Научная статья на тему 'AVSTRALIYA ADABIYOTI TARAQQIYOTINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

AVSTRALIYA ADABIYOTI TARAQQIYOTINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

364
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
balladalar / bush qo’riqchilari / antalogiya / motivatsiya / asosiy ko'nikmalar / adabiy janrlar / ballads / shrub guardians / anthology / motivation / basic skills / literary genres

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Juraevasevaragmail.Com

Maqolada avstraliya adabiyoti taraqqiyoti yo’lidagi o’ziga hos hususiyatlari haqida gap boradi. Bugunga qadar erishgan yutuqlari e’tirof etilib, dunyo e’tiboriga tushgan asarlar bilan tanishtiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF DEVELOPMENT OF AUSTRALIAN LITERATURE

The article examines the features of the development of Australian literature. His achievements to date will be recognized and his work already presented to the world.

Текст научной работы на тему «AVSTRALIYA ADABIYOTI TARAQQIYOTINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

AVSTRALIYA ADABIYOTI TARAQQIYOTINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Sevara Qahramon qizi Juraeva

Toshkent Farmasevtika Instituti o'qituvchisi j uraevasevaral 990@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada avstraliya adabiyoti taraqqiyoti yo'lidagi o'ziga hos hususiyatlari haqida gap boradi. Bugunga qadar erishgan yutuqlari e'tirof etilib, dunyo e'tiboriga tushgan asarlar bilan tanishtiriladi.

Kalit so'zlar: balladalar, bush qo'riqchilari, antalogiya, motivatsiya, asosiy ko'nikmalar, adabiy janrlar.

CHARACTERISTICS OF DEVELOPMENT OF AUSTRALIAN

LITERATURE

ABSTRACT

The article examines the features of the development of Australian literature. His achievements to date will be recognized and his work already presented to the world.

Keywords: ballads, shrub guardians, anthology, motivation, basic skills, literary genres.

KIRISH

Avstraliya adabiyotining kelib chiqishi tarihi 18-asr oxiri, Buyuk Britaniyaning materikdagi mustamlakasi davridan boshlanadi. XIX asrning 60-yillariga qadar аvstraliya adabiyoti faqat oq tanli ko'chmanchilar tomonidan boyitilgan. Avstraliya adabiyoti shaklanishining negizida avstraliya xalqining milliy o'ziga xosligi bilan birga, unda hukum surgan qariyb bir asrlik mustamlaka davrining ta'siri yotadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Avstraliya adabiyotining rivojlanishi uch bosqichga bo'lib o'rganiladi:

I. Mustamlaka davri (1788-1880);

II. Milliy davr (1880-1920);

III. Zamonaviy davr (1920 - hozirgacha);

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

Mustamlaka davri (1788-1880)

Avstraliya adabiyotining ilk yodgorliklari sifatida Jon Uayt (John White, 1756-1832), Uotkin Tench (Watkin Tench, 1758-1833) va Devid Kollinz (David Collins,1756-1810) larning esdaliklari va sayohat yozuvlarini ko'rishimiz mumkin. Ular 1788 yilda asos solingan Sidneydagi mahkumlar kema koloniyasi zobitlari sifatida xizmat qilishgan. Jon Taker (John Tucker) o'zining "Kvintus Servinton" (Quintus Servinton, 1830-31), "Genri Severi"( Henry Severy,1859), "Ralf Reschlning sarguzashtlari" (The Adventures of Ralph Rashleigh,1844) kabi romanlarida mahkumlarning mashaqqatli hayotini tasvirlagan.

Avstraliya qit'asida yozilgan birinchi she'riy janrdagi asarlar balladalar bo'lgan. Ular ingliz va irland balladalari an'analarini rivojlanishiga asos bo'lib hizmat qilgan. O'sha davr balladalarning bosh g'oyasi asosan qochoq mahkumlar va bush qo'riqchilari (olijanob qaroqchilar) ning erkin hayotini yoritib berish bo'lgan. Balladalarda uchraydigan achiq kinoya va sarkazmlar mustamlakachilik jamiyatining axloqiy asoslariga qaratilgan bo'lib, Britaniyaning qit'ada o'rnatgan qonun qoidalariga darz ketkazdi. Mustamlakachilik davridagi dastlabki yarim asrlik ijod na'munalarining ko'p qismi Angliya klassizimi mavzulari va uslublariga qaratilgan edi. Bu davrning ilk nomoyondalari sifatida Charlz Tompson (Charles Thompson, 1806-1883) va Charlz Ventvort (Charles Wentworth, 1790-1872) larni ko'rishimiz mumkin.

