IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA ASOSIY VOSITALARNING ROLI VA ULARNI HISOBGA OLISH MASALALARI
Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovna
Farg'onapolitexnika instituti, tayanch doktoranti [email protected]
Annotatsiya: Bugungi kunda asosiy vositalar xo'jalik yurituvchi subyektlarning har qanday iqtisodiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Ular haqidagi ishonchli hisob va o'z vaqtidagi tahlil qilinishi xo'jalik yurituvchi subyektning texnik jihozlanish darajasini, uning joriy mahsulot hajmini yoki xizmatlar ko'rsatishni to'g'ri baholashga imkon beradi va shu bilan birga ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni va raqobatbardoshligini ta'minlaydi. Shu boisdan biz ushbu tadqiqotimizni iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga olish masalalariga bag'ishladik. Ushbu masalaning samarali hal etilishi kelajakda samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga sabab bo'ladi bu ushbu maqolaning maqsadi hisoblanadi.
Kalit so'zlar: asosiy vositalar, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish bazasi, foydali foydalanish muddati, moddiy-texnik baza, texnik va texnologik daraja, ishlab chiqarish jarayoni, asosiy vositalar tarkibi.
РОЛЬ ОСНОВНЫХ ФОНДОВ В ПЕРИОД ЭКОНОМИЧЕСКИХ РЕФОРМ
И ВОПРОСЫ ИХ УЧЕТА
Курбонова Шахриноз Авазхоновна
Ферганский политехнический институт, базовый докторант
sh.kurbonova@ferpi. uz
Аннотация: Сегодня основные средства считаются важнейшей составляющей любой хозяйственной деятельности хозяйствующих субъектов. Достоверный учет и своевременный анализ их позволяют правильно оценить уровень технической оснащенности хозяйствующего субъекта, его текущий объем выпуска продукции или оказания услуг, обеспечивая при этом повышение рентабельности и конкурентоспособности производства. Поэтому мы посвятили наше исследование роли основных средств в период экономических реформ и вопросам их учета. Эффективное решение этого вопроса приведет к принятию
эффективных управленческих решений в будущем это и является целью данной статьи.
Ключевые слова: основные средства, производственная деятельность, производственная база, срок полезного использования, материально-техническая база, технико-технологический уровень, производственный процесс, состав основных средств.
THE ROLE OF FIXED ASSETS IN THE PERIOD OF ECONOMIC REFORMS AND ISSUES OF THEIR ACCOUNTING
Kurbonova Shakhrinoz Avazkhonovna
Fergana polytechnic institute, basic doctoral student e-mail: [email protected], tel:+998999981552.
Abstract: Today, fixed assets are considered the most important component of any economic activity of business entities. Reliable accounting and timely analysis of them make it possible to correctly assess the level of technical equipment of an economic entity, its current volume of output or provision of services, while ensuring an increase in profitability and competitiveness of production. Therefore, we have devoted our research to the role of fixed assets during the period of economic reforms and the issues of their accounting. An effective solution to this issue will lead to effective management decisions in the future, and this is the purpose of this article.
Keywords: fixed assets, production activities, production base, useful life, material and technical base, technical and technological level, production process, composition of fixed assets.
KIRISH
Bozor munosabatlarning rivojlanishi va muvaffaqiyati talablardan biri bu xar bir xo'jalik yurituvchi subyektning o'z mulkiga, ya'ni asosiy vositalarga ega bo'lishidir, zero asosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'yish va har qanday xizmatlarni ko'rsatish uchun zaruratdir. Ushbu aktivlar odatda eng qimmat va korxona uchun uzoq muddat xizmat ko'rsatadi.
