Гайибцулав О.О.
Узбекистан Республикаси Ички ишлар вазирлиги хузуридаги Тергов департаменти ута мухцм ишлар буйича тергавчиси
AXBOROT XAVFSIZLIGI DAVR TALABI
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatdagi axborot etikasi muammolari, fikr uyg'unligi, so'zlar va tinglovchilarga ma'lumot yetkazish usullari tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalari nafaqat jamoat tomoniga, balki insonning ichki, ma'naviy hayotiga ham tajovuz qiladi. Muammo nafaqat ma'lumotlarning haddan tashqari ko'pligi, balki axborotga bo'lgan munosabatning o'zgarganida, ayniqsa mualliflar va axborot iste'molchilarida. Axborotga munosabat va uning axloqiy tomoni ushbu maqolada tadqiqot mavzusidir.
Kalit so'zlar: infoetika, neoretorika, ritorika, qora ritorika, axborot xavfsizligi etikasi.
Goyibkulov O.O.
Investigator for particularly important cases of the Investigation Department under the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
INFORMATION SECURITY IS A REQUIREMENT OF THE TIMES
Abstract. This article analyzes the problems of information ethics in modern society, the consistency of opinions, words and methods of conveying information to the audience. Information technologies invade not only the social side, but also the inner, spiritual life of a person. The problem is not only information overload, but also a change in attitudes towards information, especially among authors and consumers of information. Attitude to information and its ethical aspect is the topic of research in this article.
Key words: infoethics, neo-rhetorics, rhetoric, black rhetoric, ethics of information security.
KIRISH: Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta'minlaydigan uchta asosiy tamoyil ya'ni ma'lumot butunligi, axborotning konfidensialligi va foydalanish huquqlariga ega barch foydalanuvchilan axborordan foydalana olishlari; bilan bir qatorda ayrim faoliyat sohalari (huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va maxsus tuzilmalar, bank va moliya institutlari,axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari) ularda ko'riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko'ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo'yich ua maxsus choralar ko'rilishini talab etadi. Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi unug o'z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi.
Raqamli tarmoqlarning rivojlanishi bilan "axborot xavfsizligi" tushunchasi dunyoda tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani raqamlashtirishga yo'l olgan O'zbekiston uchun ham bu masala ustuvor ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iyun oyi oxirida Toshkentda MDH davlatlarining axborot xavfsizligi masalalari bo'yicha xalqaro ekspertlar forumi o'tkazilgani bejiz emas.
Ko'pincha tibbiy va davlat muassasalari yoki chakana sektordagi tashkilotlar kiberhujumlarga duchor bo'ladi. Aksariyat hollarda sabab jinoyatchilarning harakatlaridir. Har qanday kompaniya, tashkilot yoki moliya instituti maqsad bo'lishi mumkin. Mutaxassislarning qayd etishicha, 2020 yilda dunyoda 1120 ta yirik kiberhujumlar qayd etilgan. Hammasi bo'lib, 20 milliard yozuv buzilgan. Global axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya bozorini o'rganuvchi International Data Corporation xalqaro tadqiqot va konsalting kompaniyasi prognozlariga ko'ra, agar kiberxavflar soni o'sishda davom etsa, 2022-yilga borib kiberxavfsizlik yechimlari uchun global xarajatlar 133,7 milliard dollarga etadi. Ko'pgina hukumatlar kiberxavfsizlikning samarali amaliyotlarini amalga oshirishda tashkilotlarga yordam berish orqali kiberjinoyatchilarga qarshi kurashmoqda.
