Научная статья на тему 'KESARCHA KESISH UCHRASH SONINI ROBSONNING 10 GURUHLI KLASSIFIKATSIYASI BO’YICHA BAHOLASH'

KESARCHA KESISH UCHRASH SONINI ROBSONNING 10 GURUHLI KLASSIFIKATSIYASI BO’YICHA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

146
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
кесарево сечение / самопроизвольные роды / плановое кесарево сечение / вагинальные роды после кесарева сечения / материнская смертность / обзор литературы.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Iroda Abdurasulovna Kamilova, Gulsanam Mavsumali Qizi Nabijonova

So’nggi o’n yilliklarda aksariyat mamlakatlarda kesar kesish (KK) jarrohlik amaliyoti orqali tug’ilish ko’rsatkichlarining bosqichma-bosqich o’sishi kuzatilmoqda ( Betrain AP, Ye J,Moller AB,Zang J, Gulmezoglu AM, Torloni MR,1999-2014.PloSONE 2016) .[1].KK dunyodagi eng keng tarqalgan jarrohlik amaliyotlaridan biri hisoblanadi va KK uchrash sonining oʻsishi jamoat salomatligining jiddiy muammosi bo’lib, homilador ayol va homila hayotiga ta’sir ko’rsatadigan xavf omillari sababli dunyo bo’ylab munozaralarga sabab bo’lib qolmoqda (Betrain AP, Ye J, Zhang J, Torloni MR,Mikolajczyk R, DeneuxTharaux C. 2015). 2001-yilda M.Robson akusherlik shifoxonalari ishini 10 guruhli tasnif bo’yicha baholashni taklif qildi,bu bizga ushbu tasnif har bir tug’ruq muassasalaridagi amalga oshirilayotgan KK amaliyoti sabablarini tushunishga,asosiy aholi guruhlarini aniqlash va har bir guruhdagi ko’rsatkichlarni tahlil qilish orqali har bir tug’ruq majmuasidagi ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash, uni boshqa shifoxonalar bilan solishtirish va bu orqali KK orqali tug’ilish ko’rsatkichlarini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В последние десятилетия в большинстве стран наблюдается постепенное увеличение частоты родов путем кесарева сечения (Betran AP, Ye J, Moller AB, Zhang J, Gulmezoglu AM, Torloni MR, 1999-2014. PloSONE 2016) .[1]. одной из самых распространенных хирургических процедур в мире, а растущая заболеваемость РШМ является серьезной проблемой общественного здравоохранения и поводом для дискуссий во всем мире из-за факторов риска, влияющих на жизнь беременной женщины и плода (Betran AP, Ye J, Zhang J, Torloni MR,Mikolajczyk R, Deneux-Tharaux C. 2015). В 2001 г. М. Робсон предложил оценивать работу акушерских стационаров по 10групповой классификации, что позволяет понять причины практики УК в каждом роддоме, путем выделения основных групп населения и анализа показателей в каждой группе качество медицинской помощи, оказываемой в каждом родильном комплексе, сравнивая его с другими стационарами, и тем самым помогая разработать стратегию снижения частоты родов по СС

Текст научной работы на тему «KESARCHA KESISH UCHRASH SONINI ROBSONNING 10 GURUHLI KLASSIFIKATSIYASI BO’YICHA BAHOLASH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

KESARCHA KESISH UCHRASH SONINI ROBSONNING 10 GURUHLI KLASSIFIKATSIYASI BO'YICHA BAHOLASH

So'nggi o'n yilliklarda aksariyat mamlakatlarda kesar kesish (KK) jarrohlik amaliyoti orqali tug'ilish ko'rsatkichlarining bosqichma-bosqich o'sishi kuzatilmoqda ( Betrain AP, Ye J,Moller AB,Zang J, Gulmezoglu AM, Torloni MR,1999-2014.PloSONE 2016) .[1].KK dunyodagi eng keng tarqalgan jarrohlik amaliyotlaridan biri hisoblanadi va KK uchrash sonining o'sishi jamoat salomatligining jiddiy muammosi bo'lib, homilador ayol va homila hayotiga ta'sir ko'rsatadigan xavf omillari sababli dunyo bo'ylab munozaralarga sabab bo'lib qolmoqda (Betrain AP, Ye J, Zhang J, Torloni MR,Mikolajczyk R, Deneux-Tharaux C. 2015). 2001-yilda M.Robson akusherlik shifoxonalari ishini 10 guruhli tasnif bo'yicha baholashni taklif qildi,bu bizga ushbu tasnif har bir tug'ruq muassasalaridagi amalga oshirilayotgan KK amaliyoti sabablarini tushunishga,asosiy aholi guruhlarini aniqlash va har bir guruhdagi ko'rsatkichlarni tahlil qilish orqali har bir tug'ruq majmuasidagi ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash, uni boshqa shifoxonalar bilan solishtirish va bu orqali KK orqali tug'ilish ko'rsatkichlarini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: kesarcha kesish,Robson klassifikatsiyasi, kesarcha kesishga ko'rsatmalar,kesarcha kesish vaqtidagi va undan keyingi asoratlar, spontan tug'ruq,elektiv kesarcha kesish amaliyoti,kesarcha kesishdan keyingi tabiiy tug'ruq,onalar o'limi,foydalanilgan adabiyotlar.

