Научная статья на тему 'AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARDORLIGI VA RAQOBATBARDOSHLIGI'

AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARDORLIGI VA RAQOBATBARDOSHLIGI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtosanoat korxonalari / raqobatbardosh / tahlil / benchmarking / tarmoqlashgan boshqaruv / optimallashish / rentabellik / boshqaruv tizimi. / Auto industry enterprises / competitive / analysis / benchmarking / networked management / optimization / profitability / management system.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Moydinov Dilyorbek Abidjanovich, Axmadjanov Abror Akbarjon O‘g‘li, Botirov Mamirjon Mahmudovich

Maqolada mahalliy avtomobilsozlik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samardorligi va raqobatbardoshligini oshirishning yo‘llarini oshirish uchun benchmarkingdan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, raqobatbardoshlikni oshirish yo‘llari va uslublari qanday foydalanish va ularni amalga oshirish strukturaviy tuzilishini yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRODUCTION EFFICIENCY AND COMPETITIVENESS IN AUTOMOTIVE ENTERPRISES

The article provides for the use of benchmarking to improve production efficiency and competitiveness of domestic enterprises in the automotive industry. It also explains how to use ways and methods to increase competitiveness and the structural framework for their implementation.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARDORLIGI VA RAQOBATBARDOSHLIGI»

UDK.659331

AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARDORLIGI

VA RAQOBATBARDOSHLIGI

Moydinov Dilyorbek Abidjanovich Andijon mashinasozlik instituti, t.f.f.d., PhD, dotsent, dilvorbek2256@,gmail.com

Axmadjanov Abror Akbarjon o'g'li Andijon mashinasozlik instituti, assistant [email protected]

Botirov Mamirjon Mahmudovich Andijon mashinasozlik instituti,assistant [email protected]

Annotatsiya: Maqolada mahalliy avtomobilsozlik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samardorligi va raqobatbardoshligini oshirishning yo'llarini oshirish uchun benchmarkingdan foydalanish ko'zda tutilgan. Shuningdek, raqobatbardoshlikni oshirish yo'llari va uslublari qanday foydalanish va ularni amalga oshirish strukturaviy tuzilishini yoritilgan.

Аннотация: В статье предусмотрено использование бенчмаркинга для повышения эффективности производства и конкурентоспособности отечественных предприятий автомобильной промышленности. Также поясняется, как использовать пути и методы повышения конкурентоспособности и структурная структура их реализации.

Abstract: The article provides for the use of benchmarking to improve production efficiency and competitiveness of domestic enterprises in the automotive industry. It also explains how to use ways and methods to increase competitiveness and the structural framework for their implementation.

Kalit so'zlar: Avtosanoat korxonalari, raqobatbardosh, tahlil, benchmarking, tarmoqlashgan boshqaruv, optimallashish, rentabellik, boshqaruv tizimi.

Ключевые слова: Предприятия автопрома, конкурентоспособность, анализ, бенчмаркинг, сетевое управление, оптимизация, рентабельность, система управления.

Key words: Auto industry enterprises, competitive, analysis, benchmarking, networked management, optimization, profitability, management system.

Avtomobilsozlik korxonalari o'z faoilayini samaradorligini ko'rsatkichlarini yangi bosqichga o'tish uchun o'zining mavjud imkoniyatlarini aniqlash, tahlil natijalariga kora moslashtirishi kerak. Mana shu sohaning bir nechta yetakchi korhonalar rivojlanish bosqichlarini o'rganilishi va to'g'ri xulosa chiqarishi lozim. Shunda o'z imkoniyatlariga to'g'ri talab qo'yish imkoniyati bo'ladi. Ko'rib chiqilayotgan korxonalarning ish jarayonlarini tashkil qilinish taqqoslanib ma'qul jihatlarini korxona o'z faoliyatida qo'llashi mumkin. Sinovlarga asoslangan qiyosiy tahlil strategik yo'naltirilgan marketing tadqiqotining yo'nalishlaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

Korxonaning faoliyatini baholashning quyidagi turlari mavjud:

- benchmarking jarayoni;

- ichki solishtirish;

- funksional solishtirish;

- raqobatbardoshligini solishtirish.

Raqobatbardoshligini solishtirishda jarayon yoki boshqaruv usullari, imkoniyatlari raqobatchilarniki bilan solishtiriladi.

Ichki solishtirishda ishlab chiqarish birliklarining xarakteristikasi tashkilot ichidagi o'xshash biznes jarayonlar bilan solishtiriladi.

Funksional solishtirish bir xil sektorda ikki yoki undan ortiq tashkilotning ayrim funksiyalari solishtiriladi.

