Научная статья на тему 'AYOL PSIXOLOGIYASIGA OILAVIY AJRIMLARNING TA`SIRI HAMDA RUHIYATDAGI O`ZGARISHLARNING NAMOYON BO`LISHI'

AYOL PSIXOLOGIYASIGA OILAVIY AJRIMLARNING TA`SIRI HAMDA RUHIYATDAGI O`ZGARISHLARNING NAMOYON BO`LISHI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
437
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
nikоh shаrtlаri / аjrim mоtivlаri / аjrim turlаri / аjrim sаbаblаri / оilаviy аjrim оqibаtlаri. / conditions of marriage / reasons for divorce / types of divorce / causes of divorce / consequences of family divorce.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — F. Umatova

Ayol psixologiyasi alohida o`rganiladigan nozik mavzu hisoblanadi. Oilaviy ajrimni boshidan kechirgan ayolning ruhiyati, uning dunyoqarashi o`ziga xos, e`tibor qaratish lozim bo`lgan sohadir. Oilаviy аjrаshishlаr qаdimdаnоq mаvjud bо‘lib, u jаmiyаt bаrqаrоrligigа jiddiy tа’sir kо‘rsаtib kelgаn. Оilаviy аjrimlаr оrtib bоrmоqdа.Аjrimlаr tаrixini bilish bugungi kundа uni оldini оlishdа muhimdir. Mаzkur mаqоlаdа оilаviy аjrimlаrning аyоllаr ruhiyаtigа tа`siri hаmdа psixоlоgik tа`sir yо`nаlishlаri kо`rib chiqilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF FAMILY DECISIONS ON FEMALE PSYCHOLOGY AND THE MANIFESTATION OF CHANGES IN THE PSYCHE

Women's psychology is a sensitive topic that is studied separately. The psyche of a woman who has experienced a family breakup, her worldview is a special area that should be paid attention to. Divorce has existed since ancient times, and it has had a serious impact on the stability of society. Family divorces are on the rise. Knowing the history of divorces is important to prevent them today. This article examines the influence of family rulings on the psyche of women and the directions of psychological influence.

Текст научной работы на тему «AYOL PSIXOLOGIYASIGA OILAVIY AJRIMLARNING TA`SIRI HAMDA RUHIYATDAGI O`ZGARISHLARNING NAMOYON BO`LISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AYOL PSIXOLOGIYASIGA OILAVIY AJRIMLARNING TA SIRI HAMDA RUHIYATDAGI OZGARISHLARNING NAMOYON BOLISHI Umаtоvа Feruzа Аbdumuminоvnа

GULDU Pedagogika va psixologiya 2-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7195902

Annotatsiya. Ayolpsixologiyasi alohida o rganiladigan nozik mavzu hisoblanadi. Oilaviy ajrimni boshidan kechirgan ayolning ruhiyati, uning dunyoqarashi o^ziga xos, e tibor qaratish lozim bolgan sohadir. Oilaviy ajrashishlar qadimdanoq mavjud bo'lib, u jamiyat barqarorligiga jiddiy ta'sir ko'rsatib kelgan. Oilaviy ajrimlar ortib bormoqda.Ajrimlar tarixini bilish bugungi kunda uni oldini olishda muhimdir. Mazkur maqolada oilaviy ajrimlarning ayollar ruhiyatiga ta'siri hamda psixologik tasir yo'nalishlari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: nikoh shartlari, ajrim motivlari, ajrim turlari, ajrim sabablari, oilaviy ajrim oqibatlari.

