Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA KASBIY ETIKET VA PROFESSIONAL MULOQOTNI O’RGATISHNING AHAMIYATI'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA KASBIY ETIKET VA PROFESSIONAL MULOQOTNI O’RGATISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
102
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / etiket / muloqot / kasbiy etiket / boshqaruv etikasi / kommunikatsiya / professional muloqot / ishbilarmonlik madaniyati.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turabova Sohibjamol Talatovna

Ushbu maqola kasbiy etika va muloqot qoidalarining asosiy muammolarini, maxsus ta’lim muassasalari amaldagi mutaxassislar tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar haqida, har bir ishbilarmon odam uchun zarur bo‘lgan praktik tushunchalar, to‘g‘ri muloqot yuritish, muzokaralar olib borishni, mutaxassislarga etika haqida kerakli ma’lumotlarni taqdim etilgan. Shuningdek, maqolada Sharq va G‘arb mamlakatlarining kasbiy muloqotga bo‘lgan munosabatlari bilan ham tanishib chiqasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA KASBIY ETIKET VA PROFESSIONAL MULOQOTNI O’RGATISHNING AHAMIYATI»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA KASBIY ETIKET VA PROFESSIONAL MULOQOTNI O'RGATISHNING AHAMIYATI Turabova Sohibjamol Talatovna Xalqaro NORDIC universiteti Ta'lim muassasalari boshqaruvi 1- bosqich magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679916

Annotatsiya. Ushbu maqola kasbiy etika va muloqot qoidalarining asosiy muammolarini, maxsus ta'lim muassasalari amaldagi mutaxassislar tomonidan ishlatilishi mumkin bo'lgan tavsiyalar haqida, har bir ishbilarmon odam uchun zarur bo'lganpraktik tushunchalar, to'g'ri muloqotyuritish, muzokaralar olib borishni, mutaxassislarga etika haqida kerakli ma'lumotlarni taqdim etilgan. Shuningdek, maqolada Sharq va G'arb mamlakatlarining kasbiy muloqotga bo'lgan munosabatlari bilan ham tanishib chiqasiz.

Kalit so'zlar: axloq, etiket, muloqot, kasbiy etiket, boshqaruv etikasi, kommunikatsiya, professional muloqot, ishbilarmonlik madaniyati.

Abstract. This article discusses the main problems of professional ethics and etiquette, recommendations that can be used by specialists in special educational institutions, practical concepts necessary for every business person, proper communication, conducting negotiations and making deals are provided with necessary information about professional ethics. Also, in the article, you will get acquainted with the relations of Eastern and Western countries to professional communication.

Keywords: ethics, etiquette, communication, professional etiquette, management ethics, communication, professional communication, business culture.

Kirish. Odamlar o'rtasidagi muloqotning eng keng tarqalgan turi - bu ishbilarmonlik ya'ni professional aloqadir. Professional aloqasiz iqtisodiy, huquqiy, diplomatik, tijorat, ma'muriy munosabatlarni olib borishni tasavvur etib bo'lmaydi. Ishbilarmonlik muzokaralarini muvaffaqiyatli olib borish, bayonotlarni malakali va to'g'ri tuzish qobiliyati, hujjatlarni yuritish va ular bilan ishlash, har qanday holatda o'zini tuta olish va to'g'ri so'zlarni tanlay olish, turli soha, millat, din, mentalitet vakillari bilan aloqa o'rnata bilish bugungi kunda zamonaviy boshqaruvchi, menejer, barcha darajadagi rahbar, referent, xodimlarni kasbiy mahoratining ajralmas qismiga aylangan.

Deyarli har qanday turdagi tijoratda yuqori ko'rsatkichlarga erishish uchun kasbiy faoliyat bilan bog'liq ma'lum ma'lumotlar, bilimlar, g'oyalar haqidagi tushunchalarga ega bo'lish kerak. Masalan, biznes yuritish qoidalari, shakllari va usullari tadbirkorlik tamoyillariga tayanadi. Kasbiy madaniyat hamkorlik aloqalarini o'rnatishga va rivojlantirishga yordam beradi, hamkasblar, menejerlar va ishchilar, hamkorlar o'rtasidagi hamkorlik va raqobatchilar bilan munosabatlardagi samaradorlikni belgilaydi, muloqot madaniyati, nutq odobi qoidalarini mukammal bilish muayyan xizmat ko'rsatish sohasi vakili uchun imijning jihatlari, ya'ni, kasbiy etikaning asosi hisoblanadi.

