Научная статья на тему 'YURIDIK RITORIKANING MILLIY-MADANIY HUSUSIYATLARI'

YURIDIK RITORIKANING MILLIY-MADANIY HUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
33
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AGE / GENDER / POSITION OF BEHAVIOR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xujaniyazova H.T., Rashidova G.I.

O’zbek xalqi o’z ma’naviyati va madaniyati mavjud bo’lgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy an’analari, odat va ko’nikmalariga ega. Zero, ana shu ana’ana va odatlar har bir xalqning o’zligini ko’rsata oladigan belgilar sanaladi. Ona tilimizning bu ijtimoiy jihatlari tadqiqotchilarimizning ham e’tiborini tortgan[26]. Ammo keyingi o’n yillikda ushbu mavzuga bag’ishlangan ikkita yirik tadqiqot - S.Mo’minov va Sh.Iskandarovalarning monografik ishlari maydonga keldiki, biz mazkur mavzuni yoritishda bevosita ana shu kuzatishlar natijalariga asoslanamiz[27]. Ma’lumki, inson faoliyati uning jamiyat mahsuli sifatida mavjudligi sanalib, ana shu faoliyat jarayonida u ma’lum harakatlarni amalga oshiradi hamda jamiyat a’zolari bilan til muomalasida - muloqotda, fikr almashishda bo’ladi. Ammo bu muomala tildan foydalanuvchilarning madaniyati darajasiga ko’tarilgunga qadar uzoq davrni bosib o’tishi tabiiy. O’zbek nutqi ham bugungi taraqqiyot bosqichiga yetgunga qadar ana shunday vaqt sinovidan o’tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUACULTURAL FEATURES OF JURIDICAL RHETORIC

The Uzbek people, as one of the Turkic peoples with its own spirituality and culture, also has ancient traditions, customs and skills in the use of language. After all, these traditions and customs are the signs that can show the identity of any nation. These social aspects of our native language have also attracted the attention of our researchers. However, in the last decade, two major studies on this topic - monographs by S. Muminov and Sh. It is known that human activity is considered to be the product of society, in the process of which it performs certain actions and communicates with members of society - in communication, in the exchange of ideas. But it is natural that this process will take a long time before the language users will reach the level of culture. Uzbek speech has stood the test of time until it reached today's stage of development.

Текст научной работы на тему «YURIDIK RITORIKANING MILLIY-MADANIY HUSUSIYATLARI»

Xujaniyazova H. T.

O'zbekiston davlat jaxon tillari universiteti o'qituvchisi

Rashidova G.I.

O'zbekiston davlat jaxon tillari universiteti o'qituvchisi YURIDIK RITORIKANING MILLIY-MADANIY HUSUSIYATLARI

Annotatsiya: O 'zbek xalqi o 'z ma 'naviyati va madaniyati mavjud bo 'lgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy an 'analari, odat va ko 'nikmalariga ega. Zero, ana shu ana 'ana va odatlar har bir xalqning o'zligini ko'rsata oladigan belgilar sanaladi. Ona tilimizning bu ijtimoiy jihatlari tadqiqotchilarimizning ham e'tiborini tortgan26. Ammo keyingi o'n yillikda ushbu mavzuga bag'ishlangan ikkita yirik tadqiqot - S.Mo'minov va Sh.Iskandarovalarning monografik ishlari maydonga keldiki, biz mazkur mavzuni yoritishda bevosita ana shu kuzatishlar natijalariga asoslanamiz27.

Ma'lumki, inson faoliyati uning jamiyat mahsuli sifatida mavjudligi sanalib, ana shu faoliyat jarayonida u ma'lum harakatlarni amalga oshiradi hamda jamiyat a 'zolari bilan til muomalasida - muloqotda, fikr almashishda bo 'ladi. Ammo bu muomala tildan foydalanuvchilarning madaniyati darajasiga ko 'tarilgunga qadar uzoq davrni bosib o 'tishi tabiiy. O 'zbek nutqi ham bugungi taraqqiyot bosqichiga yetgunga qadar ana shunday vaqt sinovidan o 'tgan.

Kalit so'zlar: spirituality, culture, communication, tradition, habit, practice, content and form of behavior, age, gender, position of behavior.

