Научная статья на тему 'BADIIY MATNDA XUSHMUOMALALIK STRATEGIYALARINING NAMOYON BOLISHI'

BADIIY MATNDA XUSHMUOMALALIK STRATEGIYALARINING NAMOYON BOLISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pragmalingvistika / sotsiopragmatika / pragmalingvistik resurs / xushmuomalalik tamoyili / donolik / saxiylik / minnatdorchilik / kamtarlik / hamkorlik / hamdardlik maksimallari

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mashhura Yuldosheva Zokirjon Qizi

Ijtimoiy muloqotda odamlar o'zlarining his-tuyg'ularini hisobga olib, munosabatlarni saqlab qolish uchun boshqalarning face yuzlaridan xabardor bo'lishlari kerak. Insonning yuzini saqlab qolish uchun odamlar xushmuomalalikdan foydalanishlari lozim. Maqolada xushmuomalalik tamoyili sotsiopragmatikaning o’rganish obyekti ekanligi, xushmuomalalik turlari va uni yuzaga chiqish omilllari Tohir Malik asarlari asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY MATNDA XUSHMUOMALALIK STRATEGIYALARINING NAMOYON BOLISHI»

BADIIY MATNDA XUSHMUOMALALIK STRATEGIYALARINING NAMOYON BOLISHI

Mashhura Yuldosheva Zokirjon qizi

NamDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13993105

Annotatsiya. Ijtimoiy muloqotda odamlar o'zlarining his-tuyg'ularini hisobga olib, munosabatlarni saqlab qolish uchun boshqalarning face - yuzlaridan xabardor bo'lishlari kerak. Insonning yuzini saqlab qolish uchun odamlar xushmuomalalikdan foydalanishlari lozim. Maqolada xushmuomalalik tamoyili sotsiopragmatikaning o'rganish obyekti ekanligi, xushmuomalalik turlari va uni yuzaga chiqish omilllari Tohir Malik asarlari asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: pragmalingvistika, sotsiopragmatika, pragmalingvistik resurs, xushmuomalalik tamoyili, donolik, saxiylik, minnatdorchilik, kamtarlik, hamkorlik, hamdardlik maksimallari

Abstract. In social communication, people need to be aware of other people's faces in order to maintain relationships, taking into account their own feelings. People should use courtesy to save face. In the article, the principle of politeness is an object of study of sociopragmatics, the types of politeness and the factors of its appearance are analyzed based on the works of Tahir Malik.

Keywords: pragmalinguistics, sociopragmatics, pragmalinguistic resource, the principle of politeness, tact maxim, generosity maxim, approbation maxim, modesty maxim, agreement maxim, sympathy maxim.

Xushmuomalalik ijtimoiy tartibni vujudga keltirish uchun asos bo'lib, jamiyat a'zolari hamkorligining dastlabki shartidir. Insonlarning o'zaro munosabatlarida umuminsoniy tamoyillar mavjudki, sotsial mavqeyidan qat'iy nazar jamiyatning barcha jabhalarida amal qiladi, lekin turli - tuman guruh, qatlamlarda har xil namoyon bo'ladi. Xushmuomalalik hodisalari sotsolingvist va pragmalingvistlar tomonidan doimiy o'rganib kelinayotgan mavzu bo'lib, jumladan jahon tilshunoslari Lakoff, Braun, Levinson, Freyzer, Lich va boshqalar tomonidan o'rganilgan.

Xushmuomalalik keng ma'noda tilda va madaniyatda juda keng tarqalgan kommunikativ xatti-harakatlar shaklidir. Xushmuomalalikni ifodalashda turli til resurslaridan foydalanib ifodalanish -pragmalingvistika, ma'lum bir ijtimoiy muhitda ma'lum darajada xushmuomalalikni ifodalanishi hamda ijtimoiy yo'naltirilganligi esa sotsiopragmatikaga tomonidan o'rganiladi. Pragmalingvistika va sotsiopragmatikani bir-biridan ajratib o'rganish kerak emas. Ularning ikkalasi ham pragmatikaning qirralari bo'lib, biri tilga, ikkinchisi esa jamiyatga qaratilgan.