Irlandiyalik mahkumlar avlodidan bo'lgan Charlz Xarpur (Charles Harpur, 1813-1868) o'sha davrning ko'zga ko'ringan shoirlaridan biri edi. Harpur she'riyatida Jon Milton (John Milton, 1608 - 1674) va Vordsvort (William Wordsworth, 17701850) asarlariga hos zolim motivlar mavjud. Uning peyzaj lirikasi alohida ahamiyatga ega. Harpur hayoti davomida merosining ozgina qisminigina nashr etdi.

Boshqa bir taniqli shoir Genri Kendall (Henry Kendall ,1839-1882) she'riyati tashqi dunyodagi topografik va geologik hodisalarni uning hissiy kayfiyatining ramziy in'ikosi sifatida talqin qilinishi bilan ajralib turadi. Kendall manzaralari falsafiy, ba'zan tasavvufiy ma'noga ega. U go'zal utopiyani izlash yo'lida anglagan o'zining ichki dunyosidagi ma'lum bir disgormoniyani, ko'ngilsizlik achchig'ini, shu bilan ifoda qilishga harakat qildi. Uning eng qiziqarli to'plamlari: " Avstraliya o'rmonidan barglar" (Leaves from an Australian Forest, 1869) va Tog'lardan qo'shiqlar (Songs from the Mountains, 1880).

Milliy davr (1880-1920)

Avstraliya adabiyotining milliy davri Jon Feltam Archibald (John Feltham Archibald (1856-1919) va Jon Hayns (John Haynes 1850 - 1917) tomonidan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

yozilgan kundalik "Axborotnoma" (The Bulletin, 1980) ochib berdi. Ushbu jumalning dasturiy tamoyillari ijtimoiy aloqalar, radikal demokratik yo'nalish, oddiy ishchilar hayotiga qiziqish, ingliz tilining avstraliya adabiyotiga ta'sirini rad etish edi. Jurnalning odatiy mavzulari avstraliya bushidagi hayot, qishloq ideallari, va yana yigitlar do'stligi va yigitlik, oddiy odamlarning tengligini ulug'lash edi. "Axborotnoma" tufayli bir qator shoirlar mashhurlikka erishishdi. Jumladan, Bandjo taxallusli Endryu Barton Patterson( Andrew Barton «Banjo» Paterson, 1864-1941), o'z balladalarida avstraliya bushini yoritgan, Charlz Brennan va J.Nilson haqidagi balladalari bilan ko'proq ingliz va fransuz estetikasi va simvolizmiga urg'u bergan.

Genri Louson (Henry Lawson,1867-1922) she'riyati fuqarolik she'riyatining namunasi bo'lishi mumkin. Marsh qo'shiqlari ritmida yozilgan she'rlari o'ziga xos inqilobiy pafos va ijtimoiy optimizm bilan maromiga yetgan. She'rlarining ma'lum bir deklarativligi inqilobiy ruh va milliy-vatanparvarlik motivlari bilan birlashtirilgan.

Zamonaviy davr (1920 - hozirgacha)

1920-yillarning boshlaridan boshlab Avstraliya adabiyoti tobora Yevropa va Amerika adabiy oqimlari uchun ochiq bo'lib qoldi. Avstraliyada "Nigoh" ("Vision" 1923 yildan), "Meanjin hujjatlari" ("Meanjin Papers",1940 yildan) va "G'azablangan pingvinlar" ("Angry Penguins" ,1940-1946) kabi adabiy jurnallar yangi tendentsiyalar va yo'nalishlarni qabul qilishda ayniqsa muhim rol o'ynadi.

Reks Ingamells (Reginald Charles (Rex) Ingamells, 1913-1955) avstraliyalik aborigenlar madaniyatini qayta baholash va avstraliya adabiyotining mustaqil ovozini izlash harakatini boshladi.

Lirikada ochiqlik istagi Kevin Makkenzi (Kevin McKenzie), Jeyms Makuley (James McAuley, 1917 - 1976), Alek Dervent Xop (Alec Derwent Hope, 1907 -2000) singari shoirlarning ijodida ko'zga tashlanadi, ular real dunyo hodisalari haqida maxsus hissiy she'rlari bilan ajralib turadi. Judit Rayt (Judith Arundell Wright,1915 -2000), Frensis Uebb (Francis Charles Webb-Wagg, 1925 -1973 ) va Bryus Deyvi (Bruce Davey) lar o'zlarini peyzaj-ramziy lirika va shaxsiy she'riyatda namoyon etishdi. Rozmari Dobson (Rosemary de Brissac Dobson,1920 -2012) va R.D.Fitsjerald (Robert David Fitzgerald, 1830 - 1892 ) lar she'riyatning tarixiy mavzulariga murojaat qilishdi.

