Научная статья на тему 'AXLOQNING DOLZARB MUAMMOLARI'

AXLOQNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
25
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / axloqiy muhit / axliqiy madaniyat / biosfera / noosfera / biologik axloq / evtanaziya / o’lim jazosi / ekologik axloq / biotibbiy axloq. / globalization / moral environment / moral culture / biosphere / noosphere / biological ethics / euthanasia / death penalty / environmental ethics / biomedical ethics.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Axmedova, Dilrabo Sa’dullayevna

Maqolada etikaning zamonaviy muammolari, bugungi kunda hammaga ham ma’lum bo‘lmagan, oshkora ko‘zga tashlanmaydigan, ma’naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ya’ni egotsentrizm va erkinlik niqobidagi axloqsizlik haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DOLZARB PROBLEMS OF MORALITY

In the article, the author reflects on modern problems of ethics, on serious hidden dangers aimed at the collapse of our spiritual life, that is, immorality under the guise of self-centeredness and freedom.

Текст научной работы на тему «AXLOQNING DOLZARB MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

AXLOQNING DOLZARB MUAMMOLARI

Axmedova Dilrabo Sa'dullayevna

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada etikaning zamonaviy muammolari, bugungi kunda hammaga ham ma'lum bo'lmagan, oshkora ko'zga tashlanmaydigan, ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ya'ni egotsentrizm va erkinlik niqobidagi axloqsizlik haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: globallashuv, axloqiy muhit, axliqiy madaniyat, biosfera, noosfera, biologikaxloq, evtanaziya, o'lim jazosi, ekologikaxloq, biotibbiy axloq.

АННОТАЦИЯ

В статье автор размышляет о современных проблемах этики, о серьезных скрытых опасностях, направленных на распад нашей духовной жизни, то есть безнравственность под маской эгоцентризма и свободы.

Ключевые слова: глобализация, нравственная среда, нравственная культура, биосфера, ноосфера, биологическая этика, эвтаназия, смертная казнь, экологическая этика, биомедицинская этика.

ABSTRACT

In the article, the author reflects on modern problems of ethics, on serious hidden dangers aimed at the collapse of our spiritual life, that is, immorality under the guise of self-centeredness and freedom.

Key words: globalization, moral environment, moral culture, biosphere, noosphere, biological ethics, euthanasia, death penalty, environmental ethics, biomedical ethics.

KIRISH

Bugungi kunda insoniyat hayotiga katta xavf tug'dirayotgan xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm, narkoagressiya va OITS singari ofatlarni ko'pchilik "yaxshi" biladi. Shuningdek, bugungi kunda hammaga ham ma'lum bo'lmagan, oshkora ko'zga tashlanmaydigan, ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ham borki, ularning oldini olmasak, keyin kech bo'ladi. G'arb olamida keng tarqalgan egotsentrizm va erkinlik niqobidagi axloqsizliklar, axloqiy muhit, biologik axloq, ekologik axloq, o'lim jazosini bekor qilish kabi muammolar shular jumlasidandir. Bu kabi muammolar bugungi kunda etikaning oldida o'ta muhim vazifalar mavjudligini namoyon etmoqda.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ma'lumki, biologik axloq (insonlar a'zosining transplantatsiyasi, evtanaziya)so'nggi bir necha o'n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a'zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yo'li bilan o'tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtayi nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo'lib turibdi. Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to'g'ri emas.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biologik axloq muammolari ikki yo'nalishdan iborat: biri — insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo'lgan munosabatlari bilan bog'liq «tashqi», ikkinchisi — insonlarning o'z-o'ziga va o'zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog'liq «ichki» axloqiy masalalar. Biz odatda «ekologik axloqshunosiik» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini hamma biladi, lekin o'z bilganidan qolmaydi— muammoning murakkabligi shunda. Biz noosfera, tafakkur borasidagi mulohazalar orqali ekologik buhronilarning ba'zi ko'rinishlari haqida ma'lumotlarga egamiz. Biroq, yana undan tashqari so'nggi paytlarda jahon bo'ylab sintetik jismlar ishlab chiqarish keng yo'lga qo'yilganligi, gibrid usulida hayvonot va ayniqsa o'simliklar yangi turlarining vujudga keltirilishi singari hodisalar ham ekologik ahamiyatga ega. Xo'sh, ular tabiat bilan singishib, uyg'unlashib keta oladimi, tabiat ularni o'ziga tegishli deb biladimi? Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon bo'lar?