Xushmuomalalik tamoyili ikki sohaning ham o'rganish obyektidir. Tilning pragmalingvistik resurslari madaniy qadriyatlarni qanday ifodalash imkonini beradi. Kommunikativ kompetensiya kommunikatorlar tildan to'g'ri va muvaffaqiyatli foydalanish uchun ega bo'lgan bilim va qobiliyat turini ifodalash uchun xizmat qiladi. Pragmatik kompotensiya lingvistik kompotensiyaning asosini tashkil etadi va uni pragmalingvistik, sotsiopragmatik kompotensiyalarga ajratishimiz mumkin.1 Xushmuomalalik tamoyili, haqiqatan ham, pragmalingvistika va sotsiopragmatikaning birlashadigan nuqtalaridir biridir. Xushmuomalalik shakllari va strategiyalarini tanlash pragmalingvistikaga tegishli bo'lsa, qachon va kimga nisbatan qo'llanishi sotsiopragmatikaga taalluqlidir.2

Muloqotda xushmuomalalik tushunchasi umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashgan hamda har bir millat, xalq va nutq jamoasining nutqiy obod tamoyillaridan biridir. Samarali muloqot uchun bu qiymatni e'tiborsiz qoldirmaslik lozim. Xushmuomalalik tamoyillariga e'tibor bermaslik kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradigan omillardan biri bo'lib, bunga rioya qilmaslik natijasida nutq samarasiz tugaydi.

Amerikadagi oq tanli politsiyachi shifokorni tekshirayotgan edi:

- Isming nima, nak?

- Doktor Pussen. Men shifokorman.

- Isming nima, Nak?

"Alvin".3 Ushbu suhbatdan ko'rinadiki, politsiya xodimi salomlashish va xushmuomalalik tamoyillarini buzdi. Bu konteksda suhbat a'zolari ingliz jamiyatiga mansub bo'lib, ularning jamiyatida salomlashish shakli odatda "janob" so'zi bilan birga keladi. Ingliz tilida so'zlashadigan jamoalarda hurmat bilan salomlashish "profesor" yoki "doktor" kabi kasbiy izofalar, unvonini aytish bilan salomlashiladi. Bunday izohlovchilardan foydalanish akademik va kasbiy yutuqlar uchun minnatdorchilik sifatida qabul qilinadi. Ammo yuqorida keltirilgan parchada politsiya xodimi qayta-qayta sotsiopragmatik xatolikka yo'l qo'ydi, ya'ni yoshi kattaroq insonga "nak" - o'g'il bola deya murojaat qildi. Bu murojaat shifokorga yoqmaganligi uchun o'zining kasbini ham qo'shimcha qildi, ammo politsiyachi sotsiopragmatik bilimga ega emasligi uchun nutq odobini buzdi.

Lich (1983) hamkorlik va xushmuomalalik prinsiplarini universalligi haqida yozar ekan, ularning hamma jamiyatlarda bir xil tarzda qo'llanmasligini aytadi: darhaqiqat, sotsiopragmatikaning asosiy maqsadlaridan biri... turli jamiyatlar qanday qilib maksimallarni turli yo'llar bilan qo'llashni aniqlashdir, masalan, xushmuomalalikni muayyan vaziyatlarda hamkorlik qilishda ko'ra yuqori baho berish yoki ustunlik berish orqali bir maksimali.

G. Lich tilda xushmuomalalikni olti turdagi maksimallarga ajratadi: donolik, saxiylik, minnatdorchilik, kamtarlik, hamkorlik va hamdardlik. Nutq harakatda o'z foydasini kamaytirish orqali donolik maksimali qo'llaniladi. Saxiylik maksimali donolik maksimaliga o'xshaydi, ya'ni uhbatdoshga foyda keltirishga tayyorlik orqali namoyon bo'ladi. Minnatdorchilik maksimali boshqa tomonlarni maqtash, nutq sherigiga mutanosib yordam berish orqali amalga oshiriladi.

1 Geoffrey Leech. The Pragmatics of Politeness. - Oxford University Press ,2014. - B. 56.

2 Wolfram Bublitz Andreas H. Jucker Klaus P. Schneider. Handbooks of Pragmatics, - Walter de Gruyter GmbH & Co. KG, Berlin/Boston, 2011. - B. 86.

3 Fathur Rokhman, M.Hum Surahmat. Mengelola kesalahpahaman perspektif sosiopragmatik, 2017. - B. 56.

Kamtarlik maksimalida esa so'zlovchi o'z yutuqlarini eslatish, ta'kidlashdan qochadi va boshqa nutq birliklaridan foydalanib so'zlaydi. Hamkorlik maksimali suhbatda yozilmagan qoidalarga bo'ysunish tushunchasini anglatadi. So'zlovchi muloqot maqsadlariga erishish uchun atrof-muhit sharoitlariga moslashishga harakat qiladi. Ilmiy darajasi pastroq bo'lgan tinglovchilar bilan muloqot qilganda, adresat (so'zlovchi) tilning qiyinlik darajasini kamaytirishga harakat qiladi. Masalan, ko'proq ilmiy atamalarni izohi bilan aytish yoki soddaroq tushuntirish usulidan foydalanadi.

