Научная статья на тему 'ASKARIDOZ KASALLIGINING RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILI VA PROFILAKTIK CHORA – TADBIRLARI'

ASKARIDOZ KASALLIGINING RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILI VA PROFILAKTIK CHORA – TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

100
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
epidemiologiya / askaridoz / geogelmint / gelmint / invaziya / retrospektiv epidemiologik tahlil / profilaktika. / эпидемиология / аскаридоз / геогельминт / гельминт / инвазия / ретроспективный эпидемиологический анализ / профилактика.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — G. S. Matnazarova, Sh. M. Rasulov, A. Y. Toshpo‘Latov

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2011 – 2021 yillardagi askaridoz kasalligining retrospektiv epidemiologik tahlili, ya’ni Respublika bo‘yicha, ma’muriy hududlar bo‘yicha hamda kasallikning yoshlar va jinslar bo‘yicha tahlili natijalari bayon qilingan. Bundan tashqari maqolada askaridoz kasalligining profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье изложены результаты ретроспективного эпидемиологического анализа заболеваемости аскаридозом в Республике Узбекистан за 2011 –2021 годы, то есть по Республике, по административным территориям, а также по возрасту и полу заболевания. Кроме того, в статье разработаны предложения по совершенствованию профилактики аскаридоза.

Текст научной работы на тему «ASKARIDOZ KASALLIGINING RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILI VA PROFILAKTIK CHORA – TADBIRLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

ASKARIDOZ KASALLIGINING RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILI VA PROFILAKTIK CHORA - TADBIRLARI

G. S. Matnazarova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Epidemiologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor.

Sh. M. Rasulov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi mudiri (PhD).

A. Y. Toshpo'latov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Epidemiologiya kafedrasi II bosqich magistri.

rshm81 epid@mail .ru

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida 2011 - 2021 yillardagi askaridoz kasalligining retrospektiv epidemiologik tahlili, ya'ni Respublika bo'yicha, ma'muriy hududlar bo'yicha hamda kasallikning yoshlar va jinslar bo'yicha tahlili natijalari bayon qilingan. Bundan tashqari maqolada askaridoz kasalligining profilaktikasini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: epidemiologiya, askaridoz, geogelmint, gelmint, invaziya, retrospektiv epidemiologik tahlil, profilaktika.

В данной статье изложены результаты ретроспективного эпидемиологического анализа заболеваемости аскаридозом в Республике Узбекистан за 2011 -2021 годы, то есть по Республике, по административным территориям, а также по возрасту и полу заболевания. Кроме того, в статье разработаны предложения по совершенствованию профилактики аскаридоза.

Ключевые слова: эпидемиология, аскаридоз, геогельминт, гельминт, инвазия, ретроспективный эпидемиологический анализ, профилактика.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

This article presents the results of a retrospeC ~ epidemiological analysis of the incidence of ascariasis in

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Republic of Uzbekistan for 2011 - 2021, that is, by Republic, by administrative territories, as well as by age and gender of the disease. In addition, the article has developed proposals to improve the prevention of ascariasis.

Keywords: epidemiology, ascariasis, geohelminth, helminth, invasion, retrospective epidemiological analysis, prevention.

JSST ning 2020 yil 2 martdagi ma'lumotiga ko'ra butun dunyoda 1,5 milliarddan ortiq, ya'ni dunyo aholisining 24 foizi tuproq orqali yuqadigan gelmint infeksiyalari bilan kasallangan. 267 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar va 568 milliondan ortiq maktab yoshidagi bolalar ushbu parazitlar intensiv tarqaladigan hududlarda yashaydilar va ular davolash va profilaktika choralariga muhtoj [1,2,5].

O'tkir askaridoz invaziyalari yiliga 60000 ga yaqin o'limga olib keladi, asosan bolalarda ichak tutilishi tufayli o'lim holati kuzatiladi [6].

Jahon miqiyosida gelmintozlar bilan 4,5 milliard kishi kasallangan [3]. Ulardan 1269 mln. askaridoz, 932 mln. ankilostomidozlar, 637 mln. trixotsefaliozlar, 353 mln. enterobiozlar, 77 mln. teniarinxozlar, 39 mln. gimenolepidozlar, 15 mln. difillobotriozlar, 10 mln. rishta bilan kasallanganlarni tashkil etadi [4,7].

