Научная статья на тему 'YAPON VA OʻZBEK TILLARIDA RAD ETISH IBORALARINING OʻRGANILGANLIK DARAJASI'

YAPON VA OʻZBEK TILLARIDA RAD ETISH IBORALARINING OʻRGANILGANLIK DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek va yapon tilidagi rad etish iboralari / xushmuomalalik / kommunikant / qiyosiy tahlil. / Refusal expressions in Uzbek and Japanese languages / politeness / communicant / comparative analysis

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamidova, N.M., Oqilova, Sevara Sherali Qizi

Mazkur tadqiqot ishida yapon va oʻzbek tillaridagi suhbatlarda rad etish iboralarini qoʻllanilishiga doir ilmiy tadqiqot olib borgan olimlarlar va ularnng ishlari bilan qisqacha tanishtiriladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda e’tibor berish kerak bo‘lgan omillar aniqlanadi.Shuningdek,ikki millat kommunikantlari o‘rtasidagi suhbatlarda rad javobi qo‘llanilgandagi munosabatlarning o‘zgarishlari ham o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEGREE OF LEARNING OF REFUSAL EXPRESSIONS IN JAPANESE AND UZBEKI

In this research work provides a brief introduction to the scholars who have conducted scientific research on the use of refusal expressions in conversations in Japanese and Uzbek languages and their works. Factors that need to be considered in studying this topic are identified. Additionally, the changes in relationships when refusal responses are used in conversations between communicants of the two nations are also examined.

Текст научной работы на тему «YAPON VA OʻZBEK TILLARIDA RAD ETISH IBORALARINING OʻRGANILGANLIK DARAJASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

YAPON VA O'ZBEK TILLARIDA RAD ETISH IBORALARINING O'RGANILGANLIK DARAJASI

N.M.Xamidova

UzDJTU katta o'qituvchisi, Oqilova Sevara Sherali qizi

UzDJTU magistranti E-mail: sevara.okilova@icloud.com

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot ishida yapon va o'zbek tillaridagi suhbatlarda rad etish iboralarini qo'llanilishiga doir ilmiy tadqiqot olib borgan olimlarlar va ularnng ishlari bilan qisqacha tanishtiriladi. Mazkur mavzuni o'rganishda e'tibor berish kerak bo 'lgan omillar aniqlanadi.Shuningdek,ikki millat kommunikantlari o 'rtasidagi suhbatlarda rad javobi qo 'llanilgandagi munosabatlarning o 'zgarishlari ham o 'rganiladi.

Kalit soizlar : o'zbek va yapon tilidagi rad etish iboralari, xushmuomalalik, kommunikant, qiyosiy tahlil.

ABSTRACT

In this research work provides a brief introduction to the scholars who have conducted scientific research on the use of refusal expressions in conversations in Japanese and Uzbek languages and their works. Factors that need to be considered in studying this topic are identified. Additionally, the changes in relationships when refusal responses are used in conversations between communicants of the two nations are also examined.

Key words: Refusal expressions in Uzbek and Japanese languages, politeness, communicant, comparative analysis

KIRISH

Yangi O'zbekistonda so'nggi yillarda keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilib, bu nafaqat iqtisodiy, balki ta'lim sohasida ham amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xorijiy tillarni o'qitishni ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli o'zbek talabalari orasida boshqa xorijiy tillar singari yapon tilini o'rganishga bo'lgan talabning yanada oshib, ikki millat o'rtasidagi madaniy aloqalar, muloqot jarayonlaridagi o'xshashlik va farqli jihatlarini chuqurroq o'rganishga shuningdek, ular bilan muloqot qilganda tushunmovchiliklar (misscommunication)ni oldini olishga qaratilgan ilmiy izlanishlar ko'payib bormoqda. Yapon tilida suhbatlarining murakkab va o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu-suhbatdoshiga xushmuomalalik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ko'rsatishdir. Masalan, taklifni rad etish iboralari, o'zbeklarga yod bo'lgan usullarda ifoda qilinadi.

Misol: (2 yapon talabaning suhbati)

A: Juma kuni vaqting bo'lsa, kinoga bormaymizmi?

