Научная статья на тему 'O’zbekistondagi Ramsar ro’yxatiga kiritilgan suv botqoqlik hududlari'

O’zbekistondagi Ramsar ro’yxatiga kiritilgan suv botqoqlik hududlari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
127
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aydar-Arnasoy / Dengizko’l / Sudochi ko’llari / To’dako’l / Quyimozor / Orol dengizi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Feruza Axmedjanovna Nazarova

O’zbekiston Respublikasi hududidagi Ramsar ro’yxatiga kiritilgan suv havzalarining biologik xilma-xillikni saqlashda suv-botqoqlik hududlarining ahamiyati keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistondagi Ramsar ro’yxatiga kiritilgan suv botqoqlik hududlari»

O'zbekistondagi Ramsar ro'yxatiga kiritilgan suv botqoqlik

hududlari

Feruza Axmedjanovna Nazarova Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi hududidagi Ramsar ro'yxatiga kiritilgan suv havzalarining biologik xilma-xillikni saqlashda suv-botqoqlik hududlarining ahamiyati keltirilgan.

Kalit so'zlar: Aydar-Arnasoy, Dengizko'l, Sudochi ko'llari, To'dako'l, Quyimozor, Orol dengizi

Ramsar wetlands in Uzbekistan

Feruza Akhmedzhanovna Nazarova Bukhara State University

Abstract: The importance of wetlands in preserving the biological diversity of water bodies included in the Ramsar list in the territory of the Republic of Uzbekistan is presented.

Keywords: Aydar-Arnasoy, Dengizkol, Sudochi lakes, Todakol, Kuyimozor, Aral Sea

Bioxilma-xillik-jamyatning iqtisodiy, ekologik va madaniy estetik ehtiyojlarini qondirishning dolzarb va salohiyatli resursi hisoblanadi. U bo'lmasa jamyatning barqaror rivojlanishi mumkin emas. Biroq, bu ham ilmiy doiralarda tan olingan, dunyo genofond, biologik turlar va shakllantiradigan ekotizimlar nuqtayi nazaridan tezlik bilan yanada bir xillashib boryapdi. Buning sababi inson ta'siri bo'lib, avvalambor butun dunyo bo'ylab ta'minot, ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo'jaligi va sanoat rivojlanishi, uy-joy qurilishi, aholi o'sishning zamonaviy modellaming tez yoyilishi bois, biologik xilmaxillikka inson ta'siri yuksak darajada o'smoqda. Bioxilma-xillikning na iqtisodiy na ekotizim ahamyati hali keng ravishda ma'lum emas. Ayrim hollarda kishilar ekotizimi ichida biologik turlarning o'zaro bog'liqligi va qaysi bir turning yuqolishi boshqasiga ta'siri oqibatini yetarlicha tasavvur qila olmayaptilar. XXI asrga qadam qo'yilishi bilan bioxilma-xillikning kamayishini sekinlashtirish va borini saqlab qolish juda katta muammoga aylanib bormoqda. Bioxilma-xillikning shunday yovvoyi va xonaka yoki madaniylashgan biologik

turlarí tarkibi oziq-ovqatlarning va ko'pgina dori-darmonlaming shuningdek, sanoat mahsulotlarining almashlab bo'lmaydigan yagona manbai hisoblanadi.