"Etika" atamasi birinchi marta qadimgi yunon faylasufi Arastu tomonidan ishlatilgan termin bo'lib, alloma, etikaga "axloqiy ta'limot falsafasining jismoniy fazilatidir", deb ta'rif bergan. Bu so'zning etimologiyasi qadimgi yunoncha so'z bilan bog'liq. "Etos" yunoncha moyillik, xarakter degan ma'nolarni bildiradi. "Etikos" tushunchasi aynan shu so'zdan kelib chiqqan bo'lib, - "axloqqa munosabat" deb tarjima qilinadi. Umumiy qilib aytganda, etika axloq nazariyasidir. Etika - bu maxsus gumanitar ta'limot bo'lib, uning predmeti axloqdir.

Ishbilarmonlik etikasi ham normativ, ham tavsiflovchi fan bo' lishi mumkin. Korporativ amaliyot va martaba bo'yicha mutaxassislik sifatida bu soha birinchi navbatda me'yoriydir.

Tarixiy nuqtayi nazardan, biznes etikasiga qiziqish 1980-90 -yillarda, ham yirik korporatsiyalarda, ham ilmiy doiralarda keskin oshdi. Masalan, bugungi kunda aksariyat yirik korporativ veb-saytlar iqtisodiy bo'lmagan ijtimoiy qadriyatlarni har xil sarlavhalar ostida (masalan, axloq kodekslari, ijtimoiy mas'uliyat to'g'risidagi nizomlar) ilgari surish majburiyatiga urg'u beradi. Ba'zi hollarda, korporatsiyalar o'z biznesining axloqiy nuqtayi nazaridan kelib chiqib, asosiy qadriyatlarini qayta belgilashmoqda.

Kasbiy etiket - bu ijtimoiy va kasbiy munosabatlarni tartibga soluvchi me'yorlar va qoidalar to'plami, professional xulq-atvorni o'z ichiga oladi. Odob qoidalari butun davr mobaynida, uzoq vaqt davomida va ko'plab xalqlarga xos bo'lgan va saqlanib qolgan umuminsoniy muloqot normalarini aks ettiradi. Shuning uchun ular nafaqat muayyan jamiyat, balki barcha ijtimoiy sivilizatsiya rivojlanishining ushbu bosqichida mavjud bo'lgan madaniy shakllanishlarga rioya qilishlarini talab etadi. Etiket odamlarni birlashtirishga qaratilgan bo'lib, odamlarning o'zaro munosabatini va bir-birini tushunishini osonlashtiradi. Ishbilarmonlik etikasi bo'yicha kurslar va darsliklarning aksariyati etikaning umumiy mulohazalaridan boshlanadi. Bu odatda, quyidagi masalalarning bir qismini yoki barchasini o'z ichiga oladi: axloq nima, axloqiy va axloqiy bo'lmagan yoki axloqdan tashqari mulohazalar o'rtasidagi farq, axloqiy tizim yoki tamoyilga muvofiqlikning umumiy mezonlari, axloq va qonun o'rtasidagi farq va munosabatlar. savol yoki shaxsiy manfaat muammosi va uning etika bilan aloqasi, axloq va din o'rtasidagi bog'liqlik yoki uning etishmasligi, axloqiy nisbiylik, axloqiy fikrlash, individual yaxlitlik va mas'uliyat masalasi, kollektiv javobgarlik va harakat muammosi. Ba'zi axloqshunoslar (masalan, Genri Sidgvik) etikaning asosiy rolini qarama - qarshi manfaatlarni uyg'unlashtirish va murosaga keltirish deb bilishadi. Ya'ni komunikatsiya jarayonida insonlarning axborotlanganliklari, ma'lumoti, dini, mentaliteti, millati, an'analaridan kelib chiqib ba'zi kelishmovchiliklarni keltirib chiqishi mumkun.

