ARGUMENTLASHNING NOUNIVERSAL USULI: SOG'LOM AQL VA
INTUITSIYA
Ravshan Aktamovich Ikramov Jahongir Baxtiyor o'g'li Ibrohimov
TVCHDPI dostenti, y.f.n. TVCHDPI talabasi
ANNATATSIYA
Ushbu maqolada sog'lom aql va intuitsiya tushunchalarining mohiyati va ta'riflar, shuningdek argumentlashga ta'siri hamda fikrlarni isbotlashda ahamiyati to'g'risida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: Intuitsiya, deduksiya, aniq va ziyrak aql, diskursiv fikrlash, matematika, aksiomal, isbot, intuitivizm, sog'lom aql argument, germenevtika
Intuitsiya odatda haqiqatni bevosita, ya'ni hech qanday mulohaza va isbotsiz idrok etish deb tushuniladi. Intuitsiya kutilmagan, ehtimol bo'lmagan, bevosita ravshanlik va unga olib boradigan yo'lning ongsizligi bilan ajralib turadi.
Intuitiv argumentasiya bu ilgari surilayotgan pozisiyaning bevosita, intuitiv dalillariga tayanishdir.
Sof intuitiv fikrlash kamdan-kam uchraydi. "Darhol tushunish" da tushunarsiz va ziddiyatli narsalar ko'p. Faylasuf M.Bunge "Intuitsiya-bu eski narsalar to'plamidir[1]" deb takidlaydi. Biz unga barcha intellektual mexanizmlarni qanday qilib aniq nomlashni bilmagan yoki tahlil qilishni qiziqtirmagan narsalarni berkitamiz. Shuning uchun, qoida tariqasida, intuitiv ravishda topilgan natija uchun intuitiv dalillarga oddiy murojaat qilishdan ko'ra ishonchli ko'rinadigan sabablar izlanadi.
Shunga qaramay, Intuitsiya mavjud va bilishda muayyan rol o'ynaydi. Har doim ham ilmiy va ayniqsa, badiiy ijod va dunyoni tushunish jarayoni batafsil, bosqichlarga bo'lingan holda olib borilavermaydi. Ko'pincha, odam o'z fikrlari bilan qiyin vaziyatni qamrab oladi, unga e'tibor bermagan xolda uning barcha detallari xakida to'lik ma'lumot bermaydi. Bu, ayniqsa, harbiy janglarda, tashxis qo'yishda, ayb va aybsizlikni aniqlashda yaqqol seziladi.
"Intuitsiya" so'zi Yevropa falsafasiga XIII asrda kirib kelgan bo'lib, bu qadimgi yunoncha atamaning analogi sifatida ob'ektni qismlarga bo'lib emas, balki bir butun yaxlit holda bilishni anglatgan. O'rta asrlarning oxirlarida Intuitsiya mavhum bilimlardan farqli o'laroq, avvalo konkret va birlikni bilishni anglatgan.
Yangi davrd fransuz faylasufi R.Dekart xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun qo'rqmasdan yangi bilimlarni olishga imkon beradigan barcha fikriy harakatlarni ikki turga bo'ldi: Intuitsiya va deduksiya. "Intuitsiya deganda"-deb yozgan u, - "men hissiyotlarning omonat dalillariga va tartibsiz tasavvurning yolg'on mulohazalariga ishonishni emas, balki aniq va ziyrak aqlni tushunaman. U shu qadar oddiy va yaqqol
bo'lib, fikr yuritayotganimizga hech bir shubxa qoldirmaydi. Yoki aniq ziyrak aqlning mustahkam tushunchasi tabiiy aql nuri va o'zi oddiyligiga ko'ra deduksiyaga nisbatan ishonchliroqdir, deduksiya inson tomonidan yomon tuzilmagan bo'lsaham"[2]. Dekart birlamchi asosiy Intuitsiyaga tayanib, Xudoning mavjudligini - "meni va boshqa barcha mavjudotlarni yaratgan va tug'dirgan cheksiz, abadiy, o'zgarmas, mustaqil, qudratli substansiya"ni isbotlashga uringan.