B: Juma kunimi? Sal...(qiyinroq-ku).

mi^tfa) o)

Misolda berilgan javob yaponlar uchun aniq 100 foizlik radni xushmuomalalik bilan ifodalangan shakli hisoblanadi. Lekin, ko'pincha o'zbek talabalari bu radni 100 foizlik deb qabul qilmay, qayta taklif qilishi ko'p marta kuzatiladi. Bu o'zbek talabalari yapon tili grammatikasini mustahkam bilishidan qat'iy nazar, yapon tilining grammatik bilimga bog'liq bo'lmagan milliy o'ziga xosliklarni bilmaganidan kelib chiqadi. Demak, suhbatlardagi tilning funksional vazifasi nuqtai nazaridan qo'llanilishini chuqurroq o'rganish kerakligini ta'kidlash mumkin.

Ma'lumki, har qanday xorijiy tilni o'rganuvchilar uchun boshlang'ich vazifa, o'sha tilni chuqur o'rganish bilan birga madaniyatlararo aloqada bo'lishlari bilanoq, kommunikativ vaziyatni to'g'ri baholash va suhbatdoshning talab yoki taklifiga javoban rad etishni ifodalash qobiliyatidir, chunki rad etish ham aniq, ham bilvosita ifodalanishi mumkin. Rad etishni nafaqat o'sha tilning grammatik va leksik xususiyatlarini, balki ushbu til jamoasining nutq madaniyatini ham hisobga olgan holda qanday qilib to'g'ri shakllantirishni o'rganish juda muhimdir. Buning uchun nutq akti (speech act) sifatida rad etishni ifodalovchi iboralarining mohiyatini o'rganish, uning semantikasi va strukturasini aniqlash, suhbat mavzusi va nutq aloqasi jarayoni sodir bo'ladigan muhitni hisobga olish, suhbatdoshlarning shaxsini, niyatlarini hisobga olish kerak. Shu bilan birga, suhbat jarayonida rad etishning o'ziga xos shaklini tanlash uchun jins, yosh, suhbatdosh bilan yaqinligi yoki qarindoshlik munosabati, ijtimoiy mavqe va nutq jamoasida hukmronlik qiladigan madaniy qadriyatlar va normalar kabi sotsiolingvistik parametrlarini inobatga olish lozim. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat lug'at va sintaktik shakllarni ko'rib chiqish, balki ularning suhbat jarayonida o'zaro ta'sirini, pragmatik va sotsiolingvistik parametrlarini batafsil o'rganish kerak. Boshqa tomondan, pragmatikaning, ya'ni, birinchi navbatda, suhbatning mazmuni-niyati rad etish holatining dinamik rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini diqqat bilan tushunish lozim. Shu munosabat bilan bugungi mavzu yapon tilini o'rganishda suhbatlardagi rad etish usullarining strukturaviy tahlillarini o'rganishga qaratilgan nazariy manbalarni o'rganishdan boshlash maqsadga muvofiq deb topildi.

Research BIB / Index Copernicus

MAVZUNING O'RGANILGANLIK DARAJASI

Tadqiqot olib borish davomida, rad iboralari asosan taklif yoki iltimosga javoban beriladigan rad etish iboralariga bag'ishlanganligini aniqlandi. Ikkala tilda ham rad etishning xushmuomala shakli o'rganilgan bo'lsa-da, ularga turli nuqtai nazardan yondashilgani aniq bo'ldi. Shu jumladan, o'zbek olimlari tomonidan umumiy suhbatning kompozitsion tuzulishi, suhbatni olib borayotgandagi katta va kichiklarning suhbatlaridagi milliy o'ziga xoslik kabi xususiyatlar ko'proq o'rganilgan bo'lsa-da, iltimos, taklif, rad kabi suhbatning aniq funksional vazifasi nuqtai nazaridan o'rganilgan tadqiqotlar nihoyatda kamligi kuzatildi. Aksincha, yapon va boshqa tillardagi tadqiqotlarda umumiydan ko'ra aniq funksional vazifasi nuqtai nazaridan o'rganilgan tadqiqotlar ko'p uchrashi aniqlandi.