Hozirgi vaqtda Er sayyorasida etti milliarddan ziyod odam yashayotgan bo'lsa, tabiiyki, ularga havola etilayotgan axborot undan-da ko'proq. Masalaning shu tomoni ham borki, mazkur axborotlardan qaysi biri xolis, qaysi biri kimning manfaatlari uchun xizmat qilayotganini anglash bir qadar mushkul. Demak, axborot tarqatish, olish ortida strategiya bor ekan, uni himoya qilish, turli ma'lumotlar ta'siri va xurujlariga qarshi tura olishning ham ahamiyati ayni paytda juda muhim.1
Ayni vaqtda butun dunyoda axborot xavfsizligi masalasiga dolzarb vazifa sifatida qaralayapti. Jumladan, mamlakatimizda ham axborot xavfsizligini ta'minlash, uning huquqiy bazasini yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, kiber tahdidlarga qarshi kurashda barcha davlat organlari harakatlari muvofiqlashtirilayapti. E'tiborlisi, O'zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib axborot va kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga qo'shildi. Shuningdek, respublikamizda axborot xavfsizligi sohasiga ixtisoslashtirilgan xizmatlar va kompleks texnik echimlarni taqdim etadigan kompaniyalar faoliyat yuritayapti. Ta'kidlash joiz, hukumatimizning tegishli qarorlariga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida Ax borot xavfsizligini ta'minlash markazi tashkil etilgan. Markaz kompyuter hodisalari bo'yicha axborotni yig'ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta'minlashga texnik va konsultativ yordam berish bo'yicha O'zbekistonda yagona davlat muassasasi sanaladi. Mazkur faoliyatdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida axborotni himoya qilishning
1 https://meduza.io/feature/2020/05/03/chem-zanimalsya-tot-samyy-institut-virusologii-v-uhani
zamonaviy vositalarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta'minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismidir. Iqtisodiyot tarmoqlarining o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish" deb nomlangan beshinchi yo'nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan. Xususan, 2020 — 2023 yillarga mo'ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani, "Kiberxavfsizlik to'g'risida" gi qonun loyihasini hamda O'zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqish belgilandi.2 Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi. Ta'kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo'lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko'plab idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Darhaqiqat, XX asrning oxiri va asrimiz boshiga kelib hayotimizda "axborot asri", "axborotlashgan jamiyat", "axborot xuruji" kabi tushunchalar paydo bo'ldi. Bu esa bugungi kunda axborot tushunchasining ahamiyati oshganligidan, qamrovi kengayganligidan, maqsad-muddaosi o'zgarayotganligidan darak beradi. Taraqqiyotning hozirigi bosqichiga kelib, dunyo axborot makonida munosib o'rin egallashga erishish uchun moddiy ko'rinish va shaklga ega bo'lmagan, faqat aql bilan ko'rish va tafakkur bilan anglash mumkin bo'lgan jiddiy kurash avj olmoqda. Soha mutaxassislarining fikricha, axborot qurollari tushunchasi ostida biror xalq, millat mentaliteti, madaniyati, ma'naviyati, dini, davlatning informatsion va harbiy tizimiga salbiy ta'sir o'tkazadigan maxsus dezinformatsion texnologik vositalarning muayyan tizimi yotadi.3 Axborotga bo'lgan ehtiyojning qondirilishi ijobiy holat, ammo hech qanday asosga ega bo'lmagan, bir qarashda beozorgina bo'lib ko'ringan,
2 Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.
3 Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.
lekin maqsad-muddaosi g'arazli bo'lgan axborotlarga yoshlaming aldanib qolayotganligi tashvishlanarlidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR:
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun yana quyidagi ishlarni taklif qilmoqchimiz:
1) Axborot xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish, xususan, alohida qonun hujjati qabul qilish masalasini ko'rib chiqish;
2) milliy axborot makonimizni aholining qiziqishini inobatga olgan holda jarayonlarni ob'ektiv va pozitiv yorituvchi mahalliy va xorijiy axborotlar bilan muntazam to'ldirib borish;
3) xalqimizning, xususan, yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini o'stirish, undagi har qanday axborotni tafakkur va tahlil qilib, so'ng xulosa chiqarishga o'rgatishimiz zarur;
4) mamlakatimiz to'g'risida noto'g'ri, bir taraflama axborot tarqatuvchi har qanday xorijiy axborot vositalari faoliyatiga qonun doirasida chek qo'yish, bu kabi axborotlari uchun ularning javobgaligini oshirish va tarqatilgan axborotlarning bir taraflama yoki noto'g'ri ekanligini mutaxassislar ishtirokida xalqimizga o'z vaqtida yetkazish;
5) o'rta maxsus va professional ta'lim, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida axborot xavfsizligini ta'minlash, xususan, axborot xurujlari, uning shakl va ko'rinishlari, maqsadi va salbiy oqibatlari borasida maxsus kurslar o'tilishini ta'minlash;
Xulosa o'rnida aytganda, tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida axborot xurujlari va kiber tahdidlardan himoyalanish, o'z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo'lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o'zi talab etayapti. O'zbekistonda kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan tizimli va fundamental yondashuv, yagona normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaratish, ilg'or xorijiy tajribani joriy etish, innovatsion usullardan keng foydalanish davlat axborot siyosatini samarali olib borishga hamda axborot xavfsizligi sohasidagi muammolarni hal etishga hizmat qiladi. Bu esa axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy kiber tahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik bo'yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, mazkur sohada davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni amalga oshirish orqali belgilanadi. Hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Zamonaviy davrda kiberxavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda foydalanishga asos bo'ladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.
2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.
3. Эрназаровой, Г. О. (2017). Подготовка учащихся к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода. Традиционная и инновационная наука: история, современное состояние, перспективы: сборник статей, 115.
4. O'tayev A. Zamonaviy ta'limda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining siyosiy tarbiyasi.Science and Education Volume 1, Special Issue 4, December 2020.135-143b.