Научная статья на тему 'GIPERTONIYA KASALLIGINING OʻZIGA XOSLIGI'

GIPERTONIYA KASALLIGINING OʻZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

360
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gipertoniya / kasallik / yurak / buyrak / miya. / Гипертония / болезнь / сердце / почки / мозг.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Umidjon Rustam O‘G‘Li Shermatov

Ushbu maqolada gipertoniya kasallikning kelib chiqish sabablari, kasallikning kechishi, asoratlari va klinikasi haqida so‘z yuritiladi. Gipertoniya ancha yosh kasalliklardan bo‘lsada lekin yuqori statistikalarni egallashi bilan boshqa kasalliklardan farq qildi. Maqolada gipertoniya kasalligi turlari va statstikasi ma’lumotlari ham keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the causes of the origin of the disease hypertension, the course of the disease, complications and clinic are mentioned. Hypertension was different from other diseases, although from much younger diseases but with higher statistics. The article also cites data on types and statics of hypertension.

Текст научной работы на тему «GIPERTONIYA KASALLIGINING OʻZIGA XOSLIGI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

GIPERTONIYA KASALLIGINING O'ZIGA XOSLIGI

Umidjon Rustam o'g'li Shermatov

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat

salomatligini saqlash texnikumi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada gipertoniya kasallikning kelib chiqish sabablari, kasallikning kechishi, asoratlari va klinikasi haqida so'z yuritiladi. Gipertoniya ancha yosh kasalliklardan bo'lsada lekin yuqori statistikalarni egallashi bilan boshqa kasalliklardan farq qildi. Maqolada gipertoniya kasalligi turlari va statstikasi ma'lumotlari ham keltirib o'tiladi.

Tayanch so'zlar: Gipertoniya, kasallik, yurak, buyrak, miya.

ABSTRACT

In this article, the causes of the origin of the disease hypertension, the course of the disease, complications and clinic are mentioned. Hypertension was different from other diseases, although from much younger diseases but with higher statistics. The article also cites data on types and statics of hypertension.

Base words: Hypertension, disease, heart, kidney, brain.

АННОТАЦИЯ

В этой статье гипертония причины возникновения болезни, упоминается течение, осложнения и клиника заболевания. Хотя гипертония-довольно молодая болезнь, но она отличалась от других болезней тем, что занимала высокие позиции в статистике. В статье также приводится информация о типах и статистике гипертонической болезни.

Ключевые слова: Гипертония, болезнь, сердце, почки, мозг.

KIRISH

Inson organizmidagi har bir organing o'z fuksiyasi bo'lgani kabi yurakning ham o'z bajaradigan fuksiyasi bor ya'ni bu fuksiyalarning buzulishi sababli kelib chiqadigan gipertoniya kasalligi hozirgi vaqtda butun dunyoda dolzarb kasalliklardan biriga aylangan. Yurak kasalliklari bilan bog'liq o'limlaming 75% dan ortig'i kam va o'rta daromadli mamlakatlarda sodir bo'ladi(WHO,2017). Butunjahon yurak federatsiyasi 2030-

May 6

1095

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

yilgacha yiliga 23 milliondan ortiq yurak kasalliklari bilan bog'liq o'limni taxmin qilmoqda (WHO,2019). Shundan xulosa qilish mumkinki yurak kasalliklari hozigi vaqtda ham o'z yechimini topmagan va dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Gipertoniya kasalligi-arterial bosimning doimiy va turg'un ortishi bilan ta'riflanuvchi surunkali kasallik. Gipertoniya kasalligi birlamchi arterial gipertoniya, idiopatik arterial gipertoniya-odamlarda ko'p uchraydigan arterial qon bosimining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu nisbatan "yosh" kasallik bo'lib mustaqil kasallik sifatida birinchi marta G.F.Lang tomonidan 1922-yilda ajratilgan. U takidlaganidek gipertoniya kasalligi-bu emotsiyalarga javob bermaslik kasalligidir. Bu bilan G.F.Lang aniqlab, keyincha A.L.Myasnikov tomonidan isbot qilingan gipertoniya kasalligi sababchilari ruhiy-emotsional zo'riqishlar, qaytarilib turuvchi stress holatlari, irsiy yoki kasbiy omillar, ovqatlanish tartibiga roiya qilmaslik va boshqalar. Kasallik kelib chiqishida ma'lum rol o'ynaydi. Qaytarib turuvchi ruhiy-emotsional zo'riqishlar oliy asab sistemasi faoliyatida nevroz shaklida buzulishlariga olib keladi va u tomirlar tarangligi boshqarilishining buzulishlari bilan namoyon bo'ladi. Bir vaqtning o'zida modal almashinuvi buzilishi eng avvalo ateroskleroz rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi, yog' oqsil almashinuvi buzulishlariga olib keluvchi,neyro endokrin buzulishlari rivojlanadi[1,B.215].

