DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-44-344-347
Pages: 344-347
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
4th INTERNATIONAL CONFERENCE
AYOLLARNING O'RTA, KICHIK HAMDA INTELLEKTUAL BIZNESDAGI ROLI
VA AHAMIYATI
Dilbar Haydarova
tayanch doktoranti, "Gipatiya" nashriyoti rahbari Alisher Navoiy nomidagi ToshkentDavlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Toshkent, O'zbekiston e-mail: khaydarovadilbar96@,gmail. com
_MAQOLA HAQIDA_
Kalit so'zlar: kichik va Annotatsiya: Biz ushbu maqolada ayollarning o'rta biznes, ayol tadbirkor, biznesdagi roli, ular duch keladigan to'siqlar hamda gender inklyuzivlik, iqtisod, gender stretiplar haqida fikr yuritamiz. Qolaversa, intellektual tenglik, gender stereotiplar, biznesdagi ayollar uchun mavjud imkoniyatlar, onalik "Gipatiya" nashriyoti. ta'tilidagi ayollar uchun moliyaviy imkoniyatlar xususida _ma'lumot berishga harakat qilamiz._
THE ROLE AND IMPORTANCE OF WOMEN IN MEDIUM, SMALL AND
INTELLECTUAL BUSINESS
Dilbar Haydarova
Ph.D. student, head of "Hypatiya"publishing house Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
Tashkent, Uzbekistan e-mail: khaydarovadilbar96@gmail. com
_ABOUT ATRICLE_
Key words: small and Abstract: In this article, we discuss the role of women medium business, female in business, the obstacles they face, and gender stereotypes. entrepreneur, inclusiveness, In addition, we will try to provide information about the economy, gender equality, available opportunities for women in intellectual business gender stereotypes, "Hypatiya" and financial opportunities for women on maternity leave. publishing house._
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ЖЕНЩИН В СРЕДНЕМ, МАЛОМ И ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОМ БИЗНЕСЕ
Дильбар Хайдарова
Докторант, руководитель издательства «Гипатия» Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени
Алишера Навои
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 344
Ташкент, Узбекистан E-mail: khaydarovadilbar96@,gmail. com
_О СТАТЬЕ_
Ключевые слова: Аннотация: В этой статье мы обсуждаем роль
малый и средний бизнес, женщин в бизнесе, препятствия, с которыми они
женщина-предприниматель, сталкиваются, и гендерные стереотипы. Кроме того, мы
инклюзивность, экономика, постараемся предоставить информацию об имеющихся
гендерное равенство, возможностях для женщин в интеллектуальном бизнесе
гендерные стереотипы, и финансовых возможностях для женщин в декретном
издательство "Гипатия". отпуске.
Kirish
XXI asrda inson resurslarining takomillashishi mamlakatlar iqtisodiyoti rivojining asosi bo'lib qolmoqda. Tarixan rivojlanishning negizi sifatida asosan dehqonchilik va chorvachilikka qulay bo'lgan hududlarga ega bo'lish ko'rilgan. Keyinchalik sanoat inqilobi vaziyatni o'zgartirdi va yirik mamlakatlar iqtisodiyoti ko'p holatlarda yer osti boyliklariga asoslanib qurildi. Lekin XXI asrga kelib vaziyat o'zgardi. Endi inson, inson resursi rivojlanishning asosi sifatida ko'rilmoqda. Shu uchun ham Afrika, bir nechta arab davlatlari, Rossiya kabi mamlakatlar yer osti boyliklariga qaramasdan rivojlanmagan mamlakat sifatida qolmoqda. Daron Ajemo'g'lu va Jeyms A. Robinsonning "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari" kitobida yer osti boyliklari hatto taraqqiyotga to'siqlik qiladigan omil sifatida keltirilgan.1
Asosiy qism
XXI asrda mamlakat rivojining asosi inson resurslari ekan, bu yerda inklyuzivlik muhim omil hisoblanadi. Inson resurslariga to'g'ri investitsiya qilish, uni to'g'ri boshqarish mamlakat uchun hayot-mamot masalasiga aylanmoqda. Bir inson mehnat bozoriga kirib kelguncha davlat byudjetidan yuzlab million so'm investitsiya qilinadi. Ya'ni bog'cha va maktab ta'limi, oliy ta'lim, tibbiy xizmat va boshqalarni keltirish mumkin. Biroq ishga layoqat yoshiga yetganda yillar davomida qilingan investitsiyaning teng yarmidan qiymat yaratishda foydalanmaslik iqtisodiy tomondan xato hisoblanadi.