Plotindan boshlab intuitiv va diskursiv fikrlash o'rtasidagi qarama-qarshilik tasdiqlanadi. Intuitsiya - biror narsani shunchaki nigoh bilan, bir lahzada, vaqtdan tashqari bilishning ilohiy usuli. Diskursiv tafakkur esa insonning bilish usulidir, bu qandaydir mulohaza yuritish jarayonida dalillarni bosqichma-bosqich ishlab chiqilishidan iboratdir. Intuitiv va diskursiv fikrlash o'rtasidagi ziddiyat, ayniqsa Kantda yaqqol seziladi. U Dekartini intellektual Intuitsiyasini inkor etadi va hissiy Intuitsiyani makon va vaqtning sof Intuitsiyasiga ajratadi. Bunday bo'lnish yanada asosliroqdir, chunki xissiyotlar tomonidan berilgan ma'lumotlar makon va vaqt ichida tartiblashtrilishi kerak. Kantning fikricha, matematika aksiomalari sof Intuitsiyaga asoslanadi: ularning haqiqat ekanligini bevosita shu Intuitsiya orqali "ko'rish" yoki "anglash" mumkin. Bundan tashqari, bunday bo'linish matematikadagi har bir isbotning har bir qadamida ishtirok etadi: "barcha xulosalar har birining aniq ko'rsatilganligi bilan xatolarga qarshi kafolatlanadi"[3].
Kant matematikada intuitsiya doirasini aniq baholamaydi. Matematik aksiomalar har doim intuitiv ravishda aniq emas va ularning maqbulligi bunday dalillarga nisbatan kamdan-kam hollarda qo'llab-quvvatlanadi. Aksiomalar o'z-o'zidan emas, balki ulardan mantiqan keltirib chiqarish mumkin bo'lgan teoremalar to'plami bilan baholanadi. Isbotning har bir alohida qadamida sof Intuitsiya mavjudligi mutlaqo shart emas.
Asrimizning boshlarida - L.E.Y.Brauer tomonidan ilgari surilgan intuitivizm tushunchasi Kant g'oyalariga yaqin. Matematika Brauer tomonidan vaqtning sof Intuitsiyaga asoslangan matematik obyektlarni aqliy qurish faoliyati sifatida qaraladi. Matematika inson faoliyatining muhim shakli bo'lib, u o'zida o'z poydevorini topadi. Bu lingvistik emas va tilga bog'lianmagan. Matematikada so'zlar faqat ochiq haqiqatlarni yetkazish uchun ishlatiladi. Haqiqat, til ifodasiga bog'liq emas va hatto maxsus matematik tilda ham to'liq ifodalanishi mumkin emas.
Kantdan keyin intuitsiya tobora intellektual oydinlik sifatida tushuniladi. A.Shopengauerning fikriga ko'ra, noyob narsani intuitiv, to'g'ridan-to'g'ri, tezkor bilish organi aqldir. Aql aqliy bilimlarni abstrakt bilimlarga aylantiradi. Bilimlarni kengaytirish emas, balki faqat unga amaliy funksiyalarni bajara oladigan va o'zoro aloqa obyekti bo'lgan yangi shaklni beradi.
Intuitsiyalarni qat'iy isbotlashga nisbatan bunday o'ta yuqori qo'yilishi o'zini oqlamaydi. A.Poincarening, mantiq va intuitsiya har biri o'zining zaruriy rol o'ynashi
haqidagi fikri haqiqatga yaqinroq. Ikkalasi ham zaruriydir. Mantiq ishonch bera oladigan -isbot vositasi, intuitsiya-ixtiro vositasidir.
Mantiq va intuitsiya bir-birini istisno qilmaydi yoki o'rnini bosmaydi. Real ta'lim jarayonida ular, odatda, bir-biri bilan chambarchas bog'langan, bir-birini qo'llab-quvvatlovchi va to'ldiruvchi bo'ladi.