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1978-yilda qabul qilingan gipertoniya kasalligining quyidagi bosqichlari tafovut qiladi:

I bosqich qon bosimi 140/90 mm simob ustunidan yuqori bo'lib markaziy nerv sistemasi, yurak tomir va buyrak sistemasining zararlanishi uzoq vaqt davom etmaydi. Qachonki bemor tinchlansa va bosimni tushuruvchi dorilar istemol qilgandan kiyin bosim doimgi holatiga qaytadi.

II bosqich arterial bosimning sistolik-diastolik ko'rsatkichi 160/100 mm simob ustuniga yoki 179/109 mm simob ustuniga teng bo'lishi va undan ham yuqori ko'tarilishi mumkin. Bu bosqichda asosan yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasi bilan belgilanadi, shuningdek, to'r parda tomirlarining yoyilgan yoki fokal torayishi, mikroalbuminuriya ya'ni siydikda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin konsentratsiyasining qisman ortishi kuzatiladi. Klinik shikoyatlari tez-tez bosh og'rishi, bosh aylanishi (gepertonik krizlar), yurak sohasida og'riq va noxushlik sezgisidan iborat.

III bosqich bemorlarda qon bosimi ko'rsatkichi yan J" yuqori 180/110 yoki 209/119 mm simob ustuniga teng va un

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

ham yuqori bo'ladi .Bu bosqichda bosim doimiy bo'ladi. Yuragda (Stenokardiya, miokard infarkti), bosh miya qon tomirlarida ham patalogik o'zgarishlar (gemorragik insult,ensefalopatiya) va buyrak yetishmovchiligi (nefroangioskleroz) hamda ko'z to'r pardasida qon quyilishi kuzatiladi. Bunday og'ir asoratlar sodir bo'lgan paytlarda qon bosimi ko'rsatkichlari pasayishi va o'z holatga qaytishi mumkin.

Tranzitor bosqich klinik jihatdan arterial bosimni vaqti-vaqti bilan ko'tarilib turishi bilan ta'riflanadi. Ular arteriolalar spazmasi natijasida kelib chiqib, bu vaqtda qon tomirlarining o'zida distrofik o'zgarishlarni keltirib chiqaruvchi kislorod yetishmovchiligi kuzatiladi. Spazm arteriolalarning falajlanishlari bilan almashinadi, ularda qon to'xtab qoladi va qon tomirlari gipoksiyasi saqlanib qolinadi. Buning natijasida arteriolalar o'tkazuvchanligi ortadi. Ular qon plazmasini shimadi (plazmorragiya) va u qon tomiridan tashqariga chiqib tomir shishini hosil qiladi. Agar tranzitor bosqichda ruhiy-emotsional zo'riqishlarni keltirib chiqaruvchi sabablar yo'qotilsa va tegishli davolash ishlari olib borilsa, boshlanib kelayotgan gepertoniya kasalligini butunlay davolab yuborish mumkin, chunki bu bosqichda hali qaytarib bo'lmaydigan morfologik o'zgarishlar sodir bo'lmaydi[1,B.216].

