Научная статья на тему 'AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TA`LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI'

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TA`LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

37
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vertual resurslar / multimedia texnologilayari / elektron darslik / dasturlar / multimedia kurs

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazokat Rahmonovna Saitkulova

Ushbu maqola chеt tilini o„qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari vositasida, masofaviy ta‟limda til o„rgatish mеtodikalarini ko„rsatish tog‟risidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TA`LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI»

g

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TA LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Nazokat Rahmonovna Saitkulova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola chet tilini o'qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida, masofaviy ta'limda til o'rgatish metodikalarini ko'rsatish tog'risidadir.

Kalit so'zlar: vertual resurslar, multimedia texnologilayari, elektron darslik , dasturlar, multimedia kurs

Respublikamizda ta'lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashga doir keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o'ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to'plangan. Ta'lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko'rsatmoqda. Ma'lumki ushbu yo'nalishni amalga oshirishda eng birinchi chet tilini o'rganishda qaratildi. Chet tilini ayniqsa ingliz tilini o'rganishda axborot vositalarni qollash undagi dasturlarni ishlab chiqarish ham talablarni amalga oshirish o'zini natijalarini bermoqda. Albatta bularni barchasi zamonaviy dasturlar bolib o'quv jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan qulayliklar majmuasiga aytiladi.

Chet tilini o'qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida, masofaviy ta'limda til o'rgatish metodikalarini ko'rsatish mumkin. Kompyuter texnologiyalari, ayniqsa, Internetdan foydalanib, til o'rganishda juda keng imkoniyatlar mavjud. Ular quyiidagilarda namoyon bo'ladi:

1) chet tilida og'zaki munosabatlar bo'yicha o'zlashtirgan bilimlari va malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til materiallaridan faqat o'zining nutqida emas, balki Internet orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham foydalanishga o'rganish;

2) o'zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o'zgaruvchan vaziyatlariga ko'chirish moslashuvchan ko'nikmasini

shakllantirish;

October 20, 2023

g

3) norasmiy muloqot shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, so'zlashishni o'rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga keladigan motivatsiyani va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish;

4) psixologik to'siqlarni yengish, xususan, chet tilida so'zlashishdan va xatoga yo'l qo'yishdan cho'chish, to'sig'ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish hissini yo'qotish;

5) ta'lim sifatining yuqori darajaga ko'tarilishi va darhol natijaliligi; mashg'ulotlar ikkinchi mashqidayoq, foydalanuvchilar asosiy o'quv matnida berilgan nutqiy qolipda o'rganayotgan chet tilida so'zlasha boshlaydilar; matn ta'sir ko'rsatish suggestiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanilib, mashg'ulotlar birinchi mashqdayoq e'tiborga olinadi;

6) ko'p sonli nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o'zlashtirish; bir taqdim etishda 150-200 yangi so'zlar, 30-50 nutqiy namunalar va bir necha odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o'zlashtiriladi.

Ingliz tili o'rganishda hozirda Yevropa mamlakatlarida juda keng tarqalgan AKT vositalaridan biri bu internet hisoblanadi. Ular modul orqali talabalarga masofaviy talimni yo'lga qo'yishni taminlashmoqda. Dars jarayonini oson hamda tushunarli qilib tinglivchiga havola qilish ham ular oldiga qo'yilgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Ingliz tili darslarini darajalarga qarab ularga mos ravishda vertual resurslar yaratish chet tilini rivojlanishni taminlaydi.

Talimda ingliz tili predmetlaridan AKT asosida yaratilayotgan vertual resurslar O'zbekistonda birinchi marta yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'quv jarayoniga qo'llanilgan. Ingliz tili predmetlari bo'yicha yaratiladigan vertual resurslar asosida oliy ta'limda o'quv jarayonini axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. O'quv jarayonida vertual resurslarni ingliz tili predmetlari bo'yicha yaratishi boshqa mavjud multimedia texnologilayardan tubdan farq qiladi. Buning boisi ushbu vertual resurslarda milliy g'oya elementlari ham mavjud bo 'lib, ular asosida yoshlar til o'rganish jarayonida xalqimizning hamda tili o'qitilayotgan mamlakatlarning qadriyatlari urf-odatlari va milliy an'analari ingliz tilida o'rganib boradi. Malumki ingliz tilida hali bunday milliylik tushnuchasi zamiri bironta ham multimediyali dastuda amalga oshirilmagan edi.

Hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o'quv nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin.Ayniqsa, elektron oquv nashrlaridan yakuniy nazorat tizimida foydalanishning samarasi yuqoridir. Kompyuter test

dasturlari o'rganuvchilar uchun o'z-o'zini nazorat vositasigina

October 20, 2023

g

g

bo'lib qolmay, yakuniy nazoratning vazifasini o'z ichiiga oladi.Bunday test dasturi o'zgartirish mumkin bo'lmaydigan mustaqil programma bo'lishi yoki o'qituvchi tomonidan to'ldirib, modifikatsiyalandigan qoboq dastur ham bo'lishi mumkin. O'quv elektron vositalari qatorida O'quv-uslubiy majmualar muhim o'rin tutadi. O'quv-uslubiy majmualar nazariy material bilan birga amaliy vazifalar, testlar , ilovalar va boshqalarni saqlaydi. O'quv-uslubiy majmualar strukturalangan mantiqan bog'langan didaktik elamantalardan tashkil topgan raqamli va analog shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin. Zamonaviy o'quv multimedia kursi - video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo'lmay, undagi o'quv materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs ta'lim oluvchiga illyustrativ, ma'lumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks ta'sir o'tkazish vositasi hisoblanadi.