Benchmarking jarayoni muayyan jarayonlarning ko'rsatkichlari o'xshash jarayonlarning eng yaxshi xususiyatga ega bo'lgan korxonalar bilan taqqoslanadi.

"Benchmark" ingliz tilida tasdiqlash punkti degan ma'nolarni beradi.

Benchmarking avtomobilsozlik korxonalarida, eng yaxshi amaliyot namunalarini izlash va ularni o'z amaliyotida qo'llashdir.

Chevrolet avtomobil kompaniyasining avtosanoat korxonalarga namuna bo'ladigan tomonlari ko'pligi ma'lum. 2000-yillarda bozordagi mavqeini ko'tarish maqsadida taqqoslash ishlari olib borilgan. Kompaniyaning mutaxassislari har bir mahsulotning afzalliklarini o'rganish va iste'molchilar afzal ko'rgan modellarni aniqlash maqsadida ko'plab avtomobil modellarini o'rganishdi. Har bir mezon uchun o'z sinfidagi eng yaxshi avtomobil aniqlandi, buning asosida eng yuqori stavkadan oshib o'tishga imkon beruvchi strategiya ishlab chiqildi. Natijada 2012 yil kompaniyaning mahsulotlari "Yil mashinasi" nomini olgan.

1-rasm Chevrolet Volt

Shunday davrlar bo'lganki sekin-asta ko'tarilgan cho'qqidan pasga siljish holatlari kuzatildi. Kompaniya boshqaruvi, natijada, taqqoslash jarayoni doimiy jarayon bo'lib, uni bir martalik jarayon deb hisoblash mumkin emas, degan tushunchaga keldi. Xulosa qilib aytganda, taqqoslash sizning raqobatdosh kompaniyangiz faoliyati sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganligi sababini aniqlash imkonini beradi, bu harakatlar ijobiy natijaga olib keladi.

Ushbu ko'rsatkichlarning faqat bittasini tahlil qilish kompaniyaning faoliyati haqida to'liq tasavvurga ega qilmaydi. Benchmarking MDH davlatlarining ishbilarmon doiralarida yangi ibora. Avvaliga, ko'pchilik bu konsepsiya sanoat josusligini xarakterlaydigan taassurot qoldirdi, biroq aslida bu ikki jarayonni ajratib turadigan muhim farqlar mavjud.

Benchmarking - boshqa birovning tajribasini o'rganishdir, bu biznesingiz uchun qo'shimcha mezonni tanlashga va o'zingizni sinov va xatolardan himoya qilishga imkon beradi. Biznesni olib borishning ushbu usuli 1972 yilgacha ishlab chiqilgan, ammo maqsadli ravishda 1980 yillarning oxirlarida qo'llanila boshlangan.

Qisqacha aytganda, taqqoslash boshqa kompaniyani yoki boshqalardan muvaffaqiyatli bo'lgan boshqa ishni qidirishdir. Shunda faqatgina uning firma ishining holatini yaxshilashga doir savolga javob topish mumkin.

Hozirgi kunda deyarli har qanday bozorda shafqatsiz raqobat mavjud bo'lib, bu biznesingizni xohlagan tarzda shakllantirishingizga yo'l qo'ymaydi. Bir daqiqaga chalg'itishga

hech qanday imkoniyat yo'q, chunki kompaniya tezda bozordan chiqib ketishi mumkin. Raqobatchilarning harakatlarini to'g'ri tahlil qilish kompaniyaning ko'rsatkichlarini yaxshilashning eng muvaffaqiyatli usullaridan foydalanishga imkon beradi. Benchmarking 5 ta asosiy bosqichlari mavjud:

- Korhonada optimallashtiruvchi yo'nalishlari va funksiyalarini aniqlash;

- Faoliyat sohasidagi eng yaxshi korhonalarni izlash va taqqoslash uchun tanlash;

- Korhona ko'rsatkichlarini tahlil qilish;

- Tanlab olingan korhona faoliyatini tahlil qilish;

- Olingan ma'lumotlarning taqqoslanish va natijalarini yaxshilash uchun unumli foydalanishini taminlash.

Korxona tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun shakllantirilayotgan va taqdim etilayotgan ma'lumotlar tizimi ana shu keltirilgan barcha talablarning qanchalik qismiga muvofiqligini doimo baholab borish, o'zgarishlarini monitoring qilish kerak .

