Научная статья на тему 'AYOLLARDA TUGʻRUQDAN KEYINGI DEPRESSIYANI BARTARAF ETISH YOʻLLARI'

AYOLLARDA TUGʻRUQDAN KEYINGI DEPRESSIYANI BARTARAF ETISH YOʻLLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

91
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixik jarayonlar / depressiya / stress / individual psixologik hususiyatlar / onalik muammosi / psixosotsial hodisa / shaxslararo munosabatlar / ijtimoiy / psixik holatlar / психические процессы / депрессия / стресс / индивидуально-психологические особенности / проблема материнства / психосоциальный феномен / межличностные отношения / социальные / психические состояния.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Z. R. Nazarova

Mazkur maqola ayollardagi tug‘ruqdan keyingi depressiyani belgilari va bartaraf etish yo’llariga bag’ishlangan bo’lib, onaning depressiyadan chiqishida shaxslararo munosabatlarning o’rni er-xotin munosabatlari, ona va bola o‘rtasidagi sifatli aloqani taminlashning ijtimoiy-psixologik shart sharoitlariga asosiy e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Статья посвящена способам устранения послеродовой депрессии у женщин, роли межличностных отношений в выздоровлении матери от депрессии, являющейся основным социально-психологическим условием обеспечения качественного целенаправленного общения мужа и жены и матери и ребенка.

Текст научной работы на тему «AYOLLARDA TUGʻRUQDAN KEYINGI DEPRESSIYANI BARTARAF ETISH YOʻLLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

AYOLLARDA TUG'RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYANI BARTARAF

ETISH YO'LLARI

Z. R. Nazarova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqola ayollaTdagi tug'mqdan keyingi depressiyani belgilari va bartaraf etish yo'llaгiga bag'ishlangan bo'lib, onaning depгessiyadan chiqishida shaxslaгaгo munosabatlaming o'rni eг-xotin munosabatlari, ona va bola o'rtasidagi sifatli aloqani taminlashning ijtimoiy-psixologik shaгt shaгoitlariga asosiy e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: psixik jarayonlar, depressiya, stress, individual psixologik hususiyatlar, onalik muammosi, psixosotsial hodisa, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy, psixik holatlar.

АННОТАЦИЯ:

Статья посвящена способам устранения послеродовой депрессии у женщин, роли межличностных отношений в выздоровлении матери от депрессии, являющейся основным социально-психологическим условием обеспечения качественного целенаправленного общения мужа и жены и матери и ребенка.

Ключевые слова: психические процессы, депрессия, стресс, индивидуально-психологические особенности, проблема материнства, психосоциальный феномен, межличностные отношения, социальные, психические состояния.

Onalik va bolalik muammolari eng muhim va jamiyat rivojlanishining asosiy strategiyalaridan biri bo'lgan va bo'lib qolmoqda. Shunday qilib, bola tug'ilganidan keyin ayolning ijtimoiy psixologik xususiyatlarida muammolarning mavjudligini o'zi emas, balki uni hal qilishning dolzarb yondashuvlariga bog'liqdir.

Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Yer yuzidagi qaysi bir jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi" shunday ekan, xotin-qizlarga bugungi kunda berilayotgan e'tibor, ularning jismoniy salomatligi bilan bir qatorda ruhiy salomatligiga ham jiddiy e'tibor qaratishni taqozo

277

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

qilmoqda. Bizning ishimizda ham ayollarda tug'ruqdan keying depressiyaning sabablari va bartaraf etish yo'llari beyon etilgan.

Yosh onalarda vujudga kelishi mumkin bo'lgan sindrom hamda depressiyaning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:

1. Ayollarning - tug'ruqdan keyingi psixoz yoki tug'ruqdan keyingi depressiya ko'rinishida ham yuzaga chiqishi mumkin. Albatta mazkur holat tug'ruqdan keyingi nerv siqilishlari hamda organizmda magniy miqdorining tushib ketishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Magniy - stressga qarshi asosiy modda bo'lib, nerv impulslarining tarqalishida faol o'rin egallaydi. Mazkur modda tanqisligi bilan bog'liq holatda - tushkun kayfiyat, jahldorlik, qo'llarning qaltirashi, suyaklarning qaqshashi, tomoqda tiqilishni his qilish, uyquning buzilishi, charchoq kabi belgilar kuzatiladi. Bunday holatda organizm uchun magniy, omego-3 yog' kislotalari va serotanin kabi moddalar miya uchun juda muhim. Chunki past ko'rsatkichli serotanin oqibatida depressiya va boshqa turli ruhiy kasalliklar kelib chiqish ehtimoli yuqori bo'lishi mumkin.

2. "Perfeksionizm" yoki "a'lochilik kompleks" - barcha vazifalarni mukammal bajarish istagi. Ko'pincha, bunday ayollar har bir narsada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'ladilar, ya'ni, ishda, uyda, bolalarni tarbiyalashda va eri bilan munosabatlarda. Agar to'satdan ba'zi qiyinchiliklar vujudga kelsa, mazkur holat ularda o'z-o'zini ayblashga sabab bo'ladi. Hattoki, farzandidagi kichik bir kamchiligi uchun ham o'zini ayblaydi;

3. Keskin o'zgarishlar. Ma'lumki, ishlovchi ayollar tug'ruqdan oldin faol hayot tarziga moslashgan bo'ladilar. Tug'ruq ta'tiliga chiqqach esa ular keskin ona roliga o'tadilar. Moslashuv bilan bog'liq muammo ruhiy tushkunlikka sabab bo'lishi bilan bir qatorda, uning erkinligini ham cheklashi mumkin. Mazkur holatda moliyaviy masala ham muhim o'rin tutadi. Bundan oldin ayol o'zini moddiy ta'minlash uchun maoshidan sarflagan bo'lsa, endi moddiy rag'bat uchun qaramlik vujudga keladi. Sevimli kasbi va mashg'ulotidan ba'zan butunlay voz kechishiga ham sabablar bo'lishi mumkin.

