Научная статья на тему 'ASOSIY EKIN SIFATIDA KUNGABOQAR KALTA POYALI NAVLARINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGINING TA’SIRI'

ASOSIY EKIN SIFATIDA KUNGABOQAR KALTA POYALI NAVLARINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kungaboqar / ekish qalinligi / hosildorlik / moy chiqimi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Lukov Mamadali Kudratovich, Achildiev G‘Ayrat Shernazarovich, Ruziboev Sanjarbek Shuxrat O‘G‘Li, Ergashev Jasur Sherali O‘G‘Li

Maqolada kungaboqarning morfo-biologik xususiyatlariga ko‘ra, o‘simliklar qator oralig‘i 70 sm, o‘simliklar orasi 35, 30, 25 va 20 sm, (mos ravishda ko‘chat soni maydon hisobida 40.8, 47.6, 57,1 va 71,4 ming tup/gektariga) qalinlikda o‘stirilganda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha optimal tup qalinligi aniqlanganligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASOSIY EKIN SIFATIDA KUNGABOQAR KALTA POYALI NAVLARINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGINING TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vi

ASOSIY EKIN SIFATIDA KUNGABOQAR KALTA POYALI NAVLARINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGINING TA'SIRI

Lukov Mamadali Kudratovich, Achildiev G'ayrat Shernazarovich, Ruziboev Sanjarbek Shuxrat o'g'li, Ergashev Jasur Sherali o'g'li

Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti

Annotasiya: Maqolada kungaboqarning morfo-biologik xususiyatlariga ko'ra, o'simliklar qator oralig'i 70 sm, o'simliklar orasi 35, 30, 25 va 20 sm, (mos ravishda ko'chat soni maydon hisobida 40.8, 47.6, 57,1 va 71,4 ming tup/gektariga) qalinlikda o'stirilganda mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha optimal tup qalinligi aniqlanganligi haqida ma'lumotlar ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Kungaboqar, ekish qalinligi, hosildorlik, moy chiqimi.

Abstract: In the article, according to the morpho-biological characteristics of sunflowers, the distance between rows of plants is 70 cm, and the distance between plants is 35, 30, 25 and 20 cm, (respectively, the number of seedlings is 40.8, 47.6, 57.1 and 71.4 thousand bushes/hectare) data on the determination of the optimal bush thickness in terms of productivity indicators are shown.

Keywords: Sunflower, sowing thickness, productivity, oil yield.

Kungaboqar {Helanthus) ning kenja turi Helanthus kultusga oid navlar morfo-biologik belgi xususiyatlari asosan uch guruhga bo'linadi:

1) Chaqiladigan kungaboqarning navlari poyasi yo'g'on, uzunligi 4 m gacha savatchasi yirik-diametri 40-45 sm gacha, urug'idagi moy miqdori 25-35% bo'ladi. Pistasining puchoq chiqimi ko'p (45-60%) va pistasi kungaboqar kapalagining lichinkasidan 100% gacha zararlanadi [1; 7;].

Kirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vi

2) Moyli kungaboqarning poya uzunligi 1.0-2.2 m ba'zan 0,9-1,3 m savatcha diametri 15-30 sm urug'i mayda uzunligi 7-13 mm, mag'zi to'liq, po'choq qismi 23-30 % ni tashkil etadi. Moy chiqimi 38- 56 % gacha bo'ladi. Kungaboqar kapaligidan deyarlik zararlanmaydi.

3) Oraliq kungaboqar yuqorida keltirilgan chaqiladigan va moyli kungaboqar navlarining ko'rsatkichlari bo'yicha oraliq ko'rinishda bo'ladi. [2; 7;].

Ishlab chiqarishda o'simlik moyini olish maqsadida moyli kungaboqarning navlari va duragaylari ekiladi.

Dolzarbligi: So'ngi paytlarda ko'pgina qishloq xo'jalik ekinlari: -boshoqli don ekinlari, g'o'za va bog'dorchilikda ham o'suv organlari kichik, lekin hosil elementlari ko'p bo'lgan intensiv tipdagi navlarni ekish an'anaga aylanmoqda. Bu navlarining o'suv organlari ixcham va tupi kompakt shaklda bo'lib, ularning mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori bo'ladi. Mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori o'simliklar may don hisobida ko'p joylashganligi uchun ulardan yuqori hosil yetishtiriladi. [1; 2; 5].

