UO'T 62-523.8
KATTA ORALIQLI TOM YOPMA KONSTRUKTSIYALARNI MONTAJ QILISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Axmadiyorov, Ulug'bek Solijonovichi, Toshkent arxitektura- qurilish universiteti, dotsent., email: [email protected]
Choriyev, Pulat Zulfikor o'g'li, Toshkent arxitektura- qurilish universiteti, Doktorant, email: chorivevpulat@,gmail. com
Annotatsiya. Maqolada bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari, amalda bir qavatli sanoat binolarining konstruksiyalarini montaj qilishning bir necha xil usullari ishlab chiqilgan bo'lib, ishlarni talab qilingan ketma-ketlikda olib borish, barpo etilayotgan binoning konstruktiv sxemasi, montaj va texnologik uskunalarni turi, binoni ekspluatatsiya-foydalanishga topshirish muddati, va yig'ma konstruksiyalarni yetkazib berish ketma-ketligiga qarab u yoki bu usul qo'llaniladi. Bunda maqbul texnologiyani tanlash montaj ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi.
Аннотация. В статье описаны способы строительства и механизмы сборки одноэтажных промышленных зданий, на практике разработано несколько различных способов сборки конструкций одноэтажных промышленных зданий.Тот или иной метод применяется в зависимости от последовательности поставки сборных конструкций. , срок сдачи здания в эксплуатацию. В этом случае выбор оптимальной технологии является значимым вопросом проектирования монтажных работ.
Abstract. The article describes the construction methods and assembly mechanisms of one-story industrial buildings, in practice, several different methods of assembling structures of one-story industrial buildings have been developed. One or another method is used depending on the sequence of delivery of prefabricated constructions, the term of commissioning of the building. In this case, the choice of the optimal technology is a meaningful issue of the design of assembly works.
Tayanch so'zlar: bino, inshoot, proyekt, ob'ekt, barpo etish, xilma-xil metod, montaj, to'sin, rama, arka, ferma.
Ключевые слова: здание, строение, проект, объект, строительство, различные методы, сборка, балка, каркас, арка, ферма.
Keywords: building, structure, project, object, construction, various methods, assembly, beam, frame, arch, farm.
Kirish. Qurilish - mamlakatimiz xalq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, u asosiy fondlarning yangilarini va qayta tiklashni ta'minlaydi. Kapital qurilishning ishlab chiqarishni barcha tarmoqlarining rivojlanishidagi, aholining yashash sharoitlari va moddiy farovonligini ko'tarishdagi ahamiyati o'ta muximdir.
Hozirgi vaqtda qurilish sohasida kapital qo'yilmalarning samaradorligini oshirish vazifasi turibdi. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirish tarmoqda ilg'or energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni olib kirish, qurilish ishlab chiqarish Mehnat unumdorligini oshirish qurilish ishlarini bajarishning zamonaviy yangi ilg'or va maqbul usul va uslublarini joriy qilishga bevosita bog'liqdir. Odatda qurilishning davomiyligi asosan inshootning eng katta jismoniy hajmga va mos ravishda sermehnat bo'lgan karkasini montajini bajarish muddatlariga bog'liq.
Asosiy qism. Binoni montaj qilishni oqilona tashkil etilishini tanlashdagi asosiy masala - konstruksiyalarni montaj qilishning usulini va texnologik ketma - ketligini aniqlash bo'lib, ular montaj mexanizmlarini tanlash bilan uzviy bog'liqdir. Binolarni barpo etish
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
https://jurnal. qurilishtalim.uz/
sur'atlari, ayniqsa, balandda bajariladigan ishlarni montaj operatsiyalarining mehnat sarfi, qurilishning umumiy qiymati va davomiyligi qabul qilingan usulga bog'liq bo'ladi. Qabul qilingan ishlar usuli oqimli qurilishni, birgalikda bajariladigan barcha montaj, umumqurilish va maxsus ishlarning grafik bo'yicha amalga oshirilishini ta'minlashi va subpudratchilarga tanaffuslarni istisno qiluvchi, zarur ishlar frontini ta'minlash kerak.