Ramsar konvensiyasi va uning mohiyati, Ramsar ro'yxatiga kiritilgan ko'llarini bioekologik xususiyatlarini organish. To'dako'l va Quyimozor suv havzalari uning artofidagi biologikni xilma-xillik organish. Suv-botqoqlik hududlar to'g'risidagi konvensiya 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar shahrida 18 ta davlat tomonidan imzolangan bo'lib, ayni paytda unga dunyoning 170 dan ortiq davlati a'zo bo'lib kirgan. Mamlakatimiz ushbu konvensiyaga 2001-yilda qo'shilgan. O'zbekiston Respublikasi hududidagi Ramsar ro'yxatiga kiritilgan Aydar-Arnasoy, Dengizko'l, Sudochi ko'li, To'dako'l va Quyimozor suv havzalari bizga ma lum. Bugungi kungacha mamlakatimiz hududidagi ikkita, ya'ni Dengizko'l 2001-yili va Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi 2008-yilda xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlarning ma'lumot bazasi hisoblangan Ramsar ro'yxatiga kiritilgan. 2020 yil 17 sentabr ma lumotiga ko ra To'dako'l va Quyimozor suv omborlari Ramsar konvensuyasi ro'yxatiga kiritilgan.

Respublikamizda sun'iy suv havzalaridagi suv va suv oldi qushlarining ekologiyasi tarqalish strukturasi adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan edi. Oxirgi yillardagi ma lumotlar bu bo shliqlarni ancha to ldirdi desak boladi. Qushlar turining xilma-xilligini ta'minlashda uchib o'tuvchi qushlarni ovqatlanishi dam olishi uchun bu yerda imkoniyat mavjudligidir.

Suv-botqoqlik hududlar to'g'risidagi konvensiya Mamlakatimiz ushbu konvensiyaga 2001-yilda qo'shilgan bolsa qisqa vaqt ichida bioxilma-xillikning muhimligini ozida aks ettirdi. Biologik xilma-xillik ham jahon hamjamyati uchun, ham har bir davlat uchun muhum hayotiy manba hisoblanadi. 2,5 million kvadrat kilometrdan oshiqroq maydonni egallagan, butun dunyo bo'ylab 2000 dan ortiq suv-botqoq erlarni himoya qilishga olib kelgan muhim voqea. Botqoqlik - bu suv borligi bilan ajralib turadigan tabiiy muhit: botqoqlardan botqoqlarga, ko'llardan daryolarga, deltalardan lagunlarga, torf botqoqlariga va hatto sun'iy suv havzalariga. Ushbu hududlar juda muhim ekotizimlarni aks ettiradi va ko'plab baliqlar, amfibiyalar va suv qushlari uchun asosiy yashash joylarini saqlaydi, ularning aksariyati ko'chib yurish paytida ushbu joylarda to'xtaydi.

Aydarko'l - Aydar (Haydar) Aydarko'l Nurota-Qoratog' tizmasining shimoli-sharq qismi, Mirzacho'lning shimoli-g'arb qismida joylashgan bo'lib, geomorfologik tuzilishi bo'yicha Sirdaryoning allyuvial, Turkiston baland tog' hamda Quytosh-Nurota past tog'larining prollyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tekisliklarining depressiya (botiq) qismida joylashgan. Shimoliy qirg'oqlari Sharqiy Qizilqumga, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hududlariga tutashgan. Aydarko'lning o'rni Shimoliy Nurota tektonik bukilmasidan iborat. 1969 yilgacha Aydar sho'rxogi (botig'i) da mayda sho'r ko'llar va sho'rlar (Jalpoqsho'r) keng tarqalgan edi. 1968-

1969 yillarda yog'ingarchilikning haddan tashqari ko'p bo'lishi tufayli Sirdaryo oqimining bir qismi (qariyb 21 km3) Chordara suv ombori va Arnasoy orqali Aydar botig'iga oqizilgan, chunki Orol dengiziga oqizish uchun shuncha suv Sirdaryo o'zaniga sig'mas edi. Aydarko'l shu tariqa tashkil topgan.