Gijjalar ta'sirida bolalarning ruhiy fiziologik rivojlanishi kechikadi, kattalarda ishlash qobiliyati pasayib ketadi, organizmda allergik reaktsiyalar paydo bo'ladi, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligi susayadi, emlanganlarda vaktsinaning samarasi pasayadi. Ba'zi gijjalar nogironliklarga va hattoki o'limga sabab bo'ladi (exinokokkoz, alveokokkoz va boshqalar).

Tadqiqotning maqsadi: Askaridozning zamonaviy epidemiologik xususiyatlarini o'rganish va ushbu ma'lumotlar asosida profilaktik chora -tadbirlarini takomillashtirish.

Tadqiqot materiallari: O'zbekiston Respublikasi Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati askaridoz bilan kasallanish bo'yicha 2011 - 2021 yillardagi rasmiy hisobotlari. Tadqiqotda epidemiologik va statistik usullardan foydalanildi.

Askaridoz qo'zg'atuvchisi askarida hisoblanadi. Askaridoz peroral geogelmintoz va antroponozdir. Urg'ochi askaridaning bo'yi 25 - 40 sm, erkagining bo'yi 15 - 25 sm. Urg'ochi askarida odam ichagida oval shaklidagi, parda bilan qoplangan tuxum qo'yadi. Askaridoz geogelmint bo'lgani sab11' parazitning rivojlanish siklining boshlang'ich bir qismi tupro

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

bo'lib o'tadi. Shuni aytib o'tish lozimki, askaridoz qo'zg'atuvchisining tashqi muhitda rivojlanishi uchun tabiatda sharoit, ya'ni tabiiy qulay omil ta'siri bo'lishi kerak. Tashqi muhitda harorat 13 - 30°C issiq bo'lgan paytda askaridaning tuxumidan lichinkalar rivojlana boshlaydi. Shuning uchun ham askarida iliq va issiq mamlakatlarda ko'p uchraydi. Askaridaning tuxumi odamning axlati bilan tashqariga ajraladi. Odamlarning axlatini go'ng sifatida ishlatib etkazilgan ko'kat va sabzavot rezavor mahsulotlarni yuvmasdan iste'mol qilish askaridoz kasalligini yuqtirishga olib keladi.

Respublikada askaridoz bo'yicha epidemiologik vaziyatni barqaror deb bo'lmaydi. Hozirgi vaqtda askaridozga qarshi o'tkazilayotgan chora - tadbirlar va BJSST hayrixoxligida "Gijjadan xolis bolalar" dasturi va YUNISEF gumanitar tizimi bo'yicha berilgan preparatlar ma'lum darajada o'z samaradorligini namoyon etayotgan bo'lsa ham uni etarli darajada deb bo'lmaydi. Bunday holatni Respublikamiz aholisi orasida kasallikning yildan yilga turg'un holatda qayd etib turilganligi, uning aksariyat hollarda surunkali tus olishi va noxush asoratlarga, olib kelayotganligi yaqqol ko'rsatib turibdi.

Epidemiologik qonuniyatlarni ochish va muayyan kasallikka xos epidemik jarayonning xususiyatlarini idrok etish uchun epidemiologik tahlil usullariga murojaat etildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2011 - 2021 yillarda Respublikamizda askaridoz bilan kasallanishda pasayish tendensiyasi kuzatilgan.

Hozirgi kunda bu kasallikka qarshi tadbirlarni takomillashtirishga va kelajakda askaridoz kasalligini erta aniqlash va davolash, kasallikni oldini olish va uning o'choqlarini sog'lomlashtirish muammolarini hal etishni taqozo qiladi.

O'zbekiston Respublikasida 2011 - 2021 yillar davomida ro'yxatga olingan askaridoz kasalligining tahlili shuni ko'rsatadiki, kasallanish ko'rsatkichi 100 ming aholiga, har xil yillarda 4,7 - 25,2 bo'lganligi aniqlandi. Ushbu rasmdan ko'rinib turganidek tahlilning dastlabki yili - 2011 yilda Respublikamizda askaridoz bilan kasallanishning intensiv ko'rsatkichi har 100 ming aholiga - 18,9 ni tashkil qilgan va turli yillarda kasalanish tendensiyasi turlicha o'zgarib borib, eng yuqori ko'rsatkich 2015 - yilda qayd etilgan, ya'ni intensiv ko'rsatkichi 25,2.

