Научная статья на тему 'AYOLLARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI AMALGA OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

AYOLLARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI AMALGA OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
muloqot / nazariya / amaliyot / ko‘nikma / malaka / madaniyat / texnologiya / imkoniyatlar / tafakkur / sanogen.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qo‘Chqarova Feruza Mamatqosimovna

Ushbu maqolada ayollarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYOLLARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI AMALGA OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

AYOLLARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI AMALGA OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Qo'chqarova Feruza Mamatqosimovna

Andijon davlat universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi v.b.professori, p.f.f.d (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10659318

Annotatsiya. Ushbu maqolada ayollarda sanogen tafakkurni rivojlantirishningpsixologik xususiyatlari yuzasidan fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: muloqot, nazariya, amaliyot, ko'nikma, malaka, madaniyat, texnologiya, imkoniyatlar, tafakkur, sanogen.

Аннотация. В статье представлены мысли о психологических особенностях развития саногенного мышления у женщин.

Ключевые слова: общение, теория, практика, навыки, компетентность, культура, технология, возможности, мышление, саноген.

Abstract. This article presents thoughts on the psychological characteristics of the development of sanogenic thinking in women.

Keywords: communication, theory, practice, skills, competence, culture, technology, opportunities, thinking, sanogen.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyotida raqobatning tobora kuchayib borishi sharoitida ta'lim sohasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi strategik sohalardan biri sifatidagi o'rni alohida ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda ham uzluksiz ta'lim tizimini sifat jihatdan rivojlantirish borasida ta'lim sifatini yuksaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish va tizimning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar asosida mustahkamlash kabilar bilan bir qatorda ayollarga ta'lim sohasidagi yaratilayotgan shart-sharoitlarning tashkiliy jihatlarini takomillashtirishga e'tibor berilmoqda.

Akademik Q.X. Abduraxmonovning "Inson taraqqiyoti" nomli darsligida O'zbekiston Respublikasi ta'lim darajasi bo'yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida turishi ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. O'zbekistonda ta'lim ko'rsatkichi 0,998 ni tashkil etgani holda jahon bo'yicha ushbu o'rtacha ko'rsatkich 0,77 ga tengdir.

A.Madaliyevning "Boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyoti indeksini baholash mexanizmlarini takomillashtirish" nomli tadqiqot ishida boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq qilingan. Ta'lim inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyotini rivojlantirish bilan bog'liq masala.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81 sonli farmonida xotin-qizlar ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish yuzasidan quyidagi mexanizmlar aniq belgilandi xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish; gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish; oilaning tarbiyaviy-ta'lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish vazifasi belgilangan

Ayollarni ish bilan ta'minlashdagi asosiy to'siqlar ijtimoiy-ruhiy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy, demografik turlarga bo'linib, unda oilaviy yumushlar, farzandlar tarbiyasi, kasbiy

malaka darajasi, ijtimoiy infratuzilma sohalarining rivojlanishi va demografik o'ziga xoslik natijasida kelib chiquvchi bir qator muammolar, ularning yechimi bevosita ayollar mehnat bozorini tartibga solish ustuvorliklari, boshqaruv, tashkiliy va moddiy rag'batlantirishlar har tomonlama islohotlarni amalga oshirishga tayanadi.

Ayollarga nisbatan davlat siyosatining umumiy ustuvor yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekistonning xalqaro majburiyatlari va Ayollar holatini yaxshilash bo'yicha IV Jahon konferensiyasining «Tenglik, taraqqiyot va tinchlik manfaalaridagi harakatlar» tavsiyalariga binoan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va erkinliklar tamoyilini amalga oshirish va teng imkoniyatlar yaratishga qaratiladi. Shuningdek, u Innovasion faoliyat to'g'risidagi qonun, Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va boshqa me'yoriy -huquqiy hujjatlarda asoslangan.

Davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilganligi biuvonarli xoldir. 2022/2023-o'quv yilidan har yili 2100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotinqizlarning ta'lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to'lab berildi. mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma'lumotga ega bo'lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat TMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o'qishga qabul qilinmoqda

Shuningdek, ularning ilm-fan bilan shug'ullanishga quyidagi sharoitlar belgilandi xotin-qizlarga dizayn, to'qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo'lgan boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim beradigan alohida universitet ochiladi, davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo'yicha alohida o'quv kurslarini tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar o'qitiladi.

Ayollarni kasbga o'qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta'minlash loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish borasida aniq choralar belgilandi:

- har yili nodavlat tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 ming baravari miqdorigacha grantlar berish uchun Oila va xotin-qizlarni qo'llabquvvatlash davlat maqsadli jamg'armasiga kamida 50 milliard so'm ajratiladi. Byudjet tashkilotlariga qiymati BHMning 750 baravarigacha bo'lgan mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri sotish huquqi berildi;

-oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotinqizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022 yilda qo'shimcha 1 trillion so'm ajratildi;

- 2022 yilda 4 trillion so'm tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug'ullanish va kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarga yo'naltirildi;

- xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlarining 300 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurslari jalb etiladi;

Shuningdek, yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ta'lim xizmatlari bozorida ayollar o'rni, ularning mehnatini tashkil etish bir qator o'zaro bog'langan komponentlar, nazariy-metodologik yondashuvlarga asoslangan o'z ichiga metodika va amalga oshirish strategiyalarini qamrab olgan tadqiqot tizimidir. Mazkur tizimning rivojlanishi raqobatbardosh xotin-qizlarning kasbiy va umumiy ta'lim olishlarining yuqori darajasini talab qiladi, xalqaro standartlarni e'tiborga olgan holda, oliy ma'lumotli va raqamli ko'nikmalarga ega bo'lgan ayollar uchun masofaviy ish o'rinlarni yaratish va ayollar mehnatini tashkil etish strategiyasining asosiy yo'nalishlarini belgilash maqsadaga muvofiqdir.

Ayollarning jamiyatda munosib o'rin egallashlarida ijtimoiy-ruhiy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy, demografik omillar ta' sir ko'rsatib, unda oilaviy yumushlar, farzandlar tarbiyasi, kasbiy malaka darajasi, ijtimoiy infratuzilma sohalarining rivojlanishi va demografik o'ziga xoslik natijasida kelib chiquvchi bir qator muammolar, ularning yechimi bevosita ayollar mehnat bozorini tartibga solish ustuvorliklari, boshqaruv, tashkiliy va moddiy rag'batlantirishlar har tomonlama islohotlarni amalga oshirishga tayanadi.

REFERENCES

1. Xalqaro ta'lim xizmatlari bozori ma'lumotlari. https://cyberleninka.ru/article/n/mirovoy-rynok-obrazovatelnyh-uslug-vyssheyshkoly;http://www.m-economy.ru/art.php?nArtId=3649

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 2022 йил.21.12.Lex.uz.

3. Ubaydullayeva R. A., Raximova N. X. Usloviya i faktorbi povbisheniya sosialnogo statusa jenщin Uzbekistana // Sosiologicheskiye issledovaniya. 2015. № 5. S. 110

4. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik. - T.: Iqtisodiyot, 2013. -B. 492.

5. Madaliyev A. Boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyoti indeksini baholash mexanizmlarini takomillashtirish. I.f.d.dissertatsiya T. 2021 187 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.