Научная статья на тему 'AXLOQIY TARAQQIYOTGA GLOBALL TAHDIDLARNING TA'SIRI'

AXLOQIY TARAQQIYOTGA GLOBALL TAHDIDLARNING TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

149
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / kompyuter / internet / uyali aloqa vositalari / yangi texnologiya. / Globalization / computers / internet / mobile phones / new technologies.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvar Norqul O’G’Li Yarashov

Ushbu maqolada globallashuv hodisasining inson axloqiga ko‟rsatayotgan ta‟sirlaridan ayrimlari muhokama qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses some of the effects of globalization on human morality.

Текст научной работы на тему «AXLOQIY TARAQQIYOTGA GLOBALL TAHDIDLARNING TA'SIRI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-589-594

AXLOQIY TARAQQIYOTGA GLOBALL TAHDIDLARNING

TA'SIRI

Sarvar Norqul o'g'li Yarashov

O'zMU Ijtimoiy fanlar kakulteti Falsafa (sohalar bo'yicha) yo'nalishi II bosqich

magistranti

Ushbu maqolada globallashuv hodisasining inson axloqiga ko'rsatayotgan ta'sirlaridan ayrimlari muhokama qilindi.

Kalit so'zlar: Globallashuv, kompyuter , internet, uyali aloqa vositalari, yangi texnologiya.

This article discusses some of the effects of globalization on human morality.

Keywords: Globalization, computers, internet, mobile phones, new technologies.

XX asr insoniyat tarixida ko'plab yirik o'zgarishlar, tarkibiy siljishlar, buhronlar asri sifatida o'rin oldi. Insoniyat o'z taraqqiyoti yo'lida hamkorlikda va hamjihatlikda hal etishi lozim bo'lgan muammolar ko'lami, sohalari tobora ortib bormoqda. Yangi ming yillikda bu o'zgarishlar yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo'lib borishi tabiiydir. Globallashuv o'z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson, har bir davlat, qolaversa jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqat hamkorlikdagina hal etilishi lozim bo'lgan muammolarni o'z tarkibiga oladi.

Globallashuv - jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada o'zaro yaqinlashuvi, birlashuvi; voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqiyosga ega bo'lishi, butun Yer sharini qamrab olishi [1].

Bugun biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat xozrga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab zamonda yashamoqdamiz. Globallashuv jarayonida mavjud bo'lgan moddiy, ma'naviy imkoniyatlar, eng zamonaviy axborot vositalari - kompyuter , internet, uyali aloqa vositalari va boshqa texnik qurilmalar bu omillarning shiddat bilan jamiyat ijtimoiy hayotiga kirib kelishiga sabab

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

bo'lmoqda. Bir tarafdan olganda ana shu vositalar butun

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-589-594

insoniyat turmush tarzining rivojlanishiga, ayniqsa, endi taraqqiyot yo'liga kirgan mamlakatlar va xalqlarning moddiy sharoitini yaxshilashga, umumjahon demokratik qadriyatlar tizimiga kirib borishiga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazganday ko'rinmoqda.

Zamonaviy axborot vositalari orqali barcha mamlakatlarga fan, texnika va texnalogiya sohasidagi yutuqlar bir zumda ommalashib bormoqda. Boshqa tarafdan esa endi rivojlanayotgan davlatlarning milliy madaniyati va qadriyatlariga globallashuv jarayoni jiddiy xavf solmoqda.

Inson huquqlari me'yorlarini belgilashda huquqning ma'naviy va axloqiy jihatlari tobora ko'proq o'rin egallab bormoqda. Inson huquqlari mazmun doirasiga talab va majburiyat tushunchalari kiritilmoqda. Bu tushunchalarning konseptual aloqadorligi inson huquqlarining bosh tarkibiy asoslarini aniqroq idrok etilayotganidan dalolat beradi. Ma'naviy tamoyil inson huquqlarining asosini tashkil etib, u insonning mustaqil tanlagan maqsadga erishish yo'lidagi faoliyatida erkinlik va farovonlikka bo'lgan teng huquqini belgilaydi.