50-yillarda Melburn universiteti shoirlari ( Melbourne University Poets) deb ataladigan maktab paydo bo'ldi, ularning asosiy vakillari Vinsent Bakli (Vincent Thomas Buckley,1925-1988), Ronald Simpson (Ronald Albert Simpson, 19222002), Kris Uolles-Krabbe (Chris Wallace-Crabbe, 1934), Evan Jons (Evan Jones, 1931), Noel Makensh (Noelle McEnsh) va Endryu Teylor (Andrew Taylor, 1941)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

edi. Ushbu maktab vakillari murakkab shakllar va intellektual kinoyani afzal ko'rishdi. 21-asr boshlaridagi Avstraliya she'riyati Lesli Lebkovits (Lesley Lebkowicz, 1946) ijodi bilan ifodalanadi.

XX asr Avstraliya romanlari Yevropa va AQShning falsafiy va adabiy oqimlari ta'sirida bo'lgan. Romanlardagi muhim mavzular insonning ichki dunyosini psixologik tavsiflash, Avstraliya jamiyatining kelib chiqishini o'rganish edi. O'tgan asrning 20-yillariga xos bo'lgan G. Richardsonning (Henry Richardson,1870-1946) "Richard Mahonining taqdiri" (The Fortunes of Richard Mahony,1917-1929) romani bo'lib, unda o'tmishga qiziqish ruhiy yolg'izlik mavzusi bilan birlashtirilgan. Shunga o'xshash tendentsiyalar boshqa nasriy yozuvchilar: Martin Boyd (Martin Boyd, 18931972), Brayan Penton(Brian Penton, 1904-1951), Marjori Bernard (Marjorie Bernard, 1897- 1987), Flora Eldershou (Flora Eldershaw, 1897- 1956) asarlarida ham seziladi.

Ijtimoiy tanqidiy mavzular, xususan, shahar atrofidagi hayot mavzusi Katarina Pritchard (Katharine Prichard, 1883- 1969), Frenk Dalbi Devidson (Frank Dably Davision 1893-1970), Leonard Mann (Leonard Mann, 1895-1981), Frank Xardi (Francis Joseph Hardy, 1917-1994) kabi romanchilarni qiziqtirgan. Ijtimoiy muammolarning satirik yoritilishi H. Herbert (Xavier Herbert, 1901- 1984), Sumner Lok Elliott (Sumner Locke Elliot, 1917-1991), K. Makkenzi (Kenneth, 1913- 1955 Mackenzie) asarlari uchun xosdir.

1973 yilda yozuvchi Patrik Uayt (Patrick White 1912 -1990 ) adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. R. Shou (R. Show), Kristofer Koch (Christopher Koch, 1932- 1932), Geyl Porter (Gail Porter) asarlari unga Avstraliya kontekstida va uslubida yaqin edi.

Avstraliya hikoyalari 1940 yillarda rivojlangan. Ushbu davrdagi Avstraliya hikoyalari Jeyms Joys (James Joys, 1882-1941), Ernest Xeminguey (Ernest Hemingway, 1899- 1961) va Jon Dos Passos (John Dos Passos, 1896-1970) stilistikasining ta'siri bilan ajralib turadi. Hikoya janrining rivojlanishi uchun Ueyn Palmer (Wayne Palmer) tomonidan nashr etilgan "Sohildan Sohilgacha"( From Coast to Coast) yillik antologiyalari muhim ahamiyat kasb edi. Asosiy hikoya mualliflari: Tia Astli, Marrey Beyl, Marjori Bernard, Geyvin Kessi, Piter Kovan, Frenk Morgauz, Ueyns Palmer, Geyl Porter, Kristina Stit va boshqalar.

