AVESTONING MIFOLOGIK QATLAMI VA UNING DINIY QARASHLARDA AKS ETISHI
Choriyeva Sedona Sharif qizi
Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar: PhD. Sh.B.Abdullayev
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo 'lishi bayon etilgan. Mifologiyaning asosiy tushunchalari: totem, fetish va anima kabi tushunchalarning etimologiyasi tahlil etilgan. Zardushtiylik mifologiyasidagi ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurashlar va ular turli xudo va devlar timsolllarida namoyon bo 'lishi va Avesto mifologiyasida hikoya qilingan xalq qahramonlari va ezgulik timsollari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Mif, mifologiya, totem, fetish, anima, zardushtiylik, Avesto, Ahura-Mazda, Axiraman, dev, siyovush afsonasi, kichik avesto.
ABSTRACT
This article describes the initial mythological views and their manifestation in the form of various symbols. The etymology of the main concepts of mythology: totem, fetish and anima is analyzed. The struggle between goodness and evil in Zoroastrian mythology and their manifestation in the personifications of various gods and giants, as well as the folk heroes and personifications of goodness narrated in Avesta mythology, are highlighted.
Key words: Myth, mythology, totem, fetish, anima, Zoroastrianism, Avesta, Ahura-Mazda, Akhiraman, giant, Siyovush legend, small Avesta.
KIRISH
«Mif»- koinot va hayotning paydo bo'lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalarining badiiy ifodasidir. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushunish mumkin. O'rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o'tmish hayoti bilan bog'liq miflarnig dastlabki namunalari «Avesto» kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima(Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo'lgan.1
O'zbek mifologiyasi. WWW.ziyouz.com
85
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi. 1. Totem.2. Fetish.3. Anima.2
Totem deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha o'zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut, sher, yo'lbars, bo'ri, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar ko'p xalqlarda alohida e'zozlanadi.3
Fetish insonlar tomonidan alohida e'tibor bilan qaraladigan narsa, predmetlar tushunchasini anglatadi. Xususan, turkiy xalqlarda quyosh, oy, yer, ayrim yulduz lar, suv, tuproq, yoy, qilich, qalam kabilarga asrlar davomida alohida hurmat bildirilgan.4 Anima inson tomonidan totem va fetishga ishonch bilan qarash manosini anglatadi. Tushga ishonish oddiy hayotda ro'y berayotgan voqealardan kelajak haqida tasavvur hosil qilishga urinish odatlari animizm tasiri bilan bog'liqdir.5
Ma'lumki, zardushtiylik mifologiyasining asosida ezgulik va yovuzlik kurashi, ya'ni dualistik tasavvurlar yotadi. Ana shu tasavvurlarga ko'ra kun bilan tunning kurashi va unda Quyoshning g'olib chiqishi dualistik motivlar asosida tasvirlanadi. "Xurshed yasht" tarkibiga kirgan alqovlar orasida aslida ana shu mifik bandlar ham bo'lgan va keyinchalik unutilib yoki yo'qolib ketgan bo'lishi kerak6.Avesta avval boshida dunyoni faqat ezguliklar majmuyi va mutanosibligi sifatida tasvirlaydi. Unda yovuzliklar, o'lim yo'q, kasalliklar yo'q. Dunyo azal va abad porloqliklardan iborat - qorong'ulik yo'q, yoz bor, qish yo'q, ezgu niyat bor, yovuz o'y, yomonlik haqida o'ylash yo'q edi. Zardushtiylikda imonli, e'tiqodi butun va mustahkam qavm artabon, ya'ni yaratgan borligiga ishongan odam, Haqning qo'riqchisi deb ataladi. Xullas, Avesta borliq dunyoni dastlab ana shunday bir jannatiy tusda ta'riflaydi va insonni shunga munosib bo'lishga chorlaydi7. Borliq ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash maydoni deb hisoblanadi. Dastlab Ahura -Mazda faqat ezgu borliqni yaratgan. Biroq yovuzlikning bosh sababchisi va o'lim
2 Ahmadjon Ashirov «O'zbek xalqining qadimiy etiqod va marosimlari monografiyasi»Humanities and Social Sciences/A.Navoiy nashryoti-2007.
3 Ahmadjon Ashirov «O'zbek xalqining qadimiy etiqod va marosimlari monografiyasi»Humanities and Social Sciences/A.Navoiy nashryoti-2007./International Journal of recently scientific resercher's theory/Dinning ibtidoiy shakllanishi va dastlabki diniy tassavurlar//99-100 b.
4 O'zbek mifologiyasi. WWW.ziyouz.com/ Ahmadjon Ashirov «O'zbek xalqining qadimiy etiqod va marosimlari monografiyasi»Humanities and Social Sciences/A.Navoiy nashryoti-2007./International Journal of recently scientific resercher's theory/Dinning ibtidoiy shakllanishi va dastlabki diniy tassavurlar//99-100 b.