So'nggi 10 yillikda nafaqat xalqaro iqtisodiyotda, hatto milliy iqtisodiyotimizda ham ayollarning roli o'ta muhim ahamiyat kasb etdi. Bu faqat gender tengligi masalasi emas, aksincha, ayollar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan yirik inson resursidir. Ayniqsa, ayollarning biznesda bo'lishi bu shunchaki trend yoki tendeysiya emas, zarurat hisoblanadi. Global iqtisodiyot va va innovatsoyalarning ahamiyati oshgani sayin, ayollar zamonaviy dunyoda qadrlanadigan o'zlariga xos ko'nikmalar namoyish etishmoqda. Bularga
1 D. Ajemo'g'u, J. A. Robinson, Mamlakatlar tanazzuli sabablari, Toshkent: 2021. 79 - 90-s.
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 345
empatiya, jamoada ishlash qobiliyati, xavflarga nasbatan iroda va muammolar yechimiga nostandart harakatlarni sanab o'tish mumkin. Shuningdek, nafosat va ijodkorlik (kreativ) jihatidan ayollar biznes uchun ham, jamiyat uchun ham foydali resurs bo'lib qolmoqda. Bugun biror bir mamlakat o'z iqtisodiyotiga ayollar qo'shadigan hissani past baholay olmaydi. Hatto tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdagi, tarkibida ayollar odatdagidan ortiqroq bo'lgan kompaniyalar ko'proq daromad olmoqda va ularda ishni tashkillashtirish ham unumdorroq bo'lmoqda.
Muhokama
Bugun mamlakatlarda iqtisodiyotda asosiy qiymatni kichik va o'rta biznes yaratadi. O'zbekistonda ham so'nggi ma'lumotlarga ko'ra YalMning yarmidan ko'pi aynan kichik biznesga to'g'ri keladi.1 Ayollar asosan kichik va o'rta biznesda faoliyat yuritishlarini hisobga olsak, biznes orqali xotin-qizlarning iqtisodiyotga qo'shadigan hissasi anchayin salmoqli. Shunga qaramasdan, ayollar biznesda erkaklardan ko'ra ko'proq muammoga uchrashishi ham ortiq yangilik emas. Ular safida moliyaviy manbalarga egalik qilish va gender tengligi bilan bog'liq stereotiplarni sanab o'tish ham mumkin. Bu muammolarga yechim davlatimiz tomondan ham, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yillar davomida qat'iy harakatlarni talab qiladi. Aksar mamlakatlarda tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bu dasturlarda, odatda, ayollarga sifatli ta'lim berish, grand va kreditlar bilan qo'llab-quvvatlash ko'zlangan. Bunday tashabbuslar ayollar tomonidan biznes loyihalar rivojlanishiga va amaldagi stereotiplar buzilishiga olib kelishi tayin.
Natija
Xotin-qizlar biznesi rivojlanishi inson resurslaridan unumli foydalanish, iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yaratish uchun dolzarbligini aytib o'tdik. Odatda, ayol tadbirkor biznesga asos solsa, xodim tanlashda ham xotin-qizlarga alohida e'tibor beradi. Bu esa mamlakatda ayollar uchun ko'proq ish o'rinlari yaratilishiga, ularning bandligi oshishiga va buning ortidan aholi hamda oilalar farovonligi yuksalishiga olib keladi.
Biz ham "Gipatiya" nashriyotini faqat ayollar atrofida yaratdik. Bunda asosiy e'tiborni farzandlik ta'tilidagi onalarga va ish ofislariga qatnab ishlay olmaydigan ayol-qizlarga teng imkoniyat berishga qaratdik. Bizning kadrlarimiz uydan online ishlashlari, o'z aqliy mehnatlari bilan yangi kitoblar yaralishiga sababchi bo'lishlari mumkin. Kitob yaratishda asosan oliy ma'lumotli, ziyoli ayollar qatnashishini hisobga olsak, mamlakat o'z inson resurslaridan oqilona foydalanishi jihatidan ham nashriyot unumdor tanlov bo'ladi deb aytish mumkin.
Shuningdek, nashriyotimiz aynan ayollarga xos qarashlar, o'zgacha ijodkorlik bilan o'zbek bozorida boshqa nashriyotlardan farq qiladigan yuqori didli kitoblar taklif qila oladi.
1 httgs//kunuz/uz/news/2G23/0!/G6/k^
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 346
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytib o'tsak, mamlakatda ayollar biznesda faol bo'lishi inson resurslaridan to'g'ri foydalanish uchun muhim hisoblanadi. Shuningdek, ayollar biznesi ayol-qizlar uchun yanada ko'p va keng ish o'rni yaratishi hamda ayollar bandligini oshirishi mumkin. Ayollardan tashkil topgan jamoada ijodkorlik, iroda va jamoaviy ishlashda o'ziga xoslik bilan biznesda butunlay yangicha imkoniyatlarni ochib berishi mumkin. Shu bois mamlakat ayollar biznesiga alohida e'tibor qaratishi, imkoniyat yaratishi, gender stereotiplar va gender tengligi bilan bog'liq muammolarga qarshi faol kurashishi zarur deb o'ylaymiz.
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
347