Научная статья на тему 'BADIIY SAN’ATLARNI OʻQITISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR'

BADIIY SAN’ATLARNI OʻQITISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
919
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy san’atlar / badiiy san’atlar / tashbeh / tajnis / talmeh / tazod. / spiritual arts / arts / tashbe / tajnis / talme / tazad.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Abdialimova

Ushbu maqolada badiiy san’atlarni oʻrganishda nazariy va amaliy jihatlar xususan, matn ustida ishlashning ilmiy va amaliy ahamiyati xususida soʻz boradi. Ya’ni badiiy san’at turini aniqlash uchun avvalo, matnni tekshirish, analiz qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi xususida mulohaza yuritilgan.Dars jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICAL GUIDELINES FOR TEACHING THE ARTS

This article discusses the theoretical and practical aspects of the study of art, in particular, the scientific and practical significance of working on the text. That is, to determine the type of artistic creativity, it was first of all considered what to pay attention to when checking and analyzing the text, what to pay attention to during the lesson.

Текст научной работы на тему «BADIIY SAN’ATLARNI OʻQITISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BADIIY SAN'ATLARNI O'QITISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR Abdialimova Mahfuza Safarboy qizi

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyoti

fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6990873

Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy san'atlarni o'rganishda nazariy va amaliy jihatlar xususan, matn ustida ishlashning ilmiy va amaliy ahamiyati xususida so'z boradi. Ya'ni badiiy san'at turini aniqlash uchun avvalo, matnni tekshirish, analiz qilishda nimalarga e 'tibor berish kerakligi xususida mulohaza yuritilgan.Dars jarayonida nimalarga e 'tibor berish kerakligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy san'atlar, badiiy san'atlar, tashbeh, tajnis, talmeh, tazod.

ПРАКТИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ОБУЧЕНИЮ ХУДОЖЕСТВЕННЫМ

ИСКУССТВАМ

Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические и практические аспекты изучения художественного искусства, в частности, научное и практическое значение работы над текстом. То есть для определения вида художественного творчества прежде всего рассматривалось, на что обратить внимание при проверке и анализе текста, на что следует обратить внимание во время урока.

Ключевые слова: духовные искусства, художественные искусства, ташбе, таджнис, талме, тазад.

PRACTICAL GUIDELINES FOR TEACHING THE ARTS

Abstract. This article discusses the theoretical and practical aspects of the study of art, in particular, the scientific and practical significance of working on the text. That is, to determine the type of artistic creativity, it was first of all considered what to pay attention to when checking and analyzing the text, what to pay attention to during the lesson.

Keywords: spiritual arts, arts, tashbe, tajnis, talme, tazad.

KIRISH

Ma'lumki, Alisher Navoiyning badiiy adabiyot haqidagi nazariy qarashlari «Mezon ul-avzon», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug'atayn», «Majolis un-nafois», «Risolai muammo» kabi asarlarida, «Xamsa»ning kirish qismi va devonlari debochalarida bayon qilingan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mazkur asarlar tarkibida buyuk so'z san'atkorining ba'zi bir she'riy san'atlar, poetik uslublar haqidagi yo'l-yo'lakay qaydlari ham mavjudki, ularni ko'zdan kechirish Navoiyning Yaqin va O'rta Sharq adabiyoti tarixi hamda poetikasini nihoyatda chuqur va izchil bilganligi, mumtoz poetikaning barcha unsurlarini mukammal o'rganib chiqib, o'z amaliy faoliyatida mahorat bilan qo'llaganligiga mutlaqo shubha qoldirmaydi. Bu haqda tasavvurga ega bo'lmoq uchun uning tarse' san'ati haqidagi izohini keltirish kifoya qiladi: «Tarse' san'atikim, matla'din o'zga baytda bo'la olmas, ul qasidaning agarchi mustaxraj matlai rostdur, ammo asli matla'da avvalgi misraning bir lafzida takalluf qilibdur.

TADQIQOT NATIJALARI

Mumtoz adabiyot o'quvchilar ma'naviyatini yuksaltirishda, badiiy didini o'stirishda, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda beqiyos imrniyatlarga ega ega

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'lgan ma'naviy, madaniy merosdir. Bu davr adabiyotini o'qitishda, bir tomondan, oliy san'at darajasida yaratilgan namunalarga tayanib tarbiyalanuvchilar o'y-fikrlari, kechinmalarning, tuyg'ularining tarbiya topishi - tozarishi maqsad qilib olinsa, ikkinchi tomondan, ularda milliy vatanparvarlik, yurt uchun mas'ullik tuyg'usini kamol toptirish vazifasi amalga oshiriladi. Lirik asarlarni o'rganishda she'r janri, mavzusi, hajmi kabi jihatlar inobatga olinishi zarur. Muayyan she'riy shakl nechta va nechanchi sinflarda o'qitilishidan kelib chiqib uning janr xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar birdaniga yoki bosqichma-bosqich berib boriladi: ruboiy, tuyuq, g'azal kabi kichik va o'rta janrlarni o'rganishda she'rlarni misrama-misra, baytma-bayt sharhlash yo'lini tutish mumkin bo'lsa, muxammas, musaddas, muashshar, tarji'band singari katta hajmli she'rlarda esa bandlarni yaxlit tahlillash maqsadga muvofiq bo'ladi.