Shuningdek, asosiy vositalar korxonaning texnologik, texnik va ishlab chiqarish bazasini shakllantirish orqali mehnat jarayonida muhim rol o'ynaydi va shu bilan xo'jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish samaradorligini, salohiyatini aniqlashga imkon beradi. Har qanday ishlab chiqarish korxonasi asosiy vositalarga muhtoj bo'ladi, chunki ular ishlab chiqarish siklida, jarayonida ko'p marta ishtirok etadilar, o'z qiymatini qisman yaratilgan mahsulotga o'tkazadilar, lekin ayni paytda shaklini o'zgartirmaydilar [6].
Foydalanish davomida asosiy vositalar turli xil o'zgarishlarga va harakatlarga duch keladi, jumladan: foydalanishga topshirish, amortizatsiya, ma'nan eskirish, ta'mirlash, modernizatsiya, rekonstruksiya, sotish, shuningdek ko'chirish yoki oxir oqibat yo'q qilish, bunda ularni hisobga olish muhim vazifalardan hisoblanadi, zero, yuqorida aytib o'tganimizdek asosiy vositalar bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining shakllanishiga daxldordir bu umumiy korxonaning bozordagi raqobatdoshligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun har qanday korxona yetarli moliyaviy va mehnat resurslari bilan ta'minlanishi kerak, ammo obyektlari binolar, inshootlar, texnologik uskunalar, transport vositalari va boshqalarni o'z ichiga olgan asosiy vositalarning maqbul tarkibi bilan ta'minlanish asosiy masaladir [7].
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarni samarali va oqilona boshqarish ulardan foydalanish xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijalariga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Bunda eng muhim vazifalardan biri bu asosiy vositalar to'g'risida qaror qabul qilish uchun ma'lumotlarning yetarliligi hamda ularning iqtisodiy tahlil o'tkazish darajasi.
Asosiy vositalarni boshqarish va ulardan foydalanishning ratsionalligi butun xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Asosiy vositalar to'g'risida qaror qabul qilish uchun iqtisodiy tahlil o'tkazish zarurati, buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aks ettirilgan natijalar, hosil bo'lgan dastlabki ma'lumotlar qanchalik muhimligini ifoda etadi.
Fikrimizcha, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga olish masalasining dolzarbligi shundaki, har doim ham iqtisodiy tahlil faoliyatdagi o'zgarishlarga tezkor munosabatda bildira olmaydi va bunda ba'zi kamchiliklarga yo'l qo'yadi:
- asosiy vositalarni tahlil qilishda xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatning barcha jihatlarini turli sohalarning o'ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qamrab olish murakkab va qiyin vazifalardandir;
- tahlil natijalari har doim ham yo'l qo'yilayotgan ishdagi kamchiliklarni, izohlashga o'z vaqtida aniqlashga imkon bermaydi;
- tahlil har doim ham batafsil va ishonchli ma'lumotlarga asoslanmaydi.
Shunday qilib, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarni boshqarishni
ishonchli, to'liq va o'z vaqtida hisobga olish va tahliliy qo'llab-quvvatlashni shakllantirish talablari va asosiy vositalarni hisobga olish hamda tahlil qilishning amaliy holati o'rtasida nomuvofiqlik mavjud bo'lib, bu asosiy vositalarni hisobga olish va tahlil qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi hamda tadqiqotning dolzarbligini ko'rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Fikrimizcha, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga olish masalalari muhokama etishda, o'zi asosiy vositalar nima, uni tarkibiga nimalar kiradi shuningdek uning asosiy tushunchalarini sharhlash juda muhim, ushbu holatni hisobga olgan xolda quyida mavzuni batafsilroq tushunish maqsadida biz buxgalteriya sohasining yetakchi olimlari asarlariga murojaat qildik, ularning asosiy vositalar tushunchasi to'g'risidagi ilmiy izlanishlarini o'rgandik, bunda biz asosiy urg'uni hozirgi kundagi iqtisodiy islohotlar kontekstida ko'rib chiqamiz.
