Научная статья на тему 'АRXITEKTURA YODGORLIKLARIDA SAROY, MAQBARA VA MASJID TIPIDAGI BINOLARDA QO‘LLANILGAN ANTISEYSMIK TADBIRLARNI SAMARADORLIGINI ANIQLASH'

АRXITEKTURA YODGORLIKLARIDA SAROY, MAQBARA VA MASJID TIPIDAGI BINOLARDA QO‘LLANILGAN ANTISEYSMIK TADBIRLARNI SAMARADORLIGINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
saroy / maqbara / masjid / antiseysmik tadbirlar / zilzilabardosh. / Palace / mausoleum / mosque / anti-seismic events / earthquake.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Shadmanova Zuxra Salahovna, Maksudova Gulnoza Alimovna, Arifjanova Nozima Shoirovna

Antiseysmik tadbirlarning qo‘llanilishi obidalarning gorizontal yo‘nalishda rezonansga olib keluvchi xavfli holatdan qutqarib qoladi. Qamish qatlamining yana bir afzalligi gorizontal yo‘nalishdagi tebranma harakat energiyasining katta miqdorda tarqalishiga olib kelishidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF THE EFFECTIVENESS OF ANTISEISMIC MEASURES USED IN BUILDINGS OF THE PALACE, TOMB AND MOSQUE TYPE IN ARCHITECTURAL MONUMENTS

The application of Antiseismic measures saves the monuments from a dangerous state that causes resonance in the horizontal direction. Another advantage of the Reed layer is that the oscillation in the horizontal direction causes a large amount of motion energy to dissipate.

Текст научной работы на тему «АRXITEKTURA YODGORLIKLARIDA SAROY, MAQBARA VA MASJID TIPIDAGI BINOLARDA QO‘LLANILGAN ANTISEYSMIK TADBIRLARNI SAMARADORLIGINI ANIQLASH»

UDK. 624.04

ARXITEKTURA YODGORLIKLARIDA SAROY, MAQBARA VA MASJID

TIPIDAGI BINOLARDA QO'LLANILGAN ANTISEYSMIK TADBIRLARNI

SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Shadmanova Zuxra Salahovna dotsent. Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Qurilish fakulteti, "Qurilish mexanikasi va seysmik mustahkamlik" kafedrasi

Maksudova Gulnoza Alimovna o'qituvchi. Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Qurilish fakulteti, "Qurilish mexanikasi va seysmik mustahkamlik" kafedrasi

Arifjanova Nozima Shoirovna o'qituvchi. Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Qurilish fakulteti, "Qurilish mexanikasi va seysmik mustahkamlik" kafedrasi

Annotatsiya: Antiseysmik tadbirlarning qo'llanilishi obidalarning gorizontal yo'nalishda rezonansga olib keluvchi xavfli holatdan qutqarib qoladi. Qamish qatlamining yana bir afzalligi gorizontal yo'nalishdagi tebranma harakat energiyasining katta miqdorda tarqalishiga olib kelishidir.

Аннотация: Применение антисейсмических мер спасает объекты от опасного состояния, вызывающего резонанс в горизонтальном направлении. Еще одним преимуществом тростникового слоя является то, что колебания в горизонтальном направлении приводят к большому рассеянию энергии движения.

Annotation: The application of Antiseismic measures saves the monuments from a dangerous state that causes resonance in the horizontal direction. Another advantage of the Reed layer is that the oscillation in the horizontal direction causes a large amount of motion energy to dissipate.

Kalit so'zlar: saroy, maqbara, masjid, antiseysmik tadbirlar, zilzilabardosh.

Ключевые слова: дворец, мавзолей, мечеть, антисейсмические мероприятия, землетрясение.

Keywords: Palace, mausoleum, mosque, anti-seismic events, earthquake.

Me'moriy obidalar qurilishi bilan bog'liq loyihalashdan to qurilishigacha bo'lgan barcha jarayonlarni zamonaviy bino va inshootlar zilzilabardoshligi fani qonun - qoidalari asosida tahlil qiladigan bo'lsak, imorat yer ustki qismida taxminan 0,5 m balandlikda, devorga seysmik izolyatsiya maqsadida yog'ochdan qatlam, maxsus rastvor (loy)da terilgan tosh bloklar, ko'pchilik hollarda qamish yoki yekandan tayyorlangan qatlam to'shalgan. Bu to'shamalar ilmiy nuqtai nazardan nihoyatda oqilona tadbir bo'lib, asrlar davomida tabiat sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o'tgan. Antiseysmik tadbir sifatida ishlatiladigan ushbu maxsus qatlamlar zilzila paytida devor bo'ylab vertikal tarqaluvchi to'lqinlarni so'ndirish hamda devorga poydevor orqali ta'sir qiluvchi gorizontal seysmik kuchlarni keskin kamaytirish xususiyatiga ega.

