Научная статья на тему 'YOZUVCHI UMRBAYONINI O`RGANISHNING BADIIY ASAR TAHLILIDAGI AHAMIYATI'

YOZUVCHI UMRBAYONINI O`RGANISHNING BADIIY ASAR TAHLILIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
187
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / badiiy uslub / badiiy tahlil / milliy / qadriyat / milliy mafkura / lirika / hikoya / qissa / poetik mahorat / interfaol metod / so`z san`ati. / method / artistic style / artistic analysis / national / value / national ideology / lyric / story / short story / poetic skill / interactive method / word art.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sh. Karimova, N. Qosimova

Ushbu maqolada ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma`lumotlarni o`qitishga yangicha yondashuv ifodalanadi. Bu ma`lumotlarning badiiy asarning o`quv tahlilidagi ahamiyati ko`rsatib o`tiladi. Kitob o`qish, kitobxonlikka qiziqtirish borasida ijodkorning ibratli umr yo`li haqidagi hikoyalar, zamondoshlarining e`tirofi, xotiralar alohida o`rin tutishi ta`kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE VALUE OF STUDYING THE BIOGRAPHY OF A WRITER IN THE ANALYSIS OF A WORK OF ART

This article presents a new approach to teaching information about the artist's life and work. The importance of this information in the educational analysis of the artistic work is shown. It is emphasized that the stories about the exemplary life of the creator, the recognition of his contemporaries, and memories have a special place in terms of reading books and interest in reading.

Текст научной работы на тему «YOZUVCHI UMRBAYONINI O`RGANISHNING BADIIY ASAR TAHLILIDAGI AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOZUVCHI UMRBAYONINI O RGANISHNING BADIIY ASAR TAHLILIDAGI

AHAMIYATI Karimova Shahlo

Oriental University oliy talim muassasasi dotsenti, PhD Qosimova Nazokatxon

Qoqon DPI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oqituvchisi https://doi org/10.5281/zenodo.6990909

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijodkor hayoti va faoliyatiga doir malumotlarni oqitishga yangicha yondashuv ifodalanadi. Bu malumotlarning badiiy asarning oquv tahlilidagi ahamiyati ko rsatib o tiladi. Kitob oqish, kitobxonlikka qiziqtirish borasida ijodkorning ibratli umr yoli haqidagi hikoyalar, zamondoshlarining e tirofi, xotiralar alohida o rin tutishi ta'kidlanadi.

Kalit so^zlar: metod, badiiy uslub, badiiy tahlil, milliy, qadriyat, milliy mafkura, lirika, hikoya, qissa, poetik mahorat, interfaol metod, so z san ati.

ЗНАЧЕНИЕ ИЗУЧЕНИЯ БИОГРАФИИ ПИСАТЕЛЯ В АНАЛИЗЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ

Аннотация. В данной статье представлен новый подход к преподаванию информации о жизни и творчестве художника. Показана важность этой информации в учебном анализе художественного произведения. Подчеркивается, что особое место в плане чтения книг и интереса к чтению занимают рассказы о примерной жизни творца, признание его современников, воспоминания.

Ключевые слова: метод, художественный стиль, художественный анализ, национальное, значение, национальная идеология, лирика, рассказ, новелла, поэтическое мастерство, интерактивный метод, искусство слова.

THE VALUE OF STUDYING THE BIOGRAPHY OF A WRITER IN THE ANALYSIS

OF A WORK OF ART

Abstract. This article presents a new approach to teaching information about the artist's life and work. The importance of this information in the educational analysis of the artistic work is shown. It is emphasized that the stories about the exemplary life of the creator, the recognition of his contemporaries, and memories have a special place in terms of reading books and interest in reading.

Keywords: method, artistic style, artistic analysis, national, value, national ideology, lyric, story, short story, poetic skill, interactive method, word art.

KIRISH

Biror shoir lirik merosini o rganishda ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma lumotlar, qiziqarli faktlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu malumotlar ko'pincha, asarning g'oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashda, shoirning poetik maqsadini idrok etishda, ijtimoiy-estetik mohiyatini to'g'ri belgilashda katta yordam beradi. Adabiyotshunos olim, metodist D.Quronov bu haqda kuzatishlarini quyidagicha aytib otadi: " Kopincha el ichida ijodkorlar to'g'risidagi turli-tuman mish-maishlar, uzun-quloq gaplarga duch kelinadiki, goho ularning bir-biriga tamomila zidligi-yu aql bovar qilmas darajada ajabtovurligidan shoshib qoladi kishi. Albatta, bu nav mish-mishlar el nazdida katta obro-etibor topgan kishilar hayotiga qiziqishning zorligidan yuzaga keladi. Biroq o ylashimcha, buni ommaviy qiziquvchanlikning ozi bilangina izohlash