Iroda Abdurasulovna Kamilova

Tibbiyot fanlari doktori

Gulsanam Mavsumali qizi Nabijonova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Akusherlik va ginekologiya yo'nalishi 1-kurs magistr.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

In recent decades,a gradual increase in the frequentcy births by caesarean section has been observed in most count

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

(Betran AP,Ye J, Moller AB,Zhang J,Gulmezoglu AM,Torloni MR,1999-2014.PloSONE 2016). [1].CC is one of the most common surgical procedures in the world,and the increasing incidence of CC is a major public health problem and a cause for debate around the world due to risk factors that affect the life of a pregnant woman and fetus (Betran AP, Ye J, Zhang J, Torloni MR,Mikolajczyk R, Deneux-Tharaux C. 2015). In 2001, M. Robson proposed to evaluate the work of obstetric hospitals according to a 10-group classification, which makes it possible to understand the reasons for the practice of CC in each maternity facility, by identifying the main population groups and analyzing the indicators in each group, the quality of medical care provided in each maternity complex, comparing it with other hospitals, and thereby helping to develop a strategy to reduce the frequency of births by CC.

Keywords: Cesarean section,spontaneous delivery,elective cesarean section,vaginal birth after cesarean section,maternal mortality,literature review.

В последние десятилетия в большинстве стран наблюдается постепенное увеличение частоты родов путем кесарева сечения (Betran AP, Ye J, Moller AB, Zhang J, Gulmezoglu AM, Torloni MR, 1999-2014. PloSONE 2016) .[1]. одной из самых распространенных хирургических процедур в мире, а растущая заболеваемость РШМ является серьезной проблемой общественного здравоохранения и поводом для дискуссий во всем мире из-за факторов риска, влияющих на жизнь беременной женщины и плода (Betran AP, Ye J, Zhang J, Torloni MR,Mikolajczyk R, Deneux-Tharaux C. 2015). В 2001 г. М. Робсон предложил оценивать работу акушерских стационаров по 10-групповой классификации, что позволяет понять причины практики УК в каждом роддоме, путем выделения основных групп населения и анализа показателей в каждой группе качество медицинской помощи, оказываемой в каждом родильном комплексе, сравнивая его с другими стационарами, и тем самым помогая разработать стратегию снижения частоты родов по СС.

Ключевые слова: кесарево сечение, самопроизвольные роды, плановое кесарево сечение, вагинальные роды после кесарева сечения, материнская смертность, обзор литературы.

АННОТАЦИЯ

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Kesarcha kesish -qorin old devori va bachadondagi kesma orqali

