Научная статья на тему 'QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDILARI ASOSIDA YENGIL BETONLARNING XOSSALARINI TADQIQ QILISH'

QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDILARI ASOSIDA YENGIL BETONLARNING XOSSALARINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
839
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yengil beton / yonib ketuvchi qo’shimchalar / issiqlik oʻtkazuvchanlik / fizik-mexanik xossalar. / Light concrete / flammable additives / thermal conductivity / physico-mechanical properties.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Sobirov Baxtiyor Xamroyevich, Roʻzimova Shohista Azizboy Qizi, Raximova To’xtajon Murodovna

Ushbu ilmiy maqolada qishloq xoʻjaligi asosida olingan oʻta yengil betonlarning fizikmexanik xossalari, tayyorlanish texnologiyasi, issiqlik izolaytsilovchi materiallar bilan solishtirma bosqichlari kо‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF THE PROPERTIES OF LIGHT CONCRETE ON THE BASIS OF AGRICULTURAL WASTE

In this scientific article, the physico mechanical properties of extremely light concretes obtained on the basis of Agriculture, the technology of preparation, the stages of comparison with thermal insulating materials are considered.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDILARI ASOSIDA YENGIL BETONLARNING XOSSALARINI TADQIQ QILISH»

Tashkent state transport university

QISHLOQ XO'JALIGI CHIQINDILARI ASOSIDA YENGIL BETONLARNING XOSSALARINI TADQIQ QILISH

Sobirov Baxtiyor Xamroyevich, Ro'zimova Shohista Azizboy qizi, Raximova To'xtajon Murodovna

Urganch davlat universiteti (Qoraqalpog'iston)

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada qishloq xo'jaligi asosida olingan o'ta yengil betonlarning fizik-mexanik xossalari, tayyorlanish texnologiyasi, issiqlik izolaytsilovchi materiallar bilan solishtirma bosqichlari ko'rib chiqilgan. Kalit so'zlar: Yengil beton, yonib ketuvchi qo'shimchalar, issiqlik o'tkazuvchanlik, fizik-mexanik xossalar.

STUDY OF THE PROPERTIES OF LIGHT CONCRETE ON THE BASIS OF AGRICULTURAL WASTE

Sobirov Bakhtiyor Khamroyevich, Rozimova Shokhista Azizboy qizi, Rakhimova Toxtajon Murodovna

Urganch state university (Qoraqalpogiston)

Abstract: In this scientific article, the physico - mechanical properties of extremely light concretes obtained on the basis of Agriculture, the technology of preparation, the stages of comparison with thermal insulating materials are considered. Key words: Light concrete, flammable additives, thermal conductivity, physico-mechanical properties.

Zamonaviy qurilish materialshunosligida issiqlik izolatsiyon ashyolarning o'mi nihoyatda beqiyos, qurilish jarayonlari olib borish tizimida shunday bir davr bo'ldiki bu davrda qurilajak bino yoki inshootlarga faqatgina mustahkamlik jihatdan talablar qo'yilgan. Bugungi kunga kelib issiqlik energiyasining dunyo energiya bozorida nihoyatda qimmat ekanini hisobga olib soha vakillari inshootlar qurilish davrida issiqlik izolatsiyon materiallarni qo'llagan holda ekologik sof bo'lgan va yengil qurilish materiallaridan foydalanishmoqda.

Issiqlik izolyatsiya materiallari bino va inshootlar qurilish konstruksiyalari, shuningdek, texnologik apparaturalar, issiqlik qurilmalari va turli trubalarni issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.

Issiqlik izolyatsiya materiallarini qurilishda qo'llash:

a) Yig'ma qurilish uchun mahsulot va konstruksiyalarni zavodda tayyorlash yo'li bilan qurilish ishlari industriyasi darajasini oshiradi;

b) Asosiy qurilish materiallari: sement, g'isht, yog'och, metall va boshqa materiallarga bo'lgan katta talablarni kamaytiradi;

c) To'sish qurilish konstruksiyalari (devorlar, to'siqlar) og'irligini kamaytiradi, ko'taruvchi qurilish konstruksiyalarini yengillatadi (poydevorlar, ustunlar);

Issiqlik izolyatsiyasini o'rnatishning boshlang'ich harajatlari juda tez, qoida bo'yicha, bir yildan kam vaqtda o'zini oqlaydi.

