Научная статья на тему 'AZIZIDDIN NASAFIY FALSAFASIDA TAQDIR VA IXTIYOR ERKINLIGI MUAMMOSI'

AZIZIDDIN NASAFIY FALSAFASIDA TAQDIR VA IXTIYOR ERKINLIGI MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
135
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aziziddin Nasafiy / taqdir / ixtiyor erkinligi / tasavvuf / Азизиддин Насафи / судьба / свобода воли / мистика.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Rasulov, O.

Maqolada Oʻrta asrlar tassavuf falsafasining vakili bo’lgan Aziziddin Nasafiyning falsafiy qarashlaridagi taqdir va ixtiyor erkinligi masalasi tahlil qilingan bo’lib, tahlil uchun Nasafiyning “Maqsad ul-aqso”, “Kitob-al inson ul komil”, “Kashf ul-xaqoyiq” asarlaridan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОБЛЕМА СУДЬБЫ И СВОБОДНОЙ ВОЛИ В ФИЛОСОФИИ АЗИЗИДДИНА НАСАФИ

В статье анализируется проблема судьбы и свободы выбора в философских воззрениях Азизиддина Насафи, представителя средневекового суфизма. В исследовании использовались труды Насафи «Максад уль-Акса», «Китаб-ал Инсан уль Камиль», «Кашф уль-Хакаик».

Текст научной работы на тему «AZIZIDDIN NASAFIY FALSAFASIDA TAQDIR VA IXTIYOR ERKINLIGI MUAMMOSI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

AZIZIDDIN NASAFIY FALSAFASIDA TAQDIR VA IXTIYOR ERKINLIGI

MUAMMOSI

Rasulov O.

O'zMU 2-bosqich magistranti

Maqolada O'rta asrlar tassavuf falsafasining vakili bo'lgan Aziziddin Nasafiyning falsafiy qarashlaridagi taqdir va ixtiyor erkinligi masalasi tahlil qilingan bo'lib, tahlil uchun Nasafiyning "Maqsad ul-aqso", "Kitob-al inson ul komil", "Kashf ul-xaqoyiq " asarlaridan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: Aziziddin Nasafiy, taqdir, ixtiyor erkinligi, tasavvuf

В статье анализируется проблема судьбы и свободы выбора в философских воззрениях Азизиддина Насафи, представителя средневекового суфизма. В исследовании использовались труды Насафи «Максад уль-Акса», «Китаб-ал Инсан уль Камиль», «Кашф уль-Хакаик».

Ключевые слова: Азизиддин Насафи, судьба, свобода воли, мистика.

Ixtiyor erkinligi va taqdir muammosi o'rta asrlar G'arb va Sharq falsafasining eng muhim masalalaridan biri sanaladi. Inson taqdirga bo'ysunadimi? Uning hayoti oldindan belgilanganmi? Ixtiyor erkinligi qay darajada berilgan? Kabi savollar mazkur muammoni insoniyat tarixida muhim o'rin tutganligini bildiradi.

Tabiiyiki, o'rta asrlar G'arb va Sharq falsafiy dunyoqarashida aksariyat masalalar diniy postulatlarga tayangan holda hal etilgan. Bu ma'noda O'rta asrlar Sharq, aniqroq qilib aytganda musulmon dunyoqarashida taqdir yoki, inson ixtiyor erkinligi muammosi quydagi ikki yo'nalish g'oyalaridan kelib chiqqan holda hal etilgan:

1. Jabariya (ash'ariya) inson ixtiyor erkinligini inkor etuvchi dini-falsafiy yo'nalish. Ushbu yo'nalish tarafdorlarining fikricha, insonning har bir harakati oldindan belgilab qo'yilgan;

2. Qadariya (mo'tazaliya). Ushbu yo'nalish tarafdorlarining fikriga ko'ra, inson xatti-harakatida ixtiyor erkinligiga ega.1

Shuningdek, mazkur muammo Sharq peripatetiklari hamda tasavvuf falsafasining turli maktablarining ham diqqat markazida bo'lgan. Shu o'rinda shuni