Aydarko'lning tog' etagidagi janubiy qirg'oqlari ancha tekis va suv osti yon bag'irlari nisbatan tikroq, shimoliy qirg'oqlari notekis va qiya, orol va yarim orollar mavjud. Aydarko'lning shimoliy qismi ancha sayoz, o'rtacha chuqurligi 10-12 m, chuqur joylari 26-30 m, ayrim joylarda chuqurlik 40 m gacha yetadi. Aydarko'l va Tuzkon ko'llari Mirzacho'lning shimoliy qismida joylashgan. Bu sun'iy hosil bo'lgan suv havzalari yil sayin kengayib, qumliklar va o'z yo'nalishidagi tuproqlarni suv bilan bosib bormoqda. Ko'l cho'l sistemasida joylashgan suv havzasi, suvlikning nisbatan chuqur emasligi va atrofdagi tiriklik dunyosi uchun yagona manba hisoblanganligi sababli "Ramsar" konvensiyasiga kiritilgan. Shu boisdan hozirda ushbu ko'ldan ko'plab migrant qushlarni dam olish va oziqlanish davrida ko'plab sonda uchratish mumkin. Hozirda Aydarko'l atrofidagi qamishzorlarda, orollarda katta qoravoylarning minglab jufti uya qurib ko'payadi. Kuzatishlar davomida kichik qoravoylar ko'lda yil fasllarining deyarli hamma davrida uchraganligi sababli ham bu galalarda kichik qoravoylarning ham uyalari bor.

Oqqush - g'ozsimonlar turkumining o'rdaklar oilasiga mansub tur. Maqomi bo'yicha zaif, kamyob, O'zbekiston Qizil kitobiga 2(VU:R) kiritilgan, shimoliy Palearktika turi.O'zbekistonda uchrash xususiyati bo'yicha uchib o'tuvchi va qishlovchi tur sanaladi. Tekislikdagi suv havzalari va Orol dengizining janubiy qismida uchib o'tishda, Janubiy Surxon suv ombori, Tuzkon va Aydar ko'llarida qishlashda uchraydi. Bahorgi migratsiyasi fevral-aprel oylarida kuzatilsa, kuzgi migratsiyasi oktyabr, noyabr oylarida amalga oshadi. Qishlash muddati dekabr, fevral oylariga to'g'ri keladi. Bu davrda ular yirik suv havzalarning o'simliklar g'uj bo'lib o'sgan joylarini xush ko'radi. Qiyqirdoq oqqushlar suv havzalarida suv o'tlari va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Ovlash ta'qiqlangan. Sudoch e, Qoraqir, Tuzkon, Dengizko'l suv havzalarida tashkil etilgan buyurtmaxonalarda muhofazaga olingan.

Dengizko'l 2001-yili xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlarning ma'lumot bazasi hisoblangan Ramsar ro'yxatiga kiritilgan. Qo'riqlanadigan hudud. Ornitologik Davlat buyurtmaxonasi. Dengizko'l suv havzasi xalqaro (RAMSAR) maqomiga ega. Dengizko'l Buxoro shahridan 75 km janubiy-sharqda uncha uzoq bo'lmagan Turkmaniston respublikasi bilan chegaradosh. Suvi kuchli sho'rlangan. Ancha oldin Dengizko'l Zarafshon daryosining quyilish joyi bo'lgan. Umumiy maydoni 45 ming gektar bo'lgan. Suv sig'imi 0,08 - 1,5 mlrd/m3. eng chuqur joyi 30 m, o'rtacha 10 m. Asosiy suvni oqova suvlari hisobidan oladi. Keyingi yildagi ma'lumotlar o'zgargan. Hozirgi kunda maydoni 30-35 ming gektarga ozgarib turadi. Sababi kiradigan suv sathining kamayganligi va bug'lanishning yuqori bo'lishi. Ko'lning eng chuqur joyi

20-30 m, o'rtacha 10-15m. Dengizko'lda 133 qush turi qayd qilindi. 63 tur qush uya qurishi va 27 tur qishlovchi hamda 56 tur uchib o'tuvchi hisoblanadi. Qishlovchi qushlar 19277 dan 186634 tagacha bo'ladi. Qushlarning soni va tur tarkibi o'zgaruvchan dominant qushlar o'zgaruvchan 1987, 1986 va1990-91 yillarda qishlovchi qushlar 21297 dan 504000 gacha bo'lgan.

