними соседями, но и с другие благоприятные и тесные связи в мировом масштабе остаются за рамками этого процесса.

Ключевые слова: Глобализация, свобода вероисповедания, толерантность, толерантность, вера, совесть, ситуация, интернационализм, дружба, ценности, духовность, межрелигиозное согласие, национальная идея.

KIRISH

Globallashuv sharoitida diniy soha rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Hozirda tezkorlik, ochiqlik, erkinlik tamoyillariga asoslangan integrasiya jarayonlarining chuqurlashib borayotgani barcha sohalarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Shuningdek, bir tomondan, yangi tashkil topgan davlatlarda milliy va diniy o'z-o'zini anglash jarayonlari kechayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, madaniyatlararo o'zaro ta'sir kuchayib, jamiyat sohalari doirasida global yaxlitlashish tendensiyasi vujudga kelmoqda.

Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob'yektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo'shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog'lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

Ma'lumki, globallashuvning vujudga kelishi haqida turli-tuman qarashlar, yondashuvlar mavjud. Ularning birida globallashuvda siyosiy omilning o'rniga alohida e'tibor berilgan bo'lsa1, boshqasida iqtisodiy jihatlar2 yoki demografik

1 Гаджиев К.С. Введение в геополитику. М.: ЛОГОС, 2000. С. 432.; Глобализация и моделирование социальной динамики. М.: Институт социальных наук, 2001. С. 237.; Крылова И.А. Проблема безопасности России в контексте глобализации. М: Институт философии РАН, 2001. С. 94.; Глобализация и моделирование социальной динамики. \ Отв. ред. Николаев В.Р. М.: Институт социальных наук, 2001. С. 212

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

jarayonlarga 3 urg'u berilganini ko'rish mumkin. Shuningdek, ular orasida globallashuv axborot texnologiyalarining mislsiz takomillashuvi natijasi ekani haqidagi yondashuv nihoyatda ustuvordir. Albatta, ushbu yondashuvlarning har biri o'zining rasional izohlariga ega.

Shunday bo'lsa-da, "globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi..."4 ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, real voqelik jahon sahnidagi mavjud dinlar o'rtasidagi o'zaro aloqalarning ham intensivlashib borayotganini ko'rsatmoqda. Bu esa, diniy yo'nalishdagi o'zaro aloqalarda barqarorlikka erishish zarurligini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining tez sur'atlarda rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omil zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari ham buzg'unchi kuchlar tomonidan g'arazli maqsadlar doirasida keng foydalanilmoqda. Jumladan, manbalarda keltirilishicha, so'nggi yillarda terroristik tashkilotlar va ularning g'oyalarini targ'ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar 20 ta bo'lgan bo'lsa, bugungi kunga kelib turli segmentlarda joylashtirilgan ushbu vayronkor resurslarning soni 5000 dan ortib ketgan5.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dinlararo muloqotga ko'maklashuvchi turli nohukumat xalqaro tashkilotlar orasida Diniy erkinlik xalqaro Assosiasiyasi (MARS) hamda uning mamlakatlardagi bo'limlari alohida o'rin tutadi. Ushbu Assosiasiya turli diniy e'tiqod egalarining o'zaro hamkorligini ta'minlash maqsadida ochilgan bo'lib, hozirda diniy konfessiyalarning o'zaro teng muloqoti uchun qulay sharoitlarga ega keng miqyosdagi forumlar shaklida faoliyat olib boradi. Umuman olganda, diniy sohadagi global o'zgarishlar turli sivilizasiyalar qadriyatlarini muvofiqlashtirish va keng miqyoslarda dinlararo muloqotni ta'minlashga konstruktiv yondashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Ushbu dolzarb vazifani samarali bajarishda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning sa'y-harakatlari bilan birga jahon dinlarining ham bu jarayonda faol ishtiroki talab etiladi.