"Ishlab chiqarish munosabatlarining etiketi" degan tushuncha ham mavjudki - u ishxonada hamkasblar bilan kunda ko'rishib, ko'p vaqtingizni o'tkazar ekansiz unda rioya qilinishi kerak bo'lgan ba'zi qoida va me'yorlar, ba'zida esa udumlar majmuidir.

Materiallar va usullar. Insonlararo munosabatlarda Sharq e'tiborni odob va axloqqa qaratib, uni pandnomalar orqali rivojlantirgan bo'lsa, G'arbda esa etiket qoidalari diplomatik munosabatlardagi xatti-harakatlarga asoslanadi. Bu borada 1716 - yilda Gamburgda nashr etilgan Montesning "Yuqori tabaqali insonlar va ayollar bilan qanday mulozamat qilish hamda ayollarning bizga nisbatan o'zini qanday tutishi haqidagi kitob" deb nomlangan asari misol bo'ladi. Unda turli tantanali qabullarning etiket bilan bog'liq barcha murakkabliklari tasnif qilingan.

So'zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o'zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe'llilik singari axloqiy me'yorlarda namoyon qiladi. Ayniqsa, bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko'zga tashlanadi. Uni ko'proq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri -muomala odobi. Bu borada mutasavvuf olimlarimizdan Imom G'azzoliy bir qancha o'rinli fikrlarni bildiradilar: "Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: "Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do'st tutar". Va yana aytibdurlar: "Hech bir yaxshi amal yo'qki, mahfiratga sabab bo'lmoqg'a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda"

Shu jumladan, insonlarning muomila tarixi mobaynida shakllangan va mantiqiy asoslangan muomila qoidalari sifatida quydagilarni keltirib o'tamiz:

- Xushmuomalalik;

- Odoblilik va mehribonlik;

- Nazokatlilik (muloyimlik);

- Kamtarlik;

- Sabr - toqatlilik.

Faylasuf Abdulla Sher etiketning mohiyatini tushuntirar ekan, "Etiket - takallufning mayda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko'zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo'qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo'ladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi Aslida, o'z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko'rayotgan bo'lishi ham mumkin", degan fikrni bildiradi.

Sigizmund Shlomo Freyd ta'limotiga ko'ra, bolalik davrini boshidan o'tkazgan inson o'zi yashab turgan jamiyatning axloqiy hamda estetik mezonlari bilan hisoblashishga majburdir. Mayllarning o'ziga xos kompensatsiyasi esa bolalikdan odamlarda xayol o'yiniga berilishni kuchaytiradi, keyinchalik ular xayolotga, kuchli ishtiyoqqa aylanadi. Bu masalalarni Freyd "Shoir va xayolot" va "Ruhiy tahlilga kirish. Ma'ruzalar" nomli asarlarida izohlab beradi. Uning nazdida xayolot manbai anglanmaganlikda mavjud, anglanmaganlik - inson ruhi quvvatining makoni. Inson bolalikdanoq tashqi olam cheklovlari hamda jamiyat taqiqlari bilan hisoblashishga majbur bo'lar ekan, uning istaklari tufayli vujudga 7 kelgan o'zaro ziddiyatlardan qutulish yo'li bu -xayolot va uning asosida vujudga keluvchi san'at.

Nemis faylasufi Georg Vilgelm Fridrix (1770 - 1831) inson burchlarini to'rt turga bo'lgan, ya'ni, insonning o'z oldidagi burchi, oilasi oldidagi burchi, davlat oldidagi burchi, o'zga odamlar oldidagi burchi. Shunga ko'ra kasbiy etikani quydagi kategoriyalarga bo'lib o'rganamiz:

- Kasbiy burch;

- Vijdon (diyonat);

- Or - nomus;

- Obro'.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlari"ga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida: "Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi - o'zimiz mas'ul bo'lgan soha va tarmoqda ishlarning axvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishni ta'minlashdan iborat. Shunday davr keldi,"- deb bejizga ta'kidlamagan.