4. Onalik mehri. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan uning kelajagi uchun ota-onalardan katta mas'uliyat talab etiladi. Bolalar tarbiyasiga buvi va dodalarning aralashuvlari, ota-onalarni uquvsizlikda ayblash kabilar ko'pincha tajribasiz oilalarda kuzatilib turadi. Agar ota-onalarning o'zlari yoshlikdan psixologik travma bilan katta bo'lgan bo'lsalar, farzandlarining ruhiyatiga jiddiy e'tibor qaratadilar va ko'pincha o'zlarini ko'p narsalardan cheklay boshlaydilar.

278

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

Ushbu sindrom ko'pincha yosh onalarda kuzatiladi. Ularni ko'pchilik ayollar orasidan - kayfiyatsiz qarashlar, yuzda tabassumning aks etmasligi, yelkalarning biroz pastlagani bilan ham ajratib olish mumkin. Balki u o'zicha hayotdan mamnundek o'zini tutishi mumkin, lekin aslida qalban mukammal turmush sharoitidan yiroq. U o'zini ko'pincha salbiy baholashni boshlaydi. U rivojalanishni, uyidan chiqib ketishni, turmush o'rtog'i bilan suhbatlashishni va o'zining his-tuyg'ulari bilan dardlashishni istaydi. Biroq uning istaklari, hoxishlari, afsuski, doim ham samara bermaydi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojning qondirilmasligi uning o'ziga bo'lgan bahosini pasayishiga sabab bo'ladi. Hatto o'z dardlari haqida boshqalarga aytsa ham, uning hayoti me'yorda ketayotgani, u bilan barchasi joyida ekanligini aytib uni yupatadilar. Ushbu tadqiqot doirasida onaning psixologik xususiyatlarini o'rganish yani tug'ruqdan keyingi ruxiy xolati va shuning bilan birgalikda onalarga bola bilan muomala qilish san'ati, onalik roli, bolaning qiziqishlarini qo'llab quvvatlash va uning sog'ligiga katta ahamiyat berish ko'rsatilib o'tilgan. Barcha tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tug'ruq davri ayollarning hayotida katta o'tish davri hisoblanadi va u ayollarning psixologik holatiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Depressiya profilaktikasi uchun texnikalar

1. Hayotga yangicha nazar bilan qarang!

2. Rejali bo'ling, kundalik faoliyatingizni kundalik daftaringizga yozib qo'ying.

3.Maksimalist bo'lmang: o'zingizga va boshqalarga nisbatan sabrli bo'ling. O'zingizga real maqsadlar qo'ying.

4. To'liq uxlang! (Katta odamning o'rtacha uyqusi kuniga 8 soat).

5. Muntazam ravishda mashq qiling! Bu taranglikni bartaraf etishning ajoyib usuli. Hatto 15 daqiqalik intensiv mashqlar ham stressni sezilarli darajada kamaytiradi.

6. To'g'ri ovqatlaning! Ko'proq sabzavot, meva, kamroq yog' iste'mol qiling.

7. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilmang! U bilan stressni yengishga urinishlar ko'pincha teskari natija beradi.

8. Hayotdan zavqlaning! E'tiboringizni va his-tuyg'ularingizni nima qilayotganingizga qarating va kelajakda nima berishini emas, balki ishdan zavqlaning. O'zingiz uchun sevimli mashg'ulot toping.

9. Har bir kundan rohatlaning! (chiroyli quyosh botishi, turmush o'rtog'ining e'tibori, muloyim so'z va boshqalar).

10. O'zingizga osilib qolmang! E'tibor va g'amxo'rlik qilish kerak bo'lgan ko'p narsalar va odamlar bor. Bunga muhtoj bo'lgan odamga yordam bering.

11. Optimistik bo'ling! Noxush hodisalarda ham ortiqcha narsalarni topishni o'rganing. Yaxshilik haqida ko'proq o'ylab ko'ring.

279

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2 -fevral 2018- yil kungi №PF-5325-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 27 -iyun 2018 -yil kungi № 3808-sonli Qarori.

3. Андреева, Г.М. Сотсиалная психология / Г.М. Андреева. - М.: Аспект Пресс, 2007. - 363 с.

4. Анохин, А.А. Психопрофилактическая подготовка беременных к родам / А.А. Анохин // Медитсинская помощ. 1996. № 5. - С. 26-28.

5. Коваленко, Н.П. Психопрофилактика и психокоррексия женщины в период беременности и родов (Медико-сотсиалные проблемы): дис. ... д-ра психол. Наук: 19.00.04 / Коваленко Наталя Петровна. - Санкт-Петербург, - 2002. - 492с.

6. Хорни К. Женская психология: пер. с англ - СПб. : Восточно-Европейский институт психоанализа, 1993. - 222 с. - (Шедевры мировой науки: Т.1; Библиотека психоаналитической литературы).

7. Абдурасулова Т.Д., Лимина О.В. Ефимова Н.В. Индивидуално-психологические особенности неработаюших женщин //Семейная психология и семейная терапия. - 2006.-№2.-С.114-126.

8. Баз, Л.Л. Исследование и восприятие психологической поддержки беременными женшинами / Л.Л. Баз, О.В. Баженова // Психологический журнал. 1994. Т. 15. №1.- 137 с.

9. Бергум, В. Моралний опит беременности и материнства / В. Берггум // Человек. 2000. № 2. - С. 16 - 27.

10. Филиппова Г.Г. Динамика психологического состояния женщин во время беременности и после родов Вопросы психологии, 2002, №1.

280

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.