Minoralarni loyihalash va qurish, ayniqsa u seysmik aktiv va yomon geologik hamda gidrogeologik sharoitda joylashadigan bo'lsa, me'mor va quruvchilardan hisoblash matematikasi, geometriya, me'morchilik proportsiya mutonasiblik va g'oyalari garmoniyasi borasida o'ta yuqori darajadagi bilim saviyasi talab qilingan.

1-rasm. Bino, sokol (poypesh) qismiga joylashtiriladigan qamish va yekan qatlam sxemasi Ayniqsa, minoradek mas'ul inshootlar seysmik aktiv regionda hamda noqulay geologik va gidrogeologik sharoitda qurilganda me'mor va quruvchilar zimmasiga yuklatilgan mas'uliyat yanada ortadi. Minora balandligining ortishi o'z navbatida uning vazni, ham ortishiga, tabiiyki zilzila paytidagi seysmik kuchlarning ortishiga olib keladi.

Hozirgi qurilish materiallaridan alebastrlar paydo bo'lmasdan ancha ilgari O'rta Osiyoda g'ishtlarni (pishiq g'ishtlami) terishda bog'lovchi material ganchdan foydalanish o'lka qurilishida alohida davrni ochib berdi. Bino va inshootlarning mas'ulligi yuqori bo'lgan qismlarida (gumbaz va shu kabilar) ganch, qolgan qismlarida g'isht terishda maxsus ishlov berilgan loy qorishmalar ishlatilgan.

2-rasm. G'ishtli binolarda antiseysmik kamarlar qo'llash.

Bunday oqilona yyechimlar yana bir bor o'tmishdagi quruvchilar aql idrokidan dalolatdir. Ayniqsa, yuqori namlikda ishlatiladigan inshootlarda barpo etilgan suv inshootlari konstruktsiyalarida suvga va muhitning boshqa agressiv ta'sirlariga turg'un bo'lgan kirlar (o'rta maxsus qorishma) dan foydalanilgan.

Kir qorishmasi g'isht terishda kamroq ishlatilgan. Ular turli agressiv ta'sirlarga turg'unligi tufayli ko'proq o'ta noqulay sharoitlarda suvoq ishlarida ishlatilgan.

Masalan, minoralar qurilishida ishlatiladigan qorishmalarga sut, ba'zi hollarda tuya qaymog'i "suzma" aralashtirib qorishma mustahkamligini oshirganlar.

O'tmishda binokorlar qurilish qorishmalari elastik va qayishqoqlik xossalarining g'isht terimi konstruktsiyasi seysmik mustahkamligini ta'minlashdagi o'rnini to'g'ri baholay bilganlar. G'isht devorning tepasidan pastga qarab hususiy og'irliklardan vujudga keladigan vertikal kuchning ortib borishini hamda zilzila paytida seysmik kuch konstruktsiya vazniga proportsionalligini hisobga olib, gorizontal choklarda qorishma qalinligi ham devor balandligi bo'ylab birday belgilanmagan. Odatda bino devorining pastki qismida qorishma qalinligi kattaroq (taxminan 5 sm qalinliqda) belgilanib, devor balandligi ortgan sayin, qorishma qalinligini kamaytirib borganlar. Bu bilan g'isht qorishma sistemasining elastik xususiyatini oshirishga erishganlar. Shuning uchun ham ko'pgina hollarda ganch qorishmasining butun g'isht devor hajmiga nisbatan ulushi 30% ni tashkil qilgan.

O'tmishda me'mor va quruvchilar, bino va inshootlar poydevori loyihasi va qurilishiga alohida e'tibor bilan qaraganlar. Seysmik aktiv hududlarda bino yoki inshoot poydevori asosining mustahkamligini ta'minlash qurilajak bino yoki inshoot seysmik mustahkamligini belgilovchi omillardan biri deb hisoblangan. Quruvchilar ko'pincha loyning o'ta plastik xususiyatlaridan foydalanishga harakat qilganlar. Buning uchun bino yoki inshoot poydevori ostiga ma'lum qalinlikda oldindan yaxshilab ishlov berilib pishitilib yetilgan sof loy qatlami to'shalgan.