aytiladi.(G.G.Genter,1937).Kesarcha kesish (lot.sectio caesarea sectio-yorish,ochish; caesareo-kesaman) - jarrohlik amaliyoti hisoblanib;akusherlik amaliyotida qorinning old devorini va bachadonni kesish orqali ( ba'zan qin old devorini kesish orqali ) tirik homila va yo'ldoshni olish jarrohlik amaliyoti hisoblanib akusherlik amaliyotida so'nggi yillarda keng qo'llanilmoqda.Bu jarrohlik amaliyoti tabiiy tug'ruq yo'llari orqali tug'ilishga qarshi ko'rsatmalar bo'lgandagina amalga oshiriladi.Shunga asoslanib KK amaliyotiga ko'rsatmalar absolyut va nisbiy ko'rsatmalarga,rejali va shoshilinch kesarcha kesish amaliyotiga bo'linadi.([2].Kesarcha kesishga absolyut ko'rsatmalarga: Bosh-chanoq disproporsiyasi (anotomik tor chanoq 2-3 daraja, kichik chanoq suyagi o'smalari va ekzostoz yoki deformatsiyasi,yirik homila 4400gr va undan ortiq),klinik tor chanoq.Homila boshi va ayol chanoq suyaklari mos kelmasligi,yo'ldosh to'liq oldinda kelishi,yo'ldosh qisman oldinda kelishida tug'ruq yo'llarining tug'ruqqa tayyor bo'lmasdan turib sezilarli darajada qon ketish,normal joylashgan yo'ldoshning barvaqt ko'chishida qon ketish 250.0ml dan ko'p bo'lsa va tabiiy tug'ruq yo'llari orqali tug'ruqni yakunlashga sharoit bo'lmaganda,bachadon yorilishi yoki xavfi bo'lganda,kichik chanoq a'zolarida o'sma bo'lib homila tug'ilishiga to'sqinlik qilganda,bachadonda to'liq bo'lmagan chandiq bo'lganda (korparal kesarcha kesish,anamnezida 2 ta kesarcha kesish amaliyoti, miomektomiya( istisno tariqasida subseroz va submukoz joylashganda),bachadon rivojlanish anomaliyalari sababli jarrohlik amaliyoti o'tkazilgandan keying holatlarda),operatsiyadan keying siydik chiqarish-jinsiy yo'llarda va ichak-jinsiy yo'llarda oqmalar rivojlanganda.Nisbiy ko'rsatmalarga esa:Anomal tug'ruq faoliyati,konservativ terapiya samara bermaganda ,anatomik tor chanoq 1 va 2 daraja boshqa xavf omillari bilan birgalikda kelganda,homilaning chanoq bilan kelishi bosh yozilgan holatda, homila taxminiy vazni3600 grdan ko'p 2500 grdan kam bo'lganda,oyoq bilan to'liq yoki aralash kelganda,asoratlangan akusherlik anamnezi ,bachadonda chandiq bo'lganda.Bu ko'rsatmalarga ega bo'lgan ayollar guruhida jarrohlikdan oldingi og'riqsizlantirish (postpunksion sindrom),jarrohlik vaqtida (qon ketish,qon-tomirlar jarohati,homila boshi chiqishi qiyinlashuvi,homila chiqishi qiyinlashuvi) va jarrohlikdan keying davrdagi( ichki va tashqi qon ketish,yirik venalar trombozi,tromboemboliya,o' 1 ~

atelektazi,gematoma,yiringli-septik asoratlar,

homilaning joylashgan joyidan

olib

tashlanishiga

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

jumladan: salpingit, endometrit,akusherlikperitoniti,chok yiringlashi,sepsis,ichak-jinsiy oqmalar shakllanishi.[3].Asoratlar sababli onalar kasallanishi va o'lim ko'rsatkichi sezilarli darajada oshib borayotganligini inobatga olib Robson kesarcha kesish amaliyoti o'tkazgan ayollarni o'zining 10 guruhli tasnifi asosida guruhlarga bo'lishni taklif qildi.[4].Bunga ko'ra har bir guruhdagi ayollarda o'tkazilgan jarohlik amaliyoti uchrash sonini aniqlash,ko'rsatilgan tibbiy xizmat sifatini baholash orqali kesarcha kesish uchrash sonini va undan keyingi asoratlarni kamaytirishni taklif qildi bunga ko'ra:1-guruh.Birinchi tug'uvchi,bitta homila,yetilgan homila, oldinda keluvchi qismi homila boshi- spontan tug'ruq.2-guruh.Birinchi tug'uvchi ayol,bitta homila,yetilgan homila, oldinda keluvchi qismi homila boshi- tabiiy tugruq yoki rejali kesarcha kesish amaliyoti.3-guruh.Qayta tug'uvchi ayol, bachadonda chandiq yo'q, bitta homila,oldinda keluvchi qismi homila boshi -tezkor spontan tug'ruq.4-guruh.Qayta tug'uvchi homilador ayol bachadonda chandiq yo'q,bitta homila.oldinda keluvchi qismi homila boshi,yetilgan homila - tabiiy tug'ruq yoki rejali kesarcha kesish.5-guruh. Qayta tug'uvchi homilador ayol bachadonda chandiq bor,bitta homila.oldinda keluvchi qismi homila boshi,yetilgan homila.6-guruh. Birinchi tug'uvchi homilador ayol,bitta homila,homilaning chanoq bilan kelishi.7-guruh.Qayta tug'uvchi ayol,bosh bilan yoki yelka bilan kelishi anamnezida kesarcha kesish amaliyoti o'tkazilgan8-guruh.Ko'p homilalilik.9-guruh.Bitta homila,normal bo'lmagan soxta yoki chin chandiq.10-guruh. Bitta homila, oldinda keluvchi qismi homila boshi,yetilmagan,anamnezida bachadon chandigi bor ayollar.[5],[6],[7].Sharqiy Efiopiya universtiteti kasalxonasida o'tkazilgan retrospektiv tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki o'tkazilgan kesarcha kesish amaliyoti uchrash soni foizlarda 3- guruhda 21.4%,5-guruhda 21.1% va 1-guruhda 19.3% tashkil etdi.Bu natijalar shuni ko'rsatdiki Robsonning 10 guruhli tasnifidan 1,3,5-guruhlardagi homilador ayollarda o'tkazilgan kesarcha kesish amaliyoti umumiy kesarcha kesish amaliyotini o'tkazgan ayollarning asosiy ulushini tashkil etar ekan. Lekin tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki Robson klassifikatsiyasi orqali ajratilgan 1 va 3-guruhlaridagi kesarcha kesish amaliyoti o'tkazilgan ayollar guruhlarida jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi uchun aniq bir qat'iy ko'rsatma bo'lmagan.Bu ko'rsatkichlarning muvofiqligini baholash va past xavf guruhidagi 1 va 3 guruhlardagi kesarcha kesish amaliyoti uchrash sonini kamaytirish uchun qo'shimcha tadqiqotlar qilish zarurligi aniqlandi. [8], [9]. Xul"~" qilib shuni aytish mumkinki bunday retrospektiv tahlil har