Tahlilning qolgan yillarida quyidagicha ko'rsatkichlar qayd etilgan: 2012 -yilda kasallikning intensiv ko'rsatkichi biroz tushib - 18,6 ni tashkil qilgan, 2013 -yildan esa kasallanish tendensiyasi muttasil o'sib borib, shu :1: 19,3, 2014 - yilda 24,2 ni; 2015 - yilda esa tahlil qilin

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

yillarning eng yuqori, ya'ni 25,2 ni tashkil qilgan. 2016 - yildan boshlab 2020 -yilgacha bo'lgan muddatda askaridoz bilan kasallanishning aholi orasida uchrash soni qayd etilgan tendensiya ko'rsatkichlarini pasayishini kuzatishimiz mumkin. Bu ko'rsatkichlar quyidagicha namoyon bo'lgan: 2016 - yilda - 16,3; 2017 - yilda -10,7; 2018 - yilda - 9,8; 2019 - yilda - 6,4; 2020 - yilda esa 4,7. Tadqiqotimizning ohirgi 2021 - yilida askaridoz bilan kasallanishning intensiv ko'rsatkichi o'tgan 2020

- yilga nisbatan o'sish tendensiyasi kuzatilib, bu yildagi ko'rsatkich 5,7 ni tashkil qilgan.

Hududlar bo'yicha tahlil qilganimizda askaridoz bilan kasallanishning intensiv ko'rsatkichi quyidagicha ko'rinishda ro'yxatga olingan: Farg'ona viloyatida - 83,3 ni, Sirdaryo viloyatida - 48,6 ni, Surxondaryo viloyatida - 39,7 ni, Namangan viloyatida - 33,8 ni, Buxoro viloyatida - 11,6 ni, Andijon viloyatida - 6,1 ni, Navoiy viloyatida - 5,1 ni, Toshkent viloyatida - 4,8 ni, Jizzax viloyatida - 4,6 ni, Qashqadaryo viloyatida - 3,5 ni, Toshkent shahrida - 2,2 ni, Xorazm viloyatida - 1,5 ni, Samarqand viloyatida - 1,1 ni va ohirgi o'rinda Qoraqalpog'iston Respublikasida

- 1,0. Kasallanishning eng yuqori intensiv ko'rsatkichlari respublikaning Farg'ona, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Namangan viloyatlarida qayd etilgan. Invaziyaning bu viloyatlarda ko'p uchrashiga sabab birinchidan askarida tuxumlarini yetilishi uchun tuproqda yetarli haroratning mavjudligi bo'lsa, ikkinchidan sanab o'tilgan viloyatlarda aholining aksariyat qismi dehqonchilik bilan shug'ullanib, askarida tuxumlarining asosiy yuqtirish omili bo'lgan tuproq bilan bevosita aloqada bo'lishidir.

O'zbekiston Respublikasida 2011 - 2021 yillarda kasallanishning retrospektiv tahlilini yosh guruhlari bo'yicha o'tkazganimizda kasallikning asosan, ya'ni 77 % ini 14 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil qilgan, qolgan 23 % ini esa 14 yoshdan katta bo'lgan aholi yosh qatlamlari tashkil etgan. Kasallikning bunday ko'rinishda tarqalishi tabiiy hol bo'lib, yosh bolalarda ko'p uchrashiga sabab bolalar guruhlarining shaxsiy gigiyena qoidalarga to'laqonli rioya qilinmaganligining natijasi deb tushuntirishi mumkin. Ammo bu invaziyaning 14 yoshdan kattalar orasida tarqalganligi achinarli holatdir. Ushbu holat biz tibbiyot xodimlariga aholi orasida sanitariya - targ'ibot ishlarini samarali olib borish bilan birga aholining tibbiy madaniyatini shakllantirishdek ma'suliyatli vazifa yuklaydi.

Askaridozlarga qarshi muvaffaqiyatli profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda aholining madaniyati va turmush darajasini yanada oshirish k ahamiyatga ega.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur bo'ladi.