Bino yoki inshoot poydevori uchun qazilgan katlovan yoki zovur (transheya)larga 60-80 santimetr qalinlikda quyuq holatdagi loy yotqizilgan. Ushbu qatlam - yostiqning eni poydevor eniga ko'ra kengroq o'lchamda tayyorlangan va uning ustiga g'isht (ba'zi hollarda tosh) terilgan. Poydevor g'isht terishda bir xilda qorishma ishlatilmagan. Poydevorning pastki qatorlari qorishma sifatida sof loy ishlatilgan bo'lsa, uning yuqorigi qatorlarida ganch qorishmasi ishlatilgan, ya'ni pastki qatorida sof loy undan balandroq qatorlardagi qorishmalarga ganch aralashtirib borilgan va yuqori qatorlarda faqat ganch qorishmasi ishlatilgan. Poydevor g'isht (tosh) terish pastki qatorlaridan yuqorigi qatorlariga ko'tarilgan sayin qorishma mustahkamligining ortib borishi zamonaviy binolar zilzilabardoshlik fani qoidalari bo'yicha nihoyatda oqilona tadbir bo'lgan.

17 - rasm. Binolar poydevorida qamish qatlamidan foydalanish

Katta prolyotli binolarda oddiy gumbazga nisbatan mustahkamligi va bikrligi ancha yuqori bo'lgan qovurg'ali gumbazlardan foydalanilgan. Bunday konstruktsiyalarning asosiy xususiyatlaridan biri, yirik o'lchamli, tayanchdan konstruktsiya cho'qqisigacha davom etadigan

qovurg'alaridir. Ayniqsa, bu konstruktsiyalardan seysmik aktivligi yuqori hududlarda foydalanish imorat seymik mustahkamligini keskin oshirishini ko'rsatadi.

O'tmishda ota-bobolarimizning bino va inshootlardagi qo'llagan antiseysmik tadbirlari majmuining mantiqan eng rivojlangan hamda bugungi kungacha hech qanday o'zgartirilmasdan shundayligicha qo'llanilayotgan ismi bino va inshootlar seysmik mustahkamligini oshirishda qamish va yekan qatlamlaridan foydalanishdir.

Qamish va yekan qatlami binolarning sokol qismiga yotqizilgan. Sokolning yer sirtidagi qismida yerdan ma'lum bir balandlikda tekis qilib qorishma yoyilgandan keyin, uning ustiga taxminan 5-10 sm qalinlikda, devor tekisligiga perpendikulyar yo'nalashda qamish (va yekan) bostirilgan. Qamish va yekan uzunligi devor eniga nisbatan taxminan 2-5 sm uzunroq qilib, tayyorlangan. Qamish qatlami ustidan qorishma to'shalib, uning ustidan g'isht terilgan (17-rasm).

Zilzila sodir bo'lganda bino va inshootlarning seysmik ta'sir natijasida tebranma harakati jarayonini ko'rib chiqsak.

Ma'lumki, zilzila chog'ida gipotsentrdan hamma tomonga seysmik to'lqinlar tarqaladi. Bino va inshootlar seysmik to'lqinlari ta'siridan fazoviy tebranma harakat, ya'ni u vertikal tekislikda vertikal o'q bo'ylab, gorizontal tekislikda ikkita o'q bo'ylab tebranma harakat qiladi.

Seysmik kuchdan vertikal tashkil etuvchisi ta'sirida yoki inshoot barcha konstruktsiyalari pastdan yuqoriga qarab yo'nalgan o'q bo'ylab tebranma harakat qiladi. Bundan vertikal seysmik ta'siridan seysmik to'lqin gruntdan dastlab plastik loy qatlamiga uriladi. Plastik loy seysmik to'lqinlarining ancha qismini yutush xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli u seysmik to'lqinlar intensivligini susaytiradi.

Bu hol ikkinchidan poydevor seysmik ta'siridan tosh asoslarida kuzatiladigan kuchlanish konstruktsiya to'planishidan asraydi.

Uchinchidan grunt tebranishining yuqori chastotali qismini so'ndiradi. Ma'lumki, yuqori chastotali tebranishlar qattiq bino va inshootlar uchun xavflidir. Poydevordagi pastki qorishmalar ham xuddi shunday xususiyatga ega bo'lganligi tufayli, ulardan o'tishda vertikal seysmik to'lqin intensivligi yanada pasayadi. Binoning sokol qismida joylashtirilgan qamish qatlami amortizator vazifasini bajaradi. Ma'lumki, amortizator to'lqin ta'sirini yuqoriga to'laligicha o'tkazmaydi. Elastikligi g'ishtdan yuqori bo'lgani tufayli to'lqin qamishdan o'tganda uning ta'siri ancha qirqiladi. Seysmik to'lqin butun devor bo'ylab elastik ganch qorishmasidan o'tgani sayin ancha so'nadi. Ko'rinib turibdiki, ushbu qurilish materiallarining barcha seysmik ta'siri vertikal tashkil etuvchisining keskin pasayishiga olib kelar ekan.

