AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING OLIY TA'LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI, KAMCHILIKLARI VA QULAYLIKLARI 1Salovatova Madinabonu Ulug'bek qizi, 2Xudayqulova Fazilat Bo'riyevna
1Chirchiq Davlat pedagogika universiteti, Boshlang'ich ta'lim fakulteti, Maktabgacha va boshlang'ich talimda xorijiy til yo'nalishi 2-bosqich talabasi 2Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi
o'qituvchisi
1madinasalovatova1@gmail.com, 2 fazilatxudayqulova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10806301
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda ta'lim tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishdagi qulaylik va kamchiliklar hamda uning oliy ta'lim tizimida tutgan o'rni, zamonaviy ta'lim turisifatidamasofaviy ta'limningafzalliklarihaqidaatroflichaso'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Axborot texnologiyalari, hemis, masofaviy ta'lim, onlayn platforma, internet, elektron darslik.
Butun dunyoda ta'lim tizimini, xususan, oliy ta'limni rivojlantirish ustuvor masalalardan bo'lib kelmoqda. Ushbu o'rinda tizimga axborot kommunikatsion texnologiyalarini joriy qilish ta'lim sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Bu o'zgarish ta'lim oluvchilar va beruvchilar ishini osonlashtirdi, ularning vaqt va imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratdi. Turli xorij davlatlari tajribalarini o'rgangan holda, ularning ayrim yondashuv va metodlari o'zlashtirildi. Ta'lim tizimidagi ba'zi to'siqlar olib tashlandi. raqamli axborot tizimlari tashkil qilindi.
Ta'lim tizimidagi katta o'zgarishlarga Kundalik.com platformasi, "Hemis" ta'limiy axborot tizimining tashkil topishi, "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasining ishga tushganligi, abituryentlarni ro'yxatga olish onlayn tartibga o'tganligi kabilar misol bo'la oladi.
"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasi bu asosan ta'lim tizimidagi rahbar kadrlar va pedagog xodimlar onlayn malaka oshirishlari uchun tashkil etilgan tizimdir. Ushbu tizim pedagoglar vaqtini, mablag'larini tejashga yordam beradi va ko'plab qulayliklar yaratadi. "Hemis" ta'limiy axborot tizimi oliy ta'lim sohasidagi eng katta innovatsiyalardan biridir. Bu tizimning pedagoglar uchun qulayligi - dars jadvallari, mashg'ulotlar, mavzuga oid darsliklarni onlayn yetkazish imkoniyati va pedagogning ilmiy faoliyati bilan bog'liq jarayonlar ham bitta kabinetda jamlab, ixchamlashtirilgan. Talabalar uchun qulayliklar kerakli barcha ma'lumotlarni o'zi istagan paytda ko'rish va yuklab olish imkoni, ota-onalar tomonidan talaba davomati va o'zlashtirishini nazorat qilib boorish, fan uchun kerakli resurslardan oson foydalanish kabilarni o'z ichiga oladi. Ayniqsa, masofadan turib ta'lim oluvchilar uchun bu juda qulay.
Tizimda va undan foydalanishda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Markaziy hududlardan uzoqroqda joylashgan ta'lim muassasalarida internet sifatining yaxshi emasligi tizim ishlashiga halaqit beradi. Platformada ishlash va unga material yuklash pedagog xodim uchun biroz qiyinchilik tug'diradi. Agarda platformadan bir vaqtning o'zida bir necha minglab talabalar foydalansa platforma ishlamay qolishi, qotib qolishi, platformadan chiqib ketib qolish holatlari kuzatiladi. Bu holatlar ko'pincha talabalar onlayn imtixon topshirayotganlarida yuz beradi. Bundan tashqari, pedagog xodimlarning hammasi ham bu tizimni to'liq o'zlashtirmagan. Tizimdagi ushbu kamchiliklar bartaraf etilsa, foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo'lar edi.