Xujaniyazova H.T.

lecturer

Uzbek State University of World Languages

Rashidova G.I. lecturer

Uzbek State University of World Languages LINGUACULTURAL FEATURES OF JURIDICAL RHETORIC

Abstract: The Uzbek people, as one of the Turkic peoples with its own spirituality and culture, also has ancient traditions, customs and skills in the use of language. After all, these traditions and customs are the signs that can show the identity of any nation. These social aspects of our native language have also attracted the attention of our researchers. However, in the last decade, two major studies on this topic - monographs by S. Muminov and Sh.

26 By ia—ga —apaHr : C o d u & o e a M., My p a e e a №. Cy3gaH cy3HHHr $ap—H 6op. - TomKeHT, 1966; №

o d m o h o e 3.

It is known that human activity is considered to be the product of society, in the process of which it performs certain actions and communicates with members of society - in communication, in the exchange of ideas. But it is natural that this process will take a long time before the language users will reach the level of culture. Uzbek speech has stood the test of time until it reached today's stage of development.

Keywords: spirituality, culture, communication, tradition, habit, practice, content and form of behavior.

O'zbek tilshunosligi ilmida nutq madaniyati masalalari birmuncha durust o'rganilib, o'zining nazariy asosiga qo'yilgan bir paytda o'zbekcha muomalaning yo'l-yo'riqlarini, usullarini o'rganish ham amaliy jihatdan muhim bo'lib hisoblanadi. Chunki o'zining boy tarixi va o'tmishi, havas qilsa va namuna olsa arzigulik ma'naviy-madaniy merosga ega bo'lgan o'zbek xalqining muloqot an'analari nafaqat mazmunan, balki shaklan ham rang-barangdir. Sharq ma'naviyatining tarkibiy qismi bo'lgan bu muloqot o'zbeklar bilan yonma-yon yashab kelayotgan boshqa xalqlar madaniyati bilan uyg'un, ayni paytda, o'ziga xosdir. Kishilarning yoshiga qarab hurmat bildirish va shunga yarasha muomalada bo'lish, suhbat jarayonidagi samimiyatga, suhbatdoshga yon berishga harakat qilish, yoshlarning qariyalarga, ayollarning erlariga yoki erlarning ayollariga, farzandlarning ota-onalariga, obro'li kishilarga, rahbarlarga bo'lgan izzat-hurmatning, mezbonning mehmonga bo'lgan ehtiromining avvalo muloqot jarayonida aks etishi ana shu o'ziga xosliklar sanaladi.

Inson nutqi g'oyatda murakkab jarayon hisoblanib, uni faqat tilshunoslik doirasida o'rganish amalda mumkin emas. Boshqacha aytganda, birgina tilshunoslik fani uni mukammal o'rganishga ojizlik qiladi. Fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida shakllangan sosiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, madaniyatshunoslik singari fanlarning hamkorligigina bu muammolarni ijobiy hal qilish imkonini beradi.

Shunday qilib, muloqot inson faoliyatidagi eng murakkab jarayon sanalib, bu jarayonning amalga oshishida ma'lum qonun-qoidalar mavjud.

Bu jarayonda so'zlovchi va tinglovchi - suhbatdoshlar zaruriy a'zo sifatida ishtirok etishadi. Muloqotga ta'sir etuvchi omillar - ta'sir birliklari mavjud bo'ladi. S.Mo'minov suhbatdoshlarning millatini, jinsini, yoshini, ijtimoiy belgilarini, ularning o'zaro yaqinlik darajasini, muloqot vaqtini, vaziyatni, holatni, ijtimoiy muhitni ana shu birliklar sifatida qaraydi28.

Olimning fikricha, muloqot xulqi muammosini milliy xarakter - millat aholisining o'ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an'analarini hisobga olmasdan turib o'rganish mutlaqo mumkin emas. Chunki muloqot xulqi milliy xarakterning uzviy bir qismi bo'lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir.

28 MyMunoe C. ro^opngarn MaH6a, 11-6eT.

Demak muloqotning ham til, ham tildan tashqaridagi omillari mavjud bo'lib, ular o'zaro birlashgandagina kutilgan nutq shakllanishi mumkin.

Shuning uchun ham dastlab muloqotning ana shu omillari haqida tushunchaga ega bo'lish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bu ikki omil nutqiy jarayonda chambarchas bog'langan bo'lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi va bir-birisiz yashay olmaydi. Vaziyatga bog'liq holda inson muomalasining ko'rinishlari shu qadar ko'p bo'ladiki, bir vaziyat va holatda amalga oshirilgan suhbat boshqa bir o'rinda hyech qachon takrorlanmaydi. Ular salomlashish, xayrlashish, tabriklash singari vaziyatlardagina umumiylikni tashkil qilishi va nutqiy odat degan ma'no ostiga birlashishi mumkin.