> Aholining turli qatlamlari va ayniqsa bolalar o'rtasida sanitariya -targ'ibot tadbirlarini kuchaytirish;

> Profilaktik tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshirish uchun keng jamoatchilik va mahalla faollarini jalb etish;

> Shaxsiy gigiyena tadbirlariga qat'iy rioya qilish;

> Parazitologiya sohasi bo'yicha shifokorlar, o'rta va kichik tibbiyot xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib borish;

> Rejali ommaviy tekshiruvlarda askaridozlar bilan kasallangan bemorlarni faol aniqlash va ularni davolash;

> Invaziya tarqalishida asosiy rol o'ynaydigan aholi guruhlari orasida bemorlarni aniqlash;

> Bemorlarni davolash jarayonida tashqi muhitni ularning najasi va boshqa biologik ajratmalari bilan zararlanishiga yo'l qo'ymaslik;

> Tuproqning askaridoz tuxumlari bilan zararlanish xavfini muntazam ravishda nazorat qilib borish;

> Aholini sifatli ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tizimi bilan ta'minlash ko'rsatkichlarini yanada oshirish;

> Jamoat tashkilotlari, bog'lar, sayilgohlar, hiyobonlarda sanitariya gigiyena talablariga javob beradigan hojatxonalar qurish, har bir hovlida axlat qutilarini o'rnatish va ularni doimiy ravishda tozalashga, chiqindilarni maxsus betonlashtirilgan joyda usti yopiladigan konteynerlarda to'plash hamda vaqtida olib ketilishini nazorat qilish;

> Mevalar va sabzavotlarni tozalab yuvish. Umumiy ovqatlanish korxonalari va ularda xizmat qiluvchi xodimlar ustidan doimiy ravishda tibbiy -sanitariya hamda epidemiologik nazoratini amalga oshirish (yilda 1 marotaba).

Xulosa qilib aytganda, tadqiqotimiz davomida tahlil etilgan natijalardan kelib chiqib, askaridozning oldini olishdagi mavjud tadbirlarga qo'shimcha ravishda aholini askaridoz bilan zararlanishi o'choqlarida degelmintizatsiya olib borish va uni nazarat qilish;

Askaridozga nisbatan epidemiologik vaziyatni belgilovchi asosiy ijtimoiy -ekologik omillar dinamikasini tahlil etib borish (suv, tuproq, meva - sabzavotlarni askarida tuxumi bilan zararlanish dinamikasi va boshqalarni tekshirish sifatini oshirish yaxshi samara beradi.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

REFERENCES

1. Deka S, Barua D, Bahurupi Y, Kalita D. Assessment of the Prevalence of Soil-Transmitted Helminth Infections and Associated Risk Factors among School-Aged Children in a Flood-Affected Area of Northeast India. Am J Trop Med Hyg. 2021 Jul 6;105(2):480-489.

2. Ghahremani GG, Hahn ME. Resurgence of intestinal ascariasis among adults: radiological diagnosis and clinical implications. Abdom Radiol (NY). 2022 Mar;47(3):915-922.

3. Hamarsheh O, Amro A. Epidemiology of Parasitic Infections in the West Bank and Gaza Strip, Palestine. Am J Trop Med Hyg. 2020 Feb;102(2):313-317.

4. Kurscheid J, Laksono B, Park MJ, Clements ACA, Sadler R, McCarthy JS, Nery SV, Soares-Magalhaes R, Halton K, Hadisaputro S, Richardson A, Indjein L, Wangdi K, Stewart DE, Gray DJ. Epidemiology of soil-transmitted helminth infections in Semarang, Central Java, Indonesia. PLoS Negl Trop Dis. 2020 Dec 28;14(12):e0008907.

5. Раимкулов К. М. Аскаридоз в г. Бишкек и проблемы профилактики / К. М. Раимкулов, Ж. М. Усубалиева, К. Г. Мамбет [и др.] // Вестник КГМА им. И.К. Ахунбаева. - 2021. - № 2. - С. 14-24.

6. Расулов Ш.М., Тошпулатов А.Ю. Эхинококкоз касаллигига ташхис куйишда серологик текширишнинг ахамияти // Zamonaviy klinik laborator tashxisi dolzarb muammolari xalqaro ilmiy - amaliy anjuman. - Toshkent, 27 dekabr 2022 y. - №1 -B.154 - 157.

7. Тошпулатов А.Ю., Матназарова Г.С., Расулов Ш.М. Като ва Миура усулида ичак гельминтозлари ва аскаридозга текшириш // Zamonaviy klinik laborator tashxisi dolzarb muammolari xalqaro ilmiy - amaliy anjuman. - Toshkent, 27 dekabr 2022 y. - №1 -B. 165 - 167.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.