Arteriyalarda tarqalga o'zgarish bosqichi klinik turg'un qon bosimining ortishi bilan ta'riflanadi. Bu tomirlar sistemasning morfologik o'zgarishlari va boshqarilishi buzulishlarining chuqurlashishi bilan tushuntiriladi. Tranzitor arterial bosimi ortishining turg'un xiliga o'tishi bir necha neyroendokrin mexanizmlar ta'siri bilan bog'liq bo'lib, ular ichida reflektor buyrak va endokrin mexanizmlari ko'proq ahamiyatga ega bo'ladi. Arterial bosimida tez tez ko'tarilishi aorta yoyida yotuvchi normada simpatik-adrenal sistema faolligini oshirib, arterial bosimni tushurib turuvchi-baroreseptorlar sezgirligini kamaytiradi. Bu boshqarilishi sistema ta'sirining kuchayishi va buyraklar arteriyalarining spazmi buyrak tomonidan rennin fermentini ishlab chiqarilishini rag'batlantiriladi. Renin qon bosimini yuqori darajada saqlab turuvchi angiotenzinni qon plazmasida pa

bo'lishiga olib keladi. Bundan tashqari angiotenzin buyrak

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

vechimlar

muammo va

ye

bezlaridan mineral-kortikoidlar ishlab chiqarishini rag'batlantirib uni doimiy ravishda qonda yuqori darajada saqlab turishga olib keladi. Bu esa qon bosimini yanada oshishini kuchaytiradi [2,B.184].

Arteriyalar o'zgarishi sababli kelib chiquvchi organlar o'zgarishi bosqichi. Organlar o'zgarishi ikkilamchi harakterga ega bo'ladi. Ularning rivojlanishi va klinik ifodalanishi arteriolalarning shikastlanish darajasi va ular natijasida kelib chiquvchi asoratlarga bo'g'liq bo'ladi. Organlarning surunkali o'zgarishlari asosida ularning qon bilan ta'minlanishining buzulishi, ortib boruvchi kislorod yetishmovchiligi va ular oqibatida kelib chiqqan oragan funksiyasining susayishi bilan kechuvchi sklerotik o'zgatishlar yotadi. Gepertoniya kasalligining qon tomirlari spazmi yozilib ketishi bilan bo'g'liq asoratlari infarkt va qon quyilishlarga olib keladi. Organizmning shikastlanish darajasi yuqoriligiga qarab, klinik-morfologik jihatdan gipertoniya kasalligining yurak, miya va buyrak xillari farq qilinadi.

Yurak xili aterosklerozning yurak xili kabi yurakning eshimik kasalligi mohiyatini tashkil etganligi uchun u alohida kasallik sifatida ko'rib chiqiladi.

Miya xili gipertoniya kasalligining eng ko'p uchraydigan xillaridan biridir. Odatda u gialinlashgan tomirning yorilib ketishi va miyaga massiv qon quyilishi bilan bog'liqdir. Quyilgan qonning miya qorinchalariga o'tib ketishi hamma vaqt o'lim bilan tugallanadi. Agar bemor qon quyilish davrini o'z boshidan kechira olsa uning o'rnida bo'shliq (kista) paydo bo'ladi. Ateroskleroz kasalligiga nisbatan kam bo'lsada, gipertoniya kasalligida miyaning ishemik infarkti uchrashi mumkin uning rivojlanishi o'rta arteriyalari yoki miya asosidagi aterosklerotik o'zgargan tomirlar spazmi yoki trombozi bilan bog'liqdir[2,B.187].

Buyrak xili o'tkir yoki surunkali rivojlanishi mumkin va buyrak yetishmovchiliklari bilan ta'riflanadi. Buyrakning o'tkir shikastlanishi, buyrak arteriyalari, trombozi yoki

tromboemboliyasida kelib chiqaruvchi infarkt bilan bog'liq. Surunkali kechishida arteriolalar gialinozi bilan bog'liq bo'lgan

May 6

1098

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

aterosklerotik nefroskleroz rivojlanadi. Qon kelishining kamayishi tegishli buyrak kalavachalarining atrofiyasi va gialinozga olib keladi. Ularning funksiyasini saqlab qolgan kalavachalar olib boradi va ular gipertrofiyaga uchraydi. Shuning uchun ham buyrak yuzasi donador ko'rinishga ega bo'ladi: gialinlashgan kalavachalar va atrofiya, sklerozga uchragan nefronlar yuzadan pastga tushib qoladilar, gipertrofiyaga uchragan kalavachalar esa yuzadan yuqoriga ko'tarilib qoladilar. Asta sekin sklerotik jarayonlar ustun kela boshlaydi va buyrakning birlamchi bujmayishi vujudga kela boshlaydi. Bu vaqtda surunkali buyrak yetishmovchiligi kuchayadi va uremiya bilan yakunlanadi[3 ,B.257].