Biologik axloqning ikkinchi yo'nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora taraqqiy topib borishi bilan bog'liq. Yani yana bir bugungi kun biologik axloqshunosligining global muammolaridan bir totli o'lim — evtanaziyadir. Xudoning ixtiyoridan tashqari o'limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtayi nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo'lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o'z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o'tishini anglab yetadi. Shu bois u o'zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam — shifokordan azoblariga chek qo'yishni so'raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday baholash mumkin? Bu xatti-harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko'rinishi sifatida qabul qilish to'g'rimi ? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

miqyosda o'z yechimini kutmoqda. Chunki, tabobat borasidagi so'nggi tadqiqotlar inson o 'limi bir lahzada ro'y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to 'xtaganda ham, miya o'lmasa insonni o'ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig'i, undan keyin miya tanasi halok bo'ladi. Shundan keyingina insonni o'lgan deb hisoblash mumkin. Zero, hozirgi kunda toki miya o'lmas ekan, ko'pgina ichki a'zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta'minlash va shu orqali muayyan muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko'chirib o'tkazilishi hali o 'lmagan odamning minimal tiriklikka bo'lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o 'z tajribalariga asoslanib, yurak ko'chirib o'tkazilganda ruh ham ko'chib o'tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o'tkazilganida, uning fe'l-atvorida juda katta o'zgarishlar ro'y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o'pkasi 36 yashar ayolga o'tkazilganda ham shunga o'xshash o'zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o'zgarib ketgan. Axloqiy nuqtayi nazardan buni qanday izohlash mumkin?

Etikaning zamonaviy muammolaridan yana biri bu-o'lim jazosidir. O'lim, ma'lumki, axloqiy nuqtayi nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa majburiy o'lim. Shunga ko'ra, o'lim jazosining huquqiy jihatdan qo'llanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir.

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam o'ldirmaslik ekanini ta'kidlaydilar. Buni imom G'azzoliy «Mukoshafat ul-qulub»da shunday keltiradi:

«Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar:

Rasululloh buyurdilarki:

... Islomning uch dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo'ladi:

1 — Qonni (odam o'ldirishni) halol hisoblasa;

2 — Ollohdan boshqa iloh yo'qligiga guvohlik (shahodat) bermasa;

3 - Farz bo'lgan namozni va ro'zani inkor etsa». 1

Demak, inson hayoti eng oliy qadriyat ekani diniy nuqtayi nazardan ham nafaqat tan olinadi, balki birinchi o'ringa qo'yiladi. O'lim jazosini kimlar qanchalik oqlashga harakat qilmasin, u — jinoyatchini jazolashdan ko'ra, undan o'ch olishga qaratilgan, qadimlardan kelayotgan xun olish tamoyilining «demokratlashgan», yangilangan shakli sifatida namoyon boiadi. Aslida esa, insonning muayyan jinoyatni sodir etgan xatti-harakatlari qoralanishi kerak, uning o'zi emas, u qilgan yovuzlik o'limga