Dunyoda areali qisqarib borayotgan, uya quruvchi va qishlovchi janubiy g'arbiy Palearktik, tur. Respublikasi Qizil kitobiga 2(VU:D) kiritilgan.Respublikamizning deyarli barcha yirik suv havzalarida bahorgi va kuzgi uchib o'tishda qayd etiladi. Jumladan, janubiy Orolbo'yi suvliklarida uyalashda, Amudaryo, Zarafshon va Sirdaryo havzalarida uchib o'tish va qishlashda qayd etiladi. Pushti saqoqush ixtiofag tur bo'lganligi sababli migratsiya davrida baliq zahirasiga boy bo'lgan suv omborlari, yirik ko'llar va baliqchilik xo'jaliklarining hovuzlarida oziqlanishda qayd etiladi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, mazkur tur viloyat suv havzalarida yil davomida uchraydi. Respublikamizda pushti saqoqushlarni ovlash qat'iyan man etilgan va uni dunyodagi bir necha hayvonot bog'larida ko'paytirish yo'lga qo'yilgan. Respublikamizda ushbu nodir qush turi uya qurish vaqtida Janubiy Orolbo'yi suvliklarida, ayniqsa Sudoche ko'lida, migratsiya va qishlash davrida esa, Tuzkon, Qoraqir hamda Dengizko'l buyurtmaxonalarida muhofazaga olingan.

Sudochi ko'li. Sudochi ko'li atrofidagi hududlarni tiklash bo'yicha loyiha (GEJ/Jahon banki). Bu loyiha Orol dengizi Dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. U Amudaryo deltasining chap qirg'og'i qismida joylashgan Sudochi ko'li atrofidagi hududlarni muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan bo'lib, maxalliy Bioxilma-xillikni jiddiy tahdiddan saqlash, maxalliy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlami yaxshilash va yirik zovurlar yordamida oqova suvlami boshqarish maqsadlarini ko'zlaydi. Sudochi koli atrofidagi hudud uchib o'tuvchi qushlami saqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Shu kunlarda Qoraqalpog'istonning Mo'ynoq tumani hududida joylashgan Sudochye ko'llar tizimida ko'p sonli pushti flamingolar to'dalarini kuzatish mumkin. Umumiy maydoni 50 ming gektardan oshadigan ushbu ko'llar tizimida hozirda 230 dan ortiq turdagi minglab ko'chmanchi va doimiy yashovchi qushlar mavjud.

Sudochi ko'li o'zining joylashishi bo'yicha Sibir va Tundradan janubga va janubiy-sharqga, issiq mamlakatlarga va orqaga uchadigan transkontinental migrant qushlarning g'arbiy-osiyo migratsion yo'lida joylashgan. Mazkur ko'l Qoraqalpog'istonning shimoliy-g'arbida joylashgan bo'lib, bir necha ko'llar tizimidan tashkil topgan. Bu ko'llar tizimi qushlarning uya qo'yish, uchub o'tuvchi qushlarning dam olish, uchish oldidan oziqlanish o'rni bo'lib xizmat qiladi.

To'dako'l va Quyimozor suv havzalari. 1960 yildan boshlab Buxoro viloyati hududda suv tanqisligi muammosini bartaraf etish maqsadida, Amudaryodan suv oluvchi maxsus kanal qazildi va uning tarmoqlari turli yillarda ishga tushdi (1962 yilda Amu-Qorako'l, 1965 yilda Amu-Buxoro mashina kanalining birinchi navbati,

1975 yilda Amu-Buxoro mashina kanalining ikkinchi navbati). Mazkur kanallarning suvlarini jamlanadigan va ulardan mavsumiy foydalanishga mo'ljallangan 3 ta suv omborlari tashkil etildi.

