Научная статья на тему 'AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHDA TOKARLIK ISHLARI VAQT NORMALARI HISOBI'

AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHDA TOKARLIK ISHLARI VAQT NORMALARI HISOBI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnik vaqt me’yori / asosiy vaqt / yordamchi vaqt / kalkulyatsiya vaqti / tayyorlash vaqti / donali ishlab chiqarish / yalpi ishlab chiqarish. / technical time standard / main time / auxiliary time / calculation time / preparation time / grain production / gross production.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mizrabov U.B., Subonova I.B.

Mazkur maqolada texnik vaqt normalari hisobi va unga ta’sir etuvchi omillar to‘g’risida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CALCULATION OF TIME STANDARDS FOR TURNING WORK IN VEHICLE MAINTENANCE

This article comments on the accounting of technical time norms and the factors affecting it.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHDA TOKARLIK ISHLARI VAQT NORMALARI HISOBI»

Mizrabov U.B.

Jizzax politexnika instituti, TVM kafedrasi assistenti

Subonova I.B.

Sh.Rashidovpolitexnika texnikumi talabasi

AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHDA TOKARLIK ISHLARI VAQT NORMALARI HISOBI

Annotatsiya. Mazkur maqolada texnik vaqt normalari hisobi va unga ta 'sir etuvchi omillar to 'g'risida fikr bildirilgan.

Kalit so 'zlar: texnik vaqt me'yori, asosiy vaqt, yordamchi vaqt, kalkulyatsiya vaqti, tayyorlash vaqti, donali ishlab chiqarish, yalpi ishlab chiqarish.

Mizrabov U.B.

Jizzakh Polytechnic Institute TVM department assistant Subonova I.B. student

Sh.Rashidov Polytechnic Technical College

CALCULATION OF TIME STANDARDS FOR TURNING WORK IN

VEHICLE MAINTENANCE

Annotation. This article comments on the accounting of technical time norms and the factors affecting it.

Keywords: technical time standard, main time, auxiliary time, calculation time, preparation time, grain production, gross production.

Texnik me'yorlash deganda ma'lum bir ishni bajarish uchun sarflangan vaqt me'yorini aniqlash tushiniladi. Vaqt me'yorini to'g'ri belgilash ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyaitga ega. Ishni bajarish uchun sarflangan vaqt birligi texnologik jarayon qanday darajada takomillashganligini ko'rsatuvchi asosiy omillardan biridir.

Vaqt me'yorini texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlarni, kesuvchi asboblarni imkoniyatlaridan to'liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga qo'yilgan texnikaviy shartlarni inobatga olib aniqlanadi. Mashinasozlikda vaqt me'yori belgilash metal kesish dastgohlarida bajariladigan alohida amal uchun sarflangan vaqt yoki vaqt birligi ichida tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir. Shunday qilib texnik asoslangan vaqt me'yori deganda ma'lum bir tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg'or usullar yordamida unumli foydalanibl texnologik jarayon amallarini bajarish uchun sarflangan vaqt tushiniladi [1].

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

443

Vaqt me'yorini o'matishda quyidagi shartlarni inobatga olish zarur:

1.Ish ma'lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur;

2. Ishni bajarish uchun eng unumdor moslama va asboblar qollanilishi

zarur;

3.Optimal kesish ma'romlari tanlanishi kerak, ko'p keskich dastgohlar va shu kabi yuqori unumdorlikka ega usullardan foydalanish zarur;

4.Mexanik ishlov berish uchun qo'yimlar miqdori to'g'ri belgilanishi kerak;

5.Vaqt me'yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo'lda bajariladigan ishlar kiritilmasligi kerak;

6.Vaqt me'yoriga nuqsonli detallami to'g'rilashga va ularni o'miga boshqasini tayyorlash uchun sarfiangan vaqt kiritilmaydi;

7.1shni to'g'ri tashkil qilish maqsadida ish o'rniga chizmalar, materiallar, moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo'yilishi zarur;