Bundan tashqari yuqoridagi antiseysmik tadbirlarning qo'llanilishi bino yoki inshootni gorizontal yo'nalishda rezonansga olib keluvchi xavfli holatdan qutqarib qoladi. Qamish qatlamining yana bir afzalligi gorizontal yo'nalishdagi tebranma harakat energiyasining katta miqdorda tarqalishiga olib kelishidir. Gorizontal seysmik kuch kamayishi siljish va egilish kuchlanishlari qiymatining pasayishga olib keladi.

O'tmishda me'mor va quruvchilar zilzila paytida seysmik kuchlarni kamaytirish maqsadida, bino va inshootlar qurilishida xususiy vazni yengil materiallardan foydalanishga harakat qilganlar. Shuning uchun ham tanqisligiga qaramasdan ko'p qurilish afzalliklariga ega bo'lgan yog'och bino va inshootlar qurilishida ular keng ko'lamda ishlatilgan. Ayniqsa ustun va shu kabi alohida turuvchi konstruktsiyalarda tosh materialining qo'llanmaganligini alohida qayd qilish lozim.

Oldin to'xtalganimizdek, o'tmishda me'mor va quruvchilar tomyopma va orayopma konstruktsiyalari sifatida yupqa devorli arxitekturaviy shakllardan foydalanganlar. Bu bilan ular konstruktsiyalar xususiy og'irliklari va albatta, zilzila paytidagi seysmik (inertsion) kuchlarni kamaytirishga erishganlar.

Ma'lumki, konstruktsiyalarda tashqi kuchlardan vujudga keluvchi eng xavfli ta'sirlardan biri bu eguvchi momentdir. Bugungacha saqlangan me'moriy obidalarni konstruktiv nuqtai nazardan

tahlil qilar ekanmiz, o'tmishda me'mor va quruvchilar bunday xavfdan qutilish imkonini topganlar. Buning uchun ular arka konstruktsiyasidan foydalanganlar. Arkalar oddiy balkalarga nisbatan katta yuk ko'tarish qobiliyati bilan birgalikda yuqori bikrlikka ega bo'lgan konstruktsiyalardir.

O'tmishdagi me'mor va quruvchilarning asosiy maqsadi, bino va inshootlarga etarli darajadagi mustahkamlik va ustuvorlik ta'minlashdan iborat bo'lgan. Ular yaratgan qurilish usullari aniq fan yutuqlariga asoslangan bo'lib, davrining estetik talablari darajasida amaliyotda qo'llanilgan.

ADABIYOTLAR

1. Абдурашидов К.С. Шадманова З.С. Анализ состояния конструкций архитектурных памятников Узбекистана. //Узб.журнал Проблемы механики 1998. № 3 С. 42-45.

2. К.С. Абдурашидов Ф.Р Кабулов Б.К Рахимов Инжинерные проблемы архитектурных памятников. Т., Изд. «Фан»., 2011 г., 350с.

3. Бачинский Н.М. Антисейсмика в архитектурных памятниках Средней Азии. М: Изд-во АКСССР. 1949.- 47 с.

4. Булатов М.С. Геометрическая гармонизация в архитектуре Средней Азии IX-XV в (историко-теоретическое исследование). Изд-во. Наука, М., 1976 - 380 с.

5. Б.СРхмонов., Иншooтлaр Дитамигаси вa Зилзилaбaрдошлиги aсoслaри. ^шкет - 2015

6. Dot. Shadmanova Z.S., assistant. Maksudova G.A. "Minora tipidagi binolarni seysmik yuklar ta'siriga hisoblash" "Bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 85-90bet. 25-27 oktyabr 2023yil.

7. dot. Shadmanova Z.S., assistant. Maksudova G.A. Shaxrisabz shaxridagi arxitertura yodgorligi X.Hazrati imom maqbarasining texnik holati.TAQU. Respublika ilmiy-amaliy anjumani "Bino va inshootlar zilzilabardoshligi sohasida kadrlar tayyorlashning istiqbollari" 2324 dekabr 2023y.

8. Dr. Z.S.Shadmanova, G.A.Maksudova CONSTRUCTIVE ANALYSIS OF MALEK ASHTAR COMPLEX IN SHAHRISABZ CITY. Journal of Digital Investigation (ISSN 29954827) VOLUME 02 ISSUE 04, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.