Научная статья на тему 'AN’ANAVIY QADRIYATLAR TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI'

AN’ANAVIY QADRIYATLAR TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
213
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qadriyat / an’anaviy qadriyat / Sharq / Markaziy Osiyo / Avesto / Zardushtiylik ta’limoti

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Elyorjon Shavkatovich Oripov, Sharifjon Shokiralievich Xudoyberganov

Ushbu maqolada Sharq xalqlari ma’naviy-axloqiy muhitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladigan an’anaviy qadriyatlarning rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy asoslari keng va atroflicha tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY QADRIYATLAR TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI»

AN'ANAVIY QADRIYATLAR TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-FALSAFIY

ASOSLARI

Elyorjon Shavkatovich Oripov oripovelyor@1982gmail .com Sharifjon Shokiralievich Xudoyberganov Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq xalqlari ma'naviy-axloqiy muhitini sog'lomlashtirishga xizmat qiladigan an'anaviy qadriyatlarning rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy asoslari keng va atroflicha tahlil etilgan

Kalit so'zlar: qadriyat, an'anaviy qadriyat, Sharq, Markaziy Osiyo, Avesto, Zardushtiylik ta'limoti

SOCIO-PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF

TRADITIONAL VALUES

Elyorjon Shavkatovich Oripov oripovelyor@1982gmail .com Sharifjon Shokiralievich Xudoyberganov Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, the socio-philosophical foundations of the development of traditional values, which serve to improve the spiritual and moral environment of the peoples of the East, are widely and comprehensively analyzed.

Keywords: value, traditional value, East, Central Asia, Avesta, Zoroastrianism

Kirish. Qadimgi Sharq xududi insoniyat keyingi taraqqiyoti uchun asos bo'luvchi eng muhim ma'naviy qadriyatlar yuzaga kelgan makon sifatida ahamiyatlidir. Xususan bu yerda xalq og'zaki ijodi namunalari, yozuv, fan sohalari, birinchi jahon dini - buddizmning paydo bo'lishi insoniyat tarixidagi dastlabki madaniy sivilizatsiya vujudga kelganini bildiradi. "Tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qo'lyozma bo'lsa ham, ularni to'plab, xalqimizni, yoshlarimizni tanishtirish, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatish, farzandlarimizni shu ulug' merosga munosib etib tarbiyalashdan iborat"[1]

Sharqda an'anaviy qadriyatlarning shakllanishiga ta'sir etgan eng muhim omillardan biri xo'jalik yuritishda sug'orma dehqonchilikka asoslanganligidir. Sug'orma dehqonchilik esa mustahkam jamoa bo'lib o'troq yashashni taqozo qiladi. Avvalo, sug'orma dehqonchilik etnik jamoalar fe'li harakterida muayyan tizimdagi

umumiy xislat va fazilatlarni shakllantirdi, keyinchalik obektiv ravishda asta-sekin o'troqlashuvning madaniy tus olishi o'ziga xos an'anaviy qadгiyatlaг tizimini vujudga keltirdi. Bizningcha, ulaг jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: dehqonlik, yer-suvga ixlos; mustahkam jamoalik (mahalla, qishloq), jamoa fikrini qadгlash; tug'ilib o'sgan joyga bog'langanlik, muqimlik; ajdodlaг xotiгasiga sadoqat; oilaparvarlik; qaгindosh-uгug'chilik, qo'ni-qo'shnichilik kuchliligi; milliy, diniy hamjihatlik; urf-odatlarni qadrlash; xushchaqchaqlik, to'y-tomoshalaг ko'pligi, xilma-xilligi; sabr-toqatlilik, andisha kuchliligi; ma'naviy saxiylik; pazandalik, milliy kulinaгiyamizning boyligi va boshqa ko'plab milliy xususiyatlaгimiz an'anaviy qadriyat sifatida avlodlaгdan avlodlaгga uzatilib kelinmoqda. Shu ma'noda sug'oгma dehqonchilikni an'anaviy qadгiyatlaгning "beshigi" sifatida baholash mumkin.

Asosiy qism. Markaziy Osiyoda jamiyatimiz ma'naviy-axloqiy muhitini sog'lomlashtirishga xizmat qiladigan qadriyatlar tizimi uzoq tarixga ega. Mifologik dunyoqaгash mahsuli sifatida vujudga kelgan, an'ana va qadriyatlaming shakllanishi va гivojlanishining ma'naviy "buloq'laridan biгi zaгdushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda xalqimizning jamiyat va tabiat haqidagi dastlabki qarashlari va tasavvurlari aks etgan bo'lib, undagi xulosalar bugungi kun kishisi uchun olam va odam munosabatlarini o'гganishda nazariy-uslubiy asos bo'la oladi.