Masalan g'o'zaning ayrim navlari tupining shakli va shoxlanish tipiga ko'ra qalin yoki siyrak ekilib o'stiriladi. Surxondaryo viloyati sharoitida so'nggi paytlarda ingichka tolali g'o'zaning nul tipidagi navlarini o'stirish samarali usul ekanligi isbotlangan.

Shuningdek kungaboqarning baland bo'yli navlari qator salbiy xususiyatlarga ega:- amal davri ko'p, uzun poyali navlar siyrak-70x30 va 70x35 sm ekish sxemasida ekib o'stiriladi. Savatcha paydo bo'lishidan boshlab parvarishlash uchun texnik vositalar bilan ishlov berishning imkoni bo'lmaydi. Uzun poyali navlarga kalta poyali navlarga nisbatan 25% ko'p o'g'it beriladi va shuncha miqdorda qo'shimcha suv sarflanadi sababi ko'pincha ularing o'suv davri ham 20-30 % ko'p bo'ladi. Hosilni kombaynda yig'ishtirishning imkoni cheklangan bo'ladi. [1; 2; 7;].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vi

Shu yuqoridagilarni inobatga olganda kungaboqar navlarining morfo-biologik xususiyatlarini hisobga olib, optimal tup qalinligini belgilash dolzarb masala hisoblanadi.

Kungaboqar navlarining tup shakli, poyaning uzunligi, shoxlanish tipi, barg bandi va barg sathining yirikligi kabi ko'rsatkichlarning shakllanishini hisobga olib, samara keltiruvchi tup qalinlikni aniqlash maqsadga muvofiq [3; 4; 6; ].

Surxondaryo viloyati sharoitida moy olish maqsadida o'stiriladigan o'suv organlari har xil poyasi uzunlgi 100 sm dan 185 sm gacha bo'lgan navlarning o'stirish texnologiyasini takomillashtirish maqsadida 2021-2023-yillar davomida ilmiy tadqiqotlar o'tkazildi.

Tadqiqot o'tkazish joyi va uslublari

Dala tajribalari Termiz tumanidagi "Amudarryo Gulbahor hudud Ravshan bobo Termiz MChJ" xo'jaligida o'tkazildi. Tajriba maydoni taqirsimon -och tusli bo'z tuproqli, oziq moddalar o'rtacha ta'minlagan, sizot suvining sathi 10-11 m. Tajribada ob'ekt sifatida SamQXI 20-80 va o'rtacha poyali Mash'al Fi duragayi, Sur navi hamda kalta poyali FAN navlarining birinchi reproduksiyali urug'lari ekildi. Paykalchalar maydoni 84 m2. Tajriba 4 qaytariqdan iborat. Tadqiqotlar o'tkazishda Rossiya moy Ii ekinlar ITI, O'zbekiston O'simlikshunoslik genetik resurslar ITI

(2010), O'zPITI (2007) va umumqabul qilingan uslublar qo'llanildi [8, 9, 10, 11, 12,

Tadqiqotlar natijalari

Poyasi har xil uzunlikda bo'lgan kungaboqar navlari bir xil (tajriba davomida sof holda, N-200, P-145kg K-180 kg/ga o'g'itlash hamda 4 marta sug'orish ishlari amalga oshirldi) o'stirish sharoitida va faqat har xil tup qalinliklarida o'stirilgan kungaboqar navlarining o'suv davri va morfologik belgilari har xil bo'ldi (1 -jadval).

O'rganilgan barcha navlar bo'yicha tup qalinligining 40,8 ming/ga tupdan 71,4 ming/ga tupgacha qalinlashi bilan vegetasiya davri 1-2 kun qisqardi, o'simlik bo'yi

13].

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

/A

Issue 22, Volume 1 30.07.2024

aksincha 6-8 sm uzun bo'ldi. Mahsuldorlik ko'rsatkichlari savatcha diametri va bir tupning hosili bo'yicha ko'rsatkichlarida ham sezilarli darajada farqlanishlar kuzatildi. Bir tup o'simlikning hosili uzun poyali navlarda 42-40 gm, kalta poyali navlarda 28-15 gm kam bo'ldi.

Tup qalinligining o'zgarishi bilan navlarning hosildorligi va urug'dagi moy miqdori har xil bo'ldi. Bir xil o'stirish sharoitida uzun poyali SamQXI 20-80 navidan eng ko'p hosil 34,6 s/ga 47,6 ming/ga qalinlikda olingan bo'lsa 57.1ming/ga tup qalinlikda o'stirilgan Mash'al Fi duragayi va Sur navidan 36,7 va 35,4 s/ga, 71,4 ming/ga tup qalinlikda o'stirilgan past bo'yli Fan navidan eng ko'p 38.3 s/ga hosil yetishtirildi.