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kam ko'rinadi. Zero, buning asosiy sabablaridan biri sifatida adabiyoshunosligimizda ijodkor biografiyasini o'rganishga yetarli e'tibor berilmasligini ko'rsatishga moyilmiz. Hatto, sir emas, ijodkor biografiyasi bilan bog'liq ishlarga mensimasdanroq, ilmdan yiroq hodisa sifatida qarash hollari ham yo'q emas. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to'plash-u ilmning chinakam "qora ishi" sifatida baholanishi kelrak.Sababki, bu xil ishlar konkret ijodkoming shaxs va san'atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini, uni to'g'ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi" Bir soz bilan aytganda, har bir asar muallifining ma'naviy qiyofasidir. Ayniqsa, lirik she'rlarda shoirning "men"i aks etib turadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Badiiy asarning muallif shaxsiyatining ifodachisi ekanligini tushungandan keyingina asar mohiyati ham, uning muallifining nuqtayi nazarlari ham o'quvchiga to'laroq va teranroq tushuniladi. Shundagina ijodkorning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va millatga bo'lgan mehri, muhabbati va xizmatlari to'la idrok etiladi.

"Yozuvchi, sanatkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi.Har gal biror hodisa, fakt haqidagi hikoya-yozuvchining,san'atkorning shu narsaga, hodisaga, pirovardida-kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sugorilgan boladi. Bu "munosabat faktori" shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida haqqoniy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San'atkorning ijobiy munosabati, mehri va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho'g'dan olingan temirdek, o'z rangi, harorati,fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bolishi mumkin".

Ayrim yozuvchilarning tarjimayi holini o'rganishda boshqa kishilar, mashhur shaxslar, yirik olimlar, yiirk davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan ham foydalanish mumkin bo'ladi. Yoki mumtoz adabiyot vakillari ijodi o'rganilayotganda u haqda qaydlar uchrovchi tazkiralar, yodnomalar, tarixiy asarlardan ham foydalanish mumkin bo'ladi. Masalan, VII sinfda Zavqiy ijodi o'rganilayotganda Polotjon domulla Qayyumiyning "Tazkirayi Qayumiy" asarida shoir haqidagi o'rinlarni keltirish mumkin. Ayniqsa, adib tarjimayi holini o'rganishda uning o'z fikrlaridan foydalanish ham keng qo'llaniladigan usullardan bo'lsa-da, bunda ham me'yor bo lishi shart.

Yozuvchining milliy ma'naviyatga qo'shgan hissasi, soz san'atida mohirligini, iste'dodini, adabiyot sohasidagi xizmatlari, jamiyatda tutgan mavqeini o'quvchilarga yetkazish bu bir tomondan, ma'rifiy maqsadlarga tayansa, ikkinchi tomondan, o'rganiladigan asarga ijobiy munosabatini shakllantirish masalasi yotadi. Ijodkorning ijtimoiy mavqei, badiiy mahorati haqida chiqariladigan xulosa uchun uning o'zi to'g'risida aytganlari bilan bir qatorda boshqa atoqli kishilarning fikrlari muhim rol o'ynaydi. Bu kabi vositalar adibning boshqa ijodkorlardan farq qiluvchi xuxxiyatlari borligidan, boshqalarga o'xshamaydigan qiyofasi va uslubi haqida o'quvchida yaqqol tasavvur uyg'otish uchun xizmat qilishi kerak.

TADQIQOT NATIJALARI

Yozuvchi umrbayoniini o'rganishda adib haqidagi ma'lumotlardan, qiziqarli hayotiy voqealardan foydalanish o'quvchilarda uning asarlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi. Masalan, Said Ahmadning "Yo'qotganlarim va topganlarim" nomli xotira va qaydlar yozilgan kitobida bir qator yozuvchi, shoirlar to'g'risida darsliklarda uchramagan qiziq voqea-hodisalar bor. A. Qahhor tarjimayi holini o'tishda Kibriyo Qahhorovaning «Chorak asr

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hamnafas» kitobidan olingan parchalar o'quvchilarni juda qiziqtirishi mumkin. Abdulla Qahhor hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bolib o'tgan voqea, real hayotning bir bo'lagi, epizodi bolib gavdalandi. Hikoyalarining ko'pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda ozi korgan eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. Birgina misol. "Bemor"da tasvirlagan voqeaga o'xshash voqeani yozuvchi bolaligida oz boshidan kechirgan. "Biz Qoqonga yaqin Yaypan degan qishloqda turar edik, deya eslaydi adib. - Onam g'ira-shira qorongu uyda to'lg'oq tutib yotar, ichkarida ingragan, dodlagan tovush eshitilar edi. Yaypan katta qishloq, lekin u vaqtda doktor, tibbiy yordam degan gaplar birovning tushiga ham kirgan emas. Bunday kezlarda qoni-qoshnilardan biror keksa ayol chaqirilar edi.Uning tajribali momo bo lishi shart emas edi: qariligining ozi kifoya edi. Biz Yaypanga yaqinda kochib kelgan, u yerda qarindosh-uruglarimiz yoq edi, shu sababli dadam qoshni bir kampirni chaqirib chiqdi. Kampir ayam yotgan uyga kirib ketdi. Dadam ikkovimiz hovlida o'tirdik... Qorongu tushdi. Meni uyqu bosa boshladi.