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

1 Солори Азизуллох. Казо ва кадар (Судьба и предопределение). Техрон, 1369 х. —

С. 9.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ta'kidlash joizki, tadqiqotchi X.Toshov2 o'zining ilmiy izlanishlarida Sharq va G'arb renessanslarining germetizm g'oyalarining ahamiyatini tahlil qilar ekan Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy va Aziziddin Nasafiy kabi mutafakkirlaning gumanistik qarashlarini alohida e'tirof etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'rta asrlar tassavuf falsafasining vakili sifatida Aziziddin Nasafiy ham, taqdir va ixtiyor erkinligi masalasiga o'ziga xos tarzda yondashadi. U mazkur muammoni insoning ona qornida vujudga kelishidan to vafot etishi vaqti doirasida tahlil etishga urunadi. Nasafiyga ko'ra, ota urug'i jabarrut olamining maxsuli bo'lib, inson unda dastlab, imkoniy, so'ngra, jamlangan, keyinchalik harakatlangan, oxir-oqibat tarqalgan ko'rinishda namoyon bo'ladi.3

Aziziddin Nasafiy inson taqdirini dastlabki urug', aniqrog'i ota urug'i bilan bog'laydi. Ota urug'i inson taqdirini o'zida aks etiradi insondagi barcha xususiyat, sifatlar dastlab ota urug'ida jamlangan bo'ladi. Faylasufga ko'ra, "Insondagi ota urug'ida inson ta'nasi, aqli, idroki, qobiliyati, xulq-atvor mujassam bo'ladi.4

Aziziddin Nasafiy, "inson taqdiri uning ota urug'ida bitilgan bo'lib, u umumiy va xususiy holatda amalga oshadi, deb yozadi. Xususiy holatda amalga oshish shaklini Nasafiy taqdir deb ataydi. Unga ko'ra insoning ruhga, jismga, muayyan xarakter, qobiliyatga ega bo'lishi unga bog'liq emas, aniqrog'i bu uning taqdiriga yozilgan bo'ladi. Ota urug'ining umumiy holatda amalga oshishi Nasafiyga ko'ra, insoning xatti-harakatida aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, inson o'z xatti-harakatida erkin faoliyatni amalga oshiradi. Nasafiy xatti-harakat deganda: muayyan faoliyatni amalga oshirish, so'zlash, aql yuritish, oziqlanish, nasil qoldirish kabi holatlarni nazarda tutadi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda insonda tanlov erkinligi bo'ladi. "Agar inson rost so'zlashni istasa, rost so'zlaydi, kam yoki, ko'p so'zlashni, ibodat qilish yoki, qilmaslikni, harom etilgan luqmani yeyish yoki, yemaslikni, o'zi ixtiyor etadi".

Nasafiy inson qobiliyati taqdir tomonidan belgilangan deb takidlaydi, biroq uni rivojlantirish inson ixtiyorida. Har bir insonda belgilangan darajada qobiliyat mavjud, inson u qobiliyatni mehnat va tarbiya yordamida rivojlantiradi va uni amalga oshiradi.

2 Тошов Х. И. Шарк ва Fap6 ренессансининг вужудга келишида герметизм гояларининг а^амияти //Исследование Ренессанса Центральной Азии. - 2020. - Т. 1. - №. 2.; Тошов Х. И. Formation and development of the ideas of hermeticism //Исследование Ренессанса Центральной Азии. - 2021. - Т. 2. - №. 1.; Madaeva S., Toshov K. The Need for the Factor Hermeticism in the Renaissance Thinking //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. - 2019. - Т. 9. - №. 1. - С. 3124-3130.; Тошов Х. И. Трансформация герметизма от античности к эпохе возрождению //Theoretical & Applied Science. - 2017. - №. 11. - С. 292-295.

3 Насафи Азизуддин. Максад ул аксо. -С.130.