Kasbiy burch - barcha kasb sohiblarining boshqa odanlar va jamiyat oldida o'zlarining kasbiy majburyatlarini sezish hissidir. O'z kasbiy burchini qanday darajada ado etish kerakligi kelajak mutaxassislariga tushunarli bo'lishi uchun V.Matveev va A.Panovlar tajribasida ko'rishimiz mumkun. В мире вежливости kitobida keltirilgan ma'lumotga ko'ra, Fransiyaning Marsel shahridagi mehmonxonalardan birida sobiq ittifoqdan kelgan mehmon vanna xonasidagi suv jo'mragini yopmasdan ketganligi esiga tushadi va bu haqda mehmonxona xodimiga ma'lum qiladi. Mehmon vaziyatdan qochish maqsadida tajanglik ko'rsatishga tayyorlanib turadi, biroq, kutilmagan javobni eshitadi. Vaziyatni o'rganib chiqqan mehmonxona xodimlari o'z vaqtida suv jo'mragidan foydalanishni mehmonga tushuntirmaganliklari uchun undan kechirim so'raydilar. Keltirilgan misoldan ko'rinib turibdiki, sayyoh tomonidan mehmonxonaga keltirilgan zararga va uning xodimlari uchun noqulayliklarga qaramasdan, xodimlar uchun yo'riqnomada ko'rsatilgan talablarga ko'ra sayyohni koyish o'rniga undan kechirim so'rashgan, chunki yo'riqnoma talablari

mehmonxona xodimlari uchun etiket qoidasiga aylangan. Keltirilgan misol ishchilarning o'z kasbiga jiddiy munosbati va odob - axloq qoidalarini mukammal bilishidan dalolat beradi.

Natijalar. Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib xalqaro bizness etiketni tashkil etuvchi asosiy qoidalar sifatida quyidagi qoidalarga rioya etishni taklif etishimiz mumkun:

1. salomlashish qoidasi;

2. to'g'ri munosabat qoidasi;

3. o'zini tanishtirish qoidasi;

4. ishdagi kontaktlarni tashkillashtirish (kelishuv, uchrashuv, qabul, ishdagi yozishmalar);

5. ishdagi subordinatsiya;

6. insonning tashqi ko'rinishini shakllantrishga beriladigan takliflar;

7. pulli munosabatlarning etik normalari;

8. sovg'alar va suvinerlar almashtirish qoidasi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to'g'risida Qarori qabul qabul qilingan bo'lib unda: "Rahbar o'ziga bo'ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o'rnak bo'lishi, davlat organida yoxud uning tarkibiy yoki hududiy bo'linmasida ma'naviy-psihologik muhit shakllanishiga ko'maklashishi lozim, u bo'ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.

Rahbar:

manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o'z vaqtida chora-tadbirlar ko'rishi;

korrupsiyaning oldini olish choralarini ko'rishi;

xodimlarni samarali boshqarishi, o'ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag'larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo'lishi shart. Rahbar o'ziga bo'ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo'l qo'yilmasligi choralarini ko'rmaganligi uchun javob beradi;

davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan jamoada boshqa davlat xizmatchilari bilan o'zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da'vat etilgan;

Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e'tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo'lishi, ularni hurmat qilishi shart. Davlat xizmatchilari o'ziga bo'ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo'pollik qilmasligi, odamlarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psihologik va jismoniy ta'sir ko'rsatish holatlariga yo'l qo'ymasligi kerak;

Xizmat vazifalarini bajarish chog'ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog'liq holda davlat xizmatchilarining tashqi ko'rinishi fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo'lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak;

Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo'l qo'ymasligi kerak.

Agar siz rahbarlik lavozimida bo'lsangiz, ishga kelgan zahoti xodimlardan hol-axvol so'rab qo'yish kerakligini yoddan chiqarmaslik yaxshi amaldir. Ular bilan yangi ish kunini birga boshlagandan mamnun ekanligingizni, sizdan qancha yordam kerak bo'lsa shuncha yordamga

tayyor ekanligingizni his qilishlariga imkon yaratib berishingiz kerak. Xodimlarga "siz"lab murojaat qilish - kasbiy odob hamda normal xizmat munosabatlarini ushlab turish uchun zarur bo'lgan kuchli vositadir.

