Научная статья на тему 'AYOL VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI OʻRNI. OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIK'

AYOL VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI OʻRNI. OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIK Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYOL VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI OʻRNI. OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIK»

AYOL VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O'RNI. O'ZBEKISTONDA GENDER

TENGLIK 1A.A. Axmedova, 2M.P. G'ofurova

1 "O'zbek tili vaprofessional ta'lim" kafedrasi katta o'qituvchisi, 2talaba Toshkent kimyo-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10849241 Xalqimiz azal-azaldan ona siymosini, ayol zotini yaratganning ulug' ne'mati, tengsiz mo'jizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi.

Ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ham ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilangan.

Ayolni e'zozlash, unga ehtirom ko'rsatish Sharq xalqlariga, jumladan, o'zbek xalqiga xos xususiyatdir. Tariximizga bir nazar solsak, qanchadan qancha buyuk ishlar boshida To'maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya kabi ayollar turganiga guvoh bo'lamiz. Ular o'z jasorati, aql-idroki va mardligi bilan tarixga o'z ismlarini muhrlab qo'ygan. Shunday siymolar davomchilari ekanligimizning o'ziyoq bugungi kun xotin-qizlarga g'urur va sharaf tuyg'ularini his qilishga sabab bo'la oladi. Muborak hadisi sharifda keltirilgan "Jannat onalar oyog'i ostidadur","Avval onangizga, yana onangizga, va yana onangizga, so'ngra otangizga yaxshilik qiling", degan benazir so'zlarda ham ana shu adoqsiz ehtirom namoyon bo'lib turibdi.

Millat ayollarni nechog'lik ulug'lasa, uning o'zi ham shunchalik ulug'lanadi. Xalqimizda "Er vaziri-xotin", degan naql bor. Bu o'rinda ayol, o'z jufti-halolining yaqin maslakdoshi, o'z fikri va qarashlariga ega shaxs, yetakchiga yo'l ko'rsata olish qobiliyatiga ega oqila inson sifatida namoyon bo'lmoqda.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xotin-qizlarning har sohada ijtimoiy-siyosiy faolligiga bo'lgan e'tibor yuksaldi.

Mamlakatimizda ayol qadrini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, albatta, bu borada huquqiy asoslar yaratilganligi va muntazam takomillashtirib borilayotganligi bilan hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar» deb belgilanganligi mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish borasidagi tizimli islohotlar uchun bosh huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

"Gender" tushunchasining lug'aviy ma'nosi lotincha "genus", ya'ni "jins" ma'nosini anglatadi. Agarda, biologik jins insonlarni ayol va erkaklarga ajratadigan bo'lsa, gender - bu ayol va erkaklarning jamiyatdagi o'rnini ajratishga qaratilgan. Jamiyatda ayol va erkaklarning o'z o'rnini topishi va belgilashi uchun davlat ularga bir xil sharoit va imkoniyat yaratib berishi gender tenglikni ta'minlashda asos bo'lib xizmat qiladi.

Gender — xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ko'rsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi.

Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidadir.

Dunyo tajribasiga ko'ra, gender tenglik davrida xotin-qizlarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan aniq rejali ishlarni amalga oshirish juda muhim. Shu nuqtai nazardan, O'zbekistonda ham xotin-qizlarning sifatli ta'lim olish huquqini ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, qizlar tarbiyasi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, zamonaviy bilim va hunarlarni egallashi, ish joyiga ega bo'lishi, jamiyatda munosib o'rnini topishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi "Xotin- qizlarni qo'llab-quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida PF-5325- sonli Farmoni e'lon qilindi. Mazkur Farmon asosida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, ta'lim muassasalarida rahbar ayollarning o'quv jarayonida samaradorligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovordir.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili - Ombudsman lavozimiga hamda Parlamentning Qonun chiqaruvchi palatasi Spikeri lavozimiga ayol kishining nomzodi loyiq, deb topilgani ham ko'p narsani anglatadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Senatda esa, bu ko'rsatkich qariyb 25 foizga yetdi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham faol ayollardan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mutafakkirlarimizning "Bitta qiz bolani o'qitsang - butun oilani o'qitgan bo'lasiz" degan dono so'zlarini keltirar ekan, mamlakatimizda qizlarimiz zamonaviy bilimlar va kasblarni egallashlari, ilm-fanni rivojlantirishda peshqadam bo'lishlari, jamiyatda va oilada namuna ko'rsatishlari uchun hamma shart-sharoitlar yaratilishini ta'kidlaganlar. Buning zamirida hayotiy haqiqat borligini, albatta, hammamiz yaxshi bilamiz.

Qizlarning ilmli bo'lishini rag'batlantirish uzoqni ko'zlab bosilgan muhim qadamdir. Bugungi talaba qiz ertangi kunda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishi bilan birga, ilmli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega farzandni tarbiyalaydigan ona ham bo'ladi.

Ma'rifatli ayol o'z sohasida ham, oilada ham kelajakka dahldor to'g'ri qaror qabul qilinishiga munosib hissa qo'shadi.

Mushohadalarimizni Prezident Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so'zlari bilan yakunlamoqni o'rinli deb bildik: "Onani, ayolni rozi qilsak, xalq bizdan rozi bo'ladi...".

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda ilmli, bilimli ayollarimiz qancha ko'p bo'lsa, qanchalik ularni qo'llab-quvvatlasak, ilm-fanimiz shunchalik rivojlanib borishi muqarrar.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlarning muhim omili hisoblanadi. Zero, ayol - oila ustuni va jamiyat ko'rki.

Oilalarimiz tinch va farovon bo'lsa, jamiyatimiz, davlatimiz ham mustahkam oilalar negiziga qurilgan davlat bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmoni.

2. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.2019)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.