Научная статья на тему 'AXBOROT KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT –MA’LUMOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA XORIJ TAJRIBASI (ROSSIYA KUTUBXONALARI MISOLIDA)'

AXBOROT KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT –MA’LUMOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA XORIJ TAJRIBASI (ROSSIYA KUTUBXONALARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
143
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot ma’lumot xizmati / axborot bibliografik xizmati / axborot resurslari. / information and reference service / information and bibliographic service / information resources.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Y. Yoqubjanova

Maqolada axborot ma’lumot xizmatini tashkil etishning zamonaviy model va texnologiyalari Rossiya kutubxonalari misolida ko’rib chiqiladi, ularda qo’llanilayotgan usullar tahlil qilinadi, shuningdek xizmatni yanada rivojlantirish bo’yicha Rossiya tajribasini o’rganish va tahlil etish taklif etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF INFORMATION REFERENCE SERVICES IN INFORMATION LIBRARY INSTITUTIONS (ON THE EXAMPLE OF RUSSIAN LIBRARIES)

The article discusses modern models and technologies for organizing information reference services on the example of Russian libraries, analyzes the methods used in them, and suggests studying and analyzing Russian experience in the further development of services.

Текст научной работы на тему «AXBOROT KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT –MA’LUMOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA XORIJ TAJRIBASI (ROSSIYA KUTUBXONALARI MISOLIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AXBOROT KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT -MA'LUMOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA XORIJ TAJRIBASI (ROSSIYA KUTUBXONALARI MISOLIDA) Yoqubjanova Yoqutxon Shokirovna

Muxammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7439694 Annotatsiya. Maqolada axborot ma'lumot xizmatini tashkil etishning zamonaviy model va texnologiyalari Rossiya kutubxonalari misolida ko'rib chiqiladi, ularda qo'llanilayotgan usullar tahlil qilinadi, shuningdek xizmatni yanada rivojlantirish bo'yicha Rossiya tajribasini o'rganish va tahlil etish taklif etiladi.

Kalit so'zlar: axborot ma'lumot xizmati, axborot bibliografik xizmati, axborot resurslari.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАЦИОННОГО СПРАВОЧНОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ В ИНФОРМАЦИОННО-БИБЛИОТЕЧНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ (НА ПРИМЕРЕ РОССИЙСКИХ БИБЛИОТЕК) Аннотация. В статье рассматриваются современные модели и технологии организации информационного обслуживания на примере российских библиотек, анализируются используемые в них методы, предлагается изучить и проанализировать российский опыт дальнейшего развития обслуживания.

Ключевые слова: информационно-справочная служба, информационно-библиографическая служба, информационные ресурсы.

FOREIGN EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF INFORMATION REFERENCE SERVICES IN INFORMATION LIBRARY INSTITUTIONS

(ON THE EXAMPLE OF RUSSIAN LIBRARIES) Abstract. The article discusses modern models and technologies for organizing information reference services on the example of Russian libraries, analyzes the methods used in them, and suggests studying and analyzing Russian experience in the further development of services.

Keywords: information and reference service, information and bibliographic service, information resources.

Axborot ma'lumot xizmati - axborot mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish orqali foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat sohasi hisoblanadi. Xorijiy va mahalliy tajribani o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, muassasalarda xizmatni amalga oshirish uchun turli xildagi model va texnologiyalardan foydalaniladi. Ammo ish tamoyillari bir xil: umumiy kutubxona resurslari yordamida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirish, foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kutubxona axborot resurslarini doimiy yangilash va kengaytirishdan iborat.

Shu sababli, hozirgi vaqtda zamonaviy [1,-B.597-605] Rossiya kutubxonalarida axborot-ma'lumotnoma va bibliografik xizmatlar parallel ravishda electron va an'anaviy ma'lumot manbalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Kutubxonalarning bo'limlari esa o'z navbatida ishning mazmuni, xarakteri, va funksiyasiga ko'ra axborot-bibliografik, ilmiy-bibliografik, elektron resurslar va bibliografiya va boshqalar deb ataladi. Bibliografik bo'limlar o'zida butun kutubxonaning ma'lumotlar bazalarini jamlaydi. Foydalanuvchilarga kutubxonaning yuqori malakali, kompyuter ko'nikmalariga ega bo'lgan mutaxassislardan iborat jamoasi xizmat

1730

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

ko'rsatadi, xodimlar o'rtasida yangi texnologiyalarni o'qitish foydalanuvchilarga esa elektron va an'anaviy ma'lumot bazalaridan foydalanish, qidirishning optimal usullarini o'rgatish bo'yicha seminar va treninglar domiy ravishda o'tkazilib boriladi.