Mustaqil avstraliya dramaturgiyasi faqat zamonaviy davrda rivojlandi. Lui Esson ( Louis Esson, 1879-1943) dramaturgiya rivojiga muhim nazariy va amaliy turtki bergan. Taniqli avstraliyalik dramaturglar: Katarina Pritchard(Katherine Pritchard, 1883- 1969), (ilgari siyosiy drama), Ueyn Palmer (Yvonne Palmer, 19151988), (Qora ot, 1924), Betti Roland (Betty Roland, 1903-1996), Henrietta Drake-

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

Brockman (Henrietta Drake-Brockman 1901 -1968) ), Devid Uilyams (David Williams 1972- 2002), Aleksandr Buzo (Alexander Buzo, 1944 - 2006), Jon Romeril (John Romeril 1945), Doroti Xyuitt (Dorothy Hewett,1923 - 2002), Alen Seymur (Alan Seymour, 1927 -2015), Piter Kenna (Peter Kenna, 1937-1987), Tom Hungerford (Thomas Hungerford, 1915 -2011) , Tomas Shepkott (Thomas Shapcott, 1935).

Bugungi kunga kelib avstraliya va yangi zelandiya yozuvchilari erishgan yutuqlar ko'plab mamlakat va hatto mintaqa shoir va yozuvchilariga ko'z - ko'z qilishga arziydi. Mamlakat yozuvchilari ikkita Nobel va yetti nafar Buker mukofoti sovrindori bo'lib ulgurishgan. Taqqoslash o'rnida, yaqinda birgina Avstraliya fuqarosi bo'lgan Jon Kutzi (John Coetzee,1940) Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi va bundan tashqari shu kunga qadar ikki marotaba yuqori martabadagi Buker mukofotiga sazovor bo'lib ulgurgan. Biz uchun sevimli va katta ahamiyatga ega bo'lgan Kanada adabiyoti vakillari faqatgina bitta Nobel mukofoti va uchta Buker sovrindorligini qo'lga kiritgan.

Avstraliya adabiyoti mavjud bo'lgandan buyon ingliz adabiyoti ta'sirida taraqqiy etdi. Yashil qit'a yozuvchilarining romanlari Angliyadagi hamkasblarining asarlari singari keng kitobxonlarga yaxshi tanish emas, ammo hatto ularning orasida dunyo miqyosida e'tirof va muhabbatga sazovor bo'lgan kitoblar ham bor, quyida ulardan ba'zilari keltirilgan.

"Tikanzordagi sayroqi qushlar" (The thorn birds,1977) Kolin Makkalouning ( Collin McCullough, 1937 ) "Tikanzordagi sayroqi qushlar" romani 1977 yilda ommaga taqdim etildi va xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Kitob o'nlab tillarga tarjima qilingan va uning mashhurligi bugungi kungacha davom etmoqda. Ushbu doston syujeti ellik yildan ortiq vaqt davomida tasvirlangan Kliri oilasining hikoyasidir.

Roman kichik Maggi tug'ilgan kunini nishonlash bilan 1915 yilda boshlanadi. Pulga muhtoj bo'lgan Klirlarning katta oilasi Yangi Zelandiyadan qo'shni Avstraliyaga, Droghed fermasiga ko'chib o'tadi, u erda oila boshlig'i Padrik singlisidan ish topadi.

Voyaga yetmagan Maggi mahalliy ruhoniy Ralfni sevib qoladi, ammo vujudga kelgan o'zaro muhabbat katoliklarning nikohsizlik qonuni bilan to'qnashadi. Drogheda mulkdorining o'limidan so'ng, butun boylik cherkovga o'tadi va Ralf mulkni taqsimlash majburiyatini oladi va keyinchalik u yerlarni tark etishga majbur bo'ladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

Maggi mahalliy ishchiga turmushga chiqadi, ammo keyinchalik Rimga borgan va kardinal darajasiga ko'tarilgan Ralfni orzu qilishda davom etadi.

Kelli to'dasining chin hikoyasi (True history of the Kelly Gang, 2001)

Piter Keri Avstraliyaning eng buyuk zamonaviy yozuvchilardan biri. U ikki marotaba Buker mukofotiga sazovor bo'lgan.Bunday natija shu kunga qadar faqatgina ikkita muallifgagina nasb etgan. Keri hayoti davomida o'ndan ortiq roman yozgan, shu jumladan:

"Kelli to'dasining chin hikoyasi";

"Oskar va Lusinda";

"Mening hayotim soxtaga o'xshaydi";

"Tristan Smitning g'ayrioddiy hayoti";

"Jek Maggs"

"Kelli to'dasining chin hikoyasi" asari XIX asrdagi ingliz qaroqchisi Ned Kelliga bag'ishlangan. Irlandiyalik oilada tug'ilgan Ned ikki cho'chqani o'g'irlagani uchun Britaniya imperiyasi uchun qit'a qamoqxonasi bo'lgan Avstraliyaga surgun qilingan. Mustamlaka hokimiyatiga bo'lgan nafrat yosh Nedning bolaligidan singib bordi. Keyinchalik, uning otasi o'g'irlikda ayblanib, yana qamoqqa tashlandi va u erda vafot etdi.