1-jadval

Har xil tup qalinlikda o'stirilgan kungaboqar navlarining o'sish, rivojlanishi va hosildorligi (2022-2023-yy.)

O'suv O'sim-k Savat 1 tup Urug'

Tup soni, Hosil.,

T/r Navlar davri, bo'yi, diamet hosil, dagi

ga/ming kun ri, sm. s/ga

sm2 g moy, %

40,8 84 185 22-23 88 32,8 49,7

SamQXI 20- 47.6 84 186 21-22 81 34,6 49,5

1. 80 57,l(st) 83 188 19-20 61 31,5 49,1

71,4 82 190 17-19 46 29,2 48,4

EKFos - - - - - 2,1

40,8 77 134 22-23 92 33,3 50,1

47.6 77 135 21-22 84 35,4 49,8

Mash'al Fi

2. 57,l(st) 77 137 21-22 73 36,7 49,5

71,4 76 139 20-21 57 35,5 49„2

EKFos - - - - - 1,1 -

40,8 81 151 21-22 83 29,3 47,3

3. SUR 47.6 81 153 21-21 79 32,5 47,0

57,l(st) 80 156 20-21 72 35,4 46,8

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Issue 22, Volume 1 30.07.2024

71,4 80 158 19-20 55 33,3 46,2

EKFos - - - - - 1,9 -

40,8 72 101 21-22 77 28,1 51.3

47.6 72 102 20-22 74 31,7 50.9

FAN

4. 57,1 (st) 72 105 20-22 70 35,1 50.6

71,4 71 106 20-21 62 38,3 50.3

EKFos - - - - — 2.2 -

Xulosa

Kungaboqarning Mashai Fi duragayi, Sur va Fan navi kabi o'rtacha va past bo'yli navlarning mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori bo'ldi. Bu navlarni, maydon hisobida qalin joylashtirish hisobiga yuqori hosil yetishtirildi. Kungaboqarning kalta poyali navlarini ishlab chiqarishga joriy qilish tufayli yer maydoni, va o'g'itlar sarfi hamda vaqt tejamkorligiga erishildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Атабоева X,.H ва бопщ. Усимликшунослик 200й.. Т. 270 б.

2. Аманова А, Рутамов А. Мойли экинлар жахон коллекциясини }фганиш буйича услубий к)фсатмалар. Тошкент 2010 й. 9-12 б.

3. Пустовойт B.C. Подсолнечник. Краснодар 1967. С.111-118. 4.0стонакулов Т.Э. Селекция ва уругчилик. Т. 203 й.281 б.

5.Лошкомойников И.А., Пузиков А.Н. Густота стояния, урожайность и качество семян подсолнечника в условиях Омской области.// Земледелие 2009. № 8. С. 20-22.

6.Луков М. К. Узбекистоннинг сугориладиган шароитида кунгабокар етиш тириш технологияси, селекцияси ва уругчилиги /монография/ Самарканд-2013. С. 164.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yi

7. Turakulov O.X, Lukov M.K .Effects of planting scheme and additional pollination on oil content of sunflower seeds planted at different / Excellencia international multi-disciplinary journal of education. SPECIAL ISSUE ON "SCIENTIFIC-PRACTICAL INNOVA TIVE FOUNDATIONS OF FIRE SAFETY AND PREVENTION OF SERIOUS CONSEQUENCES" AQSh 2023 yil 153-158.

8. Erkinovich, B. A., & Hayotxon, O. (2024). AQUAPONIKA-YANGI DAVR TEXNOLOGIYASI. AGROINNOVATSIYA, 2(1), 155-159.

9. Erkinovich, B. A., & Madina, U. (2024). TOKNI TO'G'RI XOMTOK QILISHNING HOSILDORLIKKA TA'SIRI. AGROINNOVATSIYA, 2(1), 172-176.

10. Ботиров, A., & Отажонова, X. (2023). Momordika yetishtirishda smart texnologiyalarning o'rni. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 234-236.

11. Ботиров, А., & Исхоков, М. (2023). О 'rik yetishtirishning viloyat misolida raqamlardagi tahlili. in Library, 1(1), 123-127.

12. Ботиров, A., & Отажонова, X. (2023). Dorivor momordikaning kelib chiqishi, botanikasi hamda morfologiyasi. in Library, 1(2), 1270-1273.

13. Botirov, A., Xalmirzayeva, L., & Usmonova, M. (2023). Pushti toifi uzumini saqlanuvchanligi va saqlash usullari. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 357-361.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.