Axborot ma'lumot xizmatini tashkil etishdagi jarayonlar va uning afzalliklarini keltirib o'tadigan bo'lsak: Umumiy jarayonlar:

• so'rovlarni qabul qilish va o'rganish;

• qidiruv (avtomatlashtirilgan, bibliografik);

• axborotni tarqatish (uni foydalanuvchiga yetkazish);

• statistik ma'lumotlarni tahlil qilish

Vazifalar:

• Fuqarolarning axborot savodxonligini madaniyatini oshirish; [2,-B. 5477-5489].

• Foydalanuvchilarning axborotlarni topishga ketkazgan vaqtini tejash;

• Foydalanuvchilar o'rtasida nafaqat milliy axborot resurslari shuningdek jahon axborot resurslarini targ'ib qilish.

Xizmat asosan bibliograflar tomonidan amalga oshirilgani bois, ularga qo'yilgan talablarni sanab o'tish maqsadga muvofiqdir:

• bibliografik yozuvlarni o'qiy olish va xatolarni ko'ra bilish;

• optimal axborotni izlash bilimlariga egalik qilish;

• ma'lumotnoma-bibliografik apparatdan foydalana olish;

• kutubxonaning boshqa bo'limlari, bo'lim ma'lumotlar bazalari bo'yicha mukammal bilimlarga ega bo'lish;

• boshqa kutubxonalar ma'lumotlar bazalarining qidirish usullarini bilish;

• iste'molchilarning axborot so'rovlarini shakllantirish, aniqlashtirish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.

Ushbu model yordamida axborot-bibliografik xizmat ko'rsatish madaniyati va an'analar davomiyligi ta'minlanadi. Bibliograflar manbalarni qidirishning eng qisqa usullaridan foydalanadilar, zotan, foydalanuvchi uchun muhim narsa qidiruv usullari emas, balki ma'lumot olish tezligidir. Turli texnologik va aloqa vositalarini qo'llash, axborot- ma'lumotnoma va bibliografik xizmatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga hissa qo'shadi, zaruriyat tug'ilganda esa bibliograf bilan bog'lanishga imkoniyat yaratadi.

Doimiy ravishda foydalanuvchilar sonini oshirish uchun esa bibliografik xizmat foydalanuvchini yuqori darajadagi qulaylik bilan ta'minlashi kerak, shunda kitobxon nafaqat axborot tarkibi balki uning yetkazilish shakli, vaqti va joyini ham tanlashi mumkin.

Rossiyalik mutaxassislar axborot ma'lumot xizmati modelini qurishda turli xil texnologiyalardan foydalanishga harakat qilishmoqda, masalan, ma'lumotlar stoli, maslahatlar oynasi, virtualchat va tezkor javoblar, an'anaviy telefon va elektron pochta. "СИО как места" tushunchasi o'rganilmoqda, kutubxonada ma'lumotnoma xizmatlarini shakllantirishning muhimligi ta'kidlanmoqda.

Kutubxonalarda "so'rov-javob" rejimidagi an'anaviy ma'lumotnoma-bibliografik xizmatdan tashqari, tashkilotning kompleks axborot xizmati modeli joriy etilgan bo'lib, kutubxonaning bibliografik resurslariga masofadan kirish, virtual konsalting va foydalanuvchilar

I73I

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uchun masofaviy ma'lumotnoma xizmatlari joriy etilgan. Asosan, elektron pochta orqali kelib tushgan so'rovlar bilan ishlashga katta e'tibor beriladi,

Xizmatning bu modeli, ayniqsa Rossiya davlat kutubxonasida keng joriy etilgan bo'lib, kutubxona saytida , " спроси у библиотекаря" (" kutuxonachidan so'rang") xizmati mavjud bo'lib, foydalanuvchi tomonidan yuborilgan so'rovlarga javob berish vazifasini bajaradi. Xizmatni bajarishda kutubxona xodimlari so'rov mazmunini o'rgangan holda, mavzu doirasidagi axborot manbalarining bibliografik ro'yxatlarini, internet saytlari va havolalarini yuboradi. Shuningdek, agar foydalanuvchi axborotning to'liq matnli shaklini olishga istak bildirsa, mualliflik huquqiga asoslangan holda manbalarning to'liq matnli shakli yuboriladi. Xizmat so'rovning mazmuni va talabiga qarab bepul yoki pulli ko'rsatilishi mumkin. Kutubxonachi bibliograf so'rov natijasiga asosan topilgan ma'lumotlarni bevosita foydalanuvchining elektron pochta manziliga yuboradi va o'z navbatida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun qidiruv bo'yicha tavsiyalar ham taklif qiladi.