Zaгdusht ta'limotida ijtimoiy adolatni qaror toptiгish yakkayu-yagona xudo -Axuramazda vahiylariga qattiq amal qiladigan komil Aql egasi inson obrazi bilan bog'lanadi. Komil aql egasi o'z hayot ma'nosini belgilashi uch axloqiy tamoyilga asoslanadi: ezgu fikr, ezgu niyat, ezgu amal. Bu tushunchalar qadriyatga aylanishi uchun shaxs-oila-jamiyat tizimida yagona umumijtimoiy ruhiy holat shakllanishi uchun tinimsiz ushbu so'zlar muqaddasligi takrorlanib, afsonalar, allalar, she'rlar, dostonlar, matallar ko'rinishida targ'ibot-tashviqot qilingan. Zardusht tilidan Nisshe qadriyat tushunchasiga shunday baho beradi: "Qadrlash bu yaratishdir! Qadr barcha qadrlangan narsalarning durdonasi va javohiri. Qadr qadrlash orqali namoyon bo'ladi, mag'zsiz yong'oqda qadr yo'q"[2].

"Avesto"dagi fikr va qarashlar miloddan avvalgi XIII-IV asrlar oralig'ida yashagan etnik birliklar dunyoqarashi, o'y-xayollari, turmush-tarzi, an'ana va urf-odatlari mahsuli sifatida namoyon bo'lib, butun bir qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Ushbu ta'limotda tub etnik birlik maqsad va manfaatlariga mos kelgan fikr va qarashlar an'ana sifatida e'zozlanib, vorisiylik tamoyili asosida avloddan-avlodga uzatilib, bugungi kungacha ijtimoiy hayotning ko'pgina sohalarida yashab kelmoqda. Zardushtiylik ta'limotida an'anaviy qadriyatlar ikki tizimda namoyon bo'ladi:

- shaxs-tabiat tizimidagi an'anaviy qadriyatlar;

- shaxs oila-jamiyat tizimidagi an'anaviy qadriyatlar.

"Avesto"da tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashtirilib ularni ifloslantirish va isrof etish eng og'ir gunoh hisoblanib, bunday jinoyatlar uchun "sudya

Zaratushtroema - Oqsoqollar Kengashi vakillari va jamoaning nufuzli a'zolari bilan kelishgan holda ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab asosan qamchi bilan jazolash, jarima, ba'zi hollarda o'lim jazosi" [3] ham qo'llangan. Tuproq, suv, havoga noto'g'ri munosabat yechib bo'lmas ekologik muammolarni keltirib chiqarishini Zardusht yaxshi bilgan. Vaholanki u davr odamlari dunyoqarashidan rivojlangan bugungi kun odamlari tabiatning ham ob'ektiv qonunlari mavjudligini, ularga noto'g'ri munosabat o'nglab bo'lmas salbiy oqibatlarga olib kelishini o'z ko'zlari bilan ko'rishsa ham, e'tiborsiz bo'lmoqdalar (go'yoki o'zga sayyoralikdek). Aytish lozimki, 30-40 yil ilgari suvga axlat tashlash u yoqda tursin, hatto tupurish ham uyat sanalgan. Demak, "ekologik dunyoqarash tarixidagi ma'naviy-madaniy merosni ijodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi vorislik munosabatlarini tahlil etish hozirgi davr ekologik dunyoqarashini shakllantirib, keskinlashayotgan va globallashayotgan ekologik muammolarni hal qilishning muhim omiliga aylanmoqda"[4]. Hozir esa shaxsiy va guruhiy manfaatlar quli bo'lgan ayrim zavod, tashkilot hamda xususiy firma egalari chiqindilarni yer osti quvurlari orqali ariq, soy, kanallarga chiqarib yubormoqdalar. Ushbu holatlar kelajakda davom etmasligi uchun ham Zardushtiylik g'oyalarini yoshlar ongi va qalbiga singdirish zarur. Axuramazdaning "erga yaxshi, sog'lom urug'lar sepishdan ortiq savob ish yo'q", "olam go'zalligi dehqondan, kimki yerga urug' qadabdi, u odamiylikka imon keltiradi, yagona shu yo'lgina haqiqat bo'lib qolgani sarobdir" kabi fikrlari bugungi kunda ham amaliy ahamiyatga ega bo'lib, kishilarda mehnatsevarlik ko'nikmasini shakllanishiga xizmat qiladi. Xususan ilmiy-texnika inqilobi ta'sirida bugungi yoshlarda "iste'molchilik" kayfiyati rivojlanishi, ularda mehnat qilish mayllarini zaiflashuviga sabab bo'lmoqda, bu esa "Avesto"dagi dehqonchilikka oid an'anaviy qadriyatlarni qaytadan baholash zaruratini tug'diradi. Shu ma'noda bugungi kunda ham hukumatimiz rahnamoligida zardushtiylikning an'anaviy bayramlaridan Navro'z, Mehrjon va dehqonchilikka oid turli marosimlar o'tkazilib, xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelinmoqda.