4 Насафи Азизуддин. Китоб-ал инсон ул комил. -С.239.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Agar ushbu qobiliyat o'z vaqtida tarbiyalanmasa, tobora kamayib, oxir-oqibat yo'qolib boradi.5

Agar yuqorida keltirilgan mulohazaga tayanadigan bo'lsak, quydagicha savol to'g'iladi: basharti iste'dot yoki, qobiliyatni amalga oshirish insonning o'ziga bog'liq bo'lsa, u holda uning taqdiriga belgilangan iste'dotning o'rni darajasi qanday aniqlanadi? Nasafiy ushbu savolga quydagicha javob beradi:

"Shuni bilginki, insonning ota urug'ida uning, oziqlanishi, mol-mulkka ega bo'lishi, bilimi qayd etilmaydi, xuddi shunga o'xshab, inson ota urug'ida uning qancha avlod ko'rishi, qancha mol dunyo to'plashi, qancha bilimga ega bo'lishi, qanday qilib bu narsalarga, qaysi yo'l bilan ega bo'lishi taqdir qilib bitilmaydi. Insoning maniysi, boshqacha qilib aytganda, ota urug'ida, uning bilim, avlod qoldirish, mol-mulkka ega bo'lish qobiliyati taqdir etib qo'yiladi. Ularga erishish insoning xatti-harakati orqali amalga oshadi. Bu qobiliyatlar ba'zi kishilarga ko'proq, ba'zilarga esa, ozroq beriladi. Taqdir tomonidan berilgan qobiliyat egalarining boshqalardan farqi shundaki, ular boshqalarga qaraganda, ilm, mulk, va o'zlariga berilgan narsalarga oson erishadilar. Fitratiga bilm, qobiliyat bitmagan kishilar ilmli iste'dotli bo'lishga intilmaydi, zotan ularning ota urug'ida bu narsalar bitilmagan yoki, kam berilgan bo'ladi".6

Nasafiyga ko'ra, qismat va o'lim oldindan belgilangan bo'lib, zo'ravonlik, agressiya inson tabiatiga xos sifat sanaladi. Faylasuf o'lim va qismat muammosini tahlil etarkan, "o'lim ham, qismat ham taqdir tomonidan belgilanadi. Zero mutlaq qismat va mutlaq o'limdan farq qiluvchi chegaralangan o'lim va chegaralangan qismat taqdir qilib belgilanadi"7 deb yozadi.

Ushbu mulohazadan kelib chiqib aytish mumkinki, Aziziddin Nasafiy qismat va o'limni ikki guruhga ajratadi:

Mutlaq o'lim va mutlaq qismat deganda Nasafiy, tabiy o'lim va qismatni nazarda tutadi;

Chegaralangan o'lim va chegaralangan qismat deganda Nasafiy, notabiy o'lim va qismatni misol qiladi. Biroq, mutafakkir ushbu tushunchalarning farqini aniq keltirmaydi.

"Inson-ul komil" asarining boshqa bir faslida Nasafiy qobiliyatni barcha mavjudotga xos sifat deya baholaydi. Bu ma'noda ayniqsa, inson boshqa mavjudotlardan ko'ra, ilm ma'rifat bilan ajralib turadi. Nasafiy, "Har bir inson dastlabki aqlning o'ziga xos atributi sifatida namoyon bo'ladi. Aqli avval barcha

5 Haca^H A3H3yggHH .Kam$ yn xaKOHK. - C.271.

6 Haca^H A3H3yggHH. Kmo6-an hhcoh yn komha. -C.240-241.

7 O'sha yerda. - C.240.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

odamlarda, birday aks etadi, biroq uning darajalari har xil bo'ladi. Shu bois kishilarning ilm ma'rifatda, aql balog'atda bir birlaridan farqi yuzaga keladi."