Masalaning mohiyatini yanada yaxshiroq va tezroq anglash uchun dastlab tildan tashqarida bo'lgan omillar haqida mulohaza yuritish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda muloqotda shaklning ahamiyati nihoyatda sezilib turadi. Suhbatdoshlar o'zaro tanish-notanishligidan qat'iy nazar, odatda bir-birlariga samimiyat bildirishga, iltifotli, sermulozamat bo'lishga, izzat-ikrom, hurmat ko'rsatishga, manzirat qilishga, bir-birlarining kayfiyatiga, ko'ngliga qarab gapirishga harakat qiladilar. Muloqot jarayonida ko'zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib, ba'zan ro'y beradigan noqulay vaziyatni yumshatishga harakat qiladilar. Bir-birlariga gapirib olishga imkon beradilar. Bunday vaqtda orada jimlik, sukunat hukmron bo'lishi, suhbatda uzilishlar ro'y berishi mumkin. Lekin muloyimlik bilan uni bartaraf etish yo'llari ham axtariladi. Bunday paytlarda suhbatdoshlarning yoshi, jinsi, saviyasi albatta sezilib turadi. Suhbat jarayonida, yuqorida ta'kidlaganimizdek, undan ko'zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib yoki suhbatdoshlarga mutlaqo bog'liq bo'lmagan holda buning aksi ro'y berishi ham mumkin.

Muloqot jarayoniga yuqorida sanab o'tilganlardan boshqa ta'sir etuvchi tashqi omillar ham kuzatiladi. Suhbat jarayonida aralashmayotgan, ammo suhbatdoshlar uchun hurmatli bo'lgan kishining ta'siri bunga misol bo'la oladi. Suhbatdosh ustozga, sevimli yoki jamiyatda obro'si, hurmati bor kishiga, arboblar va amaldorlarga yaqin, hatto qarindosh bo'lishi ham mumkin. Bu narsa ham ma'lum ma'noda tashqaridan suhbatdoshlar nutqini «boshqarib boradi», uning davom etishi va yakuniga ta'sir ko'rsatadi.

Muloqotning hududiy farqlanishini ham e'tibordan chetda qoldira olmaymiz. Ko'p yillik kuzatishlarimizdan ham, badiiy adabiyot namunalaridan ham ma'lumki, qishloq odamlarining nutqi birmuncha sodda, zamonaviy nutq madaniyati talablariga hamma vaqt ham to'liq javob beravermaydigan, shevachilik qusurlaridan butunlay qutulib keta olmagan nutq sifatida namoyon bo'ladi. Ayni paytda, bu nutq ko'nglimizga qanchalik ma'qul bo'lgan-bo'lmaganligidan qat'iy nazar, uning to'g'ri, samimiy bo'lishini ham ta'kidlaymiz. Buning aksicha, necha ming yillar davomida madaniyat va ma'rifat markazi sanalib kelingan shahar muomala madaniyatida boshqacha

manzarani kuzatamiz. Shaharning tub aholisi yoki unda uzoq yillar davomida yashayotgan kishilarning, ziyolilarning muomalasidagi sertavozelik, xushmuomalalik, vaziyatga, jamoaga, suhbatdoshning kayfiyatiga qarab muomalada bo'lish singari tahsinga sazovor holatlarni alohida qayd etish mumkin. Ayni paytda, bu muloqotning samimiylik yoki aksincha, sun'iylik, soxtalik darajasini baholash tinglovchi - suhbatdoshlarning aqlu zakovatiga havola etiladi.