O'zbek tilida suhbatni sotsiolingvistik nuqtai nazardan, aynan "xushmuomalalik(politeness)" ning tillarga qarab o'ziga xosliklarini o'rganish 2000 -yillardan ko'paydi. Masalan, mazkur mavzu haqida M. Usami "Bir tildagi xushmuomalalikni ifodalovchi jumlalar boshqa bir tilga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinib bo'lmasligi mumkin. Lekin jamiyatdagi hurmat va qo'pollik tushunchalarini til o'rganuvchilar yaxshi ajratib olmasalar, bu bir xalq ikkinchi xalqni o'zi bilmagan holda haqoratlashiga, tushunmovchilikka, va hatto konfliktga olib kelishini ko'p misollar bilan dalillash mumkin." 1 deb ta'kidlagan.Shuningdek, M.Umarovaning "O'zbek va Yapon tillaridagi muloqot xulqining kompozitsion bosqichlari va sotsiolingvistik xususiyatlari: murojaat birliklarining tahlili misolida" ilmiy ishida:"Har bir xalqning muloqot xulqi millati va yashash joyi, ma'naviyati va madaniyati, e'tiqodi va urf-odati, yoshi va jinsi, kasb-hunari va ijtimoiy o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi." 2 deb ta'kidlagani mazkur mavzuning dolzarbligini angalatadi.

Yapon va xitoy tilshunosligida esa, "Xushmuomalalik masalalari" 1920-yillardan boshlab, jahon tilshunosligida esa 1960-yillardan beri "hech eskirmaydigan" dolzarb mavzu va qizg'in baxs sifatida o'rganilib kelinmoqda. 3 Yapon tilshunoslaridan Tokieda (HinllWf^-Yapon tilshunosligida nutq), Tsujimura (^ ^©ffl^- Ehtiromning ifodalanishi); Yamaguchi (

Yapon logikasi: Tilda aks etgan g'oyalar); Ono kabi olimlarning tadqiqotlari ham mazkur sohada salmoqli natijalarni ko'rsatadi. O'zbek tilshunoslaridan Dadaboyeva N. "Tilda inkor kategoriyasining aks etishi"; Iskandarova Sh.M. "O'zbek nutqi odatining muloqot shakllari", Mo'minova A. "O'zbek nutq etiketi:

1I.B.Abdujabborov "Yapon va O'zbek tillarida rad etish bilan bog'liq birliklar ifodalanishining qiyosiy tadqiqi", Toshkent,2021yil

2Umarova M.H "O'zbek va Yapon tillaridagi muloqot xulqining kompozitsion bosqichlari va sotsiolingvistik xususiyatlari:murojaat birliklari tahlili misolida'', Toshkent,2022yil

3TurdiyevaH.K "Xushmuomalalikning ifodalanishi:(o'zbek,fors,yapontillariqiyosida)", Conference: Methods and Technics in teaching foreign language.Toshkent,2021yil

Research BIB / Index Copernicus

"Siz" va "Sen"ning ifodalanishi"kabi tadqiqotlar mavzuning kichik bir sohalarini o'rgangan bo'lib, o'zbek tilshunosligida rad etish mavzusi batafsil izlanishlar talab etadi. Quyida o'zbek va yapon olimlarining mazkur mavzuga doir ilmiy tadqiqotlaridan qisqacha mazmun beriladi.

1) Michihito Kano, Mei Shaolin(2002)lar, "Yapon va Xitoy tillaridagi ma'lumot bo'shlig'i(information gap)ni o'rganish: rad etish iboralari misolida"4 nomli ilmiy maqolada rad iboralarining qo'llanilishini 3guruhga ajratib tadqiq qilishadi:

a) o'zaro yaponlarning rad iboralarini qo'llashi

b) o'zaro xitoylarning rad iboralarini qo'llashi (yapon tilini bilmaydigan)

c) yapon tilini o'rganuvchi xitoylarning o'zaro rad iboralarini qo'llashini o'rganib,

keyinchalik uchala guruh natijalarini solishtirishgan. Mazkur guruhlashda, avval, suhbatlar yuqori va yoshroq orasidagi suhbat, keyin tengdoshlar orasidagi suhbatni kuzatib, natijalarni o'zaro solishtirishgan.