Nasafiy yuqoridagi qarashlaridan kelib chiqqan holda, qobiliyatning turli ko'rinishlari mavjudligini isbotlaydi va ushbu qobiliyatlarning natijasida xilma-xil bilimlarning yuzaga kelganligini ko'rsatadi. U insonlardagi qob-liyatni namoyon bo'lishini quydagicha ifodalaydi: "Ilmlarning xilma-xilligi, insonlardagi qobiliyatning har xilligi bilan belgilanadi. Chunki kishi o'zidagi qobiliyat orqali muayyan ilmga ega bo'ladi. Xuddi qobiliyat kabi ilm ham quyi, o'rta, mukammal darajalarga bo'linadi. Ular o'zlaridagi qobiliyat darajasi bilan bir birlaridan o'zaro farqlanadilar"8.

Boshqa bir o'rinda Nasafiy qobiliyatni inson shaxsiyatining o'ziga xos, ajralmas xususiyati sifatida ko'rsatadi. U qobiliyatni asliyat, asl tushunchalari bilan ifodalaydi. Unga ko'ra, har bir insoning o'ziga xos qobiliyati, asliyati mavjud. Masalan, ba'zi odam shoirlik bilan mashg'ul, boshqalarning esa, unday qobiliyati yo'q. Ayrimlar to'g'ri, mantiqiy xulosa chiqara oladi, boshqalar bu ishga qodir emas. Ba'zilar ilm olishga moil, ba'zilar esa, mol dunyoga intiladi. Bularning barchasi insoning asliyati bilan bog'liq sanaladi9.

Nasafiy insoning kamolotga erishishi va maqsadga intilishini mehnat, harakat, ixtiyor erkinligi bilan bog'laydi. Lekin shunga qaramay, faylasuf insondagi oldindan belgilangan, boshqacha qilib aytganda tug'ma qobiliyat va istedotning katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tadi. Nasafiyga ko'ra, insonni ikki muhim omil: qobilyat va mehnat maqsadga eltadi. Qobiliyat, aniqrog'i asliyat insonga taqdirdan, mehnat esa, ixtiyoriy, o'ziga bog'liq tarzda amalga oshadi.10

Bu ma'noda Nasafiy inson moxiyatiga xos bo'lgan ikki omil taqdir va ixtiyor erkinligiga teng etibor qaratadi. Mutafakkirning fikricha, inson hayotida taqdirning ham, ixtiyor erkinligining ham birday o'rni bor. "Kim agar, inson hayotini faqat taqdir belgilaydi desa, u yanglishadi, aksincha, uni faqat ixtiyor erkinligi, insoning o'zi belgilaydi desa , u ham yanglishgan hisoblanadi. Insoning mohiyatini har ikkala omil taqdir va tanlov birday tashkil etadi"11.

Nasafiy taqdir va erkinlik masalasini aql va faoliyat tushunchalari orqali tushuntirishga urinadi. Unga ko'ra, inson o'zidagi ikki narsa: aql va faoliyat yordamida maqsadga erishadi. Insonga aql taqdir tomonidan beriladi. Faoliyat esa, mehnat va intilish orqali amalga oshiriladi. Taqdir va erkinlik xuddi, aql va faoliyat

8 НасафиАзизуддин. Кашфулхакоик. -С.271.

9 Халмуминов, Д. (2006, May). Влияние учения Ибн ал-'Араби на развитию мистических аспектов суфийских орденов Центральной Азии. In Суфизм в Иране и Центральной Азии. Материалы Международной конференции. 2-3 мая 2006 года г. Алматы (p. 256).

10 Насафи Азизуддин. Китоб-ал инсон ул комил. - С.241.

11 O'sha yerda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kabi insoning ikki qanotini tashkil etadi. Agar insonda shu ikki qanotning biri bo'lmasa, u maqsadga yetolmaydi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda faylasuf, aqlni ikki: mutloq va namoyon bo'luvchi turlarga ajratadi. Mutloq aql oldindan belgilangan qobiliyat, asliyatda aks etadi. Namoyon bo'luvchi aql esa, intilish, mehnat oqibatida amalga oshadi. Ushbu prinsipga ko'ra, faoliyat ham ikki ko'rinishga ega bo'lib, 1) yurak ya'ni asliyat ga oid faoliyat, 2) shaki, intilish hamda mehnatga qaratilgan faoliyatni tashkil etadi. Bayon etilgan ushbu qarashlar inson taqdiri qanday mezonlarga muvofiq bitiladi? Taqdir va ixtiyor erkinligini aniqlashning qanday chegarasi mavjud? Degan savollarni yuzaga keltiradi. Aziziddin Nasafiy mazkur savollarni quydagicha izohlaydi: "Bu dunyoda taqdiriga baxtli bo'lish yozilgan kishi baxtli bu uning qismati, taqdiriga baxtsiz bo'lish yozilgan kishi baxtsizdir. Bu ham uning qismati hisoblanadi"