Benchmarking asosida mahalliy avtomobilsozlik sanoatining raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirishda ma'lumotlarining shakllanish mezonlari

1-jadval

№ Mezonlar Mazmuni

1. Soddalik Ma'lumot aniq va sodda bo'lish kerak

2. Ishonchlilik Ma'lumot xato va kamchiliklarsiz va ishonchli bo'lib, turli talqinlardan xoli bo' lishi lozim.

3. Mos kelishlik Ma'lumot vaqt va yo'nalishlar bo'yicha mos kelishi lozim

5. Maqsadlilik Ma'lumot qanday maqsadda tayyorlangan bo'lsa amaldagi talablarga mos kelishi kerak

6. Rentabellik Ma'lumotning tayyorlanishi undan foydalanish natijasida keladigan

7. Noan'anaviylik Foydasidan qimmatga tushib ketmasligi kerak

8. Manzillilik Ma'lumot taxminlardan xoli tarzda tayyorlanishi va taqdim etilishi lozim

9. Raqamlilik Konfidensiallik saqlangan holda ma'lumot ma'sul bajaruvchigacha

Agar ma'lumotlar jadvalda berilgan mezonlardan kamida 3 tasi bo'yicha ijobiy xarakteristikaga ega bo'lmasa, bu mazkur korxonada boshqaruv tizimini qayta tashkil etilishi kerakligini bildiradi.

2023 yilga qadar milliy avtosanoatni tezkor sur'atlarda rivojlantirish bo'yicha davlat dasturi joriy qilingan. Uning doirasida UzAuto Motorsda qiymati 427,7 million dollarga teng investitsion loyiha amalga oshiriladi. Uning asosida 2022 yilda korxonada Amerikaning General Motors konserni tomonidan ishlab chiqilgan eng yangi GM GEM platformasida seriyali avtomobil ishlab chiqarish tashkil etiladi.

UzAuto Motors 2023 yil yakunlariga ko'ra 370660 ta avtomobil ishlab chiqardi, 2022 yilda bo'lsa 306754 ta avtomobil ishlab chiqardi.. Agar davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari ko'ra:

Tashqi bozorlar: MDX davlatlarida 4 ta distribyutor hamda 35 ta diler Chevrolet brendi ostida faoliyat ko'rsatmoqda. Ichki bozorlarda "Uzavto Motors" AJning 93 ta faol dillerlik markazlari o'z faoliyatini olib bormoqda (shulardan, 71 ta diller engil avtomobillar sotadi, ulardan 20 ta diller texnik xizmat ko'rsatish stansiyalariga ega emas). Dillerlik markazlarining eng ko'p

qismi Toshkent shahrida 21 ta, Toshkent viloyatida 14 ta hamda Farg'ona viloyatida 11 ta dillerlik markazlari joylashgan.

Avtomobilsozlik sanoatining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2023- 2024-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlarining maxalliylashtish xajmini 30 % ga oshirish orqali, 2024-2025 yilda umumiy Mahalliylashtirish dasturi doirasida 60% ga ko'tarish rejalashtirilgan. 2025-yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste'mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o'sish suratlariga erishiladi.

Xulosa: Avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqishni o'zlashtirish jarayonida benchmarkingni qo'llash orqali yuqori samaradorlikga erishish mumkin, dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning tajribalari bunga yaqqol misol qilib olishimiz mumkin.

Mamlakatimizda avtosanoat miqyosidagi korxona mahsulotlari eksportini oshirish uchun ham raqobatdosh mahsulotlari ishlab chiqarishni tizimini yo'lga qo'yish dolzarb. Ishlab chiqarishdan tortib, savdo va sotuvdan keyingi servis xizmatigacha bo'lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish orqali ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatni yangi bosqichga olib chiqishini, iste'molchilarda mahsulotga bo'lgan ishonchni oshirishga ham e'tibor qaratish zarur.

ADABIYOTLAR

1. Указ Президента РУз. Ш.М. Мирзиёева. Стратегия развития нового Узбекистана на 2022-2026 гг.

2. Nodir Ibragimovich Asqarov , . "Prospects For The Development Of The Investment". The American Journal of Applied Sciences, vol. 3, no. 01, Jan. 2021, pp. 162-6, doi:10.37547/tajas/Volume03Issue01 -22.

3. Абдуллаев, М., & Абдуллаев, А. (2020). Ахборот технологиялари ёрдамида инновацион корхоналарини бошкариш тенденциалари. Архив научных исследований, 1(15). извлечено от https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2035

4. Абдуллаев, Музаффар, and Абдужаббор Абдуллаев. "Иктисодий механизмини такомиллаштиришда инновация сиёсатини шакллантириш." Архив научных исследований 15 (2020).

Akhmadzhanov A. A., Arslonova G. A. Key success factors in the competition //ISJ Theoretical

& Applied Science. - 2023. - Т. 8. - №. 124. - С. 169-175.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.