Elektron darslik -nazariy materialni mustaqil o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta'lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Xulosa qilib aytganda ,ingliz tilini o'qitishda AKT asosida tashkil qilish tizimi asosida olib borilayotgan nazariy ishlarning muhim jihati shundan iboratki, u o'z navbatida bir qator fan yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi. Bunday fan yo'nalishlariga ingliz tilini AKT asosida o'qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya va boshqa yo'nalishlar kiritish mumkin. Ushbu fan yo'nalishlari olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlariga talabalarga ingliz tilidan berilayotgan malumotlarni qanday ko'rinishda va qancha hajmda ularning mazmun -mohiyatini ochib berishda qo'llaniladigan pedagogik metod, usullar va psixologik jihatlarni tadqiq qilish kabi ilmiy- uslubiy ishlar kiradi. Ingliz tilini o'qitish va o'rganishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan (AKT) foydalanib o'quv-metodik adabiyotlar tizimini yaratish va o'quv jarayonini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Boqiyev R,Yuldashev U.Informatika fanini o'qitishning dolzarb muammolari/. Kasb-hunar ta'limi. -2002. -№5-6. -B. 26-27.

2. Fayziyev M.A. Talabalarning bilim va ko'nikmalarini kompyuter imitatsion modeli asosida shakllantirish metodikasi. -Toshkent: T^nY,

2008. -137 b.

October 20, 2023

g

g

3. Fayziyev M.A. Multimediali electron qo'llanmalar yaratish tajribasi // Respublika ilmiy-amaliy anjumanlar to'plami 28 aprel 2004. Toshkent, 2004. 36-37 b

4. Alessi, S.M. &Trollip, S.P. Multimedia for learning: Methods and development.Boston, MA: Allyn and Bacon. 2001. - 128p.

5.. Neuman, D. Learning and the digital library. // Library Trends, 45(4). 1997. -pp.687-708.

6. http: //www.uftuit.uzpak.uz/Tatulib/book/ahborot_tehnolog/ahborot_tehnolog_3. ht m#model4

7. http://www.bitpro.ru/IT0/2000/II1/14.html

8. http: //www.hi-edu.ru/x-books-free/xbook 119/01 /files/main.css

9. http: //www. mpgu.ru/macromedia

10. Saitkulova, N., & Suleymanova, N. K. (2023). Akademik mobillik borasidagi muammolar va ularning yechimlari. PEDAGOG, 6(6), 53-59.

11. Rahmonovna, S. N. (2023). Mustaqil ta'limni tashkil etish asosida talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish mazmuni. Journal of Integrated Education and Research, 2(8), 100-104.

12. Zulfiya Khojabayevna Kabulova. (2023). The History of Pedagogy as a Teaching Subject. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(7), 153-157.

13. E'tibor, M. (2022). The Expressions of Facial Somatism "Head" in English Idioms. PEDAGOGS jurnali, 6(1), 353-356.

14. Jontoshevna, S. S. (2023). Methodology of Teaching Foreign Language or English to Cadets. Academia Science Repository, 4(04), 483-490.

15. Makhliyo, S. (2021). The syntactical classification of phraseological units with the lexeme "money". Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 236-240.

16. Tenelbayev, R. (2023, September). Different Types of Writing in Teaching and Learning Process. In Proceedings of International Educators Conference (Vol. 2, No. 9, pp. 104-108).

17. Avezimbetova, A. J., & Tenelbayev, R. (2022). The Effectiveness of Using Writing Techniques in Teaching B2 Level Learners. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 414-417.

18. Usmonova, R., Omonova, M., & Bobojonova, Z. (2020). Using innovative methods of teaching foreign languages. Academic research in educational sciences, (3), 692-696.

19. Usmonova, R. (2023). Teaching Listening: Problems and

Solutions. Interpretation and researches, 7(10).

October 20, 2023

g

g

20. Khonsaidova, M. (2023). Transformative Learning: Promoting Learners'critical-Thinking Skills and Knowledge by Enhancing Applicable Approaches in Education System. GOLDEN BRAIN,, 7(26), 127-131.

21. Makhamadalievna, K. M. (2021). Integrated skills: basic analyses of writing skill. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 2(1), 13-16.

22. Azim, A. Y. Animals' Conception in Malay and Uzbek Culture.

23. Yuldashev, A. A. (2022). Relations of Language and Culture. Academic research in educational sciences, 3(10), 888-891.

24. Fotima, K. (2023). Xorijiy til o 'rganuvchi talabalarda yozuv kompetensiyasini rivojlantirish. Involta Scientific Journal, 2(3), 113-115.

25. Maxamatxo'jaeva, G. U. (2022). Ozbek tiliga ingliz tilidan ozlashgan va o'zlashayotgan sozlar haqida bazi mulohazalar. Results of National Scientific Research International Journal, 1(8), 46-49.

26. Maxamatxo'jayeva, G., & Siddiqova, I. (2023). O'zbek tiliga ingliz tilidan o'zlashgan va o'zlashayotgan so'zlar haqida ba'zi mulohazalar. Til va adabiyot ta'limi, 3, 91-92.

27. Shuxratova, Z. S. (2023). Frazeologiyaning nazariy asoslari va o'rganilish tarixi. UzACADEMIA, 3(26), 160-165.

28. Shuxratova, Z., & Sadullayeva, N. (2023). Ingliz media matnlarida frazeologik birliklarning ifoda etilishi new york times gazetasidagi frazeologizmlar misolida. Til

va adabiyoti ta'limi, 2, 44-43.

29. Shirinoy Ortykalikizi Yusupova. (2023). Pedagogical Fundamentals of The Innovative Approach to Education in the Digital World. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(8), 21-24.

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.