"Avesto"da shaxs-oila-jamiyat tizimidagi muammolar ham atroflicha o'rganilib, ularni "insoniylik" mezonlari asosida hal etish usul va vositalari ishlab chiqilgan. Zardushtning "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo'lib hisoblanishi lozim" degan fikri bugungi yangilanishlar jarayoni uchun ma'naviy o'lchovdir. Zardushtiylik dini an'anasiga ko'ra, bola 7 yoshga to'lganda "muqaddas ko'ylak" kiydirish maorsimi o'tkazilgan va shu kundan u murabbiy qo'liga topshirilgan. Marosimda bola murabbiysi bilan birga Axuramazdaga ezgu fikr, ezgu niyat, ezgu amal orqali Komil aql egasi bo'lishga qasam ichgan. Bunday mashg'ulot bir kunda besh marotaba takrorlangan. Butun hayoti davomida ushbu qasamni yodga solib turish uchun 15 yoshida jun ipakdan to'qilgan kamar bog'langan. Ontini buzgan kishidan kamar yechib olinib, jamiyatdan badarg'a qilingan. Ushbu an'ana orqali avvalo yoshlar qalbida yagona Axuramazda ezgulik timsoli sifatida gavdalanib, uning

vahiylari asosida yashash rizoligi paydo bo'ladi, qolaversa yovuzlik timsoli Axrimandan nafratlanish hissi shakllanadi. Bu esa kelajakda oqni qoradan, halolni haromdan ajratuvchi, gunoh ishlardan xazar qiluvchi kishilar jamoasini shakllanishiga xizmat qilgan. Ushbu ta'limotga ko'ra "yaqin qarindoshlar o'rtasida farzandlarning o'zaro oila qurishi ma'n qilinganligi, sog'lom avlodning tug'ilishi uchun ota-onalar sharob va turli giyohvand moddalarni iste'mol qilmasliklari zarurligi" [5] kabi qarashlari nafaqat millat sog'ligini, balki jamiyat ma'naviy muhitini sog'lomlashtirish omili bo'lishligini yaxshi bilganlar. Yoki "yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog'lom, baquvvat bolalarga ega bo'ladi...Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo'l-ko'l bo'lsa, muqaddas so'zlar ham yaxshi qabul qilinadi"[6]. Bu fikrlar tashqi tomondan juda sodda ko'rinsada, aslida ularda butun bir insoniyat tajribasi mujassam.

Bugungi yangilanishlar davrida ko'pgina an'anaviy qadriyatlar mazmun-mohiyati ijobiy yoki salbiy tomonga og'ib ketmoqda. "Insonning bu jarayondagi qadri esa, yaxshilikning g'alabasi uchun kurashda befarq turmasligida, yashash tarzida, ma'naviy qiyofasida, ijtimoiy faoliyatida o'z ifodasini topadi" [7]. Voqelikdagi ijtimoiy ong narsa va hodisalar qadrini mohiyatidan emas, balki sirtidan izlamoqda. Bu esa falsafadagi shakl va mazmun mutanosibligini buzmoqda. Ushbu holatni jamiyatni barcha sohalarida kuzatish mumkin: san'at, me'morchilik, kundalik turmush-tarzimiz. Ushbu voqelik yechimi "Avesto"da bir jumla bilan "tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko'proq qayg'uring" ifoda etilgan.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, zardushtiylik ta'limotida qadimgi ibtidoiy e'tiqod shakllari elementlarini hamda ularga xos bo'lmagan yakkaxudolilik, ijtimoiy-ma'naviy yuksalish belgilarini uchratish mumkin. Ushbu ta'limot inson va jamiyat hayotiga xavf soluvchi har qanday ko'rinishdagi harakatlarni qoralab, ularni o'z istaklarida xolis bo'lib, bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odat qilishlari, g'arazgo'ylik, hasadgo'ylik, kalondimog'lik, shuhratparastlik, qonunsiz ishlardan o'zlarini tiyib yurishga da'vat etadi. Zardushtning asosiy maqsadi o'zini va oilasini faqat halol mehnat bilan, ya'ni o'z qo'llari bilan yaratgan ne'matlar orqali tarbiya etuvchi kishilar jamoasini shakllantirish edi.