ВЛИЯНИЕ СЕМЕЙНЫХ РЕШЕНИЙ НА ЖЕНСКУЮ ПСИХОЛОГИЮ И ПРОЯВЛЕНИЕ ИЗМЕНЕНИЙ В ПСИХИКЕ Аннотация. Женсшя ncuxonozun - делиштный предмет, KomopbiU mynaemcn omdenbuo. Психиш женщины, пережившей pacnad семьи, ее мирoвoззрeниe - oсoбaя cфepa, нa кoтopую следует oбpaтить внимaниe. Pa3eod существует с древних времен и oкaзывaeт cepьeзнoe влияние нa cтaбильнocть oбщecтвa. Рacтeт hu^o семейных paзвoдoв, и ceгoдня вaжнo знaть иcтopию paзвoдoв, нтoбы npeдoтвpaтить их. В дaннoй cтaтьe paccмaтpивaeтcя влияние семейных уcтaнoвoк нa психику женщины и нanpaвлeния ncихoлoгинecкoгo вoздeйcтвия.

Ключевые слова: уcлoвия бpaкa, причины paзвoдa, виды paзвoдa, причины paзвoдa, noследствия paзвoдa семьи.

THE EFFECT OF FAMILY DECISIONS ON FEMALE PSYCHOLOGY AND THE MANIFESTATION OF CHANGES IN THE PSYCHE

Abstract. Women's psychology is a sensitive topic that is studied separately. The psyche of a woman who has experienced a family breakup, her worldview is a special area that should be paid attention to. Divorce has existed since ancient times, and it has had a serious impact on the stability of society. Family divorces are on the rise. Knowing the history of divorces is important to prevent them today. This article examines the influence of family rulings on the psyche of women and the directions of psychological influence.

Key words: conditions of marriage, reasons for divorce, types of divorce, causes of divorce, consequences of family divorce.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning tub negizi va mohiyati oilaga, uning sub'ektlari tarbiyasi va ta'siriga borib taqaladi. Chunki davlatimizda, birinchidan, oila qadriyat darajasiga ko'tarilgan tushuncha, ikkinchidan, davlat va jamiyatning asosiy negizi, uchinchidan islohotlar samarasini ro'yobga chiqaruvchi omillar avvalo oilada vujudga keladi va shakllanadi.

Yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab oila manfaatlari, ona va bola huquqlarini ta'minlash maqsadida oilalarning turmush tarzi, ruhiyati va tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish, ularni hayotga hamda oilaga, tug'ilib o'sayotgan yurtiga muhabbatini kuchaytirish va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shu orqali har tomonlama komil va barkamol avlod yetishtirishga intilish vazifasini amalga oshirish davlatimiz siyosati darajasiga ko'tarilgan edi. Bugungi kunda ham ushbu soha strategik maqsadlar va tizimli xaritalar orqali yanada takomillashib bormoqda, eng asosiysi muammolarning tub ildizi ochilmoqda, mohiyati o'rganilmoqda. Mavzuning dolzarbligi shundaki, oilaviy ajrimlarni kelib chiqish sabablarini o'rganmay turib, oilalarni mustahkamligiga erishib bo'lmaydi. Bu borada olib borilgan tahlillarimiz oilaviy ajrimlar borasidagi faoliyatni takomillashtirishni taqazo etadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Oilaviy ajrimlarda nikoh motvlari muhim rol o'ynaydi. Bu barcha halqlar hayot tarzida ham milliy qadriyat darajasiga chiqib ulgurilagn urf-odatlarimiz oila mustahkamligini ta'minlashning asosi bshlib kelgan. Oilaviy ajrimlar turlicha talqin etilgan. Masalan qadimda Xitoyda oilaviy ajrimlar sababini avvalo kelindan izlashgan Qadimgi Yunonistonda esa, oilaviy ajrimlar anchayin yengil kechgan. Bunda ajrashishini er va xotin guvohlar oldida ajrashishi sababini aytib, nikohlari buzilganligini bildirgan.Bunday ajrimlarda huquh asosan er tomonda bo'lib, agar ajrim tashabbusi ayol kishidan chiqsa ajrimga erishish ancha qiyin kechgan [2]. Qadimgi Rim imperiyasida ham istilo qilingan hududlar va butun Italiya miqyosida oilaviy ajrimlar masalasiga jiddiy e'tibor qaratishgan [3].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Ajralishlarning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er- xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kimekanligida namoyon bo'ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o'zbek (qishloqlarda) oilalarida ajralish tashabbuskori ko'proq erkaklar bo'ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo'lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko'proq ayollar bo'ladi. Biz sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulohazalarimizni bildirishdan oldin o'zbek oilalarida ajralishlarning o'ziga xos xarakteri, ya'ni boshqa (ayniqsa chet mamalakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to'xtalibo'tishni lozim topdik. Bu quyidagi ob'ektiv omillarga bog'liq bo'lishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko'proq tanqidiy muhokama qilinadi [3]. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgandan so'ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki o'zbek millatidagi o'ziga xos urf-odatlar o'zbek ayolining uy-joylarni eriga qoldirib, o'z ota-onasinikiga (uning aka-ukalari o'z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo'ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so'ng qayta oila qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu ob'ektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi o'zbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko'nikib yashayveradilar. Ba'zi ayollar, aslida eri bilan birga yashamayotgan bo'lsalar-da (hatto yillab), erlaridan «o'ch olish» maqsadida, uning boshqaga uylanishiga yo'l qo'ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga ko'nmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha imtiyozli vaziyatda bo'ladilar: ular ajralishgandan so'ng o'z yaqinlari tomonidanko'proq qo'llab-quvvatlanadi. Bolasi yo'q bo'lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug'dirmaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bundan tashqari u ajralishdan so'ng oldingi sharoitda — o'z (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo'ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralishlarning tashabbuskorlari ko'proq erkaklar bo'ladilar. Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo'lsa, unda hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga ko'ra bu «ozodlik» «kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo'lgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida bo'lishi mumkin. Ayollar uchun: Ajralish q ozodlik + bola + aliment ± uy + yolg'iz onalarga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi.Erkaklar uchun: Ajralish q ozodlik - bola -aliment ± uy + yangi oila qurish imkoniyati. Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko'rsatadigan asosiy ta'sirlarini sanaydigan bo'lsak, ular quyidagicha bo'ladi: Jamiyat uchun — Noto'liq oilalar soniko'payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo'ladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi [4].