Yurtimizning hozirgi kundagi buxgalteriya sohasining yetakchi olimlaridan "Buxgalteriya hisobi" darsligi mualliflari K.B. Urazov va M.E. Po'latov fikrlariga e'tibor qaratsak "Asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo'jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar" [1].
Shuningdek, K.B. Urazov va M.E. Po'latov fikrlari ko'ra korxona va tashkilotlarning asosiy vositalarini turli belgilari bo'yicha tasniflash mumkin, biz ushbu tasnifni quyidagi rasm ko'rinishiga keltirdik.
Ishlab chiqarishda qatnashishiga ko'ra
r
ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalar
Amortizatsiya qilinishishiga qarab
• amortizatsiya hisoblanadigan
• amortizatsiya hisoblanmaydigan
Soliq munosabatlariga ko'ra
• mol-mulk solig'iga tortiladigan
• mol-mulk solig'iga tortilmaydigan
Egalik qilish huquqiga ko'ra
xususiy asosiy vositalar ijaraga olingan asosiy vositalar
1-rasm. Asosiy vositalarini turli belgilari bo'yicha tasniflanishi1
Yurtimizning moliya sohasidagi yetakchi olimlaridan T.S. Malikov va O.O. Olimjonov "Moliya" darsligida ham asosiy vositalarning roli va ularni moliyaviy ahamiyati haqida fikr yuritadi hamda shunday ta'riflaydi "Umumlashtirilgan ko'rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) sarflangan (joylashtirilgan) kapital qiymatining bir qismidir. Shuning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi" [2].
1 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. — T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2020, 558 bet.
Shuningdek, T.S. Malikov va O.O. Olimjonov ham asosiy vositalar haqida fikr yuritib e'tiborni asosiy vositalarning pul shaklida ifodalanishiga qaratadi hamda quyidagi rasmda keltirilgan turlarga ajratadi.
binolar; inshootlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, transport xo'jaligi inshootlari va boshqalar); uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);
ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari; o'lchovchi va tartibga soluvchi (o'zgartiruvchi) asbob (pribor)lar va qurilmalar; uy-joylar;
hisoblash texnikasi va orgtexnika; transport vositalari; asbob(instrument)lar;
ishlab chiqarish va xo'jalik asbob (inventar)lari va buyumlari; ishchi va mahsuldor qoramollar; ko'p yillik o'simliklar.
2-rasm. Asosiy vositalarini turlari2
F.T. Abduvaxidov, I.N. Qo'ziyev va Sh.X. Dadabayev muallifligidagi "Buxgalteriya hisobi" darsligida asosiy vositalarning mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi haqida to'xtalib uning bevosita ishlab chiqarish quvvatlarini baholash mezoni sifatida e'tirof etadi "Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o'zining tabiiy ko'rinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o'z qiymatini asta-sekin o'tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi" [3] deb tariflaydi.
Shuningdek, ushbu darslikda mualliflar asosiy vositalarni bevosita ishlab chiqarish mezoni sifatida ko'rishadi va uning tasniflashni ham shu nuqtai nazardan amalga oshirishadi, shundan kelib chiqqan holda biz quyidagi rasm orqali yanada tushunarli ko'rinishga keltirishga harakat etdik.
2 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / - T.: "Iqtisod-Moliya" 2019. - 800 b.
3-rasm. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi vazifasiga ko'ra
bo'linishi3
Yurtimiz olimlarining asosiy vositalarning roli va ularni hisobga olish masalalari to'g'risidagi fikrlari va ilmiy izlanishlarini o'rganishdan tashqari rus olimlarining ham bu boradagi izlanishlariga murojaat etdik. Misol tariqasida P.Ya. Papkovskaya boshchiligidagi bir guruh rus olimlari muallifligidagi "Buxgalteriya hisobi" darsligidagi ta'rifni keltirishimiz mumkin: "Asosiy vositalar-bu moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida mehnat vositasi sifatida ishlatiladigan turli xil moddiy qiymatlar to'plami. Bularga binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, quvvat va ishchi mashinalar, uskunalar, transport vositalari, hisoblash uskunalari, inventarizatsiya, ishchi va mahsuldor chorva mollari, ko'p yillik plantatsiyalar va bir yildan ortiq xizmat ko'rsatgan boshqa mulk kiradi. Ushbu mablag'lar o'zlarining tabiiy va moddiy shakllarini saqlab qolgan holda iqtisodiy faoliyatda ko'p marta qatnashadilar. Ularning tannarxi amortizatsiya to'lovlari shaklida qismlarga bo'lib yaratilgan mahsulotga o'tkaziladi va sotish narxiga kiritiladi" [4].
