Научная статья на тему 'ADABIYOT DARSDARIDA KO`RGAZMALILIK METODIKASI'

ADABIYOT DARSDARIDA KO`RGAZMALILIK METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2916
242
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiyot / o‟qitish metodikasi / bilim / ko‟nikma / malaka / ta‟limtarbiya / ko‟rgazmali qurollar / ta‟lim vositalari / ko„satmalilik / литература / методы обучения / знания / навыки / квалификация / образование / наглядные пособия / учебные пособия / демонстрация.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xilola Rasulova

Mazkur maqolada adabiyot darslarida ko‟rgazmali ta‟lim vositalaridan foydalanish orqali ta‟lim samaradorligini oshirish metodikasining ilmiy va amaliy xususiyatlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДОЛОГИЯ ВЫСТАВКИ НА ЛИТЕРАТУРНЫХ КЛАССАХ

В статье анализируются научные и практические особенности методики повышения эффективности обучения за счет использования наглядных пособий на уроках литературы.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT DARSDARIDA KO`RGAZMALILIK METODIKASI»

ADABIYOT DARSDARIDA KO RGAZMALILIK METODIKASI

Xilola Rasulova

Toshkent viloyati Piskent tumani 8- maktab o'qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada adabiyot darslarida ko'rgazmali ta'lim vositalaridan foydalanish orqali ta'lim samaradorligini oshirish metodikasining ilmiy va amaliy xususiyatlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Adabiyot, o'qitish metodikasi, bilim, ko'nikma, malaka, ta'lim-tarbiya, ko'rgazmali qurollar, ta'lim vositalari, ko'satmalilik

МЕТОДОЛОГИЯ ВЫСТАВКИ НА ЛИТЕРАТУРНЫХ КЛАССАХ

Аннотация: В статье анализируются научные и практические особенности методики повышения эффективности обучения за счет использования наглядных пособий на уроках литературы.

Ключевые слова: литература, методы обучения, знания, навыки, квалификация, образование, наглядные пособия, учебные пособия, демонстрация.

EXHIBITION METHODOLOGY IN LITERATURE CLASSES

Abstract: This article analyzes the scientific and practical features of the methodology for improving the effectiveness of education through the use of visual aids in literature lessons.

Keywords: Literature, teaching methods, knowledge, skills, qualifications, education, visual aids, teaching aids, demonstration

Adabiyot o'qitish boshqa fanlarni o'qitishdan keskin farq qiladi. Shunga ko'ra, uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o'qitishni san'at turi sifatida baholab, adabiyot o'qituvchisining ishini ham san'atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. Demak, ular adabiyot o'qitish metodikasini ham san'at bilan tenglashtiradi. Amaliyotchilik nuqtayi nazaridan qaraydiganlar esa adabiyot o'qitish metodikasini darslarning o'tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning samarali bo'lishiga amaliy ko'mak bera oladigan soha deb bilishadi. "Adabiyot o'qitish metodikasi" birinchi navbatda adabiyot o'qitishning, ya'ni adabiy ta'limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir.

Ma'lumki, adabiyot ta'limning turli bosqichlarida xuddi boshqa fanlar kabi o'sib kelayotgan yosh avlod-o'quvchilarga mo'ljallangan.Ta'lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o'quvchilarda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma'naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yo„q, deb ayta olamiz. Zero, badiiy adabiyot alohida shaxsga ham, butun jamiyatga ham kuchli darajada ta'sir ko'rsata olish imkoniga ega. U jamiyatning o'z-o'zini anglashida, uni insonparvarlashtirishda beqiyos imkoniyatlarga ega. Adabiyot ijtimoiy ongning ko'rinishlaridan biri sifatida o'zida xalq xotirasini mujassamlashtiradi, uning axloqiy ma'naviy qadriyatlarini asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga olib o'tadi.

Adabiyot darslaridagi ko'rgazmalilikning bosh vazifasi o'quvchilarga adabiy asarni idrok etishda ko'maklashish, yozuvchi ijodini tolaroq tasavvur etishga yordamlashish adabiy-nazariy tushunchalarni egallashga qo'shimcha imkon yaratish, o'quvchilar nutqini o'stirishni ta'minlashdan, bir so'z bilan aytganda adabiyot o'qituvchisi oldida turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat.

Gap o'tmish adabiyoti, yoxud chet el hayoti bilan bogliq asarlar ustida boradigan boisa, ko'rgazmalilikning ahamiyati yanada ortadi. Zero o'quvchi xira tasavvur qilgan yoki mutlaqo tasavvurga ega bo'lmagan voqea va hodisalar haqida korgazmalilik tufayli yorqinroq va aniqroq bilim va tasavvurlarga ega boladi. Unday paytda o'qituvchining izohi kamlik qiladi. Ana shu korgazmalilik toldiradi. Ko'rgazmalilik o'qituvchi nigohida ham mavjud. Garchi bunday holatlarda o'quvchida passivlik sezilsa-da, ammo bu ko'rgazmalilikning rolini mutlaqo pasaytirmaydi. Ammo shunisi muhimki, korgazmalilik vositasida o'quvchi faol muloqotga, suhbatga, faol fikrlash darajasiga yetsin. Ko'rgazmalilik adabiy jarayon, hodisa yoki obrazning muayyan qirralarini ochishga yordam bersagina shunday boladi.