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

tug'ruq muassasalarida amalga oshirilishi orqali o'tkazilishi kerak.Shu sababli hozirgi kunda har bir tug'ruq kompleksida Robsonning 10 guruhli klassifikatsiyasi bo'yicha KK jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan ayollarning kasallik tarixi asosida retrospektiv tahlil o'tkazilmoqda. [10].

REFERENCES

1. Betran AP, Gulmezoglu AM, Robson M, Merialdi M, Souza JP, Wojdyla D, et al. WHO global survey on maternal and perinatal health in Latin America: classifying caesarean sections. Reprod Health. 2009;6:18.

2. Противопоказания к кесареву, эпидуральной и спинальной анестезии (рус.), Кесарево сечение (27 июля 2018). Архивировано 23 августа 2018 года. Дата обращения: 22 августа 2018.

3. Российские клинические рекомендации по диагностике, лечению и профилактике венозных тромбоэмболических осложнений. — М: Медиа Сфера, 2010. — 53 с.

4. Gibbons L ,Belizan J ,Lauer J ,Betran A Inequities in the use of caesarean sections in the World. Am J Obstet Gynecol. 2012; 206: 331.

5. Abera Kenay Tura1,2, Olga Pijpers3, Myrna de Man3, Myrthe Cleveringa3, Ingeborg Koopmans3, Tadesse Gure4,5, Jelle Stekelenburg6,7 Analysis of caesarean sections using Robson 10-group classification system in a university hospital in eastern Ethiopia: a cross-sectional study. 980 women who underwent CS from January 2016 to April 2017.).

6. Буянова С.Н., Юдина Н.В., Барто Р.А. Редкие осложнения кесарева сечения — пузырно-маточные свищи. Российский вестник акушера-гинеколога. 2018;18(3):83 87.Buianova SN, Iudina NV, Barto RA. Vesicouterine fistulas are rare complications of cesarean section. Russian Bulletin of Obstetrician-Gynecologist. 2018;18(3):83 87.(In Russ.)https://doi.org/10.17116/rosakush201818283-87.

8. Рудзевич А.Ю., Тлашадзе Р.Р., Попкова Л.А. АНАЛИЗ ЧАСТОТЫ КЕСАРЕВА СЕЧЕНИЯ ПО МЕТОДУ РОБСОНА В РОДИЛЬНОМ ДОМЕ 2-ГО УРОВНЯ // Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. - 2021. - № 8. - С. 16-20; URL: https://applied-research.ru/ru/article/view?id=13256 (дата обращения: 13.04.2023).

7.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

9. Нарметова, Ю. (2016). Вопросы организации психологической службы в перинатологии и родовспоможении. Фан ва жамият.

10. Нарметова, Ю. (2016). Психодиагностические аспекты перинатальной психологии. Диагностика в медицинской (клинической) психологии: традиции и перспективы (к 105-летию СЯ Рубинштейн).

11. Нарметова, Ю. (2017). Психология ва медицинада психосоматик ёндашувлар. УзМУ хабарлари.

12. Xudoynazarovich, E. A., & Ulug'bekovich, X. O. (2023). BEMORLARDAGI JARROHLIK OPERATSIYASIDAN OLDINGI VA KEYINGI PSIXOEMOTSIONAL HOLATLAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 75(1), 89-92.

13. Ravshanovna, R. Z. (2023). PSIXOLOGIK KASALLIKLAR. Journal of new century innovations, 26(2), 22-24.

14. Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ БУЗИЛИШЛАРИ ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.

15. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.