Bu ma'noda Aziziddin Nasafiy qismat tushunchasini osmon jismlarining harakatlari bilan izohlaydi. Bu masalga faylasuf astrologiya nuqtaiy nazaridan yondashadi. Sababi Nasafiyning bilish konsepsiyasida inson olami sug'ro, aniqrog'i, kichik olam sifatida baholanadi. Bu o'rinda borliq, olami kubro, ya'ni katta olam sifatida namoyon bo'ladi. O'z navbatida katta olamda amalga oshadigan hodisalar, muayyan ko'rinishda kichik olamda ham, aks etadi. Inson borliqni o'zida aks etuvchi mavjudot sifatida tasvirlanadi.

Nasafiyga ko'ra, "Osmon va yulduzlar baxt yoki, baxtsizlik, nodonlik yo, donishmandlik, boylik va kambag'allik, kamtarlik va takaburlik, saxiylik hamda ziqnalik kabi fazilat va illatlarning namoyon bo'lishida ta'sirga ega. Bunda kimga qanday qismat bo'lishi taqdirdan. Osmon va yulduzlar bu qismatga ta'sir ko'rsatadilar. Yulduzlar ta'siriga ega shunday vaqtlar bo'ladi, sayoxatga chiqsang safaring xayrli kechadi, agar vaqt to'g'ri kelmasa, uning aksini kuzatasan. Yulduzlarning joylashishiga qarab kishilar baxtli yoki, baxtsiz tug'iladilar. Bu chindan ham yulduzlarning harakatining ta'siri ostida kechadi"12.

Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda Nasafiy, inson taqdiri belgilanishining to'rt xildagi davrini ajratib ko'rsatadi:

1. Ota urug'ining ona qorniga tushish vaqti;

2. Urug'ning shakil shamoilga kirish vaqti;

3. Jism va ruhning birlashish vaqti;

Nihoyat insoning tug'ilish vaqti:13

Nasafining qarashlariga muvofiq, ushbu to'rt davr vaqtida insonda tug'ma qobiliyat, aql intilish shakillanadi. Agar inson keltirilgan to'rttala davirga muvofiq

12 O'sha yerda.

13 Haca^H A3H3yggHH. Kam$ yn xaKOHK. - C.237.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tarzda baxtli taqdir ostida dunyoga kelsa, hayoti da'vomida unga uchragan har xil to'siqlarga qaramay, u ilm ma'rifat, boylik va obru e'tiborda baland martabaga erishadi. Va agar inson ushbu to'rtta davrga muvofiq baxtsiz yo'lduz ostida dunyoga kelsa, hayotida uchraydigan barcha imkoniyatlarni qo'ldan boy beradi. Magar unga katta miqdordagi mol dunyo meros qolgan taqdirda ham, u ushbu mol dunyodan tez orada mahrum bo'ladi"14.

Aziziddin Nasafiy asarlarida taqdir va ixtiyor erkinlik muammosi yetuklik va erkinlik masalalari bilan qiyoslanadi. Nasafiyga ko'ra, yetuklik, balog'at tushunchasi kamolotga erishish jarayonining o'ziga xos qonuniyati sifatida keltirilib, barcha mavjud narsalarga nisbatan qo'llaniladi. Unga ko'ra, taqdir va erkinlik quydagi ikki jihatga ega:

1-jihat yetuklik yoki, balog'at deb ataladi;

2-jihat tugallanganlik yoxud, erkinlik deb nomlanadi.