Ushbu ta'rif yurtimiz olimlarining fikr va mulohazalari bilan xam-ohangdir biroq, asosiy vositalarni tasniflash yoki turlarga ajratish haqida gapirganda, ushbu olimlar asosiy vositalarni mulk egaligi huquqi bo'yicha ajratishni taklif etishadi.
Xususiy asosiy vositalar
Ijaraga (lizinga) olingan asosiy vositalar
4-rasm. Mulkchilik bo'yicha asosiy vositalar tasniflash4
3 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / - T.: "Iqtisod-Moliya" 2019. - 800 b.
4 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Бухгалтерский учет: учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я. Папковской. - 2-е изд., испр. и доп. - Минск : РИПО, 2019. - 375 с.
Yana bir rus olimi professor V. G. Getman bosh muharrirligidagi "Buxgalteriya hisobi" darsligida shunday ta'rif beriladi "Asosiy vositalar-mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishda mehnat vositasi sifatida 12 oydan oshgan muddatda foydalaniladigan mulkning bir qismi yoki tashkilotga iqtisodiy foyda (daromad) keltira oladi; shu bilan birga, tashkilot keyinchalik vositalarni qayta sotishni nazarda tutmaydi" [5].
Shu bilan birgalikda V. G. Getman asosiy vositalarni tasniflash uchun vaqt, muddat nuqtai nazaridan e'tibor qaratib uni quyidagicha guruhlarga ajratadi.
1-jadval
Asosiy vositalarni vaqt, muddat bo'yicha tasniflash5
Guruh Foydalanish muddati Asosiy vositalar obyektlaridan misollar
1-guruh >1-yil, lekin < 2-yil Mashinalar va uskunalar
2-guruh >2-yil, lekin < 3-yil Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ishlab chiqarish va xo'jalik inventari Ko'p yillik ko'chatlar
3-guruh >3-yil, lekin < 5-yil Tuzilmalar va uzatish moslamalari Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ishlab chiqarish va xo'jalik inventari
4-guruh >5-yil, lekin < 7-yil Binolar Tuzilmalar va uzatish moslamalari Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ishlab chiqarish va xo'jalik inventari Ishchi qoramol Ko'p yillik ko'chatlar
5-guruh >7-yil, lekin < 10-yil Binolar Tuzilmalar va uzatish moslamalari Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ishlab chiqarish va xo'jalik inventari
6-guruh >10-yil, lekin < 15-yil Tuzilmalar va uzatish moslamalari Uylar Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ishlab chiqarish va xo'jalik inventari Ko'p yillik ko'chatlar
5 шшаШГ tomonidan 1аууог1аМ1 тапЬа: Бухгалтерский учет: учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я. Папковской. - 2-е изд., испр. и доп. - Минск : РИПО, 2019. - 375 с.
7-guruh >15-yil, lekin < 20-yil Binolar Tuzilmalar va uzatish moslamalari Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ko'p yillik ko'chatlar
8-guruh >20-yil, lekin < 25-yil Binolar Tuzilmalar va uzatish moslamalari Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ishlab chiqarish va xo'jalik inventari
9-guruh >25-yil, lekin < 30-yil Binolar Tuzilmalar va uzatish moslamalari Mashinalar va uskunalar Transport vositalari
10-guruh >30-yil Binolar Tuzilmalar va uzatish moslamalari Uylar Mashinalar va uskunalar Transport vositalari Ko'p yillik ko'chatlar
Ushbu tasniflash rus soliq ma'murchiligi bo'yicha asosiy vositalarga amortizatsiya qo'llash guruhiga to'liq muvofiqdir.