To'dako'l suv ombori. O'tgan asrning 50 - yillrida bir xil strukturali tuproqdan tashkil topgan, 100 m uzunlikdagi, balandligi 120 m bo'lgan to'g'on qurilgan bo'lib, u Kogon stantsiyasidan 12 km shimoliy-sharq tomonda, Quyimozor stantsiyasining esa sharq tomonidagi Qiziltepa tumani To'dako'lshor o'tloq dalasida joylashgan edi. Natijada To'dako'l suv ombori yuzaga kelib, uning asosiy vazifasi irrigatsion suvni to'plash bo'lgan. Ushbu suv ombori Navoiy viloyatidagi yirik, oqar suvdan to'ldiriladigan suv ombori bo'lib hisoblanadi. To'dako'l suv omborining maydoni NPU holatida 22 ming gektarni tashkil etib, undagi suvning hajmi 310 mln m ni tashkil etadi. To'dako'l suvining maksimal chuqurligi 17 m, o'rtacha chuqurligi esa 5-7 m. Amu-Buxoro magistral kanali orqali Amudaryodan 1965 yili suv keltirilgach To'dako'l suv omborining gidrologik rejimi o'zgarib ketdi. Amudaryodan suv keltirilmasdan oldin ushbu suv ombori Zarafshon daryosining o'tkazuvchi kanallar orqali ortiqcha suvlarini olib keluvchi suv to'plagich sifatida xizmat qilgan. So'ngra esa Amudaryoning suvi Amu-Buxoro kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri To'dako'lga quyilib, uning faunasi ham to'g'ridan-to'g'ri ushbu suv omboriga qo'shilishi uchun yo'l ochilgan. To'dako'l va Quyimozor suv omborlari Ramsar konvensiyasi ro'yxatiga kiritildi. Ular Qizilqum cho'lining Janubiy G'arbidagi Navoiy viloyatida joylashgan va biogeografik jihatdan Markaziy Osiyodagi qurg'oqchil bo'lgan hududlar suvlarini saqlashga xizmat qiladi.

Respublikamizda biologik xilma - xillikni saqlash bo'yicha bir qator xalqaro konventsiyalar va kelishuvlar imzolangan. Biologik xilma - xillik to'g'risidagi konventsiya to'g'risida katta ishlar olib borilmoqda. Ko'chib yuradigan hayvonlarni saqlab qolish bo'yicha konventsiya doirasidagi kelishuvchlar bo'yicha ishlar muvaffaqiyatli olib borilmoqda (Bonn kelishuvi). Yo'qolib borayotgan tur - sibir turnasi - strexni saqlab qolish bo'yicha kelishuv, Afro - Yevroosiyo ko'chib yuruvchi suv botqoq qushlarini muhofaza qilish bo'yicha kelishuv (AEWA) xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan, asosan suvda yashovchi qushlar yashash joyi hisoblangan suv botqoqli yerlar to'g'risidagi xalqaro konventsiya doirasida katta ishlar bajarilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. F.A Fayziyeva, F.A Nazarova. Bioecology and useful properties of papaya or melon tree. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (3), 1778

2. XaHHTOB E3hh Kochmobhh, TomSeKOB HypSeK AxMagoBHH, Jumaeva To3ary. At3aMOBHa. The Formation of Water Collector-Resources Drainage

Network of Zarafshan Oasisand the Questions of Recycling. TEST Engineering & Management, 27380 - 27385.

3. Ф.А Назарова. ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ СРЕДСТВАМИ НАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКИ. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-127

4. F.A Nazarova, O. Jabborova. Protection of Atmospheric Air and its Role in Nature. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES 2 (10),

5. D.R Karshieva, F.A Nazarova, Z.H Tolibova. Atmospheric dust and its effects on human health. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (3), 1168

6. Ф. Назарова. Охрана атмосферного воздуха и его роль в природе. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 8 (8).

