Научная статья на тему 'BADIIY USLUB INDIVIDUALLIGI (LUQMON BO‘RIXONNING “JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANI ASOSIDA)'

BADIIY USLUB INDIVIDUALLIGI (LUQMON BO‘RIXONNING “JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uslub / yozuvchi individualligi / kinoya / o‘xshatishlar / qochirim / voqealar rivoji / to‘y tasviri / o‘zgacha g‘oyaviy burilish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yulduz Turdiyeva

Mazkur maqolada badiiy uslubning asardagi ahamiyati va qiymati Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romani asosida ochib beriladi. Romanning uslubiy jihatdan individualligi yozuvchining so‘z qo‘llash, qahramonlar tasviri, voqealar rivojini yoritib berishi asnosida o‘z aksini topgan. Ayniqsa, Luqmon Bo‘rixonning inson ruhiyatining, istaklarining hali ochib berilmagan yangicha jihatlarini qalamga olishi individual g‘oyaviy asar yaratganligini namoyish etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY USLUB INDIVIDUALLIGI (LUQMON BO‘RIXONNING “JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANI ASOSIDA)»

BADIIY USLUB INDIVIDUALLIGI (LUQMON BO'RIXONNING "JAZIRAMADAGI ODAMLAR"

ROMANI ASOSIDA)

Yulduz Turdiyeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs tayanch

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13945289

Annotatsiya. Mazkur maqolada badiiy uslubning asardagi ahamiyati va qiymati Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani asosida ochib beriladi. Romanning uslubiy jihatdan individualligi yozuvchining so'z qo'llash, qahramonlar tasviri, voqealar rivojini yoritib berishi asnosida o'z aksini topgan. Ayniqsa, Luqmon Bo'rixonning inson ruhiyatining, istaklarining hali ochib berilmagan yangicha jihatlarini qalamga olishi individual g'oyaviy asar yaratganligini namoyish etadi.

Kalit so'zlar: uslub, yozuvchi individualligi, kinoya, o'xshatishlar, qochirim, voqealar rivoji, to'y tasviri, o'zgachag'oyaviy burilish.

AHHoma-ция. В данной статье раскрывается значение и значение художественного стиля в произведении по роману Лукмана Борихана «Люди в жару». Стилистическая индивидуальность романа отражена в авторском словоупотреблении, изображении персонажей, освещении событий. В частности, написание Лукманом Бориханом новых, еще не раскрытых сторон человеческой психики и желаний показывает, что он создал индивидуальное идеологическое произведение.

Ключевые слова: стиль, индивидуальность писателя, ирония, сравнения, сюжет, развитие событий, образ свадьбы, особый идеологический поворот.

Abstract. This article reveals the importance and value of artistic style in the work based on the novel "People in the heat" by Luqman Borikhan. The stylistic individuality of the novel is reflected in the author's use of words, portrayal of characters, and illumination of events. In particular, Luqman Borikhan's writing of new aspects of the human psyche and desires that have not yet been revealed shows that he has created an individual ideological work.

Keywords: style, writer's individuality, irony, similes, plot, development of events, image of wedding, special ideological turn.

Ulkan iste'dod va samarali ijodiy mehnatining mahsuli bo'lgan har bir asar muallifning "farzandi" kabidir. Zero, farzand ota-onadan boshqalarga o'xshamydigan tashqi ko'rinish, xulq-atvor, xarakter meros qilib olgani kabi yozuvchi asarida ham ungagina xos bo'lgan uslub, xususiyatlar, alohida jihatlar namoyon bo'ladi. Chunki "Har bir yozuvchining dunyoni ijodiy o'zlashtirish davomida orttirgan hissiyotlar tajribasi, olamni o'ziga xos ko'rish, idrok etish, tushunish va tushuntirish yo'li bo'ladi. Yozuvchining mahorati, tasvrilash san'ati, roviylik darajasi haqida gap ketganda ham, asosan, shu belgilar badiiylik mezoni sifatida qaraladi"1. Luqmon Bo'rixonning asarlarini o'qir ekansiz yozuvchining yuqoridagi badiiylik mezonlariga bog'langan o'ziga xos uslubini ko'rishingiz mumkin. Ayniqsa "Jaziramadagi odamlar" romanini badiiy tahlil etar ekanmiz, asarning ovzigagina xos bo'lgan e'tiborli jihatlariga duch kelamiz. Albatta, bu xulosa shu kunga qadar yozilgan, o'qilgan turli mavzudagi romanlar bilan o'zaro qiyosiy tahlil etish asnosida yuzaga keladi. Avvalo, shuni ta'kidlab o'tish joizki, Luqmon

