Научная статья на тему 'AYDAR KO‘L SUV HAVZASINING IXTIOFAUNASI TARKIBI VA AHAMIYATI'

AYDAR KO‘L SUV HAVZASINING IXTIOFAUNASI TARKIBI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ixtiofauna / teza / antiteza / Aydarko’l / AAKT / ixtiologik metodlar / SL / TL

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Dexqonova Diloraxon Rasuljon Qizi, Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor O‘G‘Li, O‘Sarov Asilbek Abdug‘Appor O‘G‘Li

Maqolada Aydarko‘lning fizik kimyoviy hamda ixtiofaunistik xususiyatlari, Aydarko‘l suv havzalaridan baliqchilik obekti sifatida samarali foydalanishning zaruriyati, Aydar ko‘lning ixtiofaunasi tarkibi, holati, eng ko‘p uchrovchi ovlanish ahamiyatiga ega turlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur tadqiqot ishida umumqabul qilingan ixtiologik metodlardan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYDAR KO‘L SUV HAVZASINING IXTIOFAUNASI TARKIBI VA AHAMIYATI»

UO'K: 597: 639.3(575.1)

AYDAR KO'L SUV HAVZASINING IXTIOFAUNASI TARKIBI

VA AHAMIYATI

1Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi, 2Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor o'g'li, 3O'sarov Asilbek Abdug'appor o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi, b.f.f.d., (PhD) 2,3Toshkent davlat agrar universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11473856

Anotatsiya. Maqolada Aydarko'lning fizik kimyoviy hamda ixtiofaunistik xususiyatlari, Aydarko'l suv havzalaridan baliqchilik obekti sifatida samarali foydalanishning zaruriyati, Aydar ko'lning ixtiofaunasi tarkibi, holati, eng ko'p uchrovchi ovlanish ahamiyatiga ega turlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur tadqiqot ishida umumqabul qilingan ixtiologik metodlardan foydalanilgan.

Kalitso'zlar: ixtiofauna, teza, antiteza, Aydarko'l, AAKT, ixtiologikmetodlar, SL, TL.

Аннотация. В статье представлены сведения о физико-химических и ихтиологических характеристиках озера Айдаркуль, необходимости эффективного использования озера как рыболовного объекта, наиболее распространенных видов промыслового значения в ихтиофауне Айдаркуля. В работе использованы общепринятые ихтиологические методы.

Ключевые слова: ихтиофауна, теза, антитеза, Айдаркул, ААСО, ихтиологические методы, SL, TL.

Abstract. The article provides information on the physico-chemical and ichthyofaunistic characteristics of Aidar lake, the need to effectively use Aidar reservoirs as a fishing facility, the composition and condition of the ichthyofauna of Aidar Lake, and the most common species of hunting importance. Generally accepted ichthyological methods were used in this research work.

Key words: ichthyofauna, thesis, antithesis, Aidar lake, AALS, ichthyological methods, SL,

TL.

Kirish. Dunyoda aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash, bioxilma-xillikni saqlab qolish va tabiat zaxiralaridan samarali foydalanishga asosiy muammolar sifatida qaraladi. Shuningdek, tabiiy suv havzalari zahiralaridan samarali foydalangan holda ovlanish ahamiyatiga e ga bo'lgan baliqlarni ovlash hajmini oshirishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining ham bir qator qarorlari meyoriy hujjatlarida ham o'z aksini topgan.

Tabiiy suv havzalarida baliq ovlarini samarali tashkil etishning muvaffqiyatli bo'lishi uning ixtiofaunasi holati, populyatsiyasi bilan chambarchast bog'liqdir. Shuning uchun ham tabiiy suv havzalari baliq zahiralari holatini aniqlash va ilmiy tadqiqotlar o'tqazish u yerdagi bioxilmaxillik, ekologik muvozanatni saqlash va yirtqich baliqlarni yashab ketishi uchun bog'liq bo'lgan ovlanish ahamiyatiga ega bo'lmagan baliqlarning hamda ovlanish ahamiyatiga ega bo'lgan baliq turlari sonining bugungi kundagi holati, jinsiy voyaga yetishi, uning ko'payishi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish ixtiologik va baliqchilik sohasidagi tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.[2]

Ixtiofauna holatini bilish va unga baho berish o'rganilayotgan suv havzasining fizik -kimyoviy holati geografik joylashuvida ham katta ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtga kelib AAKT Orol dengizi havzasidagi eng yirik ko'llar tizimiga aylandi. Tizimga halokatli suv tashlashlardan tashqari undan sizot suvlari to'planadigan havza sifatida ham foydalanish boshlandi. AAKT Sirdaryo o'rta oqimida joylashgan bo'lib u asosan Chordara suv omboridan suv oladi hamda Sirdaryo va Jizzax viloyatidagi barcha drenaj kanallari suvini ushbu tizimga quyadi. [1]

Aydarko'l AAKTdagi eng yirik ko'l hisoblanadi va uning uzunligi 200 km., maydoni esa -3200 km.2dan ortiqni tashkil etadi. Ko'l suvining hajmi -5727 mln. kub. m.3, maksimal chuqurligi - 22 m., o'rtacha chuqurligi - 7-9 metrdan iborat. (1-rasm)

