Научная статья на тему 'ASALARI OILASINING HAYOTI VA RIVOJLANISH DAVRI'

ASALARI OILASINING HAYOTI VA RIVOJLANISH DAVRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Usmonov Odil Kamilovich, Boboyev Bahromjon Kenjayevich, Sharofitdinova Gulira’No Xasanbo‘Y Qizi

Asalari oilasining hayoti uya ichidagi mumkatak incha bilan uzluksiz bog‘liq bo‘ladi. Arilar ushbu mumkatak inchalarni mum bezlari ishlab chiqargan mum plastinkalaridan quradilar. Uya ichidagi mumkatak inchalarda ishchi ari, ona ari va erkak arilar yetishtiriladi va o‘zlariga ozuqa zaxirasini to‘playdilar. Ari oilasida ona ari tuhumdan hali qurtchalar paydo bo‘lmaganda harorat 13-28 C atrofida bo‘lsa, salqin paytlarda harorat pasayib, kunduzi 35 C gacha ko‘tarilishi mumkin. Oilada qurtchalar paydo bo‘lishi bilan ishchi arilar uya haroratini mo‘tadil, ya’ni 34-35 C da ushlab turadilar. Qurtchalari bor inchalar atrofida havoning namligi 65-68 foiz atrofida ushlab turiladi. Arilarning mum ajratuvchi bezlari hayotining birinchi kunidan boshlab asta-sekin rivojlanib, yoshi 12-18 kunlik ari eng ko‘p mum ajratadi. Oilani tashkil qiluvchi arilar soni butun mavsum davomida o‘zgarib turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI OILASINING HAYOTI VA RIVOJLANISH DAVRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE «PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NEW

UZBEKISTAN» MAY 15, 2024

ASALARI OILASINING HAYOTI VA RIVOJLANISH DAVRI 1Usmonov Odil Kamilovich, 2Boboyev Bahromjon Kenjayevich, 3Sharofitdinova Gulira'no

Xasanbo'y qizi

1,2Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.n 3Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11208327

Asalari oilasining hayoti uya ichidagi mumkatak incha bilan uzluksiz bog'liq bo'ladi. Arilar ushbu mumkatak inchalarni mum bezlari ishlab chiqargan mum plastinkalaridan quradilar. Uya ichidagi mumkatak inchalarda ishchi ari, ona ari va erkak arilar yetishtiriladi va o'zlariga ozuqa zaxirasini to'playdilar. Ari oilasida ona ari tuhumdan hali qurtchalar paydo bo'lmaganda harorat 13-28 C atrofida bo'lsa, salqin paytlarda harorat pasayib, kunduzi 35 C gacha ko'tarilishi mumkin. Oilada qurtchalar paydo bo'lishi bilan ishchi arilar uya haroratini mo'tadil, ya'ni 34-35 C da ushlab turadilar. Qurtchalari bor inchalar atrofida havoning namligi 65-68 foiz atrofida ushlab turiladi. Arilarning mum ajratuvchi bezlari hayotining birinchi kunidan boshlab asta-sekin rivojlanib, yoshi 12-18 kunlik ari eng ko'p mum ajratadi. Oilani tashkil qiluvchi arilar soni butun mavsum davomida o'zgarib turadi. Bahor va yoz oyining birinchi yarmigacha ari oilasi rivojlanib, ko'paya boradi, bu esa oilani sifatli va yuqori mahsuldor bo'lishiga olib keladi. Ari oilasining bahorgi-yozgi rivojlanishida uchta o'ziga xos davrni ko'rish mumkin: birinchisi - qishlab chiqqan arilarni o'rnini almashish davri, ikkinchisi - ari oilasini jadal rivojlanish davri va uchinchisi - ko'p sonli ishsiz qolgan yosh arilarni to'planib qolgan davri. Mana shu 3 davrda tabiatdan sharbat kelmagani uchun ham arilar ish bilan ta'minlanmay, oilada yosh ishchi arilarning kerakligidan ortiqchasi ishsiz qolishi evaziga, arilar tanasining fiziologik qarishi susayishi natijasida oila arilari yosharadi, o'z tanasida yashash va ishlash uchun kuch va foydali oziq birliklarining to'planishi hisobiga ko'chga chiqish, ya'ni tabiiy yo'l bilan kuchayishiga instinkt tug'iladi va ya'ni oilalar paydo bo'ladi.