Tadqiqot natijasida esa, rad etishning 4 xil usuli mavjudligi aniqlangan:

1. rad etishning kechirim so 'rash usuli

2) M.Umarova5 "O'zbek va Yapon tillaridagi muloqot xulqining kompozitsion bosqichlari va sotsiolingvistik xususiyatlari:murojaat birliklarining tahlili misolida" nomli tadqiqotida ''O'zbek tilining muloqot xulqi, uning xilma-xil qirralarini deyarli o'rganilmagan kundalik hayotdagi jonli muloqot nutqi orqali tadqiq qilgan. Kommunikantlar faoliyatining kompozitsion bosqichlari va milliy muloqot xulqi bilan bog'liq tomonlarini ham bayon qilinib, ilmiy ishda muloqotning kompozitsion bosqichlarini quyidagicha keltirilgan:

rnmtxit m 15#

5 Umarova M.X ""O'zbek va Yapon tillaridagi muloqot xulqining kompozitsion bosqichlari va sotsiolingvistik xususiyatlari:murojaat birliklarining tahlili misolida",Toshkent,2022y

2. rad etishning sababini aytish usuli

(SÈfcfîS) tktfëoOV... j

3. rad etishning xulosani aytish usuli (fii^fîi)rf^ttîytLfco J

4. rad etishning to'g'ridan-to'g'ri kechirim so'rash usuli

(eäfciy) r-zï^kmmvto j

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Yapon tilida "iltimos" qilishdagi kompositsion bosqichlaii (Izaki,2000)

"xabar" bosqichi (A:Sizga bii" iltimosim bor....) t

"daromad" bosqichi

(A: Keyingi oy to'yim bo'lyapti )

G

"munosabat bildirish" bosqichi (BiTabriklayman. Kelinbola kim?)

"muddao" bosqichi

(A: (qisqartirilgan) Shuiiga sizdan mashina so'rab turmoqchi edim.)

£

"muddaoga munosabat bildirish" bosqichi (B:Mayli. Hujjatlaringiz bormi? Necha kunga kerak?)

O'zbek tilida "iltimos" qilishdagi kompozitsion bosqichlari

"daromad" bosqichi (A:Eshitgandirsiz, to'y qilyapmiz. Albatta birga bo'ling.)

"munosabat bildirish" bosqichi (B: Ha, eshitdim. Tabriklayman. Juda xursandman..)

t. .

"xabar" bosqichi

(A:{qisqartiilgan)Shunga bit" iltimos bilan kelgan edim.)

"muddao" bosqichi

(A: Mashinansiz bor ekaii... To'ydan keyin aylanib kelmoqchi edik...?) "muddaoga munosabat bildirish"

(B: Mashinada aylaatirib kelmoqchimisiz? Yaxshi, yaxshi. Mashinani yaxshi hayday olasizmi? )

Mazkur tadqiqotning natijasi sifatida, suhbatdagi kompozitsion bosqichlarning farq qilishi tufayli o'zaro muloqotda tushunmovchiliklar kelib chiqishi aniqlangan. Demak, til o'rganishda nafaqat grammatika, balki til birliklarining pragmatik xususiyatlari hamda muloqotda kimga, qachon, qayerda va qanday ketma-ketlikda gaprishni hisobga olish muhim ekanligi aniqlandi.

3) I.B.Abdujabborov "Yapon va O'zbek tillarida rad etish bilan bog'liq birliklar ifodalanishining qiyosiy tadqiqi"6 nomli tadqiqotida ilk bor yapon va o'zbek tilidagi rad etish iboralarining lingvopragmatik tahlili orqali ikki jamiyatdagi rad etuvchi va rad etiluvchilarning ko'radigan chora va munosabatlarining o'xshash farqlarini anketa-so'rovnoma va qiyosiy-tarixiy metodlar orqali o'rganib chiqqan. Rad etish iboralari muloqot jarayonida xushmuomalalik bilan bevosita bog'liq sanalib,kommunikantlar o'rtasidagi munosabatlarni saqlab qolishga urg'u berilgan. Kommunikantlarning o'zaro munosabatlari yosh yoki qari, mansab jihatdan yuqori yoki pastligi, munosabatlarning yaqin yoki uzoqligiga ham bog'liqligi o'rganilgan.

