Научная статья на тему 'ARCHA UNSIMON QURTI PSEUDOCOCCUS VOVAE Nass. XAVFLI ZARARKUNANDA'

ARCHA UNSIMON QURTI PSEUDOCOCCUS VOVAE Nass. XAVFLI ZARARKUNANDA Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

418
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
archa / manzarali daraxt / zararkunanda / bioekologiya / ekskriment / tuxum. / spruce / ornamental tree / pest / mealworm / bioecology / excrement / eggs.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — N. M. Mamedov, O A. Po‘latov, F. N. Kamolov

Maqolada Samarqand shahridagi ignabargli manzarali daraxtlar parvarishida uning asosiy zararkunandalaridan boʻlgan unsimon qurtlarlari tarqalishi va rivojlanishi tugʻrisidagi ma’lumotlar keltirilgan. Unsimon qurtlarning bioekologik xususiyatlari toʻgʻrisida ma’lumot berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents information on the distribution and development of mealybugs, one of its main pests, in the care of conifer ornamental trees on the roadsides of Samarkand. Information on the bioecological characteristics of roundworms is provided.

Текст научной работы на тему «ARCHA UNSIMON QURTI PSEUDOCOCCUS VOVAE Nass. XAVFLI ZARARKUNANDA»

ARCHA UNSIMON QURTI - PSEUDOCOCCUS VOVAE Nass. XAVFLI

ZARARKUNANDA

N. M. Mamedov

Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti dotsenti q/x f.f.d.

O. A. Po'latov

ToshDAU Samarqand filiali katta o'qituvchisi

F. N. Kamolov ToshDAU Samarqand filiali magistranti

Maqolada Samarqand shahridagi ignabargli manzarali daraxtlar parvarishida uning asosiy zararkunandalaridan bo'lgan unsimon qurtlarlari tarqalishi va rivojlanishi tug'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Unsimon qurtlarning bioekologik xususiyatlari to'g'risida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: archa, manzarali daraxt, zararkunanda, bioekologiya, ekskriment, tuxum.

The article presents information on the distribution and development of mealybugs, one of its main pests, in the care of conifer ornamental trees on the roadsides of Samarkand. Information on the bioecological characteristics of roundworms is provided.

Keywords: spruce, ornamental tree, pest, mealworm, bioecology, excrement,

Kirish. Mamlakatimizda so'nggi yillarda turli xil ekologik muammolar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida ulkan ishlar qilinmoqd. Jumladan shahar va qishloqlarimizda manzarali daraxtlar kesilishiga qarshi moratoriy e'lon qilingan. Yo'l yoqalaridagi turli xil manzarali daraxtlarni asrash va to'g'ri parvarishlash, shu bilan birga kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash masalalari dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqot uslublari. Samarqand shahrida ekilgan ignabargli manzarali daraxtlarning asosiy zararkunandalarini rivojlanishi, zararlash xususiyatlarini aniqlash bo'yicha monitoring ishlari olib borildi.

ANNOTASIYA

ABSTRACT

eggs.

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Koksidlaming qishloq xo'jalik va o'rmon xo'jaliklarida katta zarar yetkazib, tez ko'payish xususiyatiga ega. MDH mamlakatlarida koksidlarning 500 turi ro'yxatga olingan bo'lib, shundan 300 turi madaniy o'simliklarga zarar yetkazadi (2) .

Ayniqsa unsimon qurtlarning bog' va manzarali daraxtlardagi turlari katta zarar yetkazadi. Ularning zarari oqibatida ayrim shoxlarning yorilishi va qurib qolishi kuzatiladi.

Archa unsimon (Pseudococcus vovae Nass.) qurti keyingi 3-4 yilda ko'payib shahardagi archalarning katta qismini nobud qilmoqda. Ayniqsa archalarning mojjevelnik turini kuchli zararlab uninng butunlay qurishigacha olib kelmoqda. Archa unsimon qurti to'g'ri qanotlilar turkumi unsimon qurtlar Pseudococcidae oilasiga kiradi. Urg'ochilarining kattaligi 3 mm ni tashkil etadi. Tashqi ko'rinishi ovvalsimon ko'rinishda. Ustki qismi butunlay oq tukchalar bilan qoplangan. Urg'ochilari yetuk davrida qanot chiqarib uchadi va boshqa joylarga tez tarqaladi (1).

Zararkunandaning 1-2 yoshdagi lichinkalari archaning po'sti orasida o'zidan chiqargan parsimon ekskriment tagida qishlovga ketadi. Ayniqsa archaning qalin shoxchalarida ko'plab uchraydi. Ularning tuxumlari qulay sharoitga tushganda archaning yosh shoxlarini zararlaydi. Uning kichik yoshdagilari zararlab archaning pastki tomonida ko'payadi. Chunki yuqori qismida qo'yoshdan qochishga harakat qiladi. Unsimon qurt chiqargan ekskrimentda turli zambrug'lar rivojlanadi va archani kasallanishiga olib keladi. Zararkunanda juda tez ko'payadi. Nisbiy havo namligining yuqori bo'lishi zararkunanda uchun qulay hisoblanadi. Yoz oyining o'rtasiga kelib, zararkunandalarning yalpi uchishi kuzatiladi. Urg'ochilar otalangandan so'ng yo'g'on shoxchalarga o'tib, qopcha shaklida unsimon ekskriment hosil qilib, yoz bo'yi shu qopcha ichiga tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan li chinkalari shu joyning o'zida lichinka holida qishlovga ketadi.