Mavzuning birinchi rejasida ko'rsatmalilik-ta'limning asosiy tamoyillaridan biri ekanligi yoritiladi. Didaktikaning eng muhim tamoyillaridan biri uning ko'rsatmaliligi bo'lib, bu tamoyil qaysidir pedagogning xohishi yoki uslubiyotchi olimning istagi natijasi bo'lmay, didaktikaning metodologik asosi bo'lmish bilish nazariyasining qonuniyatidan kelib chiqqan. O'quvchi, ayniqsa, quyiroq sinflarda bilishning hissiy bosqichini boshdan kechirayotgan bo'ladi. Yani sezgi organlariga bevosita ta'sir etgan narsa-hodisalarni yaxshiroq idrok etadi. Shu boisdan ham adabiyot darslarida o'rni bilan ko'rsatmali quroldan foydalanish joiz, ammo adabiyot so„z san'ati ekanini va uning butun qudrati so'zda ekani, butun mohiyati,

jozibasi so'z orqali yuzaga chiqajagini unutmaslik kerak. Darslarni kerak-nokerak sxemalar, chizma va rasmlar bilan to'ldirib tashlash zarur emas.

Mavzuning ikkinchi rejasida ko'rsatmali qurol-adabiy materialni o'zlashtirishni yaxshilash vositasi ekanligi haqida bahs yuritiladi. Ta'limda ko'rsatmalilik masalasi buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan "Buyuk didaktika", "Rasmlarda sezimli narsalar olami" singari kitoblarida ilk bor ilmiy asoslab berilgan. I.Pestalotsi asarlarida bu ta'limot yanada rivojlantirilib va boyitib borilgan. Ta'limda ko'rsatmalilik masalasida rus pedagogi K.Ushinskiy qo'shgan hissasining ulkanligini ta'kidlash kerak. Bolalarning yosh xususiyatlari va ularning turli bosqichdagi bilish faoliyatini puxta o'rgangan rus pedagogi mavhum so'zga emas, aniq obrazga tayangan holda olib borilgan ta'lim ko'proq samara berishi, agar darsga surat olib kirilsa, soqov bola ham gapirib yuborishini ta'kidlagan. Mumtoz pedagog olimlarning yuqorida aytgan fikrlari zamonaviy tarbiyashunoslarning tadqiqotlari bilan yanada mustahkamroq tasdiqlangan. Chunki bilish jarayoninig bosqichlari o'zo'zidan ko'rsatmalilikning ahamiyatini ta'kidlaydi. Mavzuning uchinchi rejasida ko'rsatmali qurol turlari haqida fikrlar bildiriladi.

Ko'rsatmali qurollarni zamonaviy pedagogika quyidagicha tasniflaydi: 1 .Tabiiy ko ' satmalilik.

2.Tasviriy ko'satmalilik.

3.Grafik ko'satmalilik.

4.Badiiy so'z ko'satmaliligi.

Umuman, adabiy ta'limda ko'rsatmalilikning roli beqiyosdir. Mavzuning to'rtinchi rejasida adabiyot o'qitishni yo'lga qo'yishda texnika vositalari ya'ni axborot kommunikatsiyasi texnologiyalarining o'rni ham beqiyos ekanligi ayniqsa, darslar jarayonida elektron doska, "0'qituvchi-60", kodoskop, turli video va aydio yozuvlardan, teleko'rsatuvlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qilishi haqida fikr bildiriladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki korgazmalilikdan darsda va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan oz xarakteriga ko'ra jiddiy farq qiladi hamda boshqa-boshqa maqsadlarni kozda tutadi. To'garak ishlarda, fakultativ mashg'ulotlarda olib boorish mumkin. Oqituvchi masalan, o'quvchilarning san'atining muayyan turi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish yoki o'quvchilarni biror tasviriy san'at, musiqa asari, tele yoki kino film bilan tanishtirish vazifasini qo'yishi mumkin. Bu albatta o'quvchilarning adabiy asarlarni o'zlashtirishga muayyan darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Adabiyotning boshqa san'at turlari bilan o'zaro ta'siri bir xil bo'lmasa-da, o'quvchilarning kino, teatr, musiqa, tasviriy

san'at haqidagi tajribalari ularning adabiy jihatdan kamolotlarida jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Darsda esa korgazmalilik o'quvchilarning aksari o'zlashtirishiga yordam bera oladigan darajadagina qo'llanishi mumkin. Aks holda u birinchi rejaga chiqib, asosiy mavzu orqa rejada qolishi mumkin.

REFERENCES

1. Dolimov S., Ubaydullaev Q., Ahmedov Q. Adabiyot o'qitish metodikasi. T., "O'qituvchi", 1967.

2. Yo'ldoshev Q., Madaev О., Abdurazzoqov A. Adabiyot o'qitish metodikasi. T., "Universitet", 1994.

3. To'xliev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. T., "Yangi asr avlodi", 2007-2010.

4. Богданова О.Ю и др. Методика преподавания литературы. Москва: 2008.

5. Zunnurnv A . O'zbek adabiyoti metodikasi tarixidan o'cherklar. T., "O'qituvchi", 1973

6. Zunnurnv A., Хotamov N., Ibroхimov A., Esonov J. Adabiyot o'qitish metodikasi. Т., " O'qituvchi", 1992.

7. Yo'ldoshev Q. Adabiyoт o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari . T.,"O'qituvchi", 1996.

8. Pe3b З. Я. и др. Мeтoдика прeпoдавания лигатуры. -Москва: 1995.

9. Yo'ldosheva N., Murodova S. Adabiyot darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning afzalligi. T., 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.