4) Lina Abdelhameed Alining7"Yapon va Arab tillarida mulohaza iboralarini taqqoslash:rad etish iboralari misolida" ilmiy tadqiqotida ikkala tilda ham rad etishda "mulohaza iboralaridan"ffi^^ïM foydalanishga e'tibor qaratilganligiga urg'u berish lozim.Ayniqsa,rad etish nutq aktida Leech(1983)ning xushmuomalalik qoidalariga amal qilishda "boshqalarning munosabat chegaralarini yuqori darajaga

6I.B.Abdujabborov "Yapon va O'zbek tillarida rad etish bilan bog'liq birliklar ifodalanishining qiyosiy tadqiqi" „ Toshkent,2021y

7Lina Abdelhameed ALIning "Yapon va Arab tillarida mulohaza iboralarini taqqoslash:rad etish iboralari misolida"

Research BIB / Index Copernicus

qo'ying" deya aytilgan tamoyillarni buzuvchi shaxslar uchun mulohaza iboralari zarur hisoblanib,ularning turkum va farqlari ffiM^ ochib berilgan.

Yaponiyada odob-axloq qoidalari katta ahamiyat beriladi, yapon tili esa yuqori kontekstli til guruhiga kiritilgan. Shu bois, muloqotda rad etish iboralarini tilda aniq va ravshan aks ettirilishdan qochishadi. Xushmuomalalik iboralarini qo'llash va ulaming qo'llash darajalari esa tilni o'rganish jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradi. Tadqiqot xulosasi shuni isbotladiki, yaponlar birinchi navbatda kechirim so'rab keyin sababini tushuntirishga harakat qilarkan. O'zbeklar esa avvalo sababini aytib so'ngra kechirim so'rarkan. Insonlar bir-biri bilan suhbatlashganda suhbatdoshi bilan qanday yaqin-uzoqlik aloqalariga qarab javob qaytararkan. Tengdoshlari bilan suhbatda ko'p hollarda o'zbeklar xulosa yoki to'g'ridan-to'g'ri rad javob qaytarishni afzal bilisharkan.Yapon tilini o'rganayotganda shuni esda tutish lozimki, bunday qochish iboralari nafaqat rad etish ma'nosiga xos, balki ular ba'zan rozilik, taklif va hokazolarda ham qo'llaniladi. Eng muhim jihati yapon tilida rad etishni ifodasini tuzishda va ifodalashda, suhbatdoshni xafa qilmaslik va uni noqulay ahvolga qo'ymaslik uchun katta e'tibor beriladi. O'zbek tilida esa, suhbatdoshdan ko'ra o'zini oqlashga ko'proq e'tibor beriladi.

Xulosa qilib , rad iboralarini o'rganishda nafaqat grammatika, balki til birliklarining pragmatik xususiyatlari hamda muloqotda kimga, qachon, qayerda va qanday ketma-ketlikda gapirishni hisobga olish muhim ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1. I.B.Abdujabborov "Yapon va O'zbek tillarida rad etish bilan bog'liq birliklar ifodalanishining qiyosiy tadqiqi"

2. H.K.Turdiyeva "Xushmuomalalikning ifodalanishi: (o'zbek, fors, yapon tillari qiyosida)" Conference: Methods and Technics in teaching foreign language.Toshkent,2021y.

3. ■

x-mmm.*»*^ nmtx.it m 15ц

4. M.X.Umarova "O'zbek va Yapon tillaridagi muloqot xulqining kompozitsion bosqichlari va sotsiolingvistik xususiyatlari:murojaat birliklarining t ahlili misolida" ,Toshkent,2022y.

5. I.B.Abdujabborov "Yapon va O'zbek tillarida rad etish bilan bog'liq birliklar ifodalanishining qiyosiy tadqiqi" ,Toshkent,2021y.

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

6. Lina Abdelhameed ALIning "Yapon va Arab tillarida mulohaza iboralarini taqqoslash: rad etish iboralari misolida"

7. (R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, M.Qurbonova, G.Boqiyeva "Hozirgi o'zbek adabiy tili" -2005y, 140b.)

8. "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" (2000-2006y)

9. (Бондарко А.В. Эксплицитность / имплицитность в общей системе категоризации семантики // Эксплицитность имплицитность выражения смыслов, 2006. С. 24-26.)

10. (Борисова Е.Г. Мартемьянов Ю.С. Имплицитность в языке и речи. М.: Языки русской культуры. 1999. 200 с.)

11. (Власян Г.Р. Различные подходы к определению лингвистической вежливости // Вестник Нижневартовского государственного университета, 2010. №3. С. 29-39)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.