Montaj qilishning tanlab olingan usuli yig'ish, mahkamlash va tutashuv joylarini ishlash bo'yicha ko'pchilik operatsiyalarni konstruksiyalar yoki surilardan turib emas, balki yerda bajarilishini, ya'ni stendlar yoki konduktorlarda yiriklashtirilgan montaj bloklarini loyihadagi holatiga zamonaviy montaj kranlari yordamida ko'tarish va o'rnatishni nazarda tutish kerak. Montaj qilishning mumkin bo'ladigan usullarini taqqoslashda ancha sodda, havfsiz, Mehnat va moddiy resurslarni kam sarflagan holda yuqori ish sifatini ta'minlovchiga afzallik berilishi kerak.
Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarining umumiy hajmida tomyopma elementlari karkas massasining kamida 50% ini tashkil etadi, bu konstruksiyalarni montaj qilishning mehnat talab etishi montaj qilishga Mehnat sarflarining 65 ... 70% ini tashkil etadi, shuning uchun tomyopma konstruksiyalarini va ularni montaj qilish texnologiyasini takomillashtirib binoni montaj qilishning umumiy mehnat sarfini ancha kamaytirish mumkin. Inshootni va uni barpo etishni loyihalash jarayonida umuman binoning va ayniqsa tomyopma bloklarining hajmiy - joylashtirish yechimlarining maqbul variantlari hamda montaj qilishning oqilona texnologiyasi topilishi kerak.
Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o'ziga xos xususiyatlari
Katta oraliqli binolar va inshootlarni montaj qilish quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
• binolarning karkaslari po'lat, yig'ma temirbeton va aralash konstruksiyalardan tayyorlanishi mumkin: ustunlar - temirbetondan, devor panellari - bir yoki ko'p qatlamli, kran osti to'sinlari, fermalar, bog'lamalar vapo'lat - ustyopma elementlari;
• binoning o'ichamlari odatda montaj qiluvchi kranlarning ta'sir ko'rsatish doirasidan ortiq bo'ladi;
• bir qator konstruksiyalar - katta balandlikdagi va massadagi ustunlar, kuchli kran osti to'sinlari, katta oraliqli fermalar, ustyopmaning hajmdor elementlarini - qismlab yoki bir nechta krandan foydalanib montaj qilishga to'g'ri keladi;
• binoni montaj qilishni texnologik qurilmani(jihozlar) o'rnatish bilan bog'lash zarur.
Po'lat konstruksiyali bir qavatli sanoat binolarini 18, 24, 30 va 36 m oraliqli va 30 m
balandlikgacha qilib loyihalanadi va barpo etiladi. Temirbeton konstruksiyali bir qavatli binolar 12, 18, 24, va 30 m oraliqqa 14.4 m balandlikgacha (ustunni yuqori qismigacha) va 24, 30 va 36 m oraliqli va 18 m balandlikgacha qilib loyihalanadi.
Bir qavatli sanoat binolari oraliqi, ustunlar qadami va balandligiga bog'liq holda quyidagi turlarga bo'linadi: yengil —oralig'i 6...18 m, balandligi 5...12 m; o'rtacha — oralig'i 18...30 m, balandligi 8...24 m; og'ir — oralig'i 24..36 m, balandligi 18...30 m.
Katta oraliqli binolar konstruksiyasini montaj qilish usullarini va montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari:
• montaj ishlari hajmi;
• binoning hajmiy - rejaviy va konstruktiv yechimlari;
• montaj qilishning va umuman binoni barpo qilishning belgilangan muddatlari;
• montaj mexanizmlarining mavjud parki.
Turli xil binolarning konstruksiyalarini montaj qilish usullari quyidagilarga bog'liq
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 1-son https://jurnal.qurilishtalim.uz/
holda ajratiladi:
• qo'llaniladigan ko'tarish - montaj qilish jihozlariga qarab - kranli va kransiz
usullar;
• montaj qilish oldidan elementlarni bloklarga yiriklashtirish darajasiga qarab -elementlab, yirik blokli montaj konveyerli yig'ish, rulonlash;
• elementlarni loyiha holatiga o'rnatish ketma - ketligi bo'yicha;
• yassi va fazoviy montaj va texnologik bloklarni loyiha holatiga o'rnatish ketma - ketligi bo'yicha;
• montaj qilishda kranning bino bo'ylab va ko'ndalangiga harakatlanishi;
• elementlarni tayanchga keltirish va o'rnatish usullari;
• konstruksiyalarni vertikal bo'yicha yig'ish ketma - ketliklari;
• montaj qilish jarayonida binolar, inshootlar va konstruksiyalar ishlashining konstruktiv xususiyatlari;
• ob'ektni barpo etish yo'nalishlariga qarab - surish, vertikal ko'tarish, burish usullari.