METODOLOGIYA
Ushbu maqola normativ-huquqiy hujjatlar, soha olimlarining asarlari va mutaxassislar fikrlari, internet va ommaviy axborot vositalari ma'lumotlari qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek ushbu tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, induksiya, deduksiya, tizimli yondashish kabi usullardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlil qilingan adabiyotlardan olingan xulosalarga ko'ra shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga olish masalalari dolzarb masalalardandir. Zero, zamonaviy sharoitda xo'jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari uning moddiy-texnik bazasining asosini tashkil etadi, uning texnik va texnologik darajasi, innovatsion yangiligi mahsulot yoki bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlarning miqdori va sifatini belgilaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, asosiy vositalarning tarkibi mahsulot ishlab chiqarishda, turli xil ishlarni bajarishda, xizmatlar ko'rsatishda yoki korxonaning boshqaruv ehtiyojlari uchun noma'lum vaqt davomida mehnat vositasi sifatida ishlatiladigan turli xil moddiy-texnik qiymatlarni aks ettiradi [8]. Bunday mablag'larni qayta sotish uchun ishlatish mumkin emas, faqat korxonaga daromad keltirishi kerak.
Iqtisodiy islohotlar davrida tadbirkorlik subyektlarini shakllanishida asosiy manbasi uning moliyaviy resurslari hisobidan shakllangan asosiy vositalarini hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, xo'jalik yurituvchi subyekt tashkil etilganda asosiy vositalar uning ustav kapitali hisobidan shakllantiriladi [9]. Bundan tashqari, xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati davomida asosiy vositalar turli xil turdagi daromadlar, foyda hisobidan to'ldiriladi va yangilanadi, ta'mirlanadi modernizatsiya qilinadi. Shuningdek xo'jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari shakllantirish manbalari ham turli xil bo'lishi mumkin: kreditlar, subsidiyalar va boshqalar.
Ko'pincha asosiy vositalar xo'jalik yurituvchi subyekt mol-mulki qiymatining muhim qismini tashkil qiladi va umumiy faoliyatida uzoq muddatli foydalanish tufayli moliyaviy natijalariga bevosita ta'sir qiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning asosiy ishlab chiqarish tashkil etish davomida asosiy vositalar hisobga olish bo'yicha turli xil bosqichlardan iborat bo'lgan iqtisodiy siklni amalga oshiradi: asosiy vositalarning eskirishi hisobi, amortizatsiya hisobi, asosiy vositalarni kirimi, chiqib ketish yoki to'liq tiklash hisobi, ularni kapital qo'yilmalar bilan almashtirish hisobi.
Asosiy vositalarning yana bir jihati borki ular faoliyat davomida jismoniy va ma'naviy eskirib, yomonlashuvga duchor bo'ladi, ya'ni jismoniy kuchlar, texnik va iqtisodiy omillar ta'siri natijasida ular asta-sekin o'z xususiyatlarini yo'qotadi, yaroqsiz holga keladi va o'z vazifalarini bajarishda davom eta olmaydi. Asosiy vositalarni ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish orqali jismoniy buzilish qisman tiklanadi. Ma'nan eskirish asosiy vositalar dizayni, mahsuldorligi, samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati jihatidan eng so'nggi modellardan orqada qolishida namoyon bo'ladi. Shu hisobga olgan holda asosiy vositalarni, xususan ularning faol qismini vaqti-vaqti bilan almashtirish zarur.