Nasafiyga ko'ra, olamdagi barcha mavjudot o'zining yetuklik va erkinlik holatiga ega bo'lib, faylasuf ushbu holatni quydagicha izohlaydi:

"Ey darvesh, shuni bilginki, meva bu, daraxtning balog'atidir. Arablar hosil yetilganda, balog'atga yetdi deydi, hosil uzilgach, uni daraxtdan uzildi, erkin bo'ldi deydilar"15.

"Yana shuni bilginki Ey darvesh, har bir narsaning o'z nihoyasi, yakuni bor. har bir narsa o'zining dastlabki holatiga qaytgandagina nihoyalangan hisoblanadi. Bug'doy urug'i yerga tushishi bilan o'sib, unadi, o'zining dastlabki holatiga intiladi. U to yana bo'g'doyga aylangunga qadar o'sadi, chunki urug' holati uning dastlabki holati sanaladi. Shu tarzda olamdagi barcha narsalar o'zining dastlabki nuqtasiga intiladi. Qachonki ilk nuqtaga qaytilsa olam charxpalagi yakunlanadi"16.

Bu ma'noda Aziziddin Nasafiy olamdagi barcha mavjudotlarga nisbatan "yetuklik" tushunchasini asosiy kategoriya sifatida qo'llaydi. Unga ko'ra, har bir tirik mavjudot o'zining birinchi holatidan boshqa bir holatiga mustaqil tarzda o'tib boradi aniqroq qilib aytganda, o'ziga xos evolyutsiya jarayonini boshidan kechiradi. har bir rivojlanish siklida mavjudotlar avvalgi holatdan erkin ozod bo'lishlari talab etiladi. Kimki o'zining avvalgi holatidan mutloq ozod bo'lsagina, keyingi bosqichga ko'tariladi va oxir-oqibat ilk dastlabki holatga yetib boradi.

Shuni alohida takidlash lozimki, erkinlik tushunchasi oliy qadriyat sifatida insoniyat tarixidagi barcha mutafakkirlarning diqqat markazidan o'rin olgan bo'lib, u Aziziddin Nasafiyning ham, nazaridan chetda qolmaydi:

14TaM«e.-C237-238.

15Haca$H A3H3yggHH. Kmoö-a^ hhcoh yn KOMH^. - C. 176.

16O'sha yerda -C.176.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"Agar inson biror narsaga bog'langan bo'lsa, undan xoli, erkin bo'la olmaydi. Masalan, kishi ayol, boylik, martaba, payg'ambarlik, oila, podsholik, notiqlik kabi narsalarni istasa unga erishadi, biroq erkin sanalmaydi. U o'zining istaklariga bog'liq bo'ladi. Agar kimki, hech narsani istamasa, hech narsaga bog'liq, qaram bo'lmaydi, darhaqiqat u kishi erkin hisoblanadi"17.

Boshqa bir o'rinda Nasafiy quydagi mulohazalarni keltiradi: "Inson amalga oshiradigan faoliyat agar uning mavjutligi uchun zarurat bo'lsa, ubu harakat uning erkinligiga to'siq bo'lmaydi. Buning misoli shunday, agar kishining hojatxonaga extiyoji bo'lsa yu u tomonga borsa bu harakat uning erkinligiga zarar yetkizmaydi. Agar kimdir sovuqda qolib isinish uchun quyosh nuri ostida tursa, u quyoshga bog'liq hisoblanmaydi. Bu misollarning maqsadi, zarurat erkinlikka to'sqinlik qilmaydi degan xulosani isbotlashdan bo'lak narsa emas albatta. Agar kimki ustida arab libosi bo'la turib, Xitoy libosini kiyishni istasa, u o'sha Xitoy liboosiga bog'langan, boshqacha qilib aytganda undan ozod bo'lmaydi. Bu kabi boshqa holatlarning misoli ham shunday. Ba'zilar uchun yangi libos, boshqalar uchun esa, eski libos birday bud vazifasini bajarish mumkin. Chunki, kishining istagi uning budi, ilohi sanaladi"18.

