SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
ZARDUSHTIYLIKDA SUV HAMDA DEHQONCHILIK BILAN BOG'LIQ
Fayziyev Abdusamad Abduxoliq o'g'li, Murodova Gulmira Muhiddin qizi
Termiz davlat universiteti Stajyor-tadqiqotchilari e-mail: fayziyevabdusamad40@gmail.com gulmiramurodova319@gmail.com
Maqolada arxeologik va yozma manbalar asosida Zardushtiylikda dehqonchilik bilan munosabatlar hamda un suv kultining o'rni tahlil etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Zardushtiylikda suv hamda dehqonchilik bilan bog'liq qarashlarni ko'rsatib berishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Zardushtiylik, Anaxita, suv kulti, Katqal 'a yodgorligi, Avesto.
Based on archaeological and written sources, the article analyzes the relationship with agriculture in Zoroastrianism and the role of the cult of flour and water. The purpose of the study is to show the views related to water and farming in Zoroastrianism.
Key words: Zoroastrianism, Anakhita, water cult, Katkala monument, Avesta.
На основе археологических и письменных источников в статье анализируется связь с земледелием в зороастризме и роль культа муки и воды. Цель исследования - показать представления, связанные с водой и земледелием в зороастризме.
Ключевые слова: зороастризм, Анахита, культ воды, памятник Каткала, Авеста.
Tarixdan ma'lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil bo'lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo'lgan Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug'orma dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki O'rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun madaniyati bo'lib milodgacha bo'lgan 6-4 ming yilliklarda shakllanganligidan dalolat beradi.
QARASHLAR
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Dehqonchilik tarixini o'rganish tarixning turli bosqichlarida xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimini va ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishini xo'jalik-madaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil qilishda g'oyat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an'anaviy dehqonchilik xo'jaligi va u bilan bog'liq marosimlar hamda agrar kultlar tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli muammolardan biri bo'lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma'lum amaliy natijalarga ham erishilgan.
Ayniqsa bu borada O'zbekiston xududidagi dehqonchilik va dehqonchilik madaniyati tarixi, sug'orma dehqonchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo'lgan urbanistik jarayonlar doimo dolzarb muammolardan hisoblangan. Inchunun, Vatanimiz xududidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati tarixi, dehqonchilik marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o'tmish ajdodlarimiz turmush tarzini o'rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya qilishda hamda xalqimizning qadimgi davlatchilik an'analari va mintaqadagi qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu borada jahon fanida boy tajriba to'plangan bo'lib nemis folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli afsonalar va obrazlarda o'simliklar olamining jonlanish sirlari namoyon bo'lishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta'kidlashicha, marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshqa mavjudotlar kabi o'simliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning fikricha, ruhning o'simlikka evrilishi to'g'risidagi mifologiya quyi mifologiya yuqori iloxlar to'g'risidagi mifologiyaga asos bo'lgan va aynan quyi mifologiya o'ziga xos yashovchan bo'lgan hamda uning izlari dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan. Mashxur ingliz tadqiqotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta tiklagan va uning rivojlanish bosqichlarini ko'rsatgan hamda antik kultlar madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida oraliq bo'g'in tarzida ahamiyatta ega deb ta'kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiy-taqqoslash usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa xalqlarining dehqonchilik marosimlarining o'zaro bog'liqligini ko'rsatib berishga xarakat qilgan. Darhaqiqat dehqonchilik an'analari qadimiy ildizlarga bog'lanishi bilan birga o'ziga xos marosimlarga ham ega bo'lgan. Har bir dehqonchilik mavsumida aynan bir vaqt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an'ana va urfodatlarni shakllanishiga sabab bo'lgan. Biz quyida mintaqamizdagi dehqonchilik madaniyatining ilk ko'rinishlari va rasm-rusumlarini yozma manbalar, jumladan, zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil qilishga hamda ularning o'zbek xalqi an'anaviy dehqonchilik marosimlari bilan uyg'unligini ko'rsatishga harakat qilamiz.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Avesto"ning juda ko'p o'rinlarida xosildorlikni oshirishdagi asosiy omillardan biri yerning zaxini qochirish, sho'rini yuvish deb maslaxat beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a'zolari o'rtasida tartibli taksimlanishiga amal kilingan. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki jinoyat uchun odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari qurishda majburan ishlatish chorasi ham bo'lgan (bu og'ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu davrda yer jamoa mulki bo'lgan bo'lsa-da chorva xususiy mulk bo'lganligini "Avesto"dan ko'rishimiz mumkin.