Shuning uchun, fikrimizcha buxgalteriya hisobida, asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish maqsadiga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta guruhlash va bu xususiyatini inobatga olgan holda tasniflash zarur. Shu munosabati bilan biz quyidagi rasmda keltirilgan elementlarni yuqorida keltirilgan tasniflashlarga va guruhlashlarga qo'shishni taklif etamiz.
5-rasm. Asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish maqsadiga
muvofiqligi bo'yicha tasniflash6
Taklif etilayotgan asosiy vositalarni tasniflash va guruhlash bo'yicha qo'shimchalar buxgalteriya hisobida va hisobotida tegishli hujjatlarni o'z vaqtida shakllanishini hamda asosiy vositalarni qabul qilish, ko'chirish va tasarruf etishni hisobga olishni takomillashtirishga sabab bo'ladi. Endilikda mulk egasi uchun nafaqat asosiy vositalarning haqiqiy moliyaviy ahvolini bilish, balki biznes sherikliklari, aksiyadorlar yoki uchinchi shaxslar, investorlarning ham ishontira olish qobiliyatini yuksalishiga olib keladi:
- xo'jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar bilan bog'liq kelajakdagi iqtisodiy foyda olish ehtimoli aniqlashtiriladi;
- xo'jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar narxini ishonchli baholash mumkin bo'ladi;
- xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat subsidiyalari, imtiyozli bank kreditlarini olish imkoniyatlari oshadi.
Asosiy vositalarni jismoniy jihatdan baholashda mashinalar soni, ularning quvvati va unumdorligi, ishlab chiqarish maydonlarining hajmi, shuningdek boshqa miqdoriy qiymatlar belgilanadi. Ushbu turdagi ma'lumotlar xo'jalik yurituvchi subyektlar va tarmoqlarning ishlab chiqarish quvvatlarini tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish, shuningdek uskunalar ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun zaxiralar uchun ishlatiladi. Shu maqsadda kompaniya asbob-uskunalar obyektlarini inventarizatsiya qilish va sertifikatlashni, uni yo'q qilish va ishga tushirish faktlarini hisobga olishni amalga oshiradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalari ehtiyotkorlik bilan hisobga olishni talab qiladi. Ularning holati, ishlashi, narxi va xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar umum qabul qilingan me'yoriy standartlarda yoki korxona tomonidan tasdiqlangan ichki hujjatlarni yuritilishi zarur.
6 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi
Bugungi kundagi xar bir xo'jalik yurituvchi subyekt oldida turgan muhim vazifasi asosiy vositalarning, jumladan mashina va uskunalarning to'liq quvvatlar bilan ishlagan holda ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir, chunki ular zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda, biznesning iqtisodiy rivojlanishi, yuksalishi, istiqbolga erishishga imkon beradigan mulkiy kompleksini shakllantirishda ishlatiladi, ifoda etiladi.
Zamonaviy talablar xar bir tadbirkorlik subyektiga aniq hisob kitoblarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo etadi, xususan asosiy vositalarning passiv qismi: binolar, inshootlar va inventarlarni muntazam monitoring qilish oshiqcha turganlaridan xalos bo'lishni talab etadi, bu ularning faol qismidan optimal foydalanishga imkonini beradi.
Muayyan vaqt ichida asosiy vositalarning trend tahlili ulardan foydalanishni texnik tomondan tavsiflashga va ularni yaratish yoki sotib olishga investitsiyalarning qanchalik ta'sir qilishini aniqlashga imkon beradi, o'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida shuni aytishimiz mumkinki yuqorida taklif etilgan asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish maqsadiga muvofiqligi bo'yicha tasniflash, bevosita quyidagilarga ta'sir ko'rsatadi:
- asosiy vositalarni faol qismining ajralishi va u bilan eng samarali, optimal ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi belgilash mumkin bo'ladi;
- asosiy vositalar kapitalining rentabelligi oshadi;
- asosiy vositalarning tarkibiy elementlarini optimallashtirish ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini oshirishga imkon beradi;
- ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish va shu bilan iqtisodiy rivojlanishining rentabelligini ta'minlash mumkin bo'ladi.