Bugungi axborotlashgan kunda, ma'lumotnoma va bibliografik xizmatlarni amalga oshirishda yangidan yangi usullar va texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Shunday bo'lsada, kutubxonachi bibliograflarning kundalik amaliyoti o'zgarishsiz qolgan holda ma'lumotlar bazalarida va boshqa tashkilotlarning elektron kataloglari ma'lumot qidirishni, shuningdek kutubxonada yaratilgan va sotib olingan to'liq matnli resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Kutubxonaning Axborot ma'lumot xizmati doimiy ravishda rivojlanib bormoqda, yangi xizmat turlari qo'shilmoqda, axborot resurs manbalar doirasi kengaymoqda, o'zgarishsiz qolayotgan yagona narsa esa, foydalanuvchilarning eng sifatli, to'liq xizmatlarni qabul qilish istagidir.

Yuqoridagi model va texnologiyalarni o'rgangan holda Rossiya davlat kutubxonasi, muammoni yechishning quyidagi modelini taklif qiladi.

1-Rasm. Axborot ma'lumot xizmatining modeli Axborot ma'lumot xizmati rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishi: mobil xizmat.

Foydalanuvcilarning ko'pchilik qismi, ma'lumotlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida qabul qilishni xohlaydi. Bu yo'lda mobil telefonlardan foydalanish esa an'anaviy kutubxonalarning ko'payishi va xizmatlar doirasining kengayishida muhim omil sifatida rol o'ynaydi. Matnli xabarlardan foydalangan holda mobil telefon egalariga axborot xizmatlarini ko'rsatish, foydalanuvchilarning kerakli vaqtda va deyarli hamma joyda axborot ma'lumotlarni

1732

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

olishlarini ta'minlaydi. Xizmat ko'rsatishning bu usuli qo'ng'iroq paytida yoki telefon o'chirilgan holatda ham ishlaydi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Davlat jamoat ilmiy kutubxonasida ushbu xizmat shaklidan foydalanish imkoniyatini o'rganish maqsadadida kutubxonaga tashrif buyurgan va kutubxona sahifalariga kirgan 700 dan ortiq foydalanuvchilar o'rtasida so'rovnoma tashkil qilingan bo'lib, uning natijalariga ko'ra, Respondentlarning 70% dan ortig'i bunday xizmatning paydo bo'lish imkoniyatlarini ijobiy baholadi. Bundan ko'rinib turadiki, xizmat ko'rsatishning bu turi ham hozirda Rossiya axborot kutubxona muassasalarida o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, hozirda butun jahon bo'ylab axborot ma'lumot xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha qator modellar va texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda. Rossiya kutubxonalarida qo'llanilayotgan xizmatni rivojlantirishning an'anaviy va avtomatlashtirilgan usullarini ta'kidlab o'tish maqsadga muofiqdir. Zero, xorij tajribalarini o'rgangan va tahlil qilgan holda o'zimizning axborot kutubxona muassasalarimizda qo'llash, kutubxonalardan foydalanish, uning xizmatlarini targ'ib qilishda o'zining samarali natijalarini berishi tabiiydir.

REFERENCES

1. Bekmurodov M., Akhmedova F., Kadirova K. Study the process of harmonization formation of personal and professional qualities at students //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. S1. - С. 597-605.

2. Buvabaevna K. Y. Issues of Civil Literacy Development in the Education System //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 5477-5489.

3. https://www.rsl.ru/ru/4readers/virtualnaya-spravochnaya-sluzhba

4. Maarno.R. Информационное «Бюро забытых вещей» - новая модель библиотечной справочной службы // Науч. и техн. б-ки. 2013. № 1. С. 94-99.

5. Redkina. N. S. Моделирование как метод научного познания в библиотековедении. Новосибирск, 2016. С. 11.

6. Avery S., Hahn J., Zilic M. Beyond consultation: a new model for librarian's office hours // Public Serv. Quart. 2008. Vol. 4, N 3. P. 187-206.

7. Heikkila-Furrey J., Kearns S. K., Littrell L. Reference by your side: Redesigning the library help desk // Ref. Libr. 2007. Vol. 48, N 2. P. 41-59.

8. Kadirova Y. LOVING THE COUNTRY IS FAITHFUL //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. B4. - С. 420-423.

9. BUVABAEVNA K. Y. LEGAL BASIS OF FORMATION OF CIVIC CULTURE IN STUDENTS KADIROVA YAKITJAN BUVABAEVNA: LEGAL BASIS OF FORMATION OF CIVIC CULTURE IN STUDENTS KADIROVA YAKITJAN BUVABAEVNA //Journal of Information Computational Science. - 2021. - №. 1.

1733

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.