Munozara. Axloq-odob qoidalar majmuiga, pandnomalarga ega bo'lgan Sharq kishisida: "bizga etiketni o'rganishning nima zaruriyati bor," - degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu borada etiketni fan sifatida o'rganish, qolaversa, ijtimoiy - maishiy turmush tarzi sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan metodologik, axloqiy, iqtisodiy asoslar mavjud. Shuningdek, etiketning muhim ahamiyati shundaki, diplomatik, biznesmen, rasmiy qabullar va tashriflar kabi zamonaviy etiketlardan tashqari, milliy etiket ko'rinishlari ham mavjud. Ular milliy qadriyatlarni saqlab qolish, ularga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lishga chorlaydi. Bu o'ziga xos axloqiy-estetik xususiyat kasb etadi. Ya'ni unda odob bilan go'zallikning uyg'unligini ko'rishimiz mumkin, qat'i odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Avvalo, etiket mumtoz etika fanining axloqiy madaniyat ruknidagi sohasi sifatida o'tib kelinadi. Ammo axloqiy tafakkur rivoji axloqiy muammolarning zamonaviy masalarini tadqiq qilishi natijasida kengaya boshladi. Bunday holat natijasida etiketni etika fanining alohida qismi tadqiq etishni taqozo qilmoqda. Qolaversa, o'tgan asrning oxiriga kelib, dunyo ijtimoiy-ma'naviy manzarasining o'zgarishi va axloqiy qadriyatlarga munosabatdagi "zamonaviylik" ba'zi axloqiy qadriyatlarni noto'g'ri tushunilishi yoki ularga mensimaslik bilan munosabatda bo'lish kabi salbiy holatlarni vujudga keltirmoqda. Ayniqsa, insonlararo muomala va muloqotdagi qo'pollikni - to'g'rilik, kibr va riyoni - qadr-qimmat, odobsizlikni - erkinlik, nomardlik, hiyla va haromni - uddaburonlik, kattalarga nisbatan hurmatsizlikni - mustaqil fikrga egalik, madaniyatsizlikni - dangallik deya qabul qilish achinarli holdir. Bundan tashqari, yuqoridagi salbiy holatlar har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish, iqtisodiy jihatdan barqarorlikka ega bo'lish, axloqiy munosabatlarni tartibga solish, o'z sohasining ustasi sifatida jahon mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo'lib yetishish yo'lida olib boriladigan ishlarga ham monelik qiladi.

Kasbiy etiketga bo'lgan munosabat turli xalqlarda turlicha qabul qilinadi. Masalan, fransuzlar etiketga juda jiddiy etibor qaratadilar. Etiketning vatani bo'lgan Fransiyada insonning soch turmagidan toritib oyoq kiyimigacha benuqson va mukammal bo'lishi kerak. Professional uchrashuvlarga fransuzlar to'q ranglardan foydalanishni ma'qul ko'radilar. Ular uchun punktuallik asosiy qoida hisoblanadi va ushbu qoidaga amal qiluvchilarni muloyim insonlar deb hisoblashadi. Rasmiy muzokaralarni fransuz tilida olib borishni afzal ko'radilar.

Fransuzlar konkretlikni va aniqlikni hush ko'radilar. Buni ularning o'z ona tiliga bo'lgan munosabatida ham ko'rish mumkun. Misol uchun, fransuz tilida "biror gapga javoban kulib qo'ydi" yoki "qo'lini siltab qo'ydi" degan gaplarni umuman uchratmaysiz. Doimo harakatlar to'liq va aniq ifoda etilishi kerak, ya'ni, u qanday kulib qo'ydi? Xafa yoki xursand, yoki shunchaki ensa qotirgan holda. Qo'lini qanday siltadi? Jahl bilan uyalganidan yoki beparvo. Shuning uchun ham fransuz tili aniqlik tamoyiliga tayanganligi uchun uzoq yillar davomida diplomatlar tili hisoblanib kelgan.