Bizning fikrimizcha, xo'jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning mavjud tarkibi qismini yaxshilash uchun quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish zarurati bor:
- uskunalarni muntazam texnik imkoniyatlarini monitoring qilish, xalqaro darajadagi analoglari bilan solishtirish yangilab borish;
- ilg'or turdagi uskunalar va mashinalar ulushining ko'payishi natijasida mahsulot tannarxining pasayishiga etishish;
- bino va inshootlardan to'liq manfaatli foydalanish, bo'sh joylarga qo'shimcha uskunalar o'rnatish yoki ijaraga berish bilan shug'ullanish;
- asosiy vositalarning yaralishi vaqtida, qurilish loyihalarini shakllantirishda asosiy mezon sifatida energiya tejamkorlikmi belgilash;
- keraksiz va kam ishlatiladigan asosiy vositalardan xalos bo'lish, yo'q qilish eng optimal mulkka,maydonga egalik qilish.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining turli sohalarida asosiy vositalar tarkibi faqat ushbu tarmoqning o'ziga xos
xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, ma'lum bir sohada faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari boshqa sohadagi ishlab chiqarishga ega bo'lishlari mumkin. Ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, texnik jihozlarning zamonaviy talablarga javob berish darajasi, bugungi kundagi xar bir biznesni kelajagini belgilashga asos bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. — T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2020, 558 bet.
2. Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / - T.: "Iqtisod-Moliya" 2019. - 800 b.
3. Abduvaxidov F.T., Qo'ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi. Darslik. — Т.: TDIU, 2019. — 403 b.
4. Бухгалтерский учет : учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я. Папковской. - 2-е изд., испр. и доп. - Минск : РИПО, 2019. - 375 с.
5. Бухгалтерский учет : учебник / под ред. проф. В.Г. Гетьмана. — 3-е изд., перераб. и доп. — Москва : ИНФРА-М, 2023. — 591 с.
6. Курбонова, Ш. А. (2023). ОСНОВЫ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ. In Устойчивое развитие: анализ тенденций российской и мировой экономики (pp. 381-384).
7. Курбонова, Ш. (2024). ЩТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ЩТИСОДИЙ ТАХДИЛНИНГ ТУТГАН УРНИ. Iqtisodiyot va ta'lim, 25(2), 397-402.
8. Морозова, А. В., Трубникова, Т. В., & Мартынова, Н. А. (2017). Сущность, классификация и структура основных фондов организации. Таврический научный обозреватель, (3-2 (20)), 48-53.
9. Avazxonovna, K. S. (2024). Principles and Features of the Development of Fixed Asset Accounting. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 1218.
10. Tohirovich, Q. N. (2024). THE ROLE OF RENTAL RELATIONS IN THE FORMATION OF ENTREPRENEURSHIP. Gospodarka i Innowacje., 47, 326-331.
11. Qudbiyev, N. T. (2023). KORXONALARNING INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI: KORXONALARNING INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI.
12. Кудбиев, Д. (2022). Особенности Учета Основных Средств В Узбекистане. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 11, 142-149.
13. Boxodir o'g'li, T. D. (2023). ISSUES OF FORMATION OF FINANCIAL REPORTS IN THE DIGITAL ECONOMY. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2(15), 77-81.
14. Rakhmatillayevna, K. G. (2024). ENHANCING GLOBAL INVESTMENT ALLURE IN CONSTRUCTION: STRATEGIES FOR SUCCESS. Conferencea, 5356.
15. Зиёдинова, Н. (2023). ИНВЕСТИЦИОН КАРОРЛАР КАБУЛ КИЛИШДА МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТЛАРНИНГ УРНИ. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/2), 173-179.