Shu o'rinda bunday sharoitda bag'rikenglik masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

2 Каранг: Геогенезис: философия и методология геоэкономики и геофинансов. Научный альманах высоких гуманитарных технологий. \ Под. ред. Ивановой Г.М. М.: НАВИГУТ, 2003. С. 250

3 Каранг: Практическая демография \ Под. ред. Л.Л.Рыбаковского. М.: ЦСП, 2005. С. 164.; Рыбаковский Л.Л. Миграция населения. Три стадии миграционного процесса. (Очерки теории и методов исследования). М.: УФН, 2000. С. 164.

4 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. Б. 111.

5Количество террористических сайтов за 10 лет выросло на 2 порядка http://www.securitylab.ru/news/308574.php.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Tolerant" atamasining lug'aviy ma'nosi lotincha "tolerare"(chidamoq) so'zidan olingan. "Bag'rikenglik" so'zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki to'ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib "bag'rikenglik" Tolerantlik biror narsani o'zgacha fikr yoki qarashni, o'z shaxsiy tushunchalaridan qat'i nazar, imkon qadar bag'rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag'rikenglik vijdon erkinligi va ma'naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yoki dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e'tiqodida aqidaviy farqlar bo'lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o'zaro tinch-totuv yashashni anglatadi.

"Tolerant" tushunchasi dastavval tibbiyotda qo'llanilgan bo'lib, organizmning chidamliligi, o'z muhitiga kirib olgan tashqi narsalarga toqat qila olishini bildiradi. Yangi davrga kelib bu tushuncha o'zgacha fikr, e'tiqod, dinlarga nisbatan toqatlilik ma'nosida qo'llanila boshlandi6.

XX asrning ikkinchi yarmidan rasmiy hujjatlarda "tolerantlik" o'zbekchada bag'rikenlik deb tarjima etildi. Bu tushuncha turli dinlarga mansub kishilarning bir muhitda tinch-totuv, o'zaro hurmat bilan yashashini bildira boshladi. Xalqaro bag'rikenlik kuni (16 noyabr) e'lon qilindi, ko'plab anjuman va muloqotlar o'tkazildi, tashkilotlar tuzila boshlandi.

YUNESKO ustavida ta'kidlanganidek, o'zaro bir-birini tushunmaslik butun insoniyat tarixi davomida o'zaro shubhalanish va ishonchsizlikning ildiz otishiga sababi bo'lgan, bu esa oqibatda turli ixtiloflar va nizolarga olib kelgan7. Shu nuqtai nazardan qaraganda, buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning "Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko'zi bilan qaraydilar"8 degan fikrlari chuqur mazmunga egaligini qayd etish lozim.

Bag'rikenglik - boshqa fikr va qarashga toqatli bo'lish, o'ziga ma'qul va maqbul bo'lmagan e'tiqod va ibodatlarni cheklamaslik, qoralamaslik kabilarda namoyan bo'ladi. Halimlik, kechirimlilikning mumtoz namunasi- payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) dirlar.

Mahatma Gandining, "faqat kuchlilargina kechirimli bo'ladi" degan g'oyasi bag'rikenglik va kuchlilik orasidagi uzviylikning yorqin ifodasidir". Bag'rikenglikning chegarasi bor va bo'lishi kerak. Bag'rikenglik me'yordan oshsa -prinsipsizlikka, o'z qadriyatlari va tartiblaridan voz kechishga olib keladi. Me'yoriga etmagan tolerantlik har qanday yangilikka, chetdan bo'ladigan ta'siriga qarshilik kayfiyatini yuzaga keltirgani kabi, me'yoridan oshgan bag'rikenglik tashqi ta'siriga

6 Диншушсликнинг дoлзaрб муаммолари. Т.: Тошкент ислом унверситети, 2011. -б 60

7 Таълим, фан ва маданият масалалари буйича Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Устави. //ЮНЕСКО Халкаро меъёрий хужжатлари. -Т.: Адолат, 2004. - Б.5.

8 Беруний Абу Райхон. Тарвихалар.-Т.: Мерос, 1991.-Б. 38.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tez berilishi, yangilik qiyofasida kirib kelayotgan ma'naviy xatarga e'tiborsizlik ruhiyatini tug'diradi.

Bag'rikenglikning mezoni bitta - bu milliy manfaat. Mamlakat istiqloli va millatning istiqboliga xizmat qilmaydigan har qanday yangilik va ta'sirga nisbatan bag'rikenglik prinsipi qo'llanilmaydi.