Yonimda o tirgan dadam birdan o rnidan turdi. Ko zimni ochdim. Tepamda boyagi qoshni kampir turar edi.

- Qalay? - dedi dadam hovliqib.

- Qiynalyapti bechora, -dedi kampir va biroz jim turgandan keyin menga ishora qildi, - bolaga ayting, ayasini duo qilsin, go'dakning duosi ijobat boladi.

Dadm engashib mening qulog'imga shivirladi;

- Xudoyo ayamga najot bergin, deign. Ayt!

Dadam qorquv va jahl aralash meni qistar edi. Duo qila boshladim. Bir-ikki yiglab ham oldim. Keyin uxlab qoldim. Ertalab uyg'onsam ayamning kozi yoribdi."

Bu voqea "Bemor"ga asos bo'lgan. Lekin muallif voqeani hikoyaga aylantirishda unga qator jiddiy o'zgartirishlar kiritgan. Hayotdagi hodisa hikoyada xiyla keskinlashtirilgan: to'lg'oq dardi tutgan ayol o'rniga uzoq dard chekkan ayol olingan, dard chekkan ayolning nochor holati, so'nib borayotgan bemorning ayanchli raftori tasirchan ifodalangan. Bunday paytda er boshiga tushadigan musibatlar birma-bir ko'rsatilgan. Agar hayotda ayol darddan forig' bo'lsa, hikoyada dard ayolni olib ketadi. Bola duosi bilan bogliq hodisa hikoya drammatizmini oliy pardaga kotaradi.

Yozuvchi faktni bekorga o'zgartirgan, uni atayin keskinlashtirgan emas. Muallif hodisaga o'zgartish kiritayotganda hayot mantig'giga, badiiyat qonuniyatiga asoslangan, hayot haqiqati mohiyatini mukammalroq, tasirchanroq ochish payida bolgan. Jaholat hukm surgan sharoitda umr kechirgan, boshiga musibat tushgn, qoli qisqa, qashshoq bir oilaning nochor ahvolini, fojelai qismatini butun keskinligi bilan ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan.

Bunday qiqziqarli ma lumotlar Abdulla Qahhor tabiati, iste dod yo nalishi jihatidan hayotdagi odamalr qismatidagi fojiiylikni teran his etadigan adib ekanligi, uning eng yetuk hikoyalari ayni fojeali holat, qismatlar aks ettirilgan asarlar ekanligi bilan tanishtiradigan faktlardir.

MUHOKAMA

Oqituvchi yozuvchining tarjimai holini bayon etishda zamoniy texnik vositalardan samarali foylanishi maqasdga muvofiq boladi. Hozirda prezentatsiya-slayd korinishida ham ma'lumotlar tayyorlash, darsda foydalanish keng yo'lga qo'yilga. Multimediya vositalaridan,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

internet manbalaridan foydalanib, darsni yanada metodik jihatdan boyitish mumkin. Masalan, ma'rifatparvar jadid yozuvchilarimizga bag'ishlangan qator turkum ko'rsatuvlar, hujjatli filmlar yaratilmoqda. O'quvchilarga ko'proq ijodkorlarning suratlarini ekranda ko'rsatishga harakat qilish kerak. Sinfda yozuvchi haqida ma'ruza va suhbat o'tkazilgani kabi, sinfdan tashqari adabiy ekskursiya ham samarali usullardan biridir. Bunday mashg'ulotlar mazmunan sinfda o'tkaziladigan ma'ruza va suhbat kabi usullardan biridir.Shuningdek, poytaxtdagi maktab o'qituvchilari yozuvchining uy-muzeyiga ham tashrif buyurishlari, dars jarayonini shu yerda o'tishlari ham mumkin. XULOSA

Xullas, yozuvchining tarjimai holini va ijodiy faoliyatini o'rganish, metodist olima Q.Husanboyeva fikricha, bir tomondan, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'quvchilarga ijodkor yashagan zamon, davr ruhini chuqurroq anglatish, ijtimoiy munosabatlarni ular qalbiga yetkazish, ularni milliy mafkura, milliy qadriyatga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorning millat, jamiyat, adabiyot qilgan xizmatlarini ko'rsatish orqali adabiy jarayonning rivojlanish bosqichlarini chuqurroq anglatish, yozuvchi shaxsining kamol topishi, ruhiy olami misolida yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir etish, eng muhimi, o'rganilajak asarning yozilishiga turtki bo'lgan voqea-hodisalar bilan tanishtirish, shu orqali parcha mazmunini to'liq anglash, imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, asarni o'qish uchun havas, adib hayotiga ibrat uyg'otadi.

REFERENCES

1. Yo'ldoshev Q .Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari.T., 1996.

2. To'xliyev B.Adabiyot o' qitish metodikasi.T.,2006.

3. Zunnunov A.Adabiyot o'qitish metodikasi.T.,1992.

4. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi. T.: O'qituvchi, 1999, - 206 b.

5. Sharafiddinov O. Birinchi mo'jiza. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979.

6. Husanboyeva Q. Niyozmetova R. Addabiyot o'qitish metodikasi. (O'quv qo'llanma). Toshkent, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.