7. Ф.А.Назарова. BIOECOLOGY AND USEFUL PROPERTIES OF PAPAYA OR MELON TREE. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal 11 (3)

8. Ф Назарова. Охрана атмосферного воздуха и его роль в природе. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 8 (8)

9. FA. Nazarova. THE USE OF INTERACTIVE METHODS FOR TEACHING THE LESSONS OF ECOLOGY. IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION.

10. Ф.А. Назарова. ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ЭКОЛОГИЯ ДАРСЛАРИНИ УКДТИШДА ИНТЕРФАОЛ УСЛУБЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ. GEOGRAPHY: NATURE AND SOCIETY, 81. 2020

11. Ф.А.Назарова. Здоровый образ жизни - залог здоровья. Талабалар маънавиятини ривожлантиришнинг инновацион механизмларини. 2020

12. Ф.А.Назарова. АНТРОПОГЕННОЕ ВОЗДЕЙСТВИЕ НА БИОСФЕРУ И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 1 «GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020.

13. FA. Nazarova. O'ZBEKISTONNING EKOTURISTIK SALOHIYATI."Integration of tourism, education and economy sectors". 2018

14. Ф.А. Назарова. ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ СРЕДСТВАМИ НАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКИ. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-, 127. 2016

15. Ф.А. Назарова, М.И. Мустафаева. Экологический анализ водорослей биопрудов. Учёный XXI века, 24-26

16. М.И Мустафаева, Ф.А Файзиева. Экофлористический анализ водорослевого населения водоемов. Евразийский Союз Ученых, 80-81.

17. F.A Fayziyeva, F.A Nazarova. Bioecology and useful properties of papaya or melon tree. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (3), 1778

18. М.И Мустафаева, Ф.А Файзиева. Сравнение альгофлоры биопрудов г. Бухары с аналогической флорой прудов Узбекистана. Евразийский Союз Ученых, 81-82.

19. Муратова.Г.С, Шарофутдинова Р.И, Турсунбаева.М. Concepts of ecological thinking and education and their formation in the minds of students. Биология и интегративная медицина, 156-161

20. N.R Ochilova, G.S Muratova, D.R Karshieva. The Importance of Water Quality and Quantity in Strengthening the Health and Living Conditions of the Population. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES 2 (5), 399-402

21. R.I Sharofutdinova, A.N. Asadullaev, Z.X. Tolibova. The Factors and Basic Concepts Determining Community Health. Central asian journal of medical and natural sciences 2 (5), 376-379.

22. A. ASADULLAYEV. Jamiyatda sog'lom turmush tarzini tashkil qilishda jismoniy tarbiya va sport mutaxasislarining o'rni. Центр научных публикаций (buxdu. uz) 1 (1)

23. А.Н. Асадуллаев. Жамиятда соFлом турмуш тарзини ташкил килишда жисмоний тарбия ва спорт мутахассисларининг урни. Педагогика ва психологияда инновациялар журнали, 3-махсус сон, 31-36 бетлар.

24. A.N. Asatullayev, O.G. Jabborova Bleeding and its Types, Organization of Emergency Assistance in Bleeding. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 13, 111-116

25. A. Asadullyev. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari. Центр научных публикаций (buxdu. uz) 8 (8).

26. A.N. Asadullaev, Z.X. Tolibova. Central asian journal of medical and natural sciences Volume: 02 Issue: 05| Sep-Oct 2021 ISSN: 2660-4159

27. Z.H. Tolibova, D.R. Qarshiyeva, N.R. Ochilova. The role of Human healthy and safe lifestyle in the period of global pandemic-covid 19. The American journal of applied scincer 2 (11)

28. G.S. Muratova, D.R. Qarshiyeva. Basic Symptoms of Infectious Diseases European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 13, 117-121.

29. D.R. Karshieva, F.A. Nazarova, Z.H. Tolibova. Atmospheric dust and its effects on human health ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (3), 1168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.