Issiqlik izolyatsiya sanoati uchun tabiiy xom - ashyoning ko'p sonli turlari va boshqa sanoat tarmoqlarining turlicha chiqindilari - xom - ashyo bazasi hisoblanadi.

Tashkent state transport university

Barcha mumkin bo'lgan tog' jinslari mineral paxta va uning asosida issiqlik izolyatsiya mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom - ashyo bo'lib xizmat qiladi: bazalt, granit, diabaz, diorit, traxit va boshqa vulqon sifat jinslar; dolomit va mergel.

Bugungi kunda turar-joylar uchun yuqori sanitar-gigenik va energiya resurslarining iqtisodi sababli ekologik talablar, devor qurish bo'yicha materiallarning issiqlik o'tkazuvchanligi bo'yicha me'yorlari oshdi. Xonadagi mikro iqlimni barqaror saqlash, issiq-sovuqdan, shovqindan izolyatsiyalash zamonaviy qurilishning dolzarb muammolaridan biri bo'lib bormoqda. Zamonaviy binolar qurilishini qoplama materiallar, ya'ni yog'och qipiqli plitalar, sement qipiqli plitalar, gipsakarton listlari yoki shular kabi materiallarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. An'anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta'mirlash va rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu jarayonda ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o'rin egallaydi. GOST 19222-84 muvofiq yog'och-beton bloklari ishlab chiqarish uchun, yog'och ishlov berish chiqindilari, maydalangan qamish, kanop, g'o'za-poya, guruch qobig'i, zig'ir foydalanish mumkin.

Guruch qipig'i va bog'lovchi asosida tayyorlash uchun optimal namligi 22% bo'lgan yog'och chiqindilaridan foydalaniladi. Qishloq xo'jaligi chiqindilari namligi optimaliga yetgunicha omborda ushlab turiladi va quritiladi. Qishloq xo'jaligi chiqindilari uchun guruch qipig'i, g'o'za-poyasi, qamish, kanop poyasi, kungaboqar chiqindisi va boshqa turlaridan foydalaniladi. 1 m3 arbolit yengil beton ishlab chiqarish uchun maydalangan qishloq xo'jaligi chiqindilaridan 140180 kg, 300-350 kg sement, 170-220 litr suv sarflanadi, hamda suyuq shisha 6-8 kg, kimyoviy qo'shimcha 3-4 kg gacha ishlatiladi. 1m3 qorishma uchun hajm og'irligi 500- 700 kg/m3 bo'lishi mumkin.

Ishlab chiqilgan arbolitning issiqlik izolyatsiya xossalari. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Materiallarning bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo'lsa, undan issiq oqim o'ta boshlaydi. Materiallarning issiqlikni kam yoki ko'p o'tkazishi issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X orqali ifodalanadi.

Xulosa, arbolit - bu qurilish g'ishtining eng yaxshi o'rinbosari, chunki u tejamli, ekologik toza material, undan devor materiali sifatida foydalanilganda energiyani 2,5 barobar tejash, ekologik toza, mustahkamlik, biologik chidamlilik, katta bo'lmagan zichlik, kichik issiqlik o'tkazuvchanlik, yengil ishlov berish, yaxshi mixlanish va olovga yuqori chidamlilikdagi xos materiallardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Samigov N.A., Xasanova M.Q., Mirzayeva M.Sh., Zokirov J.S.Ikkilamchi resurslar asosida qurilish materiallari va buyumlari Toshkent-2016.

2. Тулаганов А.А., Камилов Х.Х. Теплоизоляционный арболит. ч-И.- Ташкент. ТАСИ, 2011. - 151 с.

Tashkent state transport university

3. Ржаницын А.Р., Снарксис Б.Н., Сухов Ю.Д. Основные положения вероятностной экономической методики расчёта строительных конструкций/Строительная механика и расчёты сооружений, 1979. -№3. - с. 67-71

4. Складнев Н.Н. Научные основы оптимального проектирования строительных конструкций//Численные методы расчёта и оптимизации строительных конструкций: Сб. научн. тр. ЦНИИСК им. В.А. Кучеренко. - М., 1989. -195 с.

5. Райзер В.Д. Оптимизация надёжности конструкций и безопасность человека // Строительная механика и расчёты сооружений, 2009. - №6. - с. 54-58

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.