1 Gazzoliy. Mukoshafat ul-qulub, 152-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mahkum etilishi lozim — odamni emas, yovuzlikni o'ldirish oqilona ish emasmi?! Yovuzlikni o'ldirish, yovuzlik sodir etgan kishining uzoq muddatli yoki bir umrlik qamoqdagi vijdon azobi va tazarrusi bilan amalga oshirilgani durustmasmi?! Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundaki, nodemokratik tuzumlarda belgilangan o'lim jazosi kamdan kam hollarda adolatli hukm bo'lib chiqadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Franko, Gitler, Pol Potlar hukmronligida millionlab odamlarning qatl etilishi yoki shu yaqin yaqinlarda, sho'rolar tuzumi davrida 0 'zbekistonda o'tkazilgan «Paxta ishi» deb nomlangan qatag'on paytida otishga hukm qilinganlarning taqdiri bunga yaqqol misol bo'la oladi. Ana shu davrlarda o 'limga hukm qilinganlarning juda ko'pchiligi keyinchalik oqlandi, ular gunohsiz deb topildi. Lekin hukm ijro qilib bo'lingan: nohaq jazolangan — qatl etilgan insonlar adolat tantanasini ko'rolmaydilar. Uchinchidan, hatto demokratik jamiyatlarda sudlarning hamma vaqt ham yuz foiz to'g'ri va adolatli hukm chiqarishiga kim kafolat beradi — hakamlar ham inson, hamma qatori xato qilishi mumkin. Jamiyatning keyingi pushaymonidan qatl etilgan odamga nima foyda? Bu misollarning hammasida o'lim -tor huquqiy jazo doirasidan chiqib ketadi hamda tarixda aldangan, adashgan insoniyatning, jamiyatning va shaxsning axloqsizligi sifatida baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi paytdagi ko'pgina demokratik mamlakatlarda o'lim jazosining bekor qilinishini o'sha jamiyatlar axloqiy darajasi bilan bog'liq ijobiy hodisa deyish mumkin. Bizning mamlakatimizda ham bu borada dadil qadamlar qo'yilganligi — avval yosh nuqtayi nazaridan o'lim jazosini qo'llashning chegaralanganligi (60 yoshgacha), keyinroq esa uni butunlay bekor qilishga qaratilgan insonparvarlik harakatlari quvonarli voqea. Bu esa nafaqat bizga, balki yer yuzidagi barcha mamlakatlarga taalluqli muhim, umumbashariy muammodir.

XULOSA

Ma'lumki, barcha davrlarda ham jamiyatning ijtimoiy hayoti, ma'naviy kamoloti, axloqiy muhiti uning ertangi kelajagini belgilab beradi. Jamiyat a'zolarining, xususan yoshlarning axloqiy tarbiyasi va estetik didini shakllantirish, ularning bilimi, intilishlari va imkoniyatlari yuqori bo'lishini, halollik va poklik xislatlari, savob ishlarni qilishga intilib yashashlari hayotlari tarziga aylanishini singdirish jamiatdagi axloqiy muammolarning yechimi topilishiga, shuningdek ahloqiy muhitini yaxshilanishiga xizmat qiladi desak mubolag' bo'lmaydi. Demak, ahloqiy tarbiya yoshlarimizning axloqiy-estetik kamolotida umumbashariy yutuqlarni egallash, tariximiz, madaniyatimiz va buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosning ahamiyatini tobora chuqurroq anglash va uni tahlil qilib hayotda qo'llashida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, axloqshunosiik oldida ana shunday, tobora globallashib borayotgan axloqiy muammolarni hal etishda yetakchilik qilish vazifasi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

turibdi. Zero, mazkur global muammolarni bugungi kunda axloqshunoslikning ahamiyatini belgilab beruvchi parometrlar, deyishimiz mumkin. Chunki ular faqat milliy-mintaqaviy muammolar bilan dialektik aloqada hal etilishi mumkin. Ya'ni, axloqiy insondan, axloqiy insoniyatga o'tish qanchalik tez va samarali amalga oshsa, odamzod uchun o'zini ham o'z sayyorasini ham asrab qolish imkoni shuncha oson reallashadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -T; "O'zbekiston" 2021

2. Mirziyoyev Sh.M Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib. yangi bosqichga ko'taramiz.-T;O'zb.NMIU

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. -Toshkent.: Ma'naviyat, 2008.

4. Sotsiologya molodyoji. Uchebnik. Otv.red.V.T.Lisovskiy.-SPb.,1996.

5. Gazzoliy. Mukoshafat-ul qulub. 152 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.