8.Kesuvchi asboblarni charxlash markazlashgan bo'lishi zarur; Charxlangan kesuvchi asbobni ish o'miga tayyor holda uzatiladi;

9.Vaqt me'yoriga hal qilinmagan tashkiliy masalalar bo'yicha to'xtashlar uchun va boshqa ko'rinishdagi uzilishlar uchun sarfiangan vaqt kirmaydi;

10. Vaqt me'yori normal ish sharoitidan kelib chiqib belgilanishi zarur.

Texnik vaqt me'yori ishchining ish xaqini belgilashda va mahsulotni

tannarhini kalkulyatsiya tuzilishda asosiy omillardan biri. Asosiy vaqt (asosiy-texnologik yoki mashina vaqt) tenglamalar asosida nazariy hisoblanadi. Bu tenglamalar (formulalar) dastgohning kinematik sxemasiga ko'ra kesish ma'romlarini inobatga olib tuzilgan. Xronometraj usul. Bu usulda vaqtni me'yorlovchi xodim (normirovshik) bajariladigan ishlar bilan to'liq tanishib chiqadi. Amalni bajarish uchun harakatlar guruhini tuzadi. Ilg'or ishchi tomonidan bajariladigan harakatlar uchun sarflangan vaqt ham o'lchanadi. har bir harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt 10- 100 marta takroran o'lchanadi va o'rtacha miqdori qabul qilinadi. natijada bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlanadi. Shu vaqtga ko'ra ishchining ish xaqi bajarilgan ishiga qarab va rag'batlantirishni hisobga olib tayinianadi, Agarda ushbu ishni bajaruvchi ishchilarni ko'p qismi vaqt me'yorini 120 % bajarsa, u holda vaqt me'yori qayta Ko'rib chiqiladi. Xuddi shu usulda bajarilgan ishlar yozib borilsa sarflangan vaqt aniqlansa, bu usulni ish joyini suratga olish usuli deb ham yuritiladi.

Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me 'yorining tarkibi. Bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quvidagicha bo'ladi:

a) asosiy yoki texnologik vaqt;

b) yordamchi vaqt;

c) ish joyiga xizmat ko'rsatish uchun sarflangan vaqt.

Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt deb yuritiladi.

Bundan tashqari, tayyorlash vaqti ham mavjud bo'lib, u bitta partiyadagi detallar uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miqdori partiyadagi detallar soniga bog'liq bo'lmaydi. Shunday qilib, donaviy - kalkulyatsiya vaqti asosiy va

tayyorlash vaqtlarini yig'indisiga teng bo'ladi. Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarfiangan vaqt bo'lib ma'lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan bog'liqdir.

Yordamchi vaqt quyidagilami o'z ichiga oladi:

a) dastgohni boshqarish uchun sarfiangan vaqt, bu dastgohni yurgizish, to'xtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini o'zgartirish va h.k.;

b) kesuvchi asbobni yordamchi yurishi;

c) xomashyoni moslamaga o'matish, mahkamlash, ishlov berilgandan so'ng olib qo'yish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o'matish va olib qo'yish;

d) Detaining o'lchamlarmi nazorat qilish: o'lchov asbobini olish, o'ichash, joyiga qo'yish.

Yordamchi vaqt qo'lda, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin. Ish joyiga xizmat ko'rsatish texnik va tashkiliy xizmat ko'rsatishlarga bo'linadi.

Ish joyiga texnik xizmat ko'rsatishga quyidagilar kiradi:

a) dastgohni sozlash va moslash;

b) o'tmaslashga kesuvchi asbobni almashtirish;

c) kesuvchi asbobni to'g'rilash (olmos yordamida);

d) qirindidan (ish jarayonida) tozalash.

Ish joyiga tashkiliy xizmat ko 'rsathhga quyidagilar kiradi:

a) ish smenasini boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblami saranjomlash;

b) dastgohni moylash va tozalash;

c) dastgohni ko'zdan kechirtsh va sinab ko'rish.