Aydarko'l sanoat usulida baliq ovlash imkoniyati bo'lgan ko'lga aylangan. Shuning uchun ham Aydar ko'lning ixtiofaunasini o'rganish uchun olib borilayotgan tadqiqotlar ushbu suv havzadagi hozirgi holatini aniqlashda hamda baliqchilik sohasida, baliq ovlash sanoatida ulardan oqilona foydalanishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

1-rasm. Adarko'l suv havzasining geografik joylashuvi Tadqiqot materiali va uslublari. Aydar-arnasoy ko'llar tizimi xusussan, Aydarko'ldan 2023-2024 yillar davomida o'tkazilgan tadqiqot ovlari natijasida to'plangan, shuningdek, baliqchilik brigadalari tomonidan sanoat usulida ovlangan baliqlar olinib ularning turlari hamda sistematik holatiga aniqliklar kiritildi. Baliqlarni aniqlashda mavjud aniqlagich adabiyotlardan hamda T.Salihov, M.Yuldashov, B.Kamilovlarning "O'zbekiston baliqlari" monografiyasidan ham foydalanildi. Aniqlik kiritilayotgan baliq oilarini aniqlash kaliti bo'lgan belgilardan foydalanib qaysi oilaga mansubligi baliqlarning xarakterli belgilari o'rganildi, teza antiteza yordamida turga aniqliklar kiritildi. Meristik belgilari sanash orqali hamda plastik belgilari o'lchash yo'li bilan aniqlandi.

Materiallarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish umumiy qabul qilingan ixtiologik metodlarga muvofiq amalga oshirildi. Baliqlarni umum biologik tahlil qilishda ularning umumiy uzunligini (TL) 0,1 sm gacha aniqlikda va standart uzunligini (SL) (tangacha qoplami tugagan joygacha) 0,1 mm aniqlikda o'lchandi. Umumiy tana og'irligini (W, g) 1 gramm og'irlikkacha aniqlikda o'lchandi. (1-jadval).

1 - jadval. Aydarko'lning ixtiofaunasining hozirgi holati

Suv

№ Baliq turlari havzasida

uchraydi

1 Orol chavoqbalig'i - Rutilus aralensis Berg. +

2 Qizilqanot - Scardinius erythrophthalmus (L) +

3 Oq amur - Ctenopharyngodon idella (Val) +

4 Turkiston qumbalig'i- Gobio gobio lepidolaemus K. +

5 Qilichbaliq - Pelecus cultratus L. +

6 Kumush tovonbaliq -Carassius auratus gibelio +

7 Sazan - Cyprinus carpio L +

8 Oq do'ngpeshona - Hypophthalmichthys molitrix +

9 Gambuziya - Gambusia affinis holbrookii (Jir) +

10 Oq sla - Sander - lucioperca L +

Natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra Aydarko'l suv havzasida ixtiofaunasining tarkibi bugungi kunda 10 turdan iborat ekanligi aniqlandi. Suv tarkibi hamda holatini mundatazam ravishda o'zgarib borganligini bunga sabab qilib ko'rsatish mumkin. Oxirgi yillarda baliq turlari soni kamayganligi kuzatilgan. Aydar ko'l ixtiofaunasi tarkibini taxlil qiladigan bo'lsak ovlanish ahamiyatiga ega bo'lgan turlardan oq amur, sazan, oq do'ngpeshona, karas, oq sla baliqlari va shuningdek ko'p miqdorda orol chavoq balig'i uchraydi. Orol chavoq balig'i hamda oq sla baliq q turi to'dalari o'zlari uchun qulay bo'lgan muhitni topgan. Boshqa turlarning miqdori kam va turli yillarda o'zgarib turadi.

Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Aydarko'l Aydar-Arnasoy ko'llar tizimining eng yirik suv havzasi hamda O'zbekistonning eng yirik ichki suv havzalaridan biri sanaladi. Shuning uchun undan baliqchilik maqsadlarida maksimal darajada foydalanish va undan ovlanayotgan baliq hajmini oshirish kerak. Shuningdek, sanoat usulida ovlashda texnologik jihatdan zamonaviy vositalardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Suv havzasidagi baliqlar to'dasi holatini doimiy monitoring qilib borish talab etiladi. Eng avvalo suv tubi holatini o'rganib suv havzasidagi yirik baliqlar qishlash uchun to'planadigan chuqur joylarini toppish va baliq o vlashda nevodlar bilan birga katak o'lchamlari 55 mm dan katta bo'lgan quyma to'rlardan foydalanish mumkin. Hamda suv havzasidan baliqchilikda samarali foydalanish va bioxilmaxilligini saqlashda ixtiofaunasi tarkibini aniqlashga doir ilmiy izlanishlar olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Dexqonova D.R. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimidagi oq sla (Sander lucioperca L) balig'ining morfo-ekologik xususiyatlari. // Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - Toshkent. 2023. - 5b, 12b.

2. Maxmurov I.B., Dexqonova D.R. "Aydar - Arnasoy ko'llar tizimi ixtiofaunasi va baliqchilikdagi ahamiyati" O'zbekiston agrar fani xabarnomasi 1/2(13) Toshkent. 2024.124 b.

3. www.wikipedia.org.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.