Muloqot jarayonining muhim qismini murojaatlar tashkil qiladi. Murojaat esa tanish kishilarga ham, notanishlarga ham bo 'lishi mumkin. Bu vaziyat esa alohida til elementlarini tanlashni taqozo etadi. Masalan, notanish kishilarga murojaat qilinganda ishlatilishi odat tusiga kirgan so'zlarni olaylik: yigit, og'ayni, aka, uka, amaki, tog'a, jiyan, ota, buva, xola, buvi, momo, opa, singlim, qizim, bolam kabi. Bu so 'zlarga murojaat qiluvchining xohish-irodasi yoki kayfiyatiga qarab -jon subyektiv baho shakli qo'shilishi mumkin. Bundan tashqari bu murojaat so'zlarining dialektal ko'rinishlari ham mavjud bo'lib, ularning barchasi birgalikda qo'llanishda ma'lum hududiy-vazifaviy chegaralanishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, kasb-hunarga oid usta so 'zini ishlatish faol. Lavozim yoki vazifani ifoda etadigan rais buva, qozi buva, xo'jayin, domla, muallim, doktor / duxtir, shofer / shopir singari so 'zlar ham murojaatlarda turg 'unlik kasb etgan. Agar ularga o, ey, hov, hoy kabi undovlar qo'shilib ishlatilsa, murojaat mazmuni o'zgaradi. Garchi chaqiriq masofa nuqtai nazaridan murojaat qiluvchidan nisbatan uzoqroqdagi kishiga qaratilayotganday bo'lsa ham, bunday murojaatda ma'lum ma'noda eshituvchiga nisbatan hurmat darajasi pasayadi.

Tanishlarga qaratilgan murojaatlar ham farqlanadi. Yoshi ulug', lavozim jihatdan yuqoridagi, yaqin va hurmatli kishiga nisbatan qilinadigan murojaatlar tanishu, ammo so'zlovchi uchun unchalik ahamiyatli bo'lmagan kishiga nisbatan qilinadigan murojaatdan boshqacha bo 'ladi. Birinchi guruhdagi kishilarga nisbatan dada, dadash, azizim, onam, lobarim, dilbarim, erkam, pari, bek, gul, poshsho, botir, go'zal, malak, boyvuchcha, boyvachcha, valine'mat, shirin, oppoq, do'ndiq, nuridiyda, jon, qanot, chiroq, g'uncha, xon, xonim, poshsha, oy, shunqor, lochin, qaldirg'och, qo'zi, bo'ta, toy, qulun, arslon so 'zlari hamda -cha (qizcha, ukacha, o'g'ilcha, bolacha); -chak/-choq/-chiq (toychoq, qo'zichoq, kelinchak), -kay (bolakay); -gina/-kina/-qina (qizgina, bolagina); -loq (qizaloq, bo'taloq); -xon (Matlubaxon, Diloromxon), -jon (bolajon, ukajon, opajon, singiljon), -boy (Hamidboy, Hikmatboy), -bek (Javlonbek, Habibbek), -qul (Shodmonqul, Shodiqul), -toy (Nurislomtoy, erkatoy, kenjatoy), -oy (Oysuluv, Sanamoy, To'lg'anoy, oyimqiz), -beka/-begim (Qutlibeka, Nodirabegim), -poshsha (Oyposhsha, kelinposhsha), -bibi (Xurshidabibi, Shohidabibi), -pari, -bonu (Shahnozabonu, Dilnozabonu,

Komilabonu, Shahzodabonu), -niso (Guliniso, Xayriniso), -gul (Gulsanam, Bodomgul) affiksoidlari bilan murojaat qilinadi29.

Mavzuga yakun yasab, yana ta'kidlaymizki, yuristlik kasbi nohiyatda mas'uliyatli, ayni paytda sharaflidir. Unga munosib bo'lish esa nafaqat o'z mutaxassisligi doirasida mukammal bilimga ega bo'lishni, ayni paytda, yuridik tilni ham yaxshi bilishni taqozo qiladi. Chunki har qanday bilimni yozma yoki og'zaki shaklda bo'lishidan qat'iy nazar, faqatgina til vositalari orqali ko'zda tutilgan darajada ifoda etish mumkin bo'ladi. Shunday ekan, til bilimi bilan jiddiy shug'ullanish, o'z ona tilining ifoda sirlarini yaxshi bilish bo'lajak yuristga faqat muvaffaqiyat keltiradi, xolos.

Adabiyotlar:

1. Iskandarova Sh. O'zbek nutqi odatining muloqot shakllari: Filol.fan.nomz. ...dis.avtoref. - Samarqand, 1993.

2. Yo'ldoshyev B. Badiiy nutq stilistikasi. - Samarqand, 1982.

3. Mo'min S. So'zlashish sa'nati. - Farg'ona, 1997.

29 Ey Ty^pnga aTpo^Hna Ma"b^yMoraapHH ^yHHgarn MaH6agaH ojnm MyMKHH: fà y h fy y p o e P. CyôieKTHB 6aio $opMa^apHHHHr ceMaHTHK Ba cth^hcthk xycycnaraapH. - TomKeHT, 1980, 33-138-6eraap.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.