1-rasm. Unsimon qurtning to'da bo'lib rivojlanishi chapda va uning zarari o'ngda.

O'rtayer dengizi mamlakatlarida 2-4 marta avlod berishi kuzatilgan. Rossiya sharoitida esa ushbu zararkunanda bir marta

October 5-6

604

avlod berib, ikkinchi yosh lichinka holida qishlab qoladi, ayrim hollarda birinchi yoshdagilari ham uchraydi. Turkiyada esa ushbu zararkunanda ikki marta avlod beradi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha ushbu zararkunanda ignabargli manzarali daraxtlarni ko'proq zararlashi aniqlangan. Unsimon qurtlarning katta qismi yashirin tarzda hayot kechiradi. Ayrim daraxtlarda zararkunanda zararlagandan keyin shoxlarining qurishi kuzatilib, qayta tiklanmaydi. Qurigan shoxlardan boshqa shoxlarga ko'chishi asosan kechasi kuzatiladi. Lichinkalari juda xo'ra bo'lib, yosh novdalarni so'rib, qisqa muddatda quritib qo'yadi. Zararkunandaning kichik yoshdagi lichinkalari archa barglarini ostiga kirib so'rib oziqlanadi.

Zararkunanda bilan zararlangan archalarni ajratish qiyin emas. Chunki archaning pastki shoxlari qurishi kuzatilib, bu shoxlar yuqoriga qarab ko'payib boradi. Qishlovga ketishdan oldin o'zidan chiqargan oqish parsimon moddalar orasiga kirib oladi. Urg'ochilarining pushtdorligi 90-220 donagacha tashkil etadi.

Zararkunanda ekolgogik muhitga asosan bir yilda 2-3 marta avlod beradi. Archa unsimon qurti ignabargli daraxtlarning ayrimlarida yashay oladi. Ammo uning tarqalishi juda qulay.

Archa unsimon qurti yashash davomiyligi uzoq hisoblanib, 3-6 oyni tashkil etadi. Zararkunanda turlariga qarab tabiatda erkak urg'ochi nisbati 1:1 ni tashkil etadi. Ushbu zararkunanda tarqalgan maydonlarda birinchi majjevelnikka zarar yetkazadi keyinchalik esa boshqa turdagi daraxtlarni ham zararlaydi. Bunda ko'chatxonalar, dam olish bog'lari kabi joylarga tarqaladi (3,4).

Turkiya va Gruziyada ushbu zararkunanda ignabargli daraxtlarni 80 % gacha zararlaganligi aniqlangan. Bunday hodisalar boshqa mamlakatlarda ham kuzatilgan bo'lib, Eronda, Isroilda va Kiprda o'rganilgan. Tabiatda uning kushandalari juda kam uchrab, zararkunanda asosan aholi yashash joylaridagi manzarali daraxtlarda ko'proq zarar keltiradi. Chunki ushbu sharoit ular uchun qulay bo'lib, archa turlari ularni o'ziga jalb etadi (3).

Zararkunanda qishlash davomida ayrim vaqtlarda ham tuxumlari ham lichinkalari qishlab qoladi. Qishlash davomidagi lichinkalarining barchasi ikkinchi yosh holida bo'ladi. Ikkinchi yosh lichinkalarining yashash davomiyligi 14-16 kungacha cho'ziladi. Uchinchi yoshda esa 18-19 kun rivojlanadi.

Urg'ochi qurtlari oziqlanib bo'lgach tuxumlarini qopchalar ichiga joylab qo'yadi, bitta qopchada 210-330 donagacha tuxum bo'ladi. Tuxumlarining embrional rivojlanishi 10-12 kunni tashkil etadi. Ular avlodlarining rivojlanishi deyarli bir xil. Archa unsimon qurti bilan zararlangan

archa novdalarida chumolilar, pashshalar to'planishi kuzatildi.

October 5-6

Xulosalar. Samarqand shahar yo'l yoqalaridagi ignabargli manzarali daraxtlarda bir nechta zararkunandalar uchrab, ularni bargi va tanasiga katta zarar keltiradi. Igna bargli daraxtlar zararkunandalari boshqa daraxtlar zararkunandalaridan iqlim sharoitlari va rivojlanishi bo'yicha farq qiladi.

So'nggi yillarda ignabargli daraxtlar zararkunandalaridan asosan so'ruvchi o'simlik bitlari hamda unsimon qurtlarning zarari ortib bormoqda.

REFERENCES

1. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.

2. Эсонбаев Ш. Городской усач. Ташкент. Изд.Фан. 1994. С 57-60.

3. Samani, T. Aspects of the reproductive biology of the cypress mealybug, Planococcus vovae Nassonov (Hemiptera: Pseudococcidae). Jerusalem, Israel: Hebrew University of Jerusalem. PhD thesis. 2007.1-56.

4. Talebi, A.A., Ameri, A., Fathipour, Y., & Rakhshani, E. Natural Enemies of Cypress Tree Mealybug, Planococcus vovae (Nasonov) (Hem. Pseudococcidae), and their Parasitoids in Tehran, \ran.Journal Agricultural Science and Technology, 10(2), 2008.123-133.

5. Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar ( prof. Sh.T. Xo'jaev tahriri ostida) //Toshkent,2004 .-103 b.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.