Kellining o'zi muammoli bola edi, doimo muammolarga duch kelardi va oxir-oqibat ko'plab aka-ukalari bilan birgalikda to'da tashkil etishga qaror qildi.

Kitoblar Kelli nomidan yozilgan. Bu uning bosqinchilik faoliyati davomidan to o'limigacha olib borgan xotiralari. Qahramon ular qanday qilib ot o'g'irlashlari, banklarni talon-taroj qilishlari va mahalliy hokimiyat bilan qattiq urush olib borishlari haqida hikoya qiladi.

Ned Kellining shaxsiyati juda ziddiyatli. Hatto hayoti davomida u bir vaqtning o'zida ham shafqatsiz jinoyatchi, ham milliy qahramon hisoblangan. Uning o'limidan so'ng, bu ikkilik yanada kuchaygan, ammo hozirgi kungacha Ned Kelli 19 -asrdagi Avstraliyaning eng rang-barang shaxslaridan biri bo'lib qolmoqda va Piter Kerining romani buni juda yaxshi yoritib bergan.

"Kitob o'g'risi"( Book Thief, 2005)

"Kitob o'g'risi" ning muallifi ikkinchi jahon urushidan omon qolib, Avstraliyaga ko'chib o'tgan va fashistlar tuzumi xotirasini saqlab qolgan avstriyalik muhojirlarning o'g'li Markus Zusakdir ( Markus Zusak,1975).

Bolalikdan asarlar yozishga qiziqqan Markus o'zining birinchi romanini yigirma uch yoshida nashr etdi va Avstraliyada taniqli yozuvchilardan biriga aylandi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-188-194

Unga jahon shuhratini 2005 yilda nashr etilgan "Kitob o'g'risi" kitobi olib keldi va katta shov-shuvga sababchi bo'ldi.

Romandagi voqeliklar 1939 yildan boshlanadi va qizaloq Lizel atrofida aylanadi. U va uning akasi homiylik ostidagi ota-onalarga beriladi, ammo yangi uyga faqat qizaloqgina yetib boradi. Notanish kishilar qo'lida qolgan, Lizel ularning mehr - muhabbati sabab ularga asta - sekin bog'lanib boradi.

Uning asrab olgan otasi unga o'qishni o'rgatadi, Lizelda adabiyotga muhabbat uyg'otadi. Qizaloq fashistlar tuzumi tomonidan taqiqlangan ko'plab kitoblarni o'g'irlab, mutolaa qilishni boshlaydi. U qo'shni bola Rudi bilan do'stlashadi.

Butun roman ikkinchi Jahon urushi fonida ochilgan va fashistlarning qarashlariga rioya qilmagan nemislarning hayotini namoyish etadi. Kitobdagi voqea ko'pincha qahramonlarni hayotdan olib ketib, ba'zi voqealar to'g'risida o'z fikrlarini bildirmoqchi bo'lgan o'lim nomidan aytiladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida , yevropadan farqli o'laroq Avstraliya adabiyoti katta tarihga ega bo'lmasada bugungi kunda erishgan yutuqlari tahsinga loyiq. Rivojlanishning ilk davrlarida ingliz adabiyotidan andoza olgan bo'lsa, bugungi kunda adabiyotning har sohasida o'ziga hos andozalari va o'rni mavjud.

REFERENCES

1. Avstraliya romani. Grafikli antologiya, Sidney, 1945 yil.

Avstraliya adabiyotining Oksford antologiyasi / L. Kramer, A. Mitchell, Melburn, 1985.

2. Avstraliya she'riyatining landshaftlari, Elliott B. R. Melburn, 1967 .

3. Avstraliya adabiyoti. G. Button, Ringvud, 1976.

4. Avstraliya adabiyoti tarixi, Green H. M. Sidney, 1984 (ikki jild)

5. Avstraliya adabiyotining Oksford antologiyasi.L. Kramer, A. Mitchell, Melburn, 1985.

6. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2000 .

7. Qomus. Info onlayn ensiklopediyasi.

8. Avstraliyalikning milliy adabiyotdagi qiyofasi. Stefanovich T.I.2010

9. Milliy davr adabiyotidagi fuqarolik yo'nalishi avstraliyaliklarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish manbai sifatida.Grishaeva Elena Borisovna, 1996.

10. Rossiya va G'arb madaniyatlar muloqoti. Grishaeva Elena Borisovna, 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.