MUHOKAMA

She'rning janri va hajmi uni tahlillash yo'riqlarini belgilab beradi. O'quvchilar har bir janr namunalarini tahlil qilish yo'riqlari, ketma-ketligi bilan tanishtirilgan bo'lishlari kerak. Tahlilda avvalo she'rning mazmuni, unda bildirilgan fikr aniqlab olinib, so'ng shakl va ifodaga e'tibor qaratiladi.

XULOSA

Demak, mumtoz she'riyat namunalarini o'qitishda shakldan mazmunga emas, balki mazmundan shaklga qarab boriladi. Chunki she'rda qanday fikr aytilganini yaxshi anglamay turib undagi badiiyatni, ifodadagi o'ziga xoslikni idrok etish amri mahol. Jumladan, ushbu magistrlik ishida quyidagi xulosalarga kelindi:

l.She'riy san'atlarni o'quvchilarga tushuntirishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak va bunda o'qituvchilar darslikdan tashqari she'riy sana'tlar bilan bog'liq she'riy parchalardan foydalanishi kerak. Ya'ni o'qituvchilar faqat darslik bilan chegaralanmasliklari lozimligi haqida mulohazalar bildirilgan.

2. Adabiyot darsliklarida, xususan, 10-11-sinf adabiyot darsliklarida berilgan she'riy asarlarda uchraydigan badiiy san'atlar tahlil qilingan. Ushbu tahlillar maktab o'qituvchilari uchun qo'llanma bo'lishi mumkinligi ta'kidlangan.

3. 10-11-sinf adabiyot darsliklarida berilgan xalq dostonlarida berilgan she'riy parchalardagi she'riy san'atlar ham tahlilga tortilgan. Jumladan, "Rustamxon" dostonida shunday parcha uchraydi:

Maloyik suratli, gulyuzli dilbar, Seni ko'rgan odam bo'lar beqaror. Oy-u kundan ziyod sening husning bor, Ne qildi seni boylab giriftor?

(o'xshatish)

4.Yuqori sinf darsliklarida qatnashgan barcha badiiy san'atlarni jadval asosida o'quvchilarga tushuntirish o'ziga xos o'ringa ega va ushbu ishni o'qitishni, o'qituvchilarga tushuntirishni samarasini yanada oshiradi.

5. Adabiyot darslarida badiiy san'atlarning nazariy jihatlarini tushuntirish va adabiyotshunos olimlarning nazariy fikrlarini o'quvchilarga qiyosiy usulda yetkazib berish ishimizning nazariy ahamiyatini tashkil qilgan.

6. O'qituvchilar she'riy san'atlarni o'quvchilarga tushuntirishda, avvalo, badiiy san'atlarni nazariy jihatdan o'quvchilarga yaxshilab tushuntirishi lozimligi ta'kidlangan va buning bir necha kerakli adabiyotlar tavsiya etilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7.She'riy san'atlarni o'qitish, o'quvchilarga tushuntirish metodikasi yaratish va adabiyot nazariyasining mohiyatini anglatish metodikaning asosi ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

8.She'riy san'atlarni o'qitishdan maqsad she'rning badiiyatini yanada ochish va sharq adabiyoti ramzlarga boy adabiyot ekanligini haqida mulohazalar bildirilgan.

9.She'riy san'atlarni tahlil qilishda lug'at bilan ishlash ko'nikmasini yo'lga qo'yish va buni o'quvchilarga o'rgatish mumtoz she'riy asarlarning botiniy ma'nolarini tushunishi, anglashini oshiradi.

10.She'riy san'atlar tadqiq etilgan asarlarni qiyosiy usulda o'quvchilarga tushuntirish adabiyot nazariyasining bahsli savollariga o'rin qoldirmasligi haqida fik-mulohazalar bildirilgan, xulosalar chiqarilgan.

REFERENCES

1. Apастy. Поэтика (Нафис санъатлаp хакида). Aхлоки кабиp (Катта ахлок китоби). - Т.: Янги асp авлоди, 2004. - 194 б.

2. Hojiahmedov A. Aruz nazariyasi asoslari. - T.: Akademnashr, 2GI8. - 8G b.

3. Umurov H. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2GG4. - 264 b.

4. Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. Ta"lim-Media. - T.: 2GI9. -I84 b.

5. Aбдypаyф Фи^ат. Aдабиèт коидалаpи: Aдабиèт мyаллимлаpи хам адабиèт xаваслилаpи y4yH / Нашpга тайèpловчи, сузбоши ва изоxлаp мyаллифи X,. Болтабоев. -Т.: Укшувчи, I985. - II2 б.

6. Aбдypаyф Фитpат. Apy3 хакида. Нашpга тайёpловчи, суз боши ва изоxлаp мyаллифи -Х,.Болтабоев. - Т.: Укшувчи, I997. - 8G б.

7. Aдабий тypлаp ва жанpлаp. Уч жилдлик. 2-жилд. Л^ика. - T.: Фан, 1992. - 202 б.

8. ATOy^rox, ^сайний. Бадойиъy-с-санойиъ. (A.Рyстамов таpжимаси). - Т.: Fафyp Fyлом номидаги Aдабиèт ва санъат нашpиèти, 1981. - 398 б.

9. S. Dolimov, H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Т.: O'qituvchi, I967;

IG. A. Zunnunov, N. Hotamov, J. Esonov, A. Ibrohimov. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Т.: O'qituvchi, 1992;

II. B. To'xliyev. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Т.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2GIG.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.