Zardushtiylik ta'limotidagi g'oyalarning xalq tomonidan qadrlanib, an'anaga aylanishi bizningcha, quyidagi omillar bilan bog'liq:

- "Avesto"da odam va olam munosabatlariga doir barcha qarashlarning yechimi ilk marotaba "insoniylik" mezonlari bo'yicha tahlil etilganligi;

- "fikrlar sofligi, so'zning sobitligi, amallarning insoniyligi" qoidasi har qanday makon va zamon uchun birday ahamiyatliligi;

- zardushtiylik marosimlari shartlariga ko'ra kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab sig'inish kishilar ongi va qalbida oliy xudo Axuramazdaga bo'lgan ishonchni yanada qat'iylashtirishga xizmat qilganligi;

- ushbu ta'limotga ko'ra, "ezgulik oxir-oqibat yovuzlik ustidan g'alaba qozonishi" oddiy xalq ongida kelajakka ishonch uyg'otgan. O'sha davr voqeligi nuqtai-nazaridan baholaganda ushbu qarashimiz yanada asosli bo'ladi;

Xulosa. "Avesto" nafaqat umumbashariyatga daxldor g'oyalarning "beshigi", balki o'zidan keyin paydo bo'lgan barcha ta'limotlar uchun ma'naviy asos sifatida ham qadrlidir. Biz bugungi yangilanishlar davrida an'anaviy qadriyatlarni saqlab qolish uchun zardushtiylik ta'limotining kuchli va ta'sirchan mafkurasi xususiyatlarini yangi metodlar, tadqiqot usullari yordamida tadqiq etish, bu dinning bugungi kunda ham o'z ta'siriga ega, zamon ruhiga mos qadriyatlarini amaliyotga joriy etishning ijtimoiy murvatlarini ishlab chiqish orqali inson va jamiyat ma'naviy barqarorligini ta'minlash mumkin. Birinchi prezidentimiz ta'kidlaganidek, "...tarixiy tajriba, an'analarning meros bo'lib o'tishi -bularning barchasi yangidan-yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog'i lozim" [8]. Bu da'vat bugungi avlod zimmasiga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki biz yangi davlatning fuqarolarimiz, ertangi avlod kelajagi, taqdiri ko'p jihatdan bugungi o'zgarishlarimizning sifati va ko'lamiga bog'liq.

Yuqoridagi fikrlardan mantiqiy xulosa shuki, ushbu hududda bir necha asrlardan bo'yon turli mazmundagi madaniyatlar, dinlar "bir oila" kabi yashab kelgan. Har bir sivilizatsiya egalari o'z an'ana, urf-odat va qadriyatlarini xalqimiz turmush-tarziga asosan majburlov vositalari yordamida singdirgan bo'lsa-da, xalqimiz o'z ajdodlari asriy an'analari: sabr-toqat, bag'rikenglik (keng ma'noda), samimiylik, mehnatsevarlik, o'zaro qo'llab-quvvatlash kabi fazilatlar orqali bashariyat umrboqiyligini ta'minlovchi an'anaviy qadriyatlarni yashash mezonlariga aylantirishgan. "Hatto bu xududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an'analarini, shu xududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar" [9].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev, Shavkat Miromonovich. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - B.471

2. Viktor A. Falsafa yoxud fikrlash chanqog'i. - T.: Falsafa va xuquq. 2007. B.

278.

3. Boboev H., Hasanov S. "Avesto" - ma'naviyatimiz sarchashmasi. - T.: Adolat. 2001. - B. 76

4. Boboev H., Hasanov S. "Avesto" - ma'naviyatimiz sarchashmasi. - T.: Adolat. 2001. - B. 76

5. Kistaubaev S.U. Shaxs ekologik dunyoqarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarning roli: Fals. fan. dok.(PhD). dis. avtoref. -S.: SamDU, 2019. B. 13

6. Karimov I. Ma'naviyat, falsafa va hayot. T.: - Fan. 2007. - B. 292.

7. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. - T.: Faylasuflar milliy jamiyati. 2004. - B.

196.

8. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston. 1997.- B. 326.

9. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston. 1997.- B. 326

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.