Xalqaro hujjatlarda ta'kidlanganidek, "Hozirgi dunyoda bag'rikenglik o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Biz iqtisodning globallashuvi va yanada tezlashuvi, kommunikasiyalarning tez rivojlanishi, integrasiya va o'zaro bog'liqlik, keng miqyosli migrasiya va aholining ko'chib yurishi, shaharlashuv hamda ijtimoiy tuzilmalarning yangidan o'zgarishi asrida yashamoqdamiz. Har bir mintaqa xilma -xildir va shuning uchun toqatsizlikni va nizolarni kuchaytirish dunyoning barcha hududlariga birdek tahdid soladi. Bunday tahdiddan milliy chegaralar ortiga berkinib bo'lmaydi, chunki u umumbashariy hususiyatga egadir"9.

Bag'rikenglik mohiyat e'tibori bilan "boshqalari" va "o'zgacha" qadriyatlar haqidagi bilimlar, baholar va unga asoslangan amaliy faoliyat tizimini o'z ichiga oladigan ijtimoiy-madaniy hodisadir10.

O'zbek xalqi o'zining butun tarixi davomida, hamma vaqt boshqa xalqlar, millat va din vakillariga hurmat bilan yondashishini namoyon etib kelgan. Etnik, madaniy va diniy xayrixohlik o'zbek xalqining eng go'zal fazilatlaridan biriga aylangan. Shu bois ham O'zbekiston YUNESKO bosh konferensiyasi tomonidan 1996 yil 16 noyabrda "Bag'rikenglik tamoyillari Deklarasiyasi"ning qabul qilinishini faol qo'llab-quvvatladi. ushbu deklarasiyaning 1-moddasida qayd etilganidek: "Bag'rikenglik — bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni o'zini ifodalashning, insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmatlash, qabul etish va to'g'ri tushunishni anglatadi. Buni esa bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e'tiqod vujudga keltiradi"

Darhaqiqat, Deklarasiyada ta'kidlanganidek, bag'rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. O'zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar I.Karimovning YUNESKO ijroiya kengashi sessiyasining Toshkentda bo'lib o'tgan 155 yakunlovchi majlisida aytgan quyidagi so'zlarida ham o'z ifodasini topgan: "Men sizlarning e'tiboringizni bizning xalqimiz misolidagi noyob voqelikka, qimmatli tajribaga qaratmoqchi edim. YUNESKO yordamida bu ibratli tajribani butun dunyoga namoyish etsa arziydi. Bu — turli dinga mansub bo'lgan xalqlarning ko'p millatli davlat sharoitida ham tinchlik va totuvlikda yashay olishi tajribasidir.

9 BarpHKeHraHK raMonH^apn ,Цeкïïapaцннсн. // roHECKO xa^apo MetópnH xy^^araapn. T.: Agorar, 2004. B. 92.

10 Onn^gneB A. BarpHKeHraHK — öap^apop^HK Ba rapaKKHër OMH^H.T.:TomKeHr hc^OM yHHBepcHrern, 2007. B. 9.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu yaqin sharqda o'n yillar mobaynida turli millat va diniy qarash vakillari o'rtasida murosasiz kurash to'xtamayotgan, etnik va diniy qarama-qarshilik mintaqaviy mojarolarning avj olishiga manba bo'lib xizmat qilayotgan hozirgi zamonda beqiyos ahamiyatga ega bo'lur edi... Etnik, madaniy va diniy hayrixohlik va ochiq ko'ngillik o'zbek xalqining o'ziga xos tug'ma fazilatlaridan biriga aylangan.

O'ylaymanki, turli diniy e'tiqod, konfessiyalarga mansub kishilarning tinch-totuv yashashidan iborat bo'lgan bizning tajribamizni millatlararo, diniy va etnik asosdagi turli-tuman ichki va mintaqaviy mojarolarni bartaraf etishda muvaffaqiyat bilan qo'llash mumkin».