Avvalo, iqtisodiy va siyosiy darajada globallashuv ayrim yirik trans va multinatsional korporatsiyalar manfaatigagina xizmat qiluvchi tizimdir. Unda qashshoq davlatlarga beg'araz yordam berish, biror davlat yoki xalq farovonligi uchun xizmat qilish kabi maqsadlar bo'lmaydi. Ularga iste'mol qilish quvvatiga ega mijozlar bo'lsa bas. Agar birov globallashuv yo'liga to'g'anoq bo'lsa, undaylar shafqatsizlarcha jazolanadi. Tizim shu darajada yaxshi ishlayaptiki, globallashuv qobig'ida o'z manfaatlari uchun ishlovchi davlat va iqtisodiy guruhlar yer yuzasidagi har bir tirik jonni o'z maslaklariga ishontira oladi. Bugun dunyodagi gegemon davlatlarning xalqaro maydonda «xalqlar ozodligi» uchun olib borayotgan urushlari aslida bir necha bankir, moliya guruhlari va transnatsional korporatsiyalar buyurtmasi bilan olib borilayotgan ishlardir.

Ma'naviy va xususiy darajada globallashuv insonni quruq iste'molchiga aylantiradi: baxt moddiy farovonlik bilan belgilanadi. Yashashdan maqsad maksimal darajada hayotdan lazzatlanishdangina iborat bo'ladi. Bu yerda ruhiy-ma'naviy qadriyatlarga, ezgulik, savob, birovga beg'raz yaxshilik qilish kabi oliy tushunchalarga o'rin yo'q. «Birovga zararing yetmasa bas, istaganingni qilishing mumkin». Bu aqida qolipsiz demokratiya qobig'ida yanada chiroyli va adolatli ko'rinadi. Shu o'rinda oddiy bir mantiq yuzaga chiqadi. Mana shunday aqida bilan kun kechirayotgan insonlar «tepa»lariga ham o'zlari kabi odam o'tirishini istaydi.

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-589-594

Globallashuv jarayonda dunyoda sodir bo'layotgan voqealar va harakatlar tezlikda internet tarmoqlari orqali tarqaladi. Bu esa axborot kommunikatsiya dunyosining rivojlanishidan dalolat beradi. Internetda ishlagan kishi dunyo yangiliklaridan habardor bo'ladi, ayгim yoshlaг o'zini virtual dunyoda ekanligini his qilmaydi. Unda ishlash гuhiy g'oyalarning гivojlanishiga va sog'ligiga zarar etkazishi ham mumkin. Internet dunyo hamjamiyatini o'zining "beg'araz" (pornografik) saytlaгi bilan tashvishga solmoqda, o'spirin yoshlaming ongiga ta'siг qilib, ba'zi noan'anaviy xabarlarni ham tarqatmoqda. Shuning uchun ham ota-onalar farzandlarining internetda ishlayotgan jarayonini nazorat qilishsa maqsadga muvofiqdir. Hoziгgi kunda intemetning haг xil saytlaгi yoshlaг ongiga salbiy ta'sir qiladi, lekin kun sayin unga o'rganib qolayotganlar soni ortib bormoqda. Bunday гuhiy bog'lanish fojeali oqibatlarga olib keladi. Ayrim yoshlar kompyuter klublarida haг xil o'yinlar bilan mashg'ul. Bu nafaqat O'zbekistonda balki boshqa davlatlarda ham mavjud. Masalan, Janubiy Koreyada kompyuter o'yinlari juda ommalashgan.

Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o'zgarishlar madaniy o'ziga xosliklarga, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga, ularning ongi va mafkurasiga ta'sirini o'tkazishini ta'kidlaydilar. Yosh avlodning miyasi hali yozilmagan oq qog'oz misoli toza bo'ladi. Unga nima yozilsa, kiritilsa, o'sha narsa namoyon bo'ladi. Biroq ushbu ta'sir doirasi to'g'risida har xil munosabat bildiradilar.

Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnologiya yaratishni ta'minlasa, o'z navbatida texnika rivojlanishi ham fanda yangi o=zgarishlarni sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Eng achinarlisi shuki erishilgan kashfiyotlarni kim qanday maqsadlarni ko'zlasa, o'shalarga tatbiq etilmoqda. Shuning bilan birga hozirgi paytda insoniyat ma'naviyati, uning sofligini asrash ijtimoiy rivojlanishning ichki jarayonlari tug=dirgan yana bir global muammo sifatida maydonga chiqmoqda. Bunga misol qilib zo'ravonlik va nafratning kishilar o'rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma'naviy muhitni zaharlayotgani hamda insoniyatni axloqiy falokat sari etaklayotganligini keltirish mumkin.

Axloq, bu - ezgulik va yomonlikni ajrata oluvchi mezon hisoblanadi. Inson qalbining asosiy vazifalaridan biri hayot va umumbashariy axloqiy qarashlarni shakllantiruvchi bvrometrdir. Chunki alohida inson axloqi umuminsoniy ong va uning aksiomalari asosida shakllanadi. Shuning uchun inson axloqi axloqiy tartib va butun dunyodagi axloq o'rtasidagi koprik hisoblanadi. Barcha axloqiy harakatlarning yagona maqsadi - insonga ezgulik yo'lini ko'rsatishdir. Agar axloqiy tubanlashsa, inson erkinlikdan yiroqlashadi. Bizning

nazarimizda, axloqqa rostlik, sotilmaslik, to'g'rilik va qalbning

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-589-594

axloqiy darajasidagi aniqlik xosdir. Ammo inson tabiati gumrohlikka moyil bo'lib, bu sifatlarni to'laligicha qabul qila olmaydi. Ishonch bilan tasdiqlanib turadigan, muhabbat bilan oziqlantiriladigan axloq sof, ezgulikka, poklikka evrila boradi [2].

Bugungi kunda O'zbekistonda internet tijorati firmalari, gazeta-jurnal saytlari nihoyatda rivojlanib, mukammallashib bormoqda, uni ta'qib qilish qiyin. Ammo milliy urf-odatga va axloqiy darajaga to'g'ri kelmaydigan saytlar ham ko'p. Bu yoshlar va kelajak avlod ongiga katta ta'sir qiladi. Ayrim qo'shtirnoq ichidagi beg'araz insonlar yoshlarni pornografik saytlar orqali nishonga oladi, ya'ni, ma'naviy ozuqa bilan birga, ruhiy hayot tarziga ta'sir o'tkazadi. Hozirgi kunda buning oldini olish maqsadida ayrim saytlarni filterdan o'tkazish zarur. Jahon sahnida etarli darajada mavqega ega bo'lgan internet yoshlarning ongidagi bo'shliqni ortiqcha ma'lumotlar bilan to'ldiradi. Yoshlar virtual hayotga shunchalik kirib ketmoqdaki, milliy ma'naviy qadriyatlar ming yillar davomida shakllangan, o'tmish avlodlardan o'tib kelayotgan ma'naviy boylik ekanligini bilishmaydi. O'smir yoshdagi bolalarning internetga qattiq bog'lanib qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa internet kasalligini keltirib chiqaradi. Bir necha yil oldin Pekin shahrida internet kasalligillga chalingan bemorlarning shifoxonasi ochildi.

Xo'sh bunday axborot bozorining yoshlar ongiga qanday salbiy tasiri bo'lishi mumkin?

- turli buzg=unchi g'oyalarni targ'ib qiluvchi axborotlar xalq mentalitetiga, yoshlarning estetik didi, axloqiy meyorlariga putur etkazishi mumkin;

- xalqaro axborot oqimlarida mavjud bo'lgan zo'ravonlik, diniy ekstremizm va qo'poruvchilik, urush va qotilliklar, o'z joniga suiqasd qilish va pornografik tasvirlarni targ'ib qiluvchi saytlar, behayo, ur-yiqit filmlar, ichkilik, tamaki mahsulotlarining reklamalari yoshlar ongiga salbiy tasir ko'rsatishi, hayotini izdan iqarishga sabab bo'lishi ehtmoldan holi emas;

- yoshlarning ijtimoiy ongini axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan yot mafkuralar, madaniyatlar tasiriga tushib qolishiga olib kelishi mumkin.

«Ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqtik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizm g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo'ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog'liq holatlar

bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-589-594

tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko'pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.

"Global muammolarning dahshatli ko'lami shu darajada realki, - deb yozadi tadqiqotchi A.Pechchei, - insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina o'z tafakkuri va xulq-atvoridagi o'zgarishlarni shakllantiribgina qutulishi mumkin" [3]. Albatta, inson avvalo iste'molchi ekanligini rad etib bo'lmaydi. Biroq iste'molchilik madaniyati kishidagi eng past instinktlarga suyanadi, ularni qo'zg'aydi, iste'molchilik kayfiyatini uyg'otishga qaratiladi. Iste'molchilik kayfiyatiga berilgan inson esa barcha narsaga foyda nuqtai nazaridan yondoshadi. Ezgulik, muruvvat, mehr, muhabbat, Vatan, xalq, o'zgalar taqdiri uchun javobgarlik va h.k. tuyg'u va tushunchalar "qorinni to'ydirmaydigan" behuda dardisarga aylanadi.

Masalaning yana bir jihati shundaki, Amerika va umuman, G'arb mutaxassislari bu haqiqatni tan olishga majbur bo'lmoqda. Masalan, amerikalik taniqli faylasuf va siyosiy sharhlovchi P.J.Byukenen "G'arbning halokati" kitobida o'z yurtining (va umuman G'arb dunyosining) tanazzulini avvalo, madaniyatning emirilayotgani, azaliy urf-odatlarning yo'qolayotgani, asrlar davomida e'zozlab kelingan qadriyatlarning toptalayotgani bilan bog'laydi va bunday ishlarning tepasida turgan "madaniy inqilobchilar"ni "zamonamiz tolibonlari" deb ataydi.

Turli millat va xalqlarning keng ma'nodagi ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy va estetik ideallari mavjud va ularni avaylab-asrash, ularga tayangan holda odamlar hayotini tartibga solish insonparvar jamiyatning asosiy belgilaridan birini tashkil etgan. Ayniqsa, bugungi kunda, etakchilikni da'vo qilayotgan davlatlar daromad olish va iste'molchilik kayfiyatiga qaratilgan tuban qadriyatlarni asl qadriyat sifatida dunyo xalqlariga taqdim etayotgan bir sharoitda unga qarshilik ko'rsatish hamda milliy madaniy-ma'naviy ildizlarni saqlashga intilish muhim ahamiyat kasb etadi[4].

REFERENCES

1. Uz.m.wiktionariy.org

2. Qarang: Geffding G.Etika, ili nauka о nravstvennosti:Izlojenie eticheskix printsipov i ix primenenie k razlichnim jiteyskim otnosheniyam. - M.: Izd.3 Izdatelstvo LKI, 2012. 400 s

3. Печчеи А. Человеческие качества. - М.: Прогресс, 1980. - С. 5

4. Qurbonova M "Globallashuv jarayonlari va g'oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik masalalari" Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural

and social sciences, 2021-yil may. 107-109-bet.

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-589-594

5. Мухамеджанова, Лалихон Ашуралиевна (2019) «РОЛЬ НРАВСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕННОМ СОЗНАНИИ», Научный вестник Наманганского государственного университета : Вып. 1: Вып. 9 , статья 17.

6. Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuralievna, Kadyrova Dilbar Salikhovna. (2021). Conspirological Theories of Origin Pandemic COVID-19 Ethical Issues in Dealing with the Pandemic. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6250

7. Qaxxarova, M. (2021). SOCIAL-SPIRITUAL ENVIRONMENT OF SOCIETY AND SPIRITUAL IDEAL. Oriental Journal of Social Sciences, 30-36.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.