Sog'lom aqlni har bir insonga xos bo'lgan hayot tajribasi orqali olingan haqiqat va adolatning umumiy tuyg'usi sifatida tavsiflash mumkin. Sog'lom aql u asosiga ko'ra bilim emas. Aksincha, bu bilimlarni tanlashning bir usuli, buning natijasida bilimdagi asosiy va ikkilamchi xolatlar ajratiladi, chegaralar belgilanadi.
Sog'lom aql ijtimoiy argumentlashda inson hayoti va faoliyati bilan bog'liq barcha muammolarni muhokama qilishda alohida rol o'ynaydi[4].
Sog'lom aqlga murojaat qiluvchi argument - ilgari surilayotgan pozisiyani qo'llab-quvvatlashda tinglovchilar shubhasiz ega bo'lgan sog'lom fikr hissiga qaratilgan murojaatdir.
Sog'lom aqlga murojaat qilish antik davrda yuqori baholangan, donishmandlik ("Sofiya") va amaliy bilim ("fronesis") qarama-qarshiligiga mos kelgan. Bu qaramaqarshilik nazariy jihatdan Aristotel tomonidan ishlab chiqilgan va uning izdoshlari tomonidan hayotning nazariy idealini tanqid qilish darajasiga ko'tarilgan. Insonning hatti-harakatlarini yo'naltiruvchi amaliy bilimlar maxsus, mustaqil bilim turi hisoblanadi. Amaliy bilimlar ma'lum bir vaziyatga yo'naltiriladi va "sharoit"ning cheksiz xilma-xilligida ko'rib chiqishni talab qiladi. Hayot nazariy asoslar va umumiy tamoyillar negizida qurilmaydi, u aql-idrok nuqtai nazaridan baholanadigan o'ziga xos va o'ziga mos bilimlar bilan boshqariladi.
Sxolastikada masalan Foma Akvinskiyda, sog'lom aql - tashqi hissiyotlarning umumiy asosi, shuningdek, ularga asoslanib, hamma odamlarga xos bo'lgan narsalarni hukm qilish qobiliyatidir.
XVIII asrda katta ta'sirga ega bo'lgan A.Sheftsberi, sog'lom aqlni- umumiy manfaatni tushunish va ayni paytda jamiyat yoki jamiyatga bo'lgan majburiyat sifatidagi, tabiiy his-tuyg'ular, insoniylik, xushmuomalalik sifatida talqin qildi. Sog'lom ongning emas, balki qalbning fazilatidir, bu faqat kundalik fazilat emas, balki axloqiy va hatto metafizik asosni nazarda tutuvchi fazilatdir.
Zamonaviy falsafiy germenevtika sog'lom aqlga katta ahamiyat beradi, bu uning intelektuallashuviga va oddiy tuzatuvchi darajasiga tushib qolishga qarshi turadi: his-tuyg'ular, mulohazalar va xulosalar sog'lom aqlga zid bo'lganda to'g'ri bo'lmaydi.
Sog'lom aql inson hayotining yetakchi boshlang'ichlaridan biridir. U fan, falsafa yoki qandaydir umumiy tamoyillar ta'siri ostida emas, balki aql-idrokning hal qiluvchi ta'siri ostida yuzaga chiqadi. Shuning uchun u insonning axloqiy va tarixiy borlig'ini o'rganadigan gumanitar olim uchun keraklidir.
Aql-idrak to'g'ri va noto'g'ri, yaxshi va yomon haqidagi mulohazalarda namoyon bo'ladi. "Aqlli fikr egasi nafaqat umumiylik nuqtai nazaridan xususiylikni aniqlay oladi, u aslida nimani anglatishini ham biladi, ya'ni narsalarni to'g'ri, adolatli, sog'lom nuqtai nazardan ko'radi. G'irrom odamlar (avntyuristlar) insonning zaif tomonlarini to'g'ri hisoblab topadilar va aldashlari uchun har doim ob'ektni to'g'ri tanlaydilar avantyur, shu bilan birga, ular sog'lom aql egasidirlar"[5].