1 Болтабоев X,. Наср ва услуб.Тошкент: «Фан», 1992 6- бет.

Bo'rixonnining o'ziga xos ifoda usuli o'quvchini o'ziga jalb qiladi. Asardagi kinoya, piching, qochirimga boy suhbatlar, chuqur ma'noni o'ziga berkitgan o'xshatishlar, achchiq kesatiqlar, shuningdek, samimiy kulgu o'rin olgan tasvirlar asar tilini individuallashtiradi. Asar qahramonlaridan O'roqning onasi Xosiyat xola kelin olganidan keyin butkul o'zgarishni boshlaydi, muallif bu jarayonni uzoqdan uzoq jumlalar bilan tasvirlashdan qochib, bir, ikki so'z bilan Xosiyat xolaning ichidagi quvonchdan, baxtdan o'quvchini boxabar qiladi: "...Xosiyat xola, yo'q-yo'q Xosiyat opa, yo'q-yo'q, Xosiyat yanga esa o'zi bilan o'zi andarmon edi. Ahyon-ahyonda erka keliniga erkalanib, uning rangsiz lab bo'yog'idan o'g'rincha surkab-surkab, o'z xusniga to'ymay hiring-hiring kuladi."2 Yozuvchining voqelikka bo'lgan nuqtai nazari, voqealarni kuzatishda yozuvchining nigohi, muallifning asosan qahramonlar ortida harakat olib borishi, ayniqsa, Samad obrazida namoyon bo'ladi va bu yozuvchini voqealar rivojiga, qahramonlar tasviriga to'g'ridan-to'g'ri aralashishidan to'xtatib qoladi. Aksariyat hollarda roman an'anaviy romanlar sirasiga kiritib kelingan, lekin haqiqatdan ham shundaymikan? ! Aslini olganda, an'anaviy romanlar mezoniga ko'ra, bu romanda ham bir qaraganda ijobiy va salbiy qahramonlar borligi, muhabbat mavzusi, ko'p kitobxonlar ko'nikib qolganidek urush tufayli ayriliq yuz berishi va shu kabi boshqa bir jihatlar romanni bu turga kiritishga sabab bo'lishi mumkin. Ammo romandagi boshqa o'ziga xosliklar asarning zamonaviy romanlar sirasiga kirishini ko'rsatadi. Bilamizki, ko'pgina roman voqealari bir-biridan mustaqil boblardan tashkil topganda, bobdan bobga o'tganda voqealardagi uzilish, keyingi bobda yangi mavzuning yoritilib ketilishi, mavzular o'rtasida to'xtalishlarga duch kelamiz. "Jaziramadagi odamlar" romani esa boblarga ajratilgan holda ham o'rtadagi uzilish kitobxonning e'tiborini tortmaydi, zanjirsimon voqealar rivoji boblarni bir biriga ergashtirib ketadi. Eng ajablanarlisi, bu bobning o'zini ham alohida hikoya sifatida asar ichidan yulib olish mumkinligidadir. Ikkinchi va uchinchi boblarni namuna sifatida keltirib o'tadigan bo'lsak, ikkinchi bob so'nggi harbiy xizmatga ketayotgan O'roqning Lolaxon bilan kinoxonaga borgani va u yerdagi yorqin tuyg'ularning hislarga boy tasviri bilan tugaydi. Uchinchi bob "Fayzulla akaning xonadoniga kulfat doridi!" degan xabar bilan boshlandi va bob davomida O'roqning halok bo'lishi voqealari tasvirlanadi. Bu bob avvalgisidagi voqealar rivojining davomi bo'lishi bilan birga, alohida tugallangan mazmunga ega hikoyani eslatadi, shuningdek ikkinchi bob ham, zero muallif ikkinchi bobdagi hislar tasviri bilan voqealarga yakun yasab, xulosani o'quvchiga qoldirib kichik hikoya sifatida yulib olishi ham mumkin edi. Bundan tashqari asarda O'roq va Lolaxoning to'y sahnasi tasvirlangan bob ham bo'lib, undagi voqealar rivoji o'zbek qishloqlaridagi to'y jarayonini aks ettiruvchi alohida bir hikoyaga oxshaydi. Bir tomondan bu to'y asar voqealarining uzviy davomi, boshqa tomondan esa to'ydagi odatlar, Ashurning xurmacha qiliqlari, to'ydan keyingi to'yxonaning ahvoli kishiga qishloq to'yining kichik tafsilotini eslatadi. Muallifning asar qahramonlariga bo'lgan munosabati ham o'zgacha, aslida, asarda butunlay ijobiy yoxud butunlay salbiy qahramonning o'zi yoq, yozuvchi hatto bosh qahramonlarni ham oq-qora ranglarda tasvirlaydi. Qahramonlarini Samad obrazida o'quvchiga qadrli qiladi, gohida sevdiradi gohida tanqid qiladi. Asardagi voqealar rivojining markazida turuvchi Lolaxonning inson, tirik jon sifatidagi xohishlari, intilishlari uning idealligiga, qishloq qahramonining bevasi maqomiga putur yetkazsa-da, yozuvchi haqiqatdan, reallikdan yiroqlashmay, Lola va uning Shunqor Hobilga bo'lgan hislarini-da qalamga oladi, qahramoniga xolislik bilan munosabatda bo'ladi. Shoir kundaligida Lolaxon holati berilgan bu tasvir asli muallifning fikrlaridir: "Ana! Darrov o'zgardi! Darrov, gulday barq urib qoldi! Ana,