Hozirda oliy ta'lim sohasida ta'lim olishning zamonaviy metod va usullari yaratilgan. Masofaviy ta'lim eng keng tarqalgan ta'lim turlaridan biriga aylandi. Uzoq masofadagi auditoriyalarni birlashtirgan holda turli platformalar orqali onlayin darslar, seminar-treninglar, konferensiyalar, ilmiy uchrashuvlar, taqdimotlar va onlayn kurslar tashkil etilmoqda. Bunda ta'lim olishni xohlovchilar o'z sohasida asosiy yoki qo'shimcha ta'lim olishi, malakasini oshirishi, ikkinchi mutaxassislik sohalari bo'yicha bilim olishi yoki onlayn kurslarda qatnashish imkoniyatlariga ega bo'ladilar
Ta'lim oluvchilar o'z imkoni va sharoitidan kelib chiqib o'quv jarayonining davomiyligi va vaqtini belgilaydilar. Ular o'zlari istagan joyda, hatto ishdan ajralmagan holda ta'lim olishlari mumkin.
Talim jarayonida AKTdan foydalanish dars samaradorligini yanada oshiradi. Turfa xil o'quv-uslubiy metodlar va raqamli texnologiyalar bilan uyg'unlashgan dars qiziqarli va mazmunliroq bo'ladi. Bu pedagog uchun ma'lumotlarni tez va oson yetkazib berish va dars vaqtini to'g'ri taqsimlashda yordam beradi. Talabalar uchun esa ma'lumotlar ixchan, aniq va tushunarli bo'ladi. Bunday texnologiya va metodlar darsni yaxshiroq tushunish va ko'proq ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi. Video va audio darsliklar, slaydlar, turli klaster va diagrammalar. O'quvchiga mu'ayyan muddatdan so'ng ham qulay foydalana olish imkonini beradi.
Albatta, shu kabi samarali metod va texnologiyalar yaratish o'zaro tajriba almashish va o'rganish orqali amalga oshiriladi. Bu borada jahonda ta'lim tizimi rivojlangan davlatlar tajribalarini o'rganish maqsadga muvofiq. Texnologiyalar va yangiliklarni o'zlashtirishda O'zbekiston ta'lim tizimidagi holat, bu yangilik bo'yicha yetarli kadrlar va materiallar bor yoki yo'qligini, joriy qilingandan keyingi o'zgarishlarni prognoz qilib ko'rish va eng asosiysi bu yangi ulub va tajribalar o'quvchilarimiz saviyasiga to'g'ri kelish yoki kelmasligi kabi omillarni hisobga olsak, tatbiq qilingan yangiliklar kutilgandan ko'proq samara berishi mumkin. To'g'ridan-to'g'ri olib joriy qilish, aksincha, salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Ta'lim tizimidagi har bir yangilik kadrlar salohiyati va ta'lim oluvchilarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Talimni rivojlantishning muhim omillaridan biri ham shudir.
Xulosa: Boshqa ta'lim bosqichlari kabi oliy ta'lim ham ta'lim tizimining muhim bo'g'inidir. Bu jabhaga ko'proq e'tibor qaratish, boshqa bosqichlarning ham o'z-o'zidan rivojlashini ta'minlaydi. buning uchun ko'plab izlanishlarni amalga oshirish, tajribalar almashish, muntazam islohotlar amalga oshirib turish va sohaga oid yangiliklardan boxabar bo'lib borish lozim. Ta'lim tizimida sifatning oshishi oliy ma'lumotli, yuqori ko'nikma va malakaga ega kadrlarni tayyorlashga bog'liq. Ularning bilim ba malakasi yuqori bo'lishi uchun oliy ta'lim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ular orqali dars o'tish ko'nikmasini hosil qilish, buning uchun zamon talablariga mos ravishda axborot kommunikatsion texnologiyalarini chuqur o'rganish va foydalanishga keng sharoit yaratilishi lozim.
REFERENCES
1. O.T.Yakubov Ta'limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari. Maqola. "Ijtimoiy boshqaruv" jurnali. 2022-yil.
2. N.X.Mannanova. O'zbekistonda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida masofaviy ta'limning shakllanishi va rivojlanishi. (PhD) Toshkent, 2019.
3. Hemis tizimida o'qituvchi profili funksionallari (video qo'llanma) https//youtu.be/eeIJIqXsw_M
4. Khudaikulova, F. B., & qizi Sherkulova, S. S. (2023). THE IMPORTANCE OF FORMING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF NEW GENERATION PEDAGOGUES. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 2(3), 5-9.
5. Buriyevna, X. F., & Baxtiyorovich, T. B. (2023). ORGANIZING FORMS OF COURSES THROUGH INTERNATIONAL EDUCATIONAL PROGRAMS BASED ON THE EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 15, 33-34.