Научная статья на тему 'DINIY BAG‘RIKENGLIK – TINCHLIK POYDEVORI'

DINIY BAG‘RIKENGLIK – TINCHLIK POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
66
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
millatlararo totuvlik / diniy bag‘rikenglik / vijdon erkinligi / millat / din.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dovidxonov Mahmudxon Muhriddinxon O‘G‘Li

O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik an’analari to‘g‘risida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DINIY BAG‘RIKENGLIK – TINCHLIK POYDEVORI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

DINIY BAG'RIKENGLIK - TINCHLIK POYDEVORI

Mahmudxon Muhriddinxon o'g'li Dovidxonov

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyat bo'limi bosh mutaxassisi

mahmudxondovidxonov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7586235

Annotatsiya: O'zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-

avaylashga, barcha fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur

sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada

mustahkamlashga, ular o'rtasida qadimiy mushtarak an'analarni rivojlantirishga

alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik an'analari to'g'risida fikrlar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik, vijdon erkinligi, millat, din.

RELIGIOUS GARDEN RICHNESS IS THE FOUNDATION OF PEACE

Mahmudkhon Dovidkhonov

Republican Spirituality and Enlightenment Center Chief specialist of the Tashkent region department mahmudkhondovidkhonov@gmail.com

Abstract: In Uzbekistan, efforts are being made to protect different religious affiliations, to create the necessary conditions for all citizens to practice their faith, to further improve inter-religious harmony, and to exchange ancient customs between them. Three articles provide information about traditions of inter-ethnic harmony and religious tolerance in Uzbekistan.

Key words: interethnic harmony, religious tolerance, freedom of conscience, nation, religion.

Ma'lumki O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qiluvchi, bir-biriga o'xshash bo'lmagan bir necha xalqlar yashagan o'lkadir. O'zbekistonning geografik nuqtai nazaridan muhim savdo yo'llari chorrahasida joylashgani, ko'plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani, turli xalqlarning diniy va ma'naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o'zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta'sir ko'rsatgan. Bu esa o'ziga xos millatlararo ham

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

jihatlik va diniy bag'rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qilgan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma'naviy uyg'onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo'lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag'rikenglik, hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar. Ayni shu zaminda ko'p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko'chmanchi xalqlar o'troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko'p asrlar birga yashab kelganlar. So'nggi ikki asr davomida ham o'zlarini "madaniyatli" va "ma'rifatli" hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg'inlar va diniy ta'qiblar bilan o'zlariga dog' tushirgan bir paytda, O'zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo'lib qolmay, balki quvg'in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi.

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o'zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945-yilda BMT ustavi "sabr-toqatli bo'lish, jahonda yaxshi qo'shnilar sifatida birgalikda yashash, hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash uchun sa'y harakatlarimizni birlashtirish"ni o'z maqsadlaridan biri deb e'lon qildi. 1981-yil 25-noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361.55-rezolyutsiyasi din yoki e'tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to'g'risidagi deklaratsiyani e'lon qildi. Bosh Assambleya a'zo davlatlarni din yoki e'tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e'tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o'zaro hurmat qilishga ko'maklashishga, hamda din yoki e'tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo'lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo'l qo'ymaslikka da'vat etadi.

Bugungi kunda jamiyatimizda turli dinlarga mansub fuqarolarning o'z diniy arkonlari va amallarini emin-erkin ado etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Ta'kidlanganidek, din, shu jumladan, muqaddas islom dinining odamlarni ezgulik va halollik, poklikka undash, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga da'vat etishdagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Biroq bugungi murakkab va tahlikali, tezkor globallashuv davrida dunyoning turli mintaqalarida ro'y berayotgan mojarolarda ba'zan din yoki milliy masala niqob qilib olinayotgani sir emas. Bu barchani yanada hushyorlik va ogohlikka, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga, uning qadriga yetishga, jamiyatdagi barqaror muhitni asrab-avaylashga, yoshlar tarbiyasi uchun mas'uliyatni his etishga da'vat etadi. Bu kabi mudhish va vayronakor kuchga qarshi kurashda dunyo

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

hamjamiyati birdek harakat qilishi lozim. Shu ma'noda, yurtimizdagi millatlararo va diniy konfessiyalararo totuvlikni, o'zaro hamjihatlikni ta'minlashga qaratilgan siyosat jahon hamjamiyatiga ibrat bo'la olishi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijlik olimlar, yetuk mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda.

Yurtimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g'oya va tashabbuslar paydo bo'layotgani tom ma'nodagi do'stlik qo'rg'onining yanada mustahkam bo'lishiga xizmat qiladi. Yurtimizda ta'lim yetti tilda olib borilayotgani, 138 ta milliy madaniy markazlarning faoliyat ko'rsatayotgani bag'rikenglik siyosatiga nechog'li amal qilinayotganligiga misol bo'la oladi. Qolaversa, 130 dan ortiq millat va elat vakillari o'rtasida diniy bag'rikenglik va millatlararo do'stlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Yurtimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g'oya va tashabbuslar paydo bo'layotgani tom ma'nodagi do'stlik qo'rg'onining yanada mustahkam bo'lishiga xizmat qiladi. Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlanmoqda, va ularning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilmoqda. O'zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g'oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo'lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Istiqlol bizga ana shu ezgu an'analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo'lib o'tishini ta'minlash imkonini berdi. Zero, O'zbekistonning boyliklari ko'p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz - jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do'stlik va hamjihatlikdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.