Hamdardlik maksimali bu - tashvishni ifodalash qobiliyati, go'yo suhbatdoshi (so'zlovchi) his qilayotgan narsani, voqea-hodisani, qayg'u-iztiroblarni tinglovchi ham his qilishi. Suhbatdoshining qayg'usi yoki quvonchi uning ham qayg'usi va baxti deb hisoblaydi, uning psixologik vaziyatiga tashvish va hurmat ko'rsatishga harakat qiladi.

Xushmuomalalik darajasi so'zlovchi va uning suhbatdoshining ijtimoiy mavqeyi bilan belgilanadi. Xushmuomalalik tamoyili - komunikatorlar o'rtasidagi ijtimoiy, psixologika, muvozanat do'stona munosabatlarni saqlash uchun zaruriy muloqot qoidasi.4 Ya'ni ijtimoiy jihatdan suhbatdoshidan baland mavqega ega bo'lgan adresat buyruq mazmunida gaplardan foydalanadi.

Xushmuomalalikning turli darajalarini belgilashning lingvistik shakllari mavjud bo'lib, bu jamiyat a'zolarining maqomi, yoshi va jinsiga qarab aniqlanadi. Turli til madaniyatlarida yosh, ijtimoiy mavqe, ma'lumoti, jinsi va boshqa ijtimoiy ko'rsatkichlar xushmuomalalik strategiyalariga sezilarni ta'sir qiluvchi sotsial o'zgaruvchilardir.

Braun va Levinson (1987) tomonidan taklif qilingan xushmuomalalik strategiyalarining to'rt turi mavjud: bald on record (bevositalik), ijobiy xushmuomalalik, salbiy xusmuomalalik, off record (bilvositalik). Shundan bald on record (bevosita) strategiyada komunikatorlar bir-biriga yaqin bo'lgan holatlarda (bir oilala vakili, do'st, yaqin munosabatga ega bo'lganlar nutqida) namoyon bo'ladi. Iltifotsiz, ochiq, to'g'ridan to'g'ri direktiv nutq aktidan foydalanadilar: (1) Vahm pardasiga o'ralgan kampir uni yelkasidan ushlab turgizmoqchi bo'ldi:

- Tez milisa chaqir, uyni o'g'ri uribdi!

- Qanaqa o'g'ri? - dedi Suhrob esnab.

- Ko'zingni ochib qara, mebellarni o'g'irlabdi.

- Qanaqa mebellar? - Suhrob shunday dedi- yu qilgan qilig'ini eslab, bir seskanib tushdi. Lekin o'zini yo 'qotib qo'ymadi, avvaldan tayyorlab qo'ygan bahonasini aytdi: -Mebellarni tuzatishga berib yuborganman.

- Yap-yangi mebellarning nimasini tuzatasan, qayeri sinibdi?

- Bilmayman, adam telpon qilib aytdilar, men bajardim. Qayeri singanini o'zlaridan so'rang.5 Demak, yuqoridagi suhbat tahlilidan shunisi anglashiladiki, buvi va nabirasi o'rtasidagi suhbat bevosita - to'g'ridan to'g'ri (direktiv) ifodalangan. Komunikatorlar o'rtasidagi muloqot simmetrik bo'lib, bir oilaga mansub shaxslar suhbati aynan social distance (ijtimoiy masofasi) yaqin ekanligini ko'ramiz va bevosita strategiyadagi bu suhbat xushmuomalalik deya baholanishi mumkin.

(2) ... - Sen bu tomonga sho'ng'ima, bo'ladigan gapni ayt.

- Diskotekaga kirgan odam bir ozdan keyin o 'zgaryapti. G'alati holga tushyapti. Men ham o'zimni boshqacha his qildim.

4 Fathur Rokhman, M.Hum Surahmat. Mengelola kesalahpahaman perspektif sosiopragmatik, 2017. - B. 83.

5 Tohir Malik Eng kichik jinoyat, qissa. www.ziyouz.com. - B. 111.

- Nega ajablanasan? Muzikaning shovqini gangitib qo'yadi, Rok - muzika ham o'ziga xos narkotik hisoblanadi.

- Men boshqacha xulosaga keldim. Diskotekaga qoradori kukuni sochilsa kerak.

- Qanday qilib?

- Havo sovitgichlar puflab berishi mumkin. Bu yerga keladiganlar ana shu yengil kayfga o'rganishganga o'xshaydi. Bunaqalarni qoradoriga o'rgatish osonroq bo'ladi.