Ijtimoiy va amaliy masalalarda sog'lom aql- ko'proq qo'llaniladi. Sog'lom aql yordamida aqlning umumiy ta'moyillariga emas, balki ishonarli misollarga asoslanadi. Shuning uchun hayot tarixi va tajribasi uning uchun juda muhimdir. Sog'lom aqlga-o'rganish mumkin emas, uni faqat mashq qilib shakllanitirsh mumkin. U ikkiyoqlama, tavsiflovchi va baholovchi xarakterga ega: bir tomondan, u o'tgan voqealarga asoslangan, ikkinchi tomondan esa, bu konspekt, kelajak loyihasidir.
Gumanitar fanlarda sog'lom aqlga murojaat qilish muqarrardir. Lekin bunday murojaat tabiiy fanlarda ko'p uchraydi va ishonchsiz xisoblanadi.
Xulosa o'rnida aytish mumkunki intuitsiya va sog'lom aql orqali argumentlash ilmiy isbotlashda kam qo'lanilsada, baribir o'z ta'sir kuchiga ega. Ayniqsa inosnlarning odatiy turmush tarzini, ruhiy holatni, biron ishni bajara olish qobilyatini va shu kabiy holatlarni asoslashda keng foydalanish mumkun.
REFERENCES
1. Филoсoфия нaуки. Y4e6Hoe пoсoбие, Ивин А.А., Никитита И.П., OOO "npocneKT",2015 г. - С. 45.
2. Де^рт Р. npaB^a для рукoвoдствa yMa. — М.; Л., 1936. — С. 57.
3. KaHT И. Критик чистoгo pa3yMy Сoчинения: В 6 т. — Т. 3. — М., 1964. — С. 317.
4. См. в этой связи: ^дшер Х.-Г. Истита и метод. — М., 1988. — С. 61—72. Дaльнейшее o6cy^eH^ здрaвoгo CMbi^a и BKyca сyщественнo oпирaется Ha эту рaбoтy.
5. Гaдaмер Х.-Г. Истинa и метод. — М., 1988. — С. 74.
6. Aдaмбaев, Y. X. (2022). ИШОНЧ-ЭЪТЩОДНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА АРГУМЕНТЛАШНИНГ УРНИ. Academic Research in Educational Sciences, 3(1), 898-905.
7. Адaмбaев, У. Х., & Джoрaев, Д. У. (2022). ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТ ВА УНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic Research in Educational Sciences, 3(2), 125-134.
8. Adambayev, U. X., & Rahimberdiyev, S. U. (2022). NAVRO'Z BAYRAMI VA UNING ETNOMADANIY AHAMIYATI. Academic Research in Educational Sciences, 3(2), 175-177.
9. Умидбек Хaитбaевич Адaмбaев, (2022). Ишoнч - эътикрдни шaкллaнтиришдa yрф-oдaт Ba aнъaнaлaрнинг тaъсири, SCIENTIFIC PROGRESS (pp. 348-351).
10.Adambayev Umidbek Xaitbayevich, (2022). Ancient myths and legends. "International scientific research conference". (20th February, 2022) - BELARUS, MINSK: "CESS", 2022. Part 1 - 4 p.
11. Umidbek Adambayev. (2021). FAITH - THE CONCEPTION OF BELIEF AND STEPS TO DEVELOP IT / ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING. - pp. 96-100.
12. U. Adambaev. (2021). CONFIDENCE-NONVERBAL METHODS OF ARGUMENTATION IN THE FORMATION OF THE VERB /3K0H0MHKa h coquyu. - C.18-21.
13. Umid Adambayev. (2021). MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI / Scientific progress. - pp. 1858-1862.