Bir qavatli sanoat binolari iloji boricha zavod va poligonlarda tayyorlangan tayyorlov va montajdan keyingi ishlarni qisqarishini ta'minlovchi butun yoki yirik qismlardan iborat konstruksiya va detallardan montaj qilinadi.
Qurilish va Ta 'lim ilmiy Jurnali
https://jurnal. qurilishtalim.uz/
2- rasm. Bir qavatli sanoat binosining konstruktiv elementlarini montaj qilish
3- rasm. Bir qavatli sanoat binosining fermasini montaj qilish Xulosa. Qurilish ishlari, konstruksiyalar montaji va texnologik uskunalarni montaj qilishni birgalikda bajarish imkoniyati va maqsadga muvofiqlik darajasiga qarab , sanoat binolari ochiq, yopiq, birlashtirilgan yoki kombinatsiyalashgan usullarda barpo etiladi. Bu usullar ishlarni birgalikda olib borish darajasi va ketma- ketligini aks ettiradi, va buni qurilish konstruksiyalarini montaji va binolarni barpo etishda hamma vaqt e'tiborga olish kerak. Shunday qilib, bunday xulosa chiqarish mumkinki, montaj qilishning ikkita prinsipial har xil usuli bo'lishi mumkin: elementlab, bunda har bir konstruktiv elementni loyihadagi holatga alohida ravishda ko'tarishadi va o'rnatishadi, va yirik blokli, bunda konstruktiv elementlar ko'tarishdan oldin dastlab fazoviy bloklarga yig'iladi (yiriklashtiriladi). Mehnat sarfining ancha kamaytirilishi va shu bilan montaj qilish muddatlarining qisqartirilishi montaj qilinayotgan elementlar sonini kamaytirish va montaj qilishning yanada mukammal usullarining qo'llanilishi hisobiga ta'minlanishi mumkin.
ADABIYOTLAR
1. M.M.Miraxmedov, X.I.Yusupov, I.M.Maxamataliyev, A.T.Ilyasov, A.M.Raximov, I.N.Salimova, L.S.Yusupova, X.T.Buriyev "Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish". Darslik. -Toshkent: "Innovatsiya-Ziyo", 2022.
2. Raximov A.M., Yusupov X.I., Xamidov X. Qurilish ishlari texnologiyasi. O'quv qo'llanma.- Toshkent : «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. -184 bet.
3. Rahimov A.M. Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. T.: LESSON PRESS, 2021.-100 b.
4. Razzakov, S., Juraev, B., & Akhmadiyorov, U. (2023). modeling of one-story brick buildings and testing with seismic platform. Golden brain, 1 (1), 172-180.
5. Razzoqov, S., Jo'raev, B., & Axmadiyorov, U. (2023). BIR QATLI G'isht BINOLARNI MODELLASH VA SEYSMIK PLATFORMA BILAN SINOV. OLTINMIYA , 1 (1), 172-180.
6. Axmadiyorov, U. S., & Sayfiddinov, S. (2023, January). O'ZBEKISTON SHAROITI UCHUN BINOLARNING ICHKI MIKROIQLIM MUHITINI YAXSHILASH MUAMMOLARI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 1, pp. 1004-1010).
7. Юсупoв, Х., Матгoзиев, Х., & Ахмадиёрoв, У. (2023). Ознакoмления студентов с методами математичес^го мoделирoвания, для развития умения oрганизации прoизвoдствoм. Сейсмическая безопасность зданий и сооружений, 1(1), 137-144.
8. Сайфиддинoв, С., Байматов, Ш., Ахмадиёрoв, У., Рашидoв, Ж., & Ахмедoв, П. (2023). Анализ тепготехнических характеристик oграждающих кoнструкций. Сейсмическая безопасность зданий и сооружений, 1(1), 317-320.
9. Razzakov, S. R., Akhmadiyarov, U. S., & Razzakov, N. S. (2023). Application of the modeling method for evaluating the performance of prestressed hanging systems. journal of engineering, mechanics and modern architecture, 536-539.
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
https://jurnal. qurilishtalim.uz/