2 Лу^мон Бурихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. - Т.: Fафур Fулом номидаги нашриёт - манбаа ижодиий уйи, 2012 103- бет

atay chimrildi, atay jilmaydi. Kitoblar haqida boshlangan suhbatimiz shaharga ko'chdi, undan hayot va turmushga o'tdi, nihoyat, oila haqida shivir-shivir boshladik. Men so'zlar sirli, jozibali chiqishi uchun atay pichirlab gapirdim. U mendan ham o'zib ketdi. Uning shivir-shivirlaridan ich-ichida guvillab qaynab yotgan ehtiroslar to'foni baribir sezilardi"3. Roman individualligini aks ettiruvchi yana bir e'tiborli jihat bu romanda aniq geografik hududning ko'rsatilmaganligidir. Romanda keltirilgan makon, joy ta'riflaridan voqealar cho'l hududida bo'layotganini anglab olamiz, Mirzacho'l nomi qalamga olinishini asar oxirigacha taxmin ham qilshingiz mumkin. Ammo 41-sovxozga tegishli posyolka - qishloq respublikamizning aynan qaysi hududida ekanligi mavhumligicha qoladi. Bu holat, shuningdek, zamon tushunchasi bilan ham yuz bergan. Asardagi ayrim atamalar bu voqealar yurtimiz mustaqillikka erishishidan avval yuz berganiga ishora qilsa, boshqa bir voqealar esa vaqt borasida bizni ikkilantirib qo'yadi. Butun boshli romanda davr, zamon tushunchasi haqida so'z ketmaydi. Hattoki, asarning asosiy g'oyalarini ifodalashga xizmat qilgan qahramon O'roqning urushda halok bo'lgani tafsiloti, oqibatlari asarning bir necha qismlarida tilga olinsa-da, aynan qaysi urush ekanligi ham noma'lum qoladi. Bu o'rinda yozuvchining aytmoqchi bo'lgan fikri, asarda ochib berilgan g'oya zamon, makon tanlamasligiga ishoradir. Ya'ni, kishining jamiyatdagi o'rni, insonlarning bir-biriga bo'lgan munosabatlaridagi soxtalik, shaxsning ma'lum qoliplarga solinib, inson sifatidagi xohish-istaklaridan ayro tushishi, ba'zi qadriyatlarning inson fojeasiga sabab bo'lishi, urush talofatlari har qanday zamonda, har qanday makonda mavjud degan fikr yotadi. Asarning o'ziga xosligi, voqealar rivojining asosiy jihatlaridan bo'lgan muhim detallarni mavhum qilgan holda ham, asar hayotiyligini, badiiyligini ta'minlay olganidir. Zamon, makon tushunchalari o'quvchiga eslatilmaguncha ixtiyoriy tarzda ilg'ab olinmaydi ham, bu holat kitobxonni asar ta'siriga tushib qolishi bilan izohlanishi mumkin. Shuningdek, asarning nafaqat, yozilish uslubi, badiiyligi, balki g'oyaviy yo'nalishi ham o'ziga xoslik kasb etgan. An'anaviy uslubdagi asarlar tamoyillaridan olib qaralsa, romandagi