Yaponlar esa kasbiy munosabatlarda insonlar bilan aniq kontaktga kirishishni afzal ko'radilar, shaxsiy uchrashuvlarni xush ko'rishadi. Ular muammo ustida uzoq muzokara olib borishni yaxshi ko'rishadi, boshqaruvchi imkon qadar barcha xodimlarni eshtishga harakat qiladilar. Rasmiy uchrashuvlarda ham yaponlar biror mavzuga uzoqdan yondashishni boshlaydilar, shuning uchun, biznes uchrashuvlar uzoq vaqt davom etishi mumkun.

Amerikaliklar muloqotga juda ochiq, do'stona munosabatlarni yoqtiruvchi insonlardir. Jiddiy muzokaralarda ham rasmiy atmosfera yaratmaslikka harakat qiladilar. Suhbatdoshini ismi

bilan chaqirishga tez o'tib ketadilar. Amerikaning kasbiy etiketiga muvofiq, tanishuv va salomlashish qo'l siqishdan boshlanadi. Ushbu qoida nafaqat erkaklar balki amerikalik ayollar uchun ham xosdir.

Amerikada xat orqali muloqotning ahamiyati katta. So'rovlaringizga javob ko'pincha xat yoki elektron xat orqali taqdim etiladi. Masalan, ishga qabul qilinganiz darrov aytilmaydi, ma'lum vaqtdan so'ng xat orqali ma'lum qilinadi. Har qanday xatda "katta rahmat" iborasi qatnashishi shart.

Xitoyliklar biznes uchrashuvlarda tanishayotgan insolariga o'zlarining barcha titullarini aytib o'tishni yoqtiradilar va suhbatdoshidan ham shuni kutadilar. Birinchi uchrashuvda tashrif qog'ozlari bilan almashish ularga odat tusiga aylangan. Salomlashishda xitoyliklar qo'l qisish, yengil egilish yoki boshni siltab qo'yishdan foydalanadilar.

Shvetsiyada bir-birini tashkilot yoki kompaniya nomidan tabriklash an'ananasi mavjud. Bundan tashqari, shvetsiyaliklar o'zlarining biznes hamkorlariga sovg'alar yuborishni etiket qoidasi darajasiga ko'targanlar. Sovg'a sifatida asosan, delikateslar bilan to'ldirilgan savatlar, pishloqlar to'plami yoki vinolar tanlanadi. Ba'zi hollarda turli milliy suvinirlar, tashkilot ishlab chiqargan mahsulotlar bo'lishi ham mumkun.

Germaniyada punktuallik va aniqlik etiketning asosiy omili hisoblanadi. Taklif qilingan biznes hamkorlar bo'lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishlari va uchrashuv kuni yaqinlashganini bir kun oldin yana bir bor eslatib o'tishlari kerak. Germaniya etikasida ust kiyim konservativ mazvu hisoblanadi. Uchrashuvga yig'ilgan erkaklar rasmiy kastyumda va albatta, galstukda bo'lishlari shart. Salomlashuv va xayrlashuv o'zaro qo'l siqish bilan tugatiladi. Rasmiy uchrashuvlarda nemis hamkorlaringizga familyasi bilan "siz" deb murojaat qilishingiz zarur.

Arab etiketi arab dunyosining yozilmagan urf-odat qonunlarini ajralmas qismi hisoblanib, bajarilishi shartdir. Shu kunga qadar arablar jamiyat hayotining hamma sohalarida arab etiketiga rioya qilib kelmoqdalar. Arab etiketi tipologik ravishda sharq .alqlari, asosan, islomiy xalqlar etiketiga o'xshab ketadi.

Arab etiketining alohida xususiyatlari - bu mehmondo'stlik, kattalarni hurmat qilish, kamtarlik, jasurlik hamda yuqori shakllangan burch va do'stlik hissidir. Arablar uchun eng muhimi bu jamiyatdagi obro'-e'tibordir. Obro'-e'tiborga ega bo'lish uchun bir qator xususiyatlarga ega bo'lish kerak, bu esa xalqni burch va axloqiy anglash tushunchasi bilan aks etadi va quyidagi xususiyatlarni o'zida mujassam etadi: rostgo'ylik, jasurlik, kattalarni hurmat qilish va saxiylikdir.