Ish joyiga xizmat ko'rsatish vaqti asosiy texnologik vaqtga bog'liq boiadi. Shuning uchun ushbu vaqtni miqdorini asosiy va yordamchi vaqtlar yig'indisi operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi (ko'p seriyali va yalpi ishlab chiqarish) va 3-5 % atrofida bo'ladi.

Tanaffuslar, dam olish va ishchining jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun sarfiangan vaqt. Bu vaqt ishlab-chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Og'ir va tez toliqtiruvchi ishlarda tanaffuslar va dam olish uchun vaqt ko'zda tutiladi. Ishchining jismoniy ehtiyojni qondirish uchur. sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib 2-3% ni tashkil etadi.

Tayyorlash vaqti. Bu vaqt seriyalab ishlab chiqarisb sharoitida qoilaniladi va yangi partiya detallami chizmasini texnologik jarayonni o'rganish uchun ajratiladi. Bundan tashqari dastgohni sozlab, moslama va kesuvchi asboblami almashtirisl ishdan so'ng esa (partiya detallariga ishlov berilgandan so'iig; ulami yana qayta almashtirish kabi ishlar ham shu vaqt doirasig: kiradi.

Yuqoridagilami inobatga olib donaviy vaqt quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:

td = ta+tyor+txiz+tj; min (1)

bu yerda: ta - asosiy vaqt, min; tyor - yordamchi vaqt, min; txiz -ish joyiga xizmat ko'rsatish vaqti, min; tj - ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan vaqt, min.

Donaviy-kalkulyatsiya vaqti esa:

td-k = ta+tyor+txiz+tj+(ttay/n); min(2)

bu yerda: ttay - tayyorlash vaqti, min; n - partiyadagi detallar soni. Vaqt me'yorlarini aniqlashda ishchining malakasi ham belgilanadi. Ishchining malakasini belgilashda ishlab chiqarish tarmog'idaga malakaviy-tarif ma'lumotlariga asoslaniladi. Ishni bajarish uchun qancha boy tajriba va bilim talab qilinsa ishchining malakasi shuncha yuqori bo'ladi.

Donali ishlab chiqarishda dastgohni sozlash, kesuvchi asbobni o'matish, o'lchov asboblaridan foydalanish talab etilganligi sababli yuqori malakali ishchi ishlaydi. Yalpi ishlab chiqarish sharoitida aksariyat ishlar mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilganligi sababli hamda dastgohni va kesuvchi asbobni sozlovchi ishchi tomonidan sozlanishi, yuqori malakali ishni talab etilmaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, texnik vaqt normasini hisolash yetarlicha murakkab jarayon sanaladi shu bilan birga ta'mir sifatiga, mahsulot sifati, mustahkamligi va detallar va ehtiyot qismlar tannarxiga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ushbu vazifani bajarishda doim ilmiy jihatdan yondashish talab etiladi.

Adabiyotlar:

1. Avtomobillar xarakat xavfsizligiga faol ta'sir qiluvchi ekspluatatsiyaviy ko'rsatkichlari// MUBB o'g'li, SAI o'g'li //Механика и технология,// 123-128

2. Road traffic safety and its impact on the development of modern road-transport expertise// MU Boliqul o'g'li //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 7,// 157-164

3. Studying The Quantity And Composition Of Traffic In Public Transport Directions//MU Boliqul o'g'li //Eurasian Research Bulletin 18,// 114-132

4. Jamoat transportlari yo'nalishlarida harakat miqdori va tarkibini tadqiq qilish// MU Boliqul o'g'li, SA Ismoiljon o'g'li//Scientific Impulse 1 (7),// 793-798

5. Dvigatel konstruktsiyasi va ishchi jarayonlarini boshqarishni mukammallashtirish// SA Ismoiljon o'g'li, MU Boliqul o'g'li //Scientific Impulse 1 (4)//, 536-542

6. Studying The Quantity And Composition Of Traffic In Public Transport Directions//MU Boliqul o'g'li//Eurasian Research Bulletin //8, 114-132

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

446

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.