5 Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Tanlangan asarlar: T.I. -T., Fan, 1968./ 5 O'zbek mifologiyasi. WWW.ziyouz.com/ Ahmadjon Ashirov «O'zbek xalqining qadimiy etiqod va marosimlari monografiyasi»Humanities and Social Sciences/A.Navoiy nashryoti-2007./International Journal of recently scientific resercher's theory/Dinning ibtidoiy shakllanishi va dastlabki diniy tassavurlar/98-b
6 Mirziyoyev SH. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. -488 b
7 Avesta: Tarixiy-adabiy yodgorlik // Asqar Mahkam tarjimasi. -T.: Sharq, 2001. -384 b., 16 b. zarvaraq.
86
keltiruvchi devlar devi(sardori)8- Axriman barcha ezguliklarning ziddi uchun son-sanoqsiz yovuzliklar qiyofasida namoyon bo'laveradi. Axriman yovuzliklarni umumiy tarzda o'zida mujassam etgan tushuncha Avestada Duruj(Drauga) -"Yolg'on" devi sifatida ta'riflanadi. Yolg'on(Duruj) Arta(Asha) -Haq(Haqiqat)ga qarama-qarshi qo'yiladi. Cheksiz, poyonsiz kurashlar oqibatida Axriman(uning universal qiyofasi Yolg'on) yo'q qilinadi. Haqiqat g'olib chiqib, borliqdagi barcha imonlilar behishtga(jannatga) doxil bo'ladilar.9 Axrimanning yovuzliklari qatorida « Nasu» o'lim va yomonlik timsolidir. Axriman jangchilari orasida asosiy rolni devlar o'ynaydi. Bular Zardushtiylikni inkor etgan qadimiy xudolardir. Masalan, «Araska» -hasad devi, «Zarvan» -qarilik ko'rinishidagi kasallik, «Varena»-xirs, «Azy» -ochko'zlik, «Apausha» -qurg'oqchilk devi, yana «Bushyasta» -dangasalik devi bo'lib, u insonni ezgulik va din yo'lidagi harakatlaridan chalg'itadi, «Ayshma» -g'azab devi, u insonni yovuz niyatlarga chorlaydi.10 Ahura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so'zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, Quyoshga qarab, uni olqishlab, sig'inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to'rt unsur -suv, olov, yer va havo ulug'lanadi. Avesta ta'limoti ko'pxudolik(politeizm)dan yakka xudolik (monoteizm)ga o'sib o'tish evolutsiyasini o'zida aks ettiradi.11 Ahura Mazda olamdagi mavjud o'tkinchi vaqt oqimi tomonidan yaratilgan ikkita egizak ruhlarning biridir. Ahura Mazda olamdagi barcha ezgu ishlarni, yaxshilik, yorug'likni o'zida mujassamlashtiruvchi tangri qiyofasida gavdlantiriladi. Egizak ruhlarning ikkinchisi Anxra-Maynyu esa o'zida zulmat, qabohat, jaholat kuchlarini mujassamlashtiruvchi qudrat timsolida namoyon bo'ladi12.Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, dunyo sinovlardan emas, balki yovuzlikka qarshi kurashdan iborat, xolos. Ta'limotda insoniyat yashayotgan dunyo muhim hisoblanadi. Shuning uchun unda dunyoviy lazzatlardan oxirat uchun voz kechish masalalari ilgari surilmaydi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, yaxshilik va yomonlik bir qancha timsollarda namoyon bo'lgan. Bular bizga turli mifologik shakllarda yetib kelgan.
Siyovush afsonasi: Siyovush-xalq qahramoni. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Siyovush Kaykovusning o'g'li bo'lgan. Nihoyat darajada go'zal yigit bo'lib, uni
8 ABDULLOYEV SHUXRATJON BOBOISMOILOVICH «O'rta Osiyo xalqlari diniy qarashlarida dev obrazi: shakllanishi va evolyutsiyasi»Termiz 2022.113-b.
9 Avesta: Izbranniye gimni: Iz Videvdata/ Per. s avest. I.M. Steblin Kamenskogo. M., 1993. -298 s
10 Boys Men. Zaroastriytsi. Verovanie i obichai. -M.: Nauka, 1988. -364 s.
11 Hintze A. Monotheism the Zoroastrian Way // JRAS, Vol. 24 / Issue 02 / April 2014. - P. 225 - 249
12 Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Tanlangan asarlar: T.I. -T., Fan, 1968. -488 b.
87
o'gay onasi sevib qoladi. Lekin, u o'gay onasining taklifini rad etadi. Bunga chiday olmagan o'gay ona unga tuhmat qiladi. Siyovush o'zining pokligini isbotlash uchun ot surib alangadan o'tadi, so'ng Afrosiyob poytaxtiga boradi. Afrosiyob uni izzat-hurmat bilan kutib oladi va unga o'z qizini beradi. Lekin, dushmanlar Afrosiyob bilan Siyovush o'rtasiga nifoq soladilar, adovat urug'ini sochadilar. Natijada Afrosiyob Siyovushni o'ldiradi. Siyovushning o'g'li Kayxisrav o'z bobosi Afrosiyobdan otasi uchun qasos oladi, uni o'ldiradi. Afsona oxirida Kayxisrav xorazmiy shohlar sulolasiga asos solganligi so'zlanadi.13Bu afsonada ham yovuzlik va ezgulik qarama - qarshiligi aks etganligi ko'rinib turibdi. ,Avesto"ning bo'limlaridan biri-"Kichik Avesto" asosan, zardushtiylarning kunduzgi toat-ibodatlari, duo va alqovlaridan tashkil topgan. Jumladan, dastlabki uch alqov Axura-Mazdaning Ashah -Haqiqat ekani, olam Hukmdori ekani, Haqiqat nurlari ostida eng go'zal amallami bajaruvchilardan ogoh ekani haqida bo'lib, darvishlami asrash uchun Zardushtni tanlaganini aytadi. "Belbog' bog'lamoq duosi"qismida Pozand degan din arboblaridan biri Mazdaga hamdu-sano aytadi va gunohlari uchun tavba qiladi.U Axura Mazdaga shod-xurramlik va Axrimanga mag'lubiyat tuyadi. Axuraning hamma xohishi bajo bo'lishini istaydi. "Avesto"ning shioriga ishonishini bayon etadi. Bu shior quyidagilardir: "Men ezgu andisha bilan andisha yuritganga ishonaman. Men ezgu so'z so'zlaganga ishonaman. Men ezgu amallining amaliga ishonaman. Men mazdoparastlik diniga ishonaman, zero u qurol ushlaganga chang soladi va uni biryoqlik qiladi; u qon-qardoshlik robitalarini mustahkamlaydi. U shu qadar pok dindirki, hozirgi va keyingi keladigan dinlar orasida eng ulug'i va eng yaxshisidir.14 "Surush boj" duosi har kuni bomdod mahali, uyqudan turgach o'qiladigan mashhur mazdoparastlik duolaridandir.Duoning mazmuni- Pozand gunohlari uchun tavba qiladi, mazdoparast, zardushtiy va devlar dushmani ekanini ta'kidlaydi, ilohlarga hamdu sano aytadi, Surushni olqishlaydi, g'animlar adovatidan asrashni Mazda va Zardushtdan so'raydi. Umuman, "Avesto" kitobi Markaziy Osiyo xalqlari hayotining hamma tomonlarini qamrab olgan.
XULOSA:
Yuqorida o'rganilgan ma'lumotlar asosida quyidagicha xulosa qilish mumkinki, avvalo, Avesta mifologiyasining shakllanishi juda uzoq tarixiy jarayonda sodir bo'lganligi undagi mifologik abrazlar murakkab tizimni tashkil qiladi. Ibtidoiy davrdan boshlab insonlar tafakurida shakllangan asotirlar zardushtiylik diniy tizimiga kirib borgan. Shuningdek, tabiat bilan bog'liq ayrim kuchlar bilan
13 N.Rahmoniv Avesto haqida «o'zbek adabiyoti tarixi» kitobidan.
14 Axuraviy, Zardushtiy din" (298-bet).
88
zardushtiylik ilohiyoti tizimidagi ma'budlaming mujassamlashgangi ayrim muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Avesta kitobi mifologik qatlamlari ezgulik va yovuzlik kuchlari o'rtasidagi qarama-qarshilikning albatta ezgulik g'alabasi bilan tugashi kabi optimistik ruh bilan sug'orilgan. Ayni mana shu hol nafaqat zardushtiylik diniy tizimi, balki mifologik qatlamlar orqali ramziy umumlashmalarga aylangan axloqiy-falsafiy dunyoni ham qarama-qarshi qutbga, ya'ni yaxshilik va yomonlik timsollariga ajratgan. Zardushtiylik ta'limotining asosini insonni qurshab turgan olam -ikki ibtido-yaratuvchi va buzg'unchi ruhlarning kurash maydoni ekanligi yotadi. Demak har qanday yomolik jazosiz qolmasligi, oxir oqibat ezgulik dunyodagi barcha yovuz kuchlarni mahv etishi zardushtiylikdagi bosh g'oyalardandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR (REFERENCES)
1. Mirziyoyev SH. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017.
2. O'zbek mifologiyasi. WWW ziyouz.com.
3. Ahmadjon Ashirov «O'zbek xalqining qadimiy etiqod va marosimlari monografiyasi»Humanities and Social Sciences/A.Navoiy nashryoti-2007.
4. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Tanlangan asarlar: T.I. -T., Fan, 1968
5. Avesta: Tarixiy-adabiy yodgorlik // Asqar Mahkam tarjimasi. -T.: Sharq, 2001. -384 b., 16 b. zarvaraq.
6. ABDULLOYEV SHUXRATJON BOBOISMOILOVICH «O'rta Osiyo xalqlari diniy qarashlarida dev obrazi: shakllanishi va evolyutsiyasi»Termiz 2022.113-b.
7. N.Rahmoniv Avesto haqida «o'zbek adabiyoti tarixi» kitobidan.
8. Axuraviy, Zardushtiy din" (298-bet).
89
www.birunijournal .uz