Arablar insoniy xislatlar ichida samimiylikni yuqori qadrlaydilar. Arablar sergaplik, jiddiylik, yengiltaklik kabi xislatlarni qoralaydilar. Xulq-atvor qonunlarida qo'shnichilik va mehmondo'stlik munosabatlariga alohida ahamiyat berilgan. Arablar uchun mehmonni yaxshi kutib olish nafaqat majburiyat, balki muqaddas burchdir.

Xulosa. Zamonaviy hayotning dinamikasi boshqaruvchilarning aloqa mahoratini maqsadli va qat'iyatli bo'lishini talab etmoqda. Muloqot etikasining ahamiyati har qanday boshqaruv jarayonining bo'lagiga aylanmoqda. Boshqaruvchining kasbiy va muloqot etikasi bo'yicha axborotlanganligi nafaqat boshqaruvda, balki hamkorlari bilan do'stona aloqalar o'rnatishida ham muhum ahamiyatga ega. Boshqaruvchi etiketining yuqoriligi hamkorlik aloqalarini o'rnatishda, hamkorlar o'rtasida tushunmovchilikni oldini olishda, barqaror munosabatlarni yaratishda o'zini samarasini ko'rsatadi. Har qanday holatda kerakli so'zlardan foydalanish, suhbatdoshingizning dunyoqarashidan kelib chiqib odob - axloq qoidalarini to'g'ri qo'llay bilish boshqaruvchida yuqori mahoratni talab etadi. Har bir boshqaruvchi, ishchi, xodim ushbu qoidalarni yaxshi bilishi,

o'z ustida ishlashi, eng avvalo madaniyat, tarbiya, tartib so'ng boshqa masalalar hal qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Boshqaruvchilar va boshqaruvchilika da'vogar shaxslar o'zlarini har jihatdan tarbiyalab borishlari lozim. Buning uchun siyosatdan xabardor bo'lish yoki iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o'zlashtirishning o'zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon tajribalari asosida shakllangan ilg'or boshqaruv malakalarini ham o'zlashtirgan bo'lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga o'ziga nisbatan talabchan bo'lib erishadi. Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o'qishi, radio va oynai jahon yangiliklaridan xabardor bo'lish orqali ham ma'lum darajada bilim egallashi mumkin. Yana siyosat, iqtisodiyot va ma'naviyatga daxldor kitoblarni, hatto mumtoz adabiyot namunalarini mustaqil o'qishi, tarixiy jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning dunyoqarashini kengaytiradi.

Bugungi etiket inson axloqiy munosabatlarini himoyalaydi. Biroq, etiketning axloqiy talabi hisoblangan nazokat, takalluf, iltifotda samimiylik, ya'ni botiniy axloqning bo'lmasligi yoki sustligi amalga oshirilgan harakatlarni oqlamaydi. Shu ma'noda, bu yo'lda yuksak axloqiy bilim va dunyoqarashga ega bo'lmay turib, kutilgan natijaga erishish qiyin. Zero, ulug'lar aytganidek, "Vaqtiki ma'lum bo'ldi, har kishiga ul ilmni bilmak vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo'lg'ay. Bas, bilgilki, omi(lar) hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xohish qilsalar, ul amal ilmini bilmagay..."

REFERENCES

1. Наталья Геннадьевна Шредер, Н. А. ((2009)). ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ЭТИКА И ЭТИКЕТ. 5-11.

2. Obidjonova, L. M. ((2017) ). ETIKET.

3. Ашурова Д., С. Н. (2015). Национальная безопасность речевого этикета.

4. В сборнике:Актуальные вопросы современной науки Материалы Международной научно - практической конференции. ЧУДПО «Научно - исследовательский и образовательныйцентр». конференции, 1. С.-п. ( (2018) ). ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ И УПРАВЛЕНИЯ. 17-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.