Asalarilar havo harorati 8 C dan past bo'lmaganda, uyalaridan uchib chiqishi mumkin, lekin 15 C da sharbat tashishga yaxshi uchadi. Arilarni erta uchishni boshlashi hamda uzoq vaqt, qorong'I tushguncha davom etishi kechasidagi va ertalabki havo haroratiga, o'simliklarni sharbat ajratishiga bog'liq bo'ladi.

Arilar guldan-gulga qo'nib, o'simliklarning gulchangini biridan ikkinchisiga o'tkazib, ularni changlanishini ta'minlaydi. Arilar ozuqa qidirib gullarni changlatib, meva navlarini yaxshilab, xosildorligini oshirsa, gullar arilarni gulchang (oqsil) va sharbat (uglerod) kabi oziq bilan ta'minlaydi. Arilar asosan gulchanglarni ertalab-gullarning gulchang qobiqlari yorilganda va kechki paytda yig'a boshlaydi. Gulchang donachalarini tanalaridagi tukchalarida, oyoqlaridagi cho'tkalar yordamida tozalab, orqa oyoqlaridagi gulchang to'playdigan xaltachalarida uyalariga olib keladilar.

Kuz paytida qishga tayyorgarlik ko'rayotgan arilar ko'pincha oyoqlarida, ayrim daraxtlarning kurtaklaridan yopishqoq yelimsimon modda - propolis yig'ib keladi va shu propolis yordamida ular uya ichidagi ortiqcha teshiklarni, arilar kiradigan teshiklar va ramkalar surilib ketmasligi uchun suvab qo'yadilar.

Ko'pchilik hashoratlar orasida asalarilar qishdan muvaffaqiyatli qishlab chiqadilar chunki ular oila bo'lib yashashi evaziga oilada yashash uchun yetarli haroratni ta'minlaydi.

Asosiy sharbat to'plash - sharbatni qayta ishlab yetilgan asalni uyaning chetki qismlaridan mumkatak inchalarni asal bilan to'lg'azib, qishda oziqlanish uchun oziqa to'plash davridan boshlab ari oilasi qishlashga tayyorlanadi. Sharbat tashish tugashi bilan qishki oziqni tashish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE «PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NEW

UZBEKISTAN» MAY 15, 2024

maqsadida erkak arilarni ishchi arilar uyadan quvib chiqaradi. Erkak arilar faqat qaysi ari oilasida ona arisi bo'lmasa yoki ona arisi urchimagan bo'lsa, o'sha oilada qishlashga qoladilar. Arilar qishda g'uj bo'lib yashashga moslashgan, bunda ular uya haroratini birgalashib yashash uchun me'yoriga keltiradilar. Qishda asalarilar usti berkitilgan mumkatak inchalardagi asalning ustini ochib oziqlanadilar.

Qish oylarining birinchi yarmida ari oilasi kam oziqlanadi o'rta hisobda bitta oila kuniga 20-25 g yoki bir oyda 600-700 g oziqa iste'mol qiladi. Qurtchalar paydo bo'lishi bilan oziq iste'mol qilish oyiga 1-1.2 kg gacha ko'payadi. Qish oyini oxirigacha 2 marotaba ko'payadi.

Bizning iqlim sharoitimizda qish yumshoq kelishi, ayrim kunlari havo isib ketishi oqibatida arilar qishda ham

Ta'minlangan bo'lsa, ari oilalari shunchalik sog'lom bo'lib, jadal rivojlanadi va kasalga chalinmay tez ko'payadi.

REFERENCES

1. A.I. Isamuhammedov, X.K. Nikadanbayev Havaskor asalarichilarga (amaliy qo'llanma) Toshkent - "ILM ZIYO" - 2012

2. V.D. Brovarskiy, Sh.R.Suyarqulov Asalarilarni ko'paytirish va parvarishlash. Toshkent -2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.