Aziziddin Nasafiyga ko'ra barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojlar yashash uchun bir vosita hisoblanadi. Inson hayotining maqsadi esa, erkinlik bo'lib, u tom ma'nodagi erkinlikka erishgandagina o'z maqsadiga yetadi. Nasafiy o'z erkinligini turli vositalar uchun qurbon qilgan kishilarni budparastlarga o'xshatadi:

"Kimki, biror narsaga bog'liq ekan, u tom ma'noda erkin emas, zotan biror nimaga bog'liqlik budparastlikdir. Inson o'z qalbini har xil istaklardan tozalamog'i kerak, chunki, qalb bu, xudoning uyi hisoblanadi. Qalbi tozalanmagan insoning yuragida katta bud va kichik butlar mavjud. Bu katta bud kimdir uchun boylik, kimdir uchun esa, martaba, xalqning etirofi ko'rinishida namoyon bo'ladi"19.

Yuqorida keltirilgan mulohazalarni umumlashtirib quydagi xulosalarni keltirish mumkin

1. Aziziddin Nasafiy taqdir va ixtiyor erkinligi muammosini inson dunyoqarashining muhim jihatlaridan biri deb hisoblaydi. Shu bois faylasuf o'zining "Kashf ul xaqoyiq", "Inson-ul komil" asarlarida mazkur muammoga batafsil to'xtalib, uni har tomonlama chuqur tahlil etadi;

2. Nasafiy inson hayotida oldindan belgilangan taqdirni qaysidir darajada tan olishiga qaramay, u fatalistik tamoyilni ilgari suruvchi ashariya ta'limotini inkor etadi. Ushbu muammoni hal qilishda faylasufning qarashlari, insondagi ixtiyor erkinligi g'oyasini qo'llab quvvatlovchi mo'tazaliya maktabining yondashuviga yaqin turadi.

17TaM ®e. -C.190.

18Haca$H A3H3yggHH. Kuroö-an HHCOHyn komh^.-c.190.

19Haca$H A3H3yggHH. KnTOÖ-an HHCOHyn komh^.-c.190.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

3. Aziziddin Nasafiyga ko'ra, taqdir osmon jismlari va yulduzlarning harakati ta'sirida yuzaga keladi. Bu ma'noda inson olami sug'ro-kichik olam bo'lib, o'zida olami kubro - katta olamdagi narsa hodisalarni aks etiradi.

4. Aziziddin Nasafiyning qarashlariga ko'ra, taqdir va ixtiyor erkinligining birligi natijasida, inson kamolotga erishadi. Inson o'z hayoti da'vomida mazkur ikki jihatni birlashtirishi lozim, zotan, taqdir tomonidan berilgan iste'dot, qobiliyat intilish hamda mehnat orqali yuzaga chiqadi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Солори Азизуллох. Казо ва кадар (Судьба и предопределение). Техрон, 1369 х. - 98 с.

2. Насафи Азизуддин. Максад ул аксо. - 130 с.

3. Насафи Азизуддин. Китоб-ал инсон ул комил. - 239 с.

4. Насафи Азизуддин. Кашф ул хакоик. - 271 с.

5. Тошов, Х. И. (2020). ШАЩ ВА FАРБ РЕНЕССАНСИНИНГ ВУЖУДГА КЕЛИШИДА ГЕРМЕТИЗМ FОЯЛАРИНИНГ АДАМИЯТИ. Исследование Ренессанса Центральной Азии, 1(2).

6. Тошов, Х. И. (2021). FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE IDEAS OF HERMETICISM. Исследование Ренессанса Центральной Азии, 2(1).

7. Madaeva, S., & Toshov, K. (2019). The Need for the Factor Hermeticism in the Renaissance Thinking. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(1), 3124-3130.

8. Тошов, Х. И. (2017). ТРАНСФОРМАЦИЯ ГЕРМЕТИЗМА ОТ АНТИЧНОСТИ К ЭПОХЕ ВОЗРОЖДЕНИЮ. Theoretical & Applied Science, (11), 292-295.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.