O'roq obrazining harbiy xizmatdan tonishi, urushga bormaslik uchun har xil choralarni qilib ko'rishi vatanga xiyonat, vatan xoini, qo'rqoqlik deya qoralanib butunlay salbiy obraz sifatida gavdalanishi kerak edi. Albatta, asardagi bir nechta obrazlar tilidan O'roqqa bu ta'na toshlari ham otiladi, oxir oqibatda esa shu qo'rqoq yigit urush qahramoniga, vatan uchun jonini bergan siymoga aylanadi. Aslida, muallif jamiyat qolipga solib qo'ygan insonning ichidagi haqiqatini ko'rsatishni, uni boricha qabul qilishni maqsad qiladi. Zero, inson bu Yaratganing mo'jizasi, uni jamiyatdagi qotib qolgan qoidalar, aqidalar bilan chegaralash, baholash, xulosa chiqarish ba'zida uning halokatiga sabab bo'ladi. Shu qoliplardan qochishni maqsad qilgan yozuvchi O'roqning qilgan harakatlarini salbiy bo'yoqda ko'rsatib, O'roqni nochor ahvolda tasvirlaydi va kitobxonning rahmi kelib, unga qalban yaqinlashadi, shu yo'l bilan uni aslida ijobiy qahramon darajasiga olib chiqadi. Haqiqatdan ham O'roq - qahramon qo'rqoq emas, u har birimizning ichimizdan o'tgan, aytishga jur'at qilolmagan istagini ayta oladi, buni ojizlik deb bilmaydi. U oilasini, farzandini har qanday ishdan ustun qo'ya olgan, hamma jo'r bo'lib, "qahramonlik" deya og'iz ko'pirtirgan urushga borishdan ko'ra, yaqinlarini afzal bilgan, soxtalikdan holi, boricha ko'rinishdan, ichidagini, quvlik, ayyorlikni bilmasdan, boricha aytishdan qochmaydi oddiy qahramondir. Luqmon Bo'rixonning g'oyaviy yo'nalishda bir xillikdan qochib, yangi uslubni yaratish, yangi yo'ldan yurishga harakati bu ham bir yozuvchining badiiy individualligidir.

3 Лу^мон Бурихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. - Т.: Fафур Fулом номидаги нашриёт - манбаа ижодиий уйи, 2012 267-бет

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Эркин Худайбердиев. Адабиётшуносликка кириш: Олий укув юртлари учун дарслик. - Т.: «Шарк», 2008. - 368 б.

2. Лукмон Бурихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. - Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт - манбаа ижодиий уйи, 2012. - 324 б.

3. Х,амидулла Болтабоев «Наср ва услуб» Т.: «Фан», 1992. - 104 б.

4. Урол Носиров «Образларда услуб жилолари» Т.: «Фан», 1991. - 196 б.

5. X,. Каримов «Узбек романларининг тараккиёт тамойиллари»: Услубий кулланма. - Т.: Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси, 2008 й. - 124 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.