Ma'lumki, o'zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to'g'ri keladigan «tirik yetim» bolalar soni o'zbek oilalarida 2-2,5 martaga ko'p. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ning quyi saviyada ekanligi va o'ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o'zbek oilalarida ko'proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko'ra ajralishlarning salbiy asoratlari o'zbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.

XULOSA VA MUNOZARA

Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini ilmiy asosda o'rganish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Bu o'rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida o'tkaziladigan sud ishlarida ajralmoqchi bo'lgan oila buzilishining asl sababini aniqlab, nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo'l qo'yilmoqda.

REFERENCES

1. Axmedova Z. Men ajrashmayman. - Toshkent, 2018 yil.

2. Giddens E. Sotsiologiya Moskva, 2015, to'ldirilgan uchinchi nashri.

3. Oila ensiklopediyasi. Milliy ensiklopediya nashri, - Toshkent, 2019.

4. Ganieva, M. S. (2021). IN THE SOCIETY OF WOMEN-GIRLS INNOVATION-THE SOCIO-PHILOSOPHICAL ESSENCE OF ENTREPRENEURIAL

ACTIVITY. Scientific progress, 2(8), 947-951.

5. ^ниев, Б. С., & TaH^Ba, М. С. (2020). Семья KaK вaжный ^цтальный фaктoр фoрмирoвaния предпринимaтельских тавышв у мoлoдежи (Опыт Y3ÔeKTOTaHa). In Проблемы социальной психологии и социальной работы (pp. 25-27).

6. TAHMEB, Б., & TaH^Ba, М. С. (2019). Религиoзнo-ислaмские и духoвные ^рни предпринимaтельскoй деятельнoсти в Средней Aзии. In ИДЕАЛЫ И ЦЕННОСТИ ИСЛАМА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОСТРАНСТВЕ XXI ВЕКА (pp. 332-335).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.