Gipertoniya kasalligini simptomatik gipertonitadan farq qilishi zarur. Turli xildagi buyrak, ichki sekretsiya bezlari, tomirlarning kasalliklarida ularning simptomi sifatida arterial bosimning ortishi ikkilamchi xarakterga ega bo'lib, bunday holat gipertenziya deyiladi. Agar asosiy kasallik yo'qotilsa simptomatik gipertoniya o'z-o'zidan yo'qolib ketadi. Masalan, buyrak usti bezi o'smasi-feoxromasitoma olib tashlansa u bilan kechuvchi gipertenziya yo'qoladi va arterial bosim normaga tushadi. Yuqori qon bosimi butun dunyo aholisining 16 dan 37 % gacha ta'sir qiladi. 2010 -yilda 18 % o'limga gipertenziya sabab bo'lganligi aniqlangan. Dunyo bo'yicha 9,4 million kishi aynan gipertenziyadan vafot etadi.

Gipertoniya haqida yuqorida yuritilgan fiklardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bu-kasallik o'ta xavfli oqibatlarga olib keluvchi kasallik. Xalq orasida Xafaqonlik nomi bilan ma'lum bo'lib yuqori statistiklarni egallashi bilan ham insonlar umir ko'rish davomiyligini kamayishiga asosiy sababchi kasallik desak mubolag'a bo'lmaydi. Gipertoniya kasalligi sababchilari ruhiy emotsional zo'riqishlar, qaytarilib turuvchi stress holatlari bo'lib, hozirgi jamiyat kishilari o'rtasida keng tarqalgan. Bu kasallikning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lishi mumkin lekin aynan noto'g'ri turmush tarzi asosiy omillardan biri bo'lib qolmoqda. Har bir kasallikning inson organizmida kelib chiqishiga sababchi aynan insonning o'zi bo'ladi, demak biz kasallikni davolash emas o'zimizni tarbiyalashimiz kerak.

REFERENCES

1. I.B.Yusupov, R.U.Muxitdinov. Ptalogik anatomiya va fiziologiya-T.: «Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti» 2003.

2. Sh.M.Raximov, F.K.Gaffarova, G.A.Ataxodjayeva. Ic

XULOSA

kasalliklar-T.: «O'zbekiston milliy enseklopediyasi» 2014.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

3. Y.L.Arslanov, T.A.Nazarov, A.A.Bobomurodov. Ichki kasalliklar-T.: «ILM ZIYO» 2013.

4. Нарметова, Ю. (2014). Депрессия-психосоматик касалликларнинг предиктори сифатида. Scienceweb academic papers collection.

5. Нарметова, Ю. (2020). Оила хотиржамлиги-болалардаги психосоматиканинг олдини олиш омили сифатида. Бола ва замон.

6. Нарметова, Ю. (2016). Согликни саклаш тизимида психологик хизматнинг бугунги хрлати ва истикболлари.

7. Нарметова, Ю. (2014). Бемор аёлларда депрессия хрлатининг психопрофилактикаси. Таълим тизимида ижтимоий-гуманитар фанлар.

8. Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА КОГНИТИВ

ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.

9. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.

10. Мелибаева, Р. Н. (2018). Из истории вопроса экспериментального исследования мышления в трудах психологов советского периода.

In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 125-127).

11. Melibaeva, R. (2021). Bolalardagi giperfaollik va diqqat tanqisligi sindromi: sabablari, psixologik tashxisi.

12. Рашидович, Б. Т. (2022). НЕКОТОРЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ ДИАГНОСТИКИ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРЕОДОЛЕНИЯ ПОДРОСТКАМИ КРИЗИСНЫХ СИТУАЦИЙ ЖИЗНИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 224-228.

ФУНКЦИЯЛАР

ВА

УЛАРНИНГ

БУЗИЛИШЛАРИ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.