"Bag'rikenglik bo'yicha Bibliyadagi qarashlar yuzasidan savollar ( A Biblical Perspective on Tolerance ) maqolasida quyidagicha keltiriladi: "Bu atama ushbu din doirasida oliyjanob ish ekanligidadir. Biroq endilikda bu tushuncha "ma'siyat" so'zi bilan hamfikr bo'lib qoldi. Bu shuni anglatadiki biz bag'rikeng bo'la olamizmi yoki yo'q buning chegarasi gunoh ish qilish yoki qilmaslik bilan o'lchanadi. Bag'rikenglik biror kimsaning kayfiyati va odati bilan o'lchanmaydi. Hurmat qilish nafaqat boshqa xilqat yoki harakterni hurmatlash, balki gunohkor odamni ham o'z chegarasida hurmatlash demakdir. Bu bag'rikenglik nuqtai nazaridan yangicha qarashlarni ham gavdalantiradi. Inson qo'li bilan bajariladigan yaxshi yoki yomonlikni belgilash bu inson bilan emas balki yaratganning o'zi hal etishi bilan belgilanadi11 (Ikkinchi qonun 5:32). So'nggi yillarda bag'rikenglik muammosi doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda bu tushunchaning ta'riflari ishlab chiqilmoqda. Ulardan biriga ko'ra, "bag'rikenglik bu fuqarolik jamiyatining barcha fuqarolarning turlicha bo'lish huquqida namoyon bo'ladigan qadriyatlari va sotsial me'yorlaridir. Shuningdek, u turli konfessiyalar, siyosiy, etnik va boshqa sotsial guruhlar o'rtasidagi o'zaro barqaror uyg'unlikning ta'minlanishini, dunyodagi turli madaniyatlar, sivilizasiyalar

va xalqlar xilma-xilligini hurmat qilishni, tashqi ko'rinishi, tili, e'tiqodi, an'analariga

12

ko'ra farqlanuvchi odamlar bilan hamkorlik qilishga tayyorlikni ham anglatadi" .

XULOSA

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda dunyo hamjamiyati murakkab taraqqiyot jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda diniy bag'rikenglik, turli dinlarga mansub xalqlar o'rtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan, diniy bag'rikenglikning xalqimiz o'tmishi, hozirgi hayotidagi o'rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan ochib berish dolzarb mavzudir.

Globallashuv sharoitida turli dinlardan iborat millat vakillari istiqomat qiluvchi jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib

11 By Rebecca S. May A Biblical Perspective on Tolerance. Distributed by www.relationalconcepts.org

12 OnH^gneB A. BarpuKeHrauK — ôaprçapop^HK Ba Tapa^^HëT omhjh. T.:TomKeHT HC^OM yHHBepcHTera, 2007. B.121.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

borish tadqiqotchilar oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu jihatdan, bag'rikenglik tushunchasining mazmun mohiyatini ochib berish, uning O'zbekiston misolida ko'rinishlari hamda jahon dinlarining asl manbalari asosida xolislik nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mavzuning dozarbligini belgilaydi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'grisidagi Prezident Farmoni PF-47-49-son. 07.02.2017.

2. Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 19-maydagi "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" [PF-50-46-son. 19.05.2017.]gi Farmoni

3. N. Alimova, Sh. Asqarov, R. Haydarov, Sh. Amirjo'jayev "Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar" 2014. - B. 222

4. Очилддав A. БaFрикeнглик — бaрк;aрoрлик вa тaрaк;киёт oмили. Т.:Тoшкeнт ислoм унивeрситeти, 2007. Б.121

5. Геогенезис: философия и методология геоэкономики и геофинансов. Научный альманах высоких гуманитарных технологий. \ Под. ред. Ивановой Г.М. М.: НАВИГУТ, 2003. С. 250

6. Практическая демография \ Под. ред. Л.Л.Рыбаковского. М.: ЦСП, 2005. С. 164.; Рыбаковский Л.Л. Миграция населения. Три стадии миграционного процесса. (Очерки теории и методов исследования). М.: УФН, 2000. С. 164.

7. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. Б. 111.

8. By Rebecca S. May A Biblical Perspective on Tolerance. Distributed by www.relationalconcepts .org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.