- Taklifing?6 ... Ushbu suhbat endi qarindosh bo'lmaganlar o'rtasidagi, ya'ni tergovchi Shuhrat va uning boshlig'i o'rtasida bo'lib, adresat hamda adresant orasida ijtimoiy maqom jihatdan farqlanganini, jinoyatni ochish bilan shug'ullanuvchi davlat xizmatchilari bir - birlari bilan "siz" lab, iltifot bilan emas, balki bevosita suhbat qiladilar. Ularning ish faoliyatida yuqori mansabdor shaxsning quyi pag'onadagi shaxsga "sen" lab murojaat qilishi tabiiy qabul qilinadi. Tinglovchi interaktiv munosabatdan ranjimaydi, demak, bu nutqni ham bald on recordda xushmuomalalik deya qabul qilinishi mumkin.

(S) Rajabning bu sirli harakatidan ajablangan Suhrob mashinaga o'tirishi bilan:

- Ha, tinchlikmi, it quvlagan gadoyday hovliqib qolding? - deb so'radi.

- It quvlagan gadoy men emas, sensan, ahmoq! - dedi Rajab jerkib.

- Ha, men ahmoqman. Bugun meni rosmanisiga ahmoq qilding. Mehmoningni ikki soat kutdim, - dedi Suhrob. (115-bet) Ushbu muloqot giyohmand moddalar sotish, yoshlarni yo'ldan uish bilan shug'ullanuvchi jinoiy to'daga mansub ikki jinoyatchilar suhbati bo'lib, ular FTA -yuzga tahdid soluvchi it quvlagan gadoy, ahmoq kabi disfemik xarakterdagi birliklardan foydalanishgan. Suhbat esa negative politeness (salbiy xushmuomalalik) sifatida baholanishi mumkin.

Bevosita strategiyada qarindoshlik nomlari - umuman, shaxs otlarining qo'shilib kelishi buyruq ta'sirini yumshatish uchun xizmat qiladi.7

1. Sabriyya, qizginam, bo'ldi, bunchalik yonib kuyaverma.

2. Xonim, "yig'la, yig'la" deb qiytayvermang.

3. E sodda bola-e, surishtiravermaysanmi, oshna - og'aynisi chiqib qolarmidi..,8

Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e'tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi

maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda o'zlovchi tinglovchi o'rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo'ladi. Shunga ko'ra, doimiylik belgisiga ega bo'lgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (subyektiv munosabat -salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.9

Demak, Hamkorlik maksimali suhbatda yozilmagan qoidalarga bo'ysunish tushunchasini anglatadi. So'zlovchi muloqot maqsadlariga erishish uchun atrof-muhit sharoitlariga moslashishga harakat qiladi. Ilmiy darajasi pastroq bo'lgan tinglovchilar bilan muloqot qilganda, adresat (so'zlovchi) tilning qiyinlik darajasini kamaytirishga harakat qiladi. Komunikatorlar bir-birlari bilan muloqot davomida ijtimoiy masfa, ijtimouy maqom, kuch kabi sotsial omillarga

6 Tohir Malik. Ko'rsatilgan manba. - B. 94

7 Arin Bayraktaroglu, Maria Sifianou, Linguistic politeness across boundaries. -John Benjamins Publishing Co., 2011. - B. 222.

8 Tohir Malik, Voy onaginan. - T: Yangi asr avlodi, 2018. - B. 216 -, 252.

9 M. Yo ' l d o s h e v, B a d i i y m a t n v a u n i n g l i n g v o p o e t i k t a h l i l i a s o s l a r i . -To s h k e n t , 2 0 0 7 . - B. 64.

bog'liq holda suhbat quradilar. Bevosita strategiya ham suhbatdoshlarning qayerda, qanday va

kim bilan so'zlashyapganiga qarab turlicha namoyon bo'lar ekan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Geoffrey Leech. The Pragmatics of Politeness. - Oxford University Press ,2014. - B. 56.

2. Wolfram Bublitz Andreas H. Jucker Klaus P. Schneider. Handbooks of Pragmatics, -Walter de Gruyter GmbH & Co. KG, Berlin/Boston, 2011. - B. 86.

3. Fathur Rokhman, M.Hum Surahmat. Mengelola kesalahpahaman perspektif sosiopragmatik, 2017. - B. 56.

4. Penulis; Harun Joko Prayitno. Studi Sosiopragmatik. -Surakarta: Muhammadiyah University Press, 2017. - B. 83.

5. Arin Bayraktaroglu, Maria Sifianou, Linguistic politeness across boundaries. -John Benjamins Publishing Co., 2011. - B. 222.

1. 7. M. Yo ' l d o s h e v , B a d i i y m a t n v a u n i n g l i n g v o p o e t i k t a h l i l i a s o s l a r i . - To s h k e n t , 2 0 0 7 . - B. 64.

6. Tohir Malik, Voy onaginan. - T: Yangi asr avlodi, 2018. - B. 216 -, 252.

7. Tohir Malik Eng kichik jinoyat, qissa. www.ziyouz.com. - B. 94-,111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.