Ma'lumki, "Avesto"da ilk dehqonchilik va chorvachilik madaniyati bilan bog'liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman marosimlarga ham keng o'rin berilgan. Jumladan, mazkur manbada dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng ma'qul ish tarzida madh qilinadi. Ayniqsa, dehqonchilikka oid mehnatni xurmat qilish, sevish va qadrlash ta'kidlangan. Shundan kelib chiqib zardushtiylik axloqiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va chorvadorlar axloqiy dunyoqarashini aks ettiradi.
Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga qonunga va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan. Shuningdek mazdaparastlar tasavvuriga ko'ra olamdagi birinchi dehqon Arvatatnara hisoblanadi. "Vendidod"ning 2-fargard, 42-bandida qayd etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi: "Arvatatnara dehqonlarning ulug'i edi, endi Jamshid bunyod qilgan varning buyugiga aylandi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, zardushtiylik an'anasiga ko'ra Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan.
"Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so'zning etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an'anaviy ko'chmanchi mashg'uloti — chorvachilik bilan bog'lik juda qiziq bir manzaraning guvohi bo'lamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga ko'ra murakkab so'z bo'lib uning birinchi tarkibiy qismi yirik shoxli qoramol cho'poni, ikkinchi qismi esa mayda shoxli chorva cho'poni ma'nolarini bildirgan. Ushbu ikki so'zning qo'shilishidan keyinchalik dehqon so'zi paydo bo'lgan"
Anaxita - zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik ma'budasi. Qad. dehqonlar yog'ingarchilik va hosildorlikni Anaxitaning mo'jizasi deb hisoblashgan. Qadimgi haykaltaroshlar Anaxitani bir qo'lida anor yoki olma ushlab
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda Anaxitaning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi. Xususan, 1947 yildagi arxeologik qazilmalar davrida Xorazmning Katqal'a yodgorligidan hosildorlik, suv ma'budasi Anaxita haykalchasi topilgan.
«Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat, kamarini baland bog'lagan, to'g'ri so'z, marhamatli go'zal qiz sifatida namoyon bo'ladi. U kishilarga kuch-qudrat baxsh etuvchi, suvning mo'l bo'lishini ta'minlovchi ma'buda. Xudo ibtidoiy kishilar tasavvurida mavhum tushuncha, xayoliy mavjudot emas,
balki u yoki bu mehnat quroli bilan qurollangan real siymo edi.
«Avesto»da shuhrat topgan qahramonlarning yovuzlik timsoliga qarshi
qo'yilgan qismlar bor. Ularda tasvirlanishicha, yovuzlikka qarshi chiqqan pahlavon jang oldidan g'alaba qozonishni so'rab, muqaddas homiyga sig'inadi, iltijo qiladi: «O, marhamatli, zabardast Ardvisura Anaxita, menga madad ber, uch og'iz va uch boshli, olti ko'z va ming xil kuchlar sultoni, bahaybat Aji Dahok ustidan g'olib chiqay».
Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, O'rta Osiyo hududida asosiy xo'jalik yuritish shakli qadimdan sug'orma dehqonchilik bo'lib kelgan. Zardushtiylik dini hukmronlik qilgan davrda dehqonchilikka nisbatan munosabat va qarash nihoyatda yuksak bo'lgan. Bunda hosildorlik va suv ilohasi Anaxitaning o'rni beqiyos bo'lgan.
REFERENCES
1. Gershavitch.I "The Avestan hymn to Mithra" Kambridge, 1959
2. Nyberg.X.S "Die Religionen des altern Iran. Leipzig 1938
3. Monchi-Zadex. D. "Topografisch-xistorische Studien zum iranischen National epos" Viesbaden, 1975
4. Xumbach.X "Die avestische Lander liste" 1960
5. Gnoli. G "Ariane: Postilla ad Airyosayana" RSO 1966
6. Darmsteter Y. The Zend - Avesta, I.Oxford, 1880
7. Steblin - KamenskimI. M.. «Авеста в русских переводах/ (1861 - 1996)». SPb.,
XULOSA
1998